Barcha maqolalar
O‘zbekistonda transport infratuzilmasini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish omili sifatida
Maqolada transport infratuzilmasining rivojlanishi O'zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga qanday ta'sir ko'rsatishi ko'rib chiqilgan. Mamlakatimiz transport infratuzilmasining hozirgi holatini batafsil tahlil qilish amalga oshirildi. Ushbu soha faoliyati samaradorligini oshirish va takomillashtirish imkoniyatlari aniqlandi.
O‘zbekiston temir yo‘l transportidagi innovatsion axborot texnologiyalari tahlili
Annotatsiya: Maqolada monitoring va kuzatish uchun asosiy axborot tizimlari muhokama qilinadi, yuk tashishning ishonchliligi uchun foydalaniladi, shuningdek, O‘zbekiston temir yo‘lida qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot. Tahlil natijasida harakatlanuvchi tarkibni tez va aniq nazorat qilish uchun yanada zamonaviy avtomatlashtirilgan yechimlarni joriy etish zarurligi aniqlandi.
O‘zbekiston respublikasi avtomobil yo‘llarining zamonaviy holati va ularning tahlili
Ushbu maqolada respublika avtomobil yo‘llarining zamonaviy holati va ularning tahlili haqida so‘z yuritilgan bo‘lib respublika umumiy foydalanuvdagi yo‘llar, ichki yo‘llar va idoraviy yo‘llarning zamonaviy holati tahlil qilingan
Oʻ zbekistonda turizm samaradorligini rivojlantirishda transport sohasining rolini tahlil qilish va takomillashtirish
Transport va turizm oʻrtasida yaqin aloqalar mavjud boʻlishi vaqt oʻtishi bilan oʻzgargan turizmning rivojlanishida turli xil transport turlari turli rol oʻynaydi. Ushbu maqolaning maqsadi Oʻzbekiston temir yoʻllarining turizmni rivojlantirishdagi tanlangan muammolarini tahlil qilish va temir yoʻllardan turizm maqsadlarida foydalanishning zamonaviy setvislarini yaratishdan oborat. Dastlab, transport va turizm oʻrtasidagi munosabatlar bayon qilinadi va qisqacha Oʻzbekistonda sayyohlik yoʻnalishisifatida tahlil qilinadi. Oʻzbekistonda temir yoʻl va temir yoʻl transportining oʻrni baholanadi (Oʻzbekistondagi temir yoʻllarning holati, temir yoʻl infratuzilmasi, temir yoʻl transportini tashkil etish, umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti tarifi va bir qancha mintaqaviy yoʻllarda yoʻlovchi tashish harakatining faoliyati). Shuningdek Oʻzbekistondagi temir yoʻllar va ulardan turistik maqsadlarda foydalanish yoʻllari bilan tanishtiriladi. Turizmni rivojlantirish uchun temir yoʻllardan foydalanishning tanlangan soʻngi namunalariga eʻtibor qaratilgan.
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA PROFESSOR- О‘QITUVCHILARNI ILMIY FAOLIYATLARI UCHUN RAG‘BATLANTIRISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMINI YARATISH
O'zbekiston iqlim sharoitida shahar transport infratuzilmasining xavflari
Maqolada shahar infratuzilmasini o'zgaruvchan iqlim sharoitlariga moslashtirishning dolzarb muammosi yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekistondagi yog‘ingarchilik va uning shahar transport infratuzilmasiga ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan. Mualliflar tarixiy ob-havo ma'lumotlarining statistik tahlilini qo'llab, iqlim modellarini o'rgangan holda shahar transport tizimlarini ekstremal ob-havo sharoitlariga chidamliroq qilish strategiyalarini taklif etadilar.
Nukus shahri hududidagi chorrahalarda transport oqimining jadalligi va tarkibini o’rganish
Mazkur maqolada Nukus shahri hududidagi chorrahalarda transport oqimining jadalligi va tarkibi o‘rganildi. Ya’ni: chorrahalardagi harakat miqdori va tarkibi, bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish yo‘nalishi hamda harakat miqdori va h.k tadqiq qilindi.
MYSQLNI ISHLAB CHIQISH VA BOSHQARISH VOSITALARI
Mysql dasturida algoritm va dasturi ishlab chiqish, temir yo‘llarni avtomatish relelarini boshqarish uchun ma’lumotlar bazasini yaratish
Maqolada temir yo‘l tarmog‘i korxonasida ma’lumotlar bazasini boshqarish mavzusi, ya’ni temir yo‘l avtomatlashtirish va telemexanika elementlarini qabul qiluvchi va ularga xizmat ko‘rsatadigan asbob-uskunalar, bu yerda yo‘l uchastkalari holatini boshqaruvchi eng muhim qurilma (element) relesi, temir yo‘l avtomatlashtirish relelarini ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy sharoitlarda ma’lumotlar bazasini yaratish algoritmi ishlab chiqildi va dastur yozildi.
MS SHAREPOINT VA OFFICE 365 PLATFORMASINING RIVOJLANISHI VA KENGAYISHI
MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE DESIGN OF ROADS AND RAILWAYS
MINTAQADA TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNING TAVSIFIY ASOSLARI
Ushbu maqolada transport-logistika tizimi samaradorligi va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, transport-logistika tizimini rivojlantirish yo‘llari va istiqbollari, samaradorligini oshirish omillari, imkoniyatlari, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari hamda transport-logistika tizimlarining samaradorligini aniqlash va hisoblash uchun bu xizmatlarga aynan qanday omillar, qay darajada ta’sir etishini o‘rganish zarurligi hamda bu omillarni turlicha guruhlash mumkin bo‘lib, ular bozordagi ishtirokchilarning aynan qaysisining samaradorligini aniqlanayotganligiga bog‘lik yoritib berilgan.
METHOD OF FILTERING DIGITAL IMAGES BY PULSE CHARACTERISTIC IN THE SPECTRAL REGION
MANYOVR ISHLARIDA TORTUV HISOBLARINI BAJARISH UCHUN POYEZDNING NATUR VARAG‘I ASOSIDA VAGONLARNING HISOBIY PARAMETRLARINI ANIQLASH USULINI AVTOMATLASHTIRISH
Mamlakat tumanlarining transport-geografik imkoniyatlarini baholash masalalari
Ko`chalarda avtomobil yo`llari infratuzilmasini milliy transport tizimi rivojlanishidagi o‘rni
Ushbu maqolada shahar ko`chalarda avtomobil yo`llari infratuzilmasini yani umumiy foydalanishdagi transport yo‘llari, xo‘jalik transport yo‘llari, shahar va boshqa aholi punktlari ko`chalari milliy transport tizimi rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilindi.
Korxonalarda avtomatlashtirilgan ish о‘rnilarini (aiо‘) loyihalashni tashkil etish xususida
Ushbu maqolani yozishdan maqsad boshqaruv personalining lokal avtomatlashtirilgan ish о‘rnini (AIО‘) loyihalashda amaliy kо‘nikmalarni egallash hisoblanadi. Odatda kadrlar bо‘limi shaxsiy tartib ishchilari rо‘yxati, kadrlar harakati, kadrlarni о‘qitish va qayta о‘qitish ishlarini olib boradi. Shuningdek, bо‘limning vazifalariga lavozim instruksiyalarini tuzish, hisobotlarni shakllantirish va anketalarni qayta ishlash ham kiradi. Shu bilan birga, bо‘lim mehnat intizomi, xizmatchilarni xizmat pog‘onalarida kо‘tarilishini nazorat qiladi.
Ish beruvchi va dasturchilar uchun web platforma interfeysini yaratish va uni amaliyotda qo‘llash
Annotatsiya: Hozirgi kunda yurtimizda IT sohasiga bo‘lgan e’tibor ancha kuchaygan. Dasturlashga qiziquvchilar va uni o‘rganishni boshlaganlar soni ortdi. IT firmalar o‘ziga ishchi qidirishda mutaxasisning tajribasi katta bo‘lishiga va real loyihalarda ishlaganligiga alohida e’tibor qaratishadi. Endigina kursni bitirgan yosh dasturchida bu ko‘nikmalar bo‘lmasligi tabiiy va ular ishga kirishda turli xil qiyinchiliklarga duch kelishadi. Amaliyotchi dasturchi sifatida endi ish boshlagan yangi firmalarga ishga kirishlari mumkin. Ammo, bu narsa odamdagi dasturlashga bo‘lgan motivatsiyasini o‘ldiradi. Chunki, endigina ish boshlagan dasturlash firmalarida buyurtmalar bo‘lmaydi. Dasturchilarga yetarli miqdorda maosh berisha olmaydi. Bizning platforma shu muammoga yechim topish uchun ishlab chiqilgan.
Irrigation technology for landscaping the territory of motorway
Sug'orish texnologiyasi avtomobil yo'llari bo'ylab jozibali va sog'lom landshaftlarni yaratish va saqlashning muhim jihati hisoblanadi. Sug'orish texnologiyasidan to'g'ri foydalanish, hatto qurg'oqchilik yoki suv cheklovlari davrida ham magistral yo'l bo'ylab o'simliklar yashil va yam yashil bo'lib qolishini ta'minlaydi. Bu yo'l bo'ylab eroziyani kamaytirishga yordam beradi va o'simliklarning o'sishiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan tuproqning siqilishining oldini oladi. Bundan tashqari, sug‘orish texnologiyasi yordamida yomg‘ir suvi oqimini nazorat qilish va uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil yo‘liga oqib chiqishini oldini olish mumkin, bu esa suv toshqini va hududdagi o‘simliklar, tuproq va suv ta’minoti bilan bog‘liq boshqa muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
INFORMATION ANALYSIS OF THE EXPERT SYSTEM OF AUTOMATIC TRAIN CONTROL
Haqiqiy qiymatni nuqtali baholash va o'lchovning o'rtacha kvadrat og'ishi
Ushbu maqolada mashinasozlik qismlarini ishlab chiqarish va ta'mirlash jarayonida metrologik o'lchamlarni talab darajasida ta'minlash masalalari, o'lchov turlari, vositalari va ulardan foydalanish qoidalari to'g'risidagi ma'lumotlar batafsil yoritilgan.
Formulation of customer’s orders on the online platform based on supply and demand
This article envisages the creation and maintenance of an internet platform that accepts software orders based on supply and demand. The main goal of the theme is to guarantee the maximum ideality of the client’s work.
EXPLORING THE INFLUENCE OF HIGH-SPEED TRAIN TRAFFIC ON SUSTAINABLE ECONOMIC GROWTH IN THE REGION
Ekspert tizimlarini yaratishda bilimlar omborining ahamiyati va vazifalari
Ushbu maqolada qisqacha suniy intellektning XX asrga kelib keskin rivojlanishi va uning qo‘llanilish soxalari ko‘rib chiqilgan. Bunda asosiy urg‘u ekspert tizimlarini yaratishda bilimlar omborining ahamiyati va vazifalariga keltirilgan. Bilimlar omborini ishlab chiqish, semantik, freym va rasmiy mantiq kabi namoyish modellarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bu modellarga doir jadval, rasmlar, modellarning avzaligi va kamchiligi keltirilgan.
DL-10 jin mashinasida amaldagi va tarkibli kolosniklarning amaliy tadqiqot natijalarini taqqoslash
Ushbu ishda jin mashinasining ishchi qismlaridan biri amaldagi va yangi tavsiya qilinayotgan tarkibli kolosniklar “Chust elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJ korxonasida mavjud bir xil bo‘lgan, DL-10 jin mashinasiga kolosnik panjaraga o‘rnatib, bir xil vaznli Namangan 34 III sanoat navida eksperimental tadqiqot ishi o‘tkazilgan. Tadqiqotdan maqsad, tarkibli kolosnik ishchi yuzasini o‘zgartirilgandan so‘ng aniqlangan natijalarni chuqur tahlil qilish, amaldagi va tavsiya qilinayotgan kolosniklardan chiqqan natijalarni solishtirish va tola hamda chigitni xususiyatlarini yaxshilashdan iborat.