Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
310
MAVZU:DAVLAT-SIYOSIY TIZIM SUBYEKTI SIFATIDA
SIYOSIY REJIMLARNING QIYOSIY TAHLILI
O’zbekiston Milliy universiteti Siyosatshunoslik yo’nalishi 4- kurs
talabasi:
Ma’rufov Adhambek
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat siyosiy tizimining sub’ekti sifatida
siyosiy rejimlar tushunchasi, ularning tasnifi va o‘zaro farqlari tahlil qilinadi.
Demokratik, avtoritar, totalitar va gibrid rejimlarning hokimiyat manbalari,
fuqarolik huquqlari, axborot erkinligi va institutsional mustahkamligi jihatidan
qiyosiy taqqoslanadi. Maqola natijalariga ko‘ra, har bir rejim turi davlat siyosiy
tizimida o‘ziga xos rol o‘ynaydi va mamlakat siyosiy barqarorligi hamda
fuqarolarning siyosiy ishtiroki darajasini belgilaydi.
Davlat siyosiy tizimi – bu hukumat organlari, qonunchilik va sud tizimi,
siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa sub’ektlar
majmuasidir. Ularning o‘zaro munosabatlari siyosiy rejim orqali tartibga
solinadi^[1]. Siyosiy rejim – hokimiyat manbalari, ularning qo‘llanish usullari va
institutsional mexanizmlar to‘plami sifatida aniqlanadi. Rejim tahlili nafaqat
nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim: u orqali davlat boshqaruvi
samaradorligi, fuqarolarning siyosiy huquqlari va barqarorlik darajasi baholanadi.
XX asrning 20-yillarida bu soha rivojlanishiga turtki bo’ladigan hodisa yuz
berdi: biologiya fani sohasida tizimlar nazariyasi yaratildi. “Tizim” tushunchasini
ilmiy muomalaga birinchi bo’lib, nemis biolog olimi L.Fon Bertalanfi (1901-
1972yy.) tomonidan kiritilgan. Siyosatshunoslik sohasida esa, bu “siyosiy tizim”
tushunchasiga ilk bor o’z e’tiborini qaratgan olimlardan biri bu – fransuz olimi
Etann Bonno de Kondilyakdir. U 1749-yilda “Tizimlar haqida traktat” asarini
yozadi. Unda Kondilyak “tizim” tushunchasiga quyidagi ta‟rifni beradi: “Har
qanday tizim qandaydir amaliy faoliyat yoki fanning barchasi bir-birlarini o’zaro
qo’llab-quvvatlaydigan, oxirgisi birinchisini dalillaydigan turli qismlarning
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
311
ma’lum bir tartibda jaylashuvidan boshqa narsa emas. Uning boshqa qismlarini
dalillaydigan qismlari esa prinsiplar deb ataladi.” Bu olim nazariyasida “Undagi
unsurlar bir-birlari bilan shunday bog’langanki, bir unsurning o’zgarishi
natijasida butun unsurlar o’zgarib ketadi degan jumlalar ham mavjud.L.Fon
Bertalanfi ishlab chiqqan tizimlarning umumiy nazariyasiga tayangan holda
AQSH olimi T.Parsons jamiyatda murakkab boshqaruvdan iborat nisbatan
avtanom tizimlar mavjud ekanligiga e’tibor qaratdi. Uningcha, siyosiy tizim –
umumiy maqsadlarni ishlab chiqish, integratsiyalash va amalga oshirishni
ta‟minlab beradi. U tizimni 4 guruhga: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy
tizimlarga ajratadi. Siyosiy tizim nazariyasini AQSH siyosatshunos olimi D.Iston
har tomonlama keng rivojlantirib, siyosiy tizim asoschisi sifatida ilmiy
hamjamiyat tomonidan tan olingan. D.Iston “Siyosiy tizim” (“The Political
System”, 1953y.), “Siyosiy tahlil me’yori” (1965), “Siyosiy tahlil uchun
konseptual struktura” (“A Framework for Political Analysis”, 1965 y.) “Siyosiy
hayotning tizimli tahlili” (“A Systems Analysis of Political Life”, 1965 y.)
asarlarida siyosiy tizimni “tashqaridan keladigan impulslarga – buyruqlarga faol
aks-sado beradigan, rivojlanuvchan va o’zini-o’zi muvofiqlashtiruvchi organizm”
sifatida ta‟rifladi. Shuningdek, olim o’zining “Iston siyosiy tizim modeli” ni
yaratadi[2]
Davlat siyosiy tizimi sub’ekti sifatida siyosiy rejimlar turlicha xususiyatlarga
ega. Demokratik rejim fuqarolarni ishtirokga jalb etib, shaffof boshqaruvni
ta’minlasa, avtoritar va totalitar rejimlar barqarorlik va tezkor qaror qabul qilishga
e’tibor qaratadi. Gibrid rejimlar esa ikki ekstremal modelni uyg‘unlashtirib,
murakkab siyosiy maydon yaratadi. Mamlakat siyosiy tizimini takomillashtirish
uchun rejim turining ijtimoiy, tarixiy va madaniy kontekstga mos ravishda
tanlanishi va demokratik institutlarni mustahkamlash zarur. Yuqoridagi ilmiy
tadqiqotlar va ularning asoschilarining yondashuvlari ikki fenomenda farqlar
yaqqol ko’rinmoqda. Bu davlat va jamiyat fenomenlaridir. Ya’ni, davlatning roli
yuqori pozitsiyada bo’lsa, siyosiy jarayonlardagi ta’siri baland bo’ladi. Bu holat
davlatning siyosiy tizimni kuchaytirishga, uni kristall holatini mustahkamlashga
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
312
to’g’ri keladi. Bu esa siyosiy tizimning siyosiy rejim holatidan kelib chiqishiga
hamda bu siyosiy tizim va siyosiy rejim tushunchalarining bir xil ma’no
ifodalashiga olib keladi. Siyosiy rejimning ham ta’siri deyarli siyosiy tizimga
qarailadi va katta ahamiyat darajasida ifodalanadi. Biroq davlat emas, jamiyatning
davlatga ta‟sir ko’lami yuqori bo’lsa unda siyosiy tizim siyosiy rejimga ta’sir
ko’rsatadi jumladan bunday holatda Iston, Doych, Almond ta’kidlaganidek,
me’yorlar, munosabatlar, axborotlar aylanishi va harakati kuzatiladi. Oqibatda esa
siyosiy tizim va siyosiy rejim jamiyat va davlat o„rtasida adaptatsion jarayonni
hosil qilishini ko„rsatadi. Xilma–xil yondashuvlar va qarashlarning umumiy
nuqtasi davlat boshqaruvida kesishadi va bu orqali siyosiy hokimiyat va davlat
boshqaruvi munosabatlari tizimi yaxlit aloqa mexanizmlarining o„simlik
hujayralari singari bir-biriga tashuvchi harakatlar sintezi nuqtalarini ham
ko„rsatadi. Lekin, bu bilan siyosiy rejim va siyosiy tizim farqini, umumiyligini va
boshqa tomonlarini ko„rsatib bo„lmaydi. Sababi bu definitsiyalar tabiatiga ko„ra,
dinamik progressiyaga ega hisoblanadi. Bu rivojlanish esa, ularning xususiyatlari
va alohida jihatlarini rivojlanib borishi uchun xizmat qiladi. Ilmiy nazariyalardagi
o’zaro bahs va muhokamalar ham aynan mana shu o’suvchanlik va
o’zgaruvchanlik nisbatlari sababli ilmiy muhokamalar doirasi kengaymoqdalar.
Siyosiy tizim va siyosiy rejim siyosatshunoslik sohasidagi muhokamalarda biror
siyosiy fenomen bilan ya‟ni davlat boshqaruvi, siyosiy hokimiyat, siyosiy
menejment, siyosiy tahlil va siyosat metadologiyasi nuqtai nazaridan bog’lab
ilmiy asoslantirilsa, undagi konsentrik doira hajmining kichik diapazonda olib
borlishiga imkoniyat yaratadi.Demak, siyosiy tzim va siyosiy rejim tushunchalari
kvalifikatsiyasi o’zaro birbiri bilan aloqaga kirishi orqali aniqlandi. Bu
defenitsiyalarning alohida xususiyatlari va mazmun-mohiyati davomida davlat va
jamiyat fenomenlaridagi pozitsiyasi yuqori ekanligi ma‟lum bo’ldi. Shuningdek,
bu tushunchalar siyosatshunoslik sohasidagi eng muhim ilmiy tadqiqot mavzusi
hisoblanishi ilmiy asoslarga ko’ra isbotini topdi. Siyosiy tizim va siyosiy rejim
davlat boshqaruvi va siyosiy hokimiyat tizimida yaxlit markaziy tayanch nuqta
hisoblanishi va buning butun tuzilmalar faoliyatiga kuchli ta’sir aloqlariga ega
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
313
ekanligi ma’lum bo’ldi. Siyosiy tizim va siyosiy rejim qancha mukammal va
xatolari kam bo’lsa, ularning samaradorlik va natijadorlik qobilyatlari ishlashi
shunchalik yuqori bo’ladi. Siyosiy tizim va siyosiy rejim siyosiy kategoriyalar
tizimidagi bir qator siyosiy tadqiqotlar bazasida asosiy vositalar ko’lami uchun
siyosiy maydonni, siyosiy makonni yoki siyosiy konsentrik doirani belgilab
beradigan omillardir. Siyosiy tizim va siyosiy rejim kvalifikatsiyasi shuni
ko’rsatdiki, ilmiy tadqiqotlar va konsepsiyalar umumiyligi nuqtasi jihatiga ko’ra
mazkur tushunchalar davlat va jamiyat siyosiy hayotida zanjirlar va halqalar
ko’rinishida turli siyosiy qaror qabul qilish jarayonida, siyosiy me’yor, siyosiy
qadriyatlar, siyosiy munosabatlar ko„rinishida siyosat subyektlarining xatti-
harakatlari pog’onalarida ko’rinadi va siyosat obyektiga ta’sir etuvchi asosiy
darajalarda ifodalanadigan xususiyatlar majmuasidan iborat ekanligi ma’lum
bo’ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Sartori, G. (1994). Comparative Constitutional Engineering. London:
Macmillan.
2.Easton D. The Analysis of Political Structure. – New York. – London,
1990. – 336 p..
3.Dahl, R. A. (1971). Polyarchy: Participation and Opposition. New Haven:
Yale University Press.
Levitsky, S., & Way, L. (2010). Competitive Authoritarianism: Hybrid
Regimes after the Cold War. Cambridge: Cambridge University Press.