Mualliflar

  • Aminova Gulnoza Xakimovna
  • Oribjonova Sevara Zuhriddin qizi

Muallif tarjimai holi

  • Aminova Gulnoza Xakimovna

             Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy unversiteti doktoranti.

  • Oribjonova Sevara Zuhriddin qizi

                       Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy unversiteti 4- kurs talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.itrizthro.91050

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlari: Xalqaro strategiya poraxo’rlik uyishgan jinoyatchili mansabni suistemol qilish. Ключевые слова: Международная стратегия взяточничество организованная преступность злоупотребление служебным положением. Keywords: International strategy bribery organized crime abuse of power.

Annotasiya

ANOTATSIYA Ushbu maqolada xalqaro korrupsiya va unga qarshi kurashning ustuvor vazifalari shuningdek yechimlari masalalarini taxlil qilingan.

АННОТАЦИЯ. В статье анализируются приоритетные задачи и пути решения международной коррупции и борьбы с ней.

ANNOTATION. This article analyzes international corruption and the priority tasks and solutions for combating it.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

314

XALQARO DOIRADA KORRUPSIYAGA QARSHI

KURASHISHNING DOLZARBLIGI.

Aminova Gulnoza Xakimovna

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy unversiteti doktoranti.

Oribjonova Sevara Zuhriddin qizi

Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy unversiteti 4- kurs talabasi.

ANOTATSIYA Ushbu maqolada xalqaro korrupsiya va unga qarshi

kurashning ustuvor vazifalari shuningdek yechimlari masalalarini taxlil qilingan.

Kalit so’zlari: Xalqaro strategiya, poraxo’rlik, uyishgan jinoyatchili,

mansabni suistemol qilish.

АННОТАЦИЯ. В статье анализируются приоритетные задачи и

пути решения международной коррупции и борьбы с ней.

Ключевые слова: Международная стратегия, взяточничество,

организованная преступность, злоупотребление служебным положением.

ANNOTATION. This article analyzes international corruption and the

priority tasks and solutions for combating it.

Keywords: International strategy, bribery, organized crime, abuse of power.

Kirish;

Bugungi kunda korrupsiya

muammosi jahonning deyarli har bir

mamlakatida duch kelishi mumkun. Korrupsiya so’ngi yillarda xalqaro miqyosda

transmilliy jinoyat sifatida xalqaro davlatlar orasida keng muhokama

qilinayotgan, shuningdek dolzarb mavzulardan biridir.Takidlash lozimki,

korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur jinoyat

davlatlarning turli sohalarida hususan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’daniy

jabhalarida amalga oshirilayotgan islohatlariga, hamda xalqaro maydondagi imiji


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

315

va investitsyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hususan korrupsiyaning

hayotning har jabhasida tarqalib borishi shuningdek xalqaro miqyosdagi

muammo ekanlig haqida muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “

Jamiyatimizda korrupsiya illati o’zining turli ko’rinishlari bilan taraqqiyotimizga

g’ov bo’lmoqda. Bu yovuz baloni oldini olmasak haqiqiyishbilarmonlik va

investitsiya muhitini yaratib bo’lmaydi umuman, jamiyatning birorta tarmog’i

rivojlanmaydi” . Darhaqiqat, dunyoda hech bir davlat korrupsiyaga qarshi

samarali mexanizimlarni yaratmay turib, unga qarshi kurashishning unga qarshi

kurashishning huquqiy asoslarini shakillantirmay turib’ iqtisodiy iqtisodiy

taraqqiyotning yuqori cho’qqisiga chiqib bo’lmaydi. Shu boisdan, utgan yillar

davomida xalqaro hamjamiyat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida

bir qator xalqaro shartnomalar qabul qilinib, bu borada xalqaro hamkorlikning

huquqiy asoslari yaratildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda xalqaro miqyosda qabul qilingan va

davlat hizmati sifatini ko’tarish hamda davlat hizmatlarini fuqarolar oldida

masuliyatini oshirish va ahloqiy madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro

hujjatlarning qo’shilishi, ularga amal qilish har qanday davlat uchun muhum

ahamiyatga ega. Shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashishda turliy davlatlar

milliy qonunchiligini umumiy yondashuvini birhillashtirish xalqaro va

mintaqaviy tashkilotlar doirasida jahon hamjamiyatining ushbu jinoyatga qarshi

birgalikdagi harakatlarini samaraliy tashkil qillish, tasirchan mexanizimlarni

tshkil etish va iqtisodiy rivojlanish yo’lida bo’lgandavlatlarning milliy

qonunchiligini takomillashtirish endilikda muhum vazifalardan biridir. Xalqaro

doirada korrupsiyaga qarshi kurashish harakatlarida BMT va Yevropa Ittifoqining

o’rnini alohida takidlash lozim. Korrupsiyaga qarshi kurashish Yevropa Ittifoqi

xavfsizligining taminlashning asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida belgilagan.

Xalqaro doiradagi korrupsiyaga qarshi kurashish harakatlari, xususan

korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlar iqtisodiy jinoyatchilik uyishgan jinoyatchilik,

daromadlarni yuvish, odam savdosi, qurol- yarog’ va narkotiklar terrorizm bilan


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

316

bir qatorda barqarorliknining jiddiy taxdidi ekanligi huquqiy hujjatlarda e’tirof

etilgan. Bugungi kunga kelib korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat

boshqaruvidagi malumotlarning jamoatchilik uchun ochiqligi uning korrupsiyaga

qarshi kurashishdagi ahamiyatini yanada oshiradi. Bundan ko’rinib turibdiki

korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun jiddiy xavf – xatarlardan biri

hisoblanadi. Bugungi davirda hech bir davlat ushbu xatardan holi emas.

Birlashkan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturida jahon iqtisodiyoti aynan

korrupsiya holatlari tufayli yiliga 2.6 trillion AQSH dollori miqdorida mablag’

yo’qotilayotganini jamiyat taraqqiyotining enh xavfli kushandasiga aylangan bu

illatga qarshi faqat birgalikda kurash olib borishgina kutilgan samara berishi

takidlangan.

Shubhasiz davlat hizmatchilari tomonidan poraxo’rlik, mansab- mavqeyini

suistemol

qilish

bilan

bog’liq

jinoyatlar

sodir

etilishi

davlat

hokimyatiningobro’sizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga

putur yetishiga, natijada amaldagi hokimyatga nisbatan norozilikga sabab bo’ladi.

Boshqacha aytganda, muayyan davlatda korrupsiyaning rivojlanishi o’sha

davlatning iqtisodiy- ma’naviy tanazuliga, xalqaro maydondagi obro’ –

e’tiborining susayishiga olib keladi. Jahon xamjamiyatida turli taraqqiyot

dasturlari bo’yicha hamkorlik asosida qator xalqaro tashkilotlar faoliyati yo’lga

qo’yilgan. Shulardan biri Iqtisodiy Xamkorlik va Taraqqiyot tashkiloti

Yevropadagi davlatlar birlashmasi xalqaro tashkilot xisoblanadi, davlat va

jamiyat hayotining turli jabhalari , xususan iqtisodiyot, moliya, davlat boshqaruvi

sohalari bo’yicha xamkorlik asosida taraqqiyotni maqsad qilgan. Mazkur halqaro

tashkilot 1948- yilda AQSH tashabbusi bilan yevropani tiklash bo’yicha Amerika

iqtisodiy va moliyaviy yordami asosida tashlil etilgan. Tashkilotning doimiy

vakillari sifatida: Avstraliya. Avstriya, AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya,

Niderlandiya, Gresiya, Daniya, Irlandiya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg,

Norvegiya, Turkiya, Fransiya, Finlyandiya, SHvesiya, Yaponiya va Yangi

Zelandiya kabi davlatlarni ko’rsatish mumkin. Rasmiy hamjamiyatdan tashkilot

shartnomani imzolagan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishni taminlash, iqtisodiyotni


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

317

yuksaltirish va aholi turmush darajasini yaxshilash, moliyaviy barqarorlikni

saqlanishini nazarda tutadi. Tashkilot azo davlatlari rivojlanayotgan

mamlakatlarga yordam ko’rsatish, davlatlar mintaqasida a’zo davlatlar siyosatini

muvofiqlashtirish yo’li bilan iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga

hissa qo’shadilar. Shuningdek ushbu tashkilot rejasining asosiy maqsadi –

mintaqada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tajriba almashish, o’zaro

o’rganish va ilg’or tajribalarni rivojlantirishni qo’llab – quvvatlash ekanligi

ko’rsatib o’tilgan. Shundan kelib chiqqan holda turli konfessiya va seminarlar

tashkil etish faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Yuqorida qayt

etib o’tilgandek, faoliyat yo’nalishlari turliy masalalarga kqaratilgan faoliyat

yo’nalishlarining asosiy yo’nalishlarini taxlil qilgan holda aytish mumkinki,

umuiy manoda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari dunyoda

korrupsiyalashgan mintaqalar qatoriga kiradi. Korrupsiya darajasi yuqori bo’lgan

mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi mahsus davlat siyosatining mavjudligi

muhum ahamiyat kasb etadi. Bu borada davlat siyosati strategiyasi yoki dastur

ko’rinishida qabul qilinib, aniq belgilangan ustuvor yo’nalishlarini o’z ichiga

oladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish choralarida jamoatchilikning ishtiroki,

faoliyatiga nodavlat – notijorat tashkilotlarini keng jalb etish masalalari amalga

oshiriladi. Bundan ko’rinadiki korrupsiya bilan bog’liq muammolar azaldan

mavjud bo’lishiga qaramasdan uning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va

ma’naviy harakteriga so’ngi yillarda dunyoning barcha mamlakatlarida e’tibor

qaratila boshladi. Unga ko’ra “ Korrupsiya davlat yoki hususiy sektorda muayyan

majburiyatlarni bajarish topshirilgan va ularga maqomi bo’yicha davlat

lavozimidagi shaxs, xususiy hodim, mustaqil agent yoki boshqa turdagi

munosabatlar yuklangan majburiyatlarning buzulishiga olib keladigan va o’zi

hamda boshqalar uchun istalgan noqonuniy foyda olish maqsadiga ega bo’lish

shaxslarning poraxo’rligi hamda har qanday hulq atvorni o’zida aks ettiradi.

Yuzaki qaraganda korrupsiya xulq – atvor, o’z oqibatlariga ko’ra huquqiy

va iqtisodiy muammo sifatida qabul qilinadi, biroq uning kelib chiqishi

psixalogiyasi bilan ham chambarchas bog’liq. Real turmushimizda davlat va


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

318

nodavlat tashkilotlarining barcha xodimlari ham o’z foydasini ko’zlab muayyan

noqonuniy harakatlariga qo’l urmaydilar. Demakki, bunday umuminsoniy

qadiryatlardan og’ish umumqabul qilingan meyorlarni qabul qilmaslik kabi xulq

– atvor belgisi mavjud. Shaxslarning xulq- atvor ahloq kategoriyasi bilan bevosita

bog’liq. Xulq- atvor jamiyatdagi axloq normalarining shaxsda ifodalanishi orqaliy

namoyon bo’ladi hamda ularning xulqning og’ishi shaxsning axloq no’rmalariga

rioya etishi darajasiga bog’liq. Axloq no’rmalari jamiyatning ongida

mustahkamlangan bo’lib yurish turish qoidalar, tushunchalar, g’oyalar, baxolar

va boshqa masalalar ko’rinishida amal qiladi. Ahloq ijtimoiy normalar turi bo’lib,

jamiyat hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi va ijtimoiy baxo berish

imkoniga ega bo’ladi.

Korrupsiya hozirgi kunda ko’pqirrali muammo hisoblanib, uni chuqur

o’rganish va oldini olish uchun kompleks va tizimli yondashuv’ davlat va jamiyat,

nazariya va amaliyotning kuchlarini birlashtirish taqozo etadi. Birinchi navbatda

korrupsiyaning paydo bo’lishining obyektiv va subyektiv sabablari paydo bo’lib

shu sabablarni o’rganish shu sabablarni davlatchilik rivojlanishining manashu

bosqichida rivojlanishi bilan taqqoslash shundan keyin korrupsiyaning kelib

chiqishining ijtimoiy-iqtisodiy sabablarini yo’qotishga yo’naltirilgan amaliy

qadamlarini tashlash va bu illatning oldini olishga qaratilgan turli yo’nalishlardagi

profilaktik tadbirlar majmuini ishlab chiqish zarur. Bundan ko’rinadiki hayotning

har bir sohasida manfaatlar to’qnashuvi dunyo miqyosida hal etilishi lozim

bo’lganglabal muammolardan biridir. Ushbu illat harqanday davlat va

jamiyatning siyosiy- iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Inson huquq

– erkinliklarini poymol bo’lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurashish

nafaqatmilliy ahamiyatga ega balki, xalqaro miqyosda muammo bo’lib, jahon

siyosatining muhum masalalari qatoridan joy olgan.

Xulosa:

Deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda qonunchilik davlat

xizmatlariga ilmiy, ijodiy, va o’qtuvchilik faoliyatidan tashqari, boshqa haq

to’lanadigan faoliyatlar bilan shug’ullanishni taqiqlaydi. Manfatlar buzulishining


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

319

oldini olish maqsadida real manfaatlar to’qnashuvini choralari imkon qadar tezroq

amalga oshirilishi lozim. Karrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning

muhum yo’nalishlaridan biri – bu tadbirkorlikni erkin rivojlanishi, biznesda

barcha uchun teng imkoniyatlar va shart – sharoitlar yaratishga to’sqinlik qiluvchi

korrupsiya omillari va holatlrini bartaraf etishdir. Korrupsiya nafaqat davlat

sektori, balkim xususiy sektor shuningdek xalqaro maydondagi obro’si uchun

ham katta g’ov xisoblanadi. Jahon hamjamiyati XXI asrning boshlari korrupsiya

harakati bir davlat hududida sodir etilgan jinoyat, balki barcha davlatlarning

iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi muammo ekanligini anglab korrupsiyaga

qarshi universal xalqaro hujjat ishlab chiqish zaruriyati paydo bulganligi

to’g’risida, shuningdek xorijiy davlatlarning bugungu kungacha qo’llagan

korrupsiyaga qarshi tizimli va foydalik usullarini boshqa davlatlar o’rtasida ham

keng doirada qo’lash muhum ahamiyat kasb etadi. Hususan O’zbekiston

Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga

ko’tarilib, davlat o’rganlari faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri

xisoblanadi.Ko’pchilik

mutaxasislar

korrupsiyaning

sabablari

siyosiy

institutlarning mukammal emasligiga bog’liq deb hisoblashadi.

Davlat va jamiyat boshqaruvini yanada demokratlashtirish hamda

modernizatsiya qilish, davlat boshqaruvi sohasida liberallashtirish sharoitida

davlat xizmatchilari tomonidan poraxo’rlik, mansab mavqeini suistemol qilish

bilan bog’liq jinoyatlarning sodir etilishi davlat hokimyatining obro’sizlanishiga,

davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga sabab bo’ladi.

Shuningdek korrupsiyaning rivojlanishi Davlat tomonida olib borilayotgan

islohatlar natijalari sababli ta’sir ko’rsatadi. Shu bois davlat tomonidan

korrupsiyaga qarshi faol huquiy siyosat yuritilib, uning oldini olishga qaratilgan

zarur normativ- huquiy hujjatlar qabul qilinmoqda.


background image

Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy

ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari

4-To’plam 2-son Aprel , 2025

320

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Fuqarolik jamiyati asoslari: o’quv qo’llanma/ A. Xalilov, U

Muhammadiev, K . Jo’raev va boshqalar - T, 2015. 86.b.

2.

Kim. Pak Sok Davlat boshqaruvida inson resurslari 2018 – yil

nigohida. Ministry of Personnel Management. 2018 . – 3.b.

3.

Birlashkan Millatlar Tashkiloti Korrupsiyaga qarshi

Konvensiyasi – New – York, 2013 – yil 31- oktabr.

4.

http://kyzmet.gov.kz

.

5.

Manba: www. qomus.info/encyclopedia/cat-j/jamiyat-uz/