Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
321
MAVZU: BANK OMONATI SHARTNOMASINING FUQAROLIK
HUQUQI DOIRASIDAGI AHAMIYATI
O‘zbekiston Milliy universiteti “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq
ta’limi” yo‘nalishi, 4-bosqich,
Xudoyorov Dostonbek Kamoliddin o‘g‘li
Ilmiy rahbar: Choriyeva Xurshidabonu katta o‘qituvchi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida bank omonati
shartnomasining fuqarolik huquqiy maqomi, ahamiyati, shartnoma tushunchasi,
taraflar va ularning huquq va majburiyatlari,
bank omonati shartnomasining
fuqarolik jamiyatida tutgan o’ziga xos xususiyatlari
haqida so‘z yuritilgan bo‘lib,
qonunchilik normalari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar: Fuqarolik jamiyati, shartnoma, fuqarolik huquqi, omonat,
bank omonati, jismoniy shaxs, muomala layoqati, depozit, bank omonati
shartnomasi, bank, omonatchi.
Kirish
. Bugungi fuqarolik jamiyati hayotida bank omonati shartnomasi juda
muhim o’rin tutadi. Omonatlar ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi
mumkin, masalan tijorat maqsadlariga yani bank omonati ko’pincha
investorlarning mablag’larini ishonchli va xavfsiz saqlash hamda uni
ko’paytirishni taminlash uchun foydalaniladi. Yoki uy-joy, mashina olish, yoki
pensiya taminotini jamg’arib borish uchun qo’llanilishi mumkin. Omonatga
qisqacha to’xtalib o’tsak omonat bu -
jismoniy shaxslar yoki yoki yuridik
shaxslar, korxona va tashkilotlarning bankka yoki biror bir moliyaviy tashkilotga
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
322
saqlash uchun qo’ygan mablag’i yoki boshqa qimmatbaho buyumlari bo’lishi
mumkin.
Asosiy qism.
Muomala layoqatiga ega bo‘lgan har qanday jismoniy shaxs
o‘z nomiga va boshqa shaxs nomiga omonat qo‘yishi, o‘zining bank omonat
hisobvarag‘idagi mablag‘ini o‘zi yoki vakili orqali mustaqil tasarruf etishi,
shuningdek boshqa shaxslar omonat mablag‘larini tasarruf etish uchun vakil
bo‘lishi mumkin.
Shunday deb aytib o’tib ketilgan O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining yangi tahrirdagi qarorida. Shu o’rinda omonatlar fuqarolarga
qanaqa yordam berishi mumkin? degan savol tug’ilishi mumkin. Omonatlar
mijozlarga pul yoki boshqa qimmatbaho mablag’larini xavfsiz saqlash hamda
saqlangan omonat evaziga to’lanadigan ma’lum foizlar evaziga daromad
ko’paytirish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining
2000-yil 21-martdagi farmoniga muvofiq, “Fuqarolarning banklardagi
omonatlarini kafolatlash to’g’risida”gi qonuni qabul qilingan.
Ushbu qonunga
muvofiq mamlakatda omonatchilarning omonatlari sug’urta qilinadi.
O’zbekistonda omonatlar
depozit
sug’urtasi tizimlari orqali sug’urtalangan
bo’ladi, bu kabi sug’urta tizimi orqali omonatchilar o’zlari qo’ygan omonatlarini
xavfsizligiga to’laqonli ishonch hosil qilishlari mumkin. Odatda bu tizim davlat
tomonidan ishlab chiqilgan bo’ladi va banklar tomonidan moliyalashtiriladi,
shuning uchun ham omonatchi omonatini qo’ygan bank bankrotga uchragan
taqdirda ham uning mablag’i depozit sug’urtasi tomonidan qaytarib beriladi.
Depozit sug’urtasining asosiy maqsadi jamiyatda fuqarolarning bank tizimiga
bo’lgan ishonchlarini oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni ushlab turish
hisoblanadi.
Bank omonati shartnomasi – bu bir taraf omonat mablag’Ini qabul qilayotgan
bank, ikkinchi taraf shartnomada keltirilgan shartlar asosida omonatini
kiritayotgan omonatchi tomonidan tuziladigan shartnoma hisoblanadi. Bank
omonati shartnomasi omonat mablag’ini qaytarish va unga foizlar to’lash
1
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017
-yil 16-dekabrdagi 34/9-son
qaroriga ilova 3-
bandidan
2
O‘zbekiston Respublikasi birinchi
Prezidentining Farmoni, 21.03.2000 yildagi PF-2564-son
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
323
majburiyatini anglatadi. Omonatchi jismoniy shaxs bo’lgan bank omonati
shartnomasi ommaviy shartnoma deb hisoblaniladi. Bank omonati shartnomasi
qo’yiladigan depozit bankka kelib tushgan kundan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Bank omonati shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo’lishi shart. Agar uning
yozma shakliga amal qilinmaydigan bo’lsa unda shartnomaning haqiqiy emas deb
topilishiga olib keladi.
Bank omonati shartnomasida quyidagi masalalar aniq ko’rsatilgan
bo’lishi lozim:
-
Shartnomada tomonlar, omonatchi va bankning nomi aniq keltirilgan
bo’lishi kerak.
-
Shartnomada omonatning turi keltirilgan bo’lishi kerak yani muddatli
omonat yoki muddati aniq belgilanmagan omonat bo’lishi mumkin.
-
Agar shartnomada foiz to’lanadigan bo’lsa, foiz stavkasi aniq ko’rsatilgan
bo’lishi kerak.
-
Shartnoma tuzilgan sana va uning amal qilish muddati aniq kursatilgan
bo’lishi lozim.
-
Omonatni muddatidan oldin qaytarish shartlari yoki shartnoma shartlariga
qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish bilan bog’liq masalalar keltirilgan bo’lishi.
-
Tomonlarga yuklatiladigan huquq va majburiyatlar ham shartnomada
keltirib o’tilgan bo’lishi lozim.
Bu kabi elementlar bank omonati shartnomasining muhim tarkibiy
qismlari hisoblanadi. Har bir bank shartnoma turlariga qarab o’zlarining yana
qo’shimcha shartlarini kiritishlari mumkin. Omonatchi o’z omonatini o’zi erkin
tasarruf etishi yoki shartnoma shartlariga ko’rsatilgan bo’lsa uchunchi shaxsga
ham tasarruf etishga berishi mumkin, bu kabi ishonchnoma davlat notariusidan
tasdiqlangan bo’lishi lozim.
Bank omonati shartnomasining fuqarolik jamiyatida tutgan o’ziga xos
hususiyatlari shundaki, bank omonat shartnomasida mijozning qo’ygan omonatini
3
O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi Toshkent “Yuridik adabiyotlar publish” 2021
-yil III-
bo’lim 373
-
betlar
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
324
saqlashga hamda o’zining mijozlariga moliyaviy faoliyatlarini amalga oshirish
uchun ushbu mablag’ni kredit sifatida berishga vakolatli hisoblanadi. Ammo
ushbu mablag’ni to’liq holda qaytarish majburiyatini o’zida to’laqonli saqlab
qoladi. Yani bankdan kredit oluvchilar o’z vaqtida kredit to’lovlarini
qaytarmasalar ham omonat shartnomasida keltirilgan muddatda omonatchiga
omonat mablag’ini qaytarib berishga majbur hisoblanadi. Bank omonati
shartnomasi bank bilan mijoz o’rtasidagi o’zaro huquq va majburiyatlarni aniq
belgilab beruvchi va majburlov kuchiga ega bo’lgan yuridik hujjat hisoblanadi.
Shartnoma tuzishda uning mohiyati, mazmuni hamda bajarilish tartibi
qonunchilikka mos holda tuzilgan bo’lishi kerak. Shuningdek shartnoma tuzishda
sug’urta shartlari uning eng yuqori miqdori ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Omonat
shartnomasining fuqarolik huquqi doirasidagi muhim ahamiyatlaridan biri
shundaki, unda omonatni qachon va qay tarzda qaytarilish shartlari aniq
kursatiladi. Omonatni qaytarish ikki xil usulda amalga oshiriladi, birinchisi
shartnoma muddati tugaganidan so’ng, keyingisi mijozning talabiga ko’ra amalga
oshiriladi. Omonat shartnomasini ochishda bazi banklar qo’shimcha komissiya
to’lovlarini talab qilishlari mumkin, bu banklarning ichki tartib qoidalari orqali
farq qiladi. Omonat shartnomasi bank bilan mijoz o’rtasidagi eng muhim hujjat
hisoblanadi, hamda o’zining majburlov kuchiga ega bo’lib, bunda mabodo bir
taraf shartnoma shartlarini buzgudek bo’lsa, unda ikkinchi tarafning huquqlari
himoya qilinadi. Agar tomonlar o’rtasida nizo chiqqan taqdirda omonat
shartnomasi nizoni bartaraf etishdagi asosiy hujjat hisoblanadi. Bank omonati
shartnomasida biror bir sabablarga ko’ra qo’shimcha va o’zgartirishlar
kiritiladigan bo’lsa unda ikkala tomonning ham roziligi asosida amalga oshiriladi.
Xulosa
.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, bank omonati shartnomasi ikkala tarafning
ham huquqlarini himoya qiladi, hamda majburiyatlarini belgilab beradi. Fuqarolik
huquqi doirasidagi ahamiyatiga keladigan bo’lsak, bunda omonat shartnomasini
tuzish jarayonida fuqarolar o’zlarining huquqlari va majburiyatlarini bilib
olishlariga imkon beradi. Shartnomada keltirib o’tilgan shartlar bilan tanishib
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
325
chiqish esa fuqarolarning banklar bilan o’zaro aloqadorligini oshiradi, hamda
bank xizmatlaridan qonuniy foydalanish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil
16-dekabrdagi 34/9-son qaroriga ilova 3-bandi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Farmoni, 21.03.2000-
yildagi PF-2564-son.
3. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi Toshkent “Yuridik
adabiyotlar publish” 2021-yil III- bo’lim 373-betlar.