Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
306
UDK: 636.32./38
BUXORO SUR QORAKO‘L QO‘YLARI AVLODLARIDA SINFLARGA
VA GUL TIPLARIGA TAQSIMLANISHI.
Abdixalilov A.S -tayanch doktorant.
Yarmanov M.S-tayanch doktorant
Mamatov B.S
ilmiy rahbar Qishloq xo’jalik fanlari falsafa doktori (PhD), K.I.X
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
e-mail: uzkarakul@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada tadqiqotlar natijasida olingan buxor sur
rangli qo‘zilarining sinflarga va gul tiplariga taqsimlanishi borasidagi natijalar
va ularni tahlili keltirilgan.
Kalit so‘zlar: sur rangli qorako‘l qo‘zilari, gul tiplari, yarimdoira,
qovurg‘asimon, yassi, o‘siqgul, elita.
Abstract
:
This article presents the results of the distribution of steam-
colored lambs into classes and flower types obtained as a result of research and
their analysis.
Key words: sur-colored black lambs, flower types, semi-circular, rib-
shaped, flat, sedge, elite
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamizning katta qismini egallagan cho‘l
hududi uchun eng qulay chorva hayvoni bu qorako‘l qo‘ylaridir. Bunday qo‘ylarni
ko‘paytirish va seleksiyalash uchun yil davomida bir nechta muhim mavsumiy
ishlar bor. Qorako‘lchilikda eng asosiy mavsumlardan biri bu qo‘zilarni baholash
(bonitirovka qilish) dir.
Baholash davomida 30 dan ziyod belgi va xususiyatlar
inobatga olinadi. Bular ichida qo‘zining sinfi va gul tipi eng asosiy
ko‘rsatkichlardan biridir.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
307
[3] o‘z tadqiqotlarida qalamgullarning o‘lchamli ko‘rsatkichlarini
uzunligini o‘rganish jarayonida yassi va qovurg‘asimon tipli qo‘zilarda boshqa
tiplarga nisbatan uzun bo‘lishini aniqlagan va seleksiya jarayonini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishda ushbu ko‘rsatkichni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.
[4, 1] aytishlaricha, yassi tipli terilar sathida aynan yassi qalamgullar yoki
faqatgina yol gullar bo‘lishi, ba’zan ushbu gullar ma’lum miqdorda dona gullar
bilan aralashgan holda ham uchrashi mumkin. Bunday holatlar qorako‘l mahsuloti
xilma-xilligini ko‘paytiradi.
[2] tadqiqotlarida gullarning shakl va o‘lchamlarining qo‘zilarning teri va
uning qatlamlarining qalinligiga, ma’lum konstitutsiya tipiga mansubligiga, jun
tolalaridan uning uzunligi va qalinligiga bog‘liq holda shakllanishi kuzatgan.
Rangbarangliklarni mustahkamlashda gomogen tanlash yaxshi samara
beradi. Gomogen tanlash olib borilganda o‘ziga o‘xshash rangbaranglikdagi
qo‘zilarni olishda shamchiroq rangbarangligidagi qo‘ylarda 71,6% ni, po‘lati
rangbarangligidagi qo‘ylarda 71,5% ni, o‘rikgul rangbarangligidagi qo‘ylarda
68,8% ni, qamar rang-barangligidagi qo‘ylarda 65,8% ni tashkil etgan. Naslli
qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘zilari sinflarga taqsimlanganda, sara va birinchi sinfga
mansublik shamchiroqgulda 66,3%, o‘rikgulda 60,5%, po‘latida 63,7%, qamarda
44,1-53,0 foiz atrofida bo‘lganligi aniqlangan [5; 6].
Tadqiqotning maqsadi.
“Yangikazgan nurli diyor” MChJ dagi buxoro sur
qorako‘l qo‘chqorlarini buxoro sur qorako‘l sovliqlari bilan juftlash natijasida
olingan avlodlarining gul tiplari va sinfi bo‘yicha tajriba va nazorat guruhlari
misolida urganishdan iborat.
Tadqiqot manzili, manba va usullari.
Tadqiqotlar Navoiy viloyati,
Konimex tumanining “Yangikazgan nurli diyor” MChJ sharoitidagi mavjud
buxoro sur qorako‘l qo‘zilarida bajarildi. Tajribadan olingan raqamli ma’lumotlar
variatsion statistika usullarida qayta ishlandi [5] Har bir belgining o‘rtacha
arifmetik ko‘rsatkichi (X), uning xatosi (S
x
), o‘zgaruvchanlik koeffitsienti(C
v
)
hisoblandi. Guruhlar ko‘rsatkichlari orasidagi farqlanishlarning ishonchlilik
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
308
darajasi (P) aniqlandi. Raqamli ma’lumotlarga ishlov berish variatsion statistika
usullarida (N.A.Ploxinskiy, 1969) amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari.
Shuni ta’kidlash joizki, Qorako‘l qo‘ylarining
zotdorlik va nasliy qimmatliligini aniqlashda gul tiplari muhim ahamiyatga ega.
Gul tiplarini urganish borasidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Avlodlarning gul tiplariga taqsimlanishi, %
Guruhlar
n
Gul tipi
Yarim
doira
Yassi
Qovurg‘asimon O‘siqgul
Tajriba
30
17,7±3,65
11,7±3,15
65,2±4,66
5,4±2,30
Nazorat
30
24,1±3,53
8,9±2,45
62,4±4,09
4,6±1,76
Nazorat
30
14,2±2,74
35,7±3,57
40,1±4,34
10,0±2,65
1-jadval ma’lumotlari tahlili shundan dalolat beradiki, qimmatli gul tiplari
bo‘yicha ma’lum taffovudlar aniqlangan. Yarim doira qalamgul tipidagi avlodlar
1-nazorat guruhida ko‘p olingan bo‘lib (24,1±3,53%), boshqalarga nisbatan
tegishlicha 6,4% (17,7±3,65) va 9,9% ga (14,2±2,74) ustunlik qilgan.
Qovurg‘asimon gul tipi tajriba guruhida ko‘proq (65,2±4,66%) bo‘lganligiga esa,
xo‘jalikdagi seleksiya ishlari asosan qovurg‘asimon gul tipiga ixtisoslashganligi
sabab bo‘lgan.
Bonitirovkada hisobga olinadigan eng muhim jihatlardan yana biri bu
qo‘zilarning sinfi. Har jihatdan sog‘lom va qimmatli qo‘zilar albatta, elita va
birinchi sinfga taaluqli bo‘ladi.
2-jadval.
Avlodlarning sinflarga taqsimlanishi, %
Guruhlar
n
Sinfi
Elita
I
II
Tajriba
30
25,4±3,69
61,9±4,21
12,7±3,12
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
309
Nazorat
30
21,7±4,16
58,4±4,87
19,9±3,89
Nazorat
30
25,2±3,76
56,7±4,35
18,1±3,42
2-jadvaldan shunday xulosa kelib chiqadiki, sinflilik ko‘rsatkichlari
bo‘yicha yetarli darajadagi qoniqarli natijalarni ko‘rish mumkin. Tajriba guruhi
qo‘zilarining 25,4±3,69 % i elita bo‘lib, bu qolgan guruhlarga 3,7 va 0,2 % ga
ustunlik qildi.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish mumkinki, buxoro sur qorako‘l
qo‘ylarining mahsuldor suruvlarini yaratishda bonitirovka jarayonida
qo‘zilarning sinfi va gul tipini inobatga olish zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Aripov U.X., Abduzoirova D.Y., Imomov X. Karakul sheep of gray color
(shirozi), characteristics of karakul sheep and the problem of distribution
of their assortment. Journal of Agriculteral & Horticulture. ISSN (E):
2770-9132.
Volume
3,
Issue
1,
January.48-
52p.www.internationalbulletins.com.
https://zenodo.org/records/7593249
2.
Брэм А.Э. Жизнь животных. М. Т 4, 1928 г.
3.
Котельников Ю.В., Завгородня Г.В. Резистентность и поведенческие
показатели молодняка овец разных сроков отъема. //Овцы, козы,
шерстяное дело. 2012. №3. С. 23-26
4.
Дьячков И.Н. Дифференциatsiя каракульской породы в зависимости
от природных условий. Проблемы освоения пустынь, Ташкент, 1971,
с. 61-64.
5.
Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников.
Москва. 1969. -256 с.