Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
147
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MANTIQIY
FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING
PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Maxmudova Madina Salim qizi
Samarqand viloyati Jomboy tumani 37-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA: Boshlangʻich maktabda oʻqishni endi boshlayotgan
oʻquvchilar bilan ishlash, ularga taʼlim berish va xulq-atvorining rivojlanishiga
erishish juda katta masʼuliyat talab etadi. Bunda, pedagogika muhim ahamiyatga
ega, chunki u oʻqituvchilarga sinfni tashkil qilish uchun eng yaxshi tajribalar
haqida tushuncha beradi. Bu ularga turli xil oʻquvchilar qanday oʻrganishlarini
tushunishga imkon beradi, shuning uchun ular oʻz darslarini ushbu ehtiyojlarga
moslashtirishlari mumkin. Natijada, bu ularning oʻqitish sifatini oshiradi, chunki
u talabalar tomonidan yaxshi qabul qilinadi.
Kalit soʻzlar: boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari, pedagogika, sifatli taʼlim,
bolalar bilan ishlash, boshlangʻich sinf, sinf muhiti, pedagogik maslahatlar.
KIRISH
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchining turmush tarzi, tartibi, ijtimoiy holati, sinf
jamoasi, oila muhitdagi ahvolini o‘zgartiradi, uning asosiy vazifasi o‘qishdan
iborat bo‘lib qoladi. Yangi bilim, ko‘nikma, malakalar egallashni boshlaydi.
Ta’lim o‘quvchidan muayyan darajadagi uyushqoqlikni, intizomlikni, irodaviy
zo‘r berishlikni, faollikni,
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni talab qiladi. Ixtiyorsiz xatti-harakatlar
o‘rnini anglashilgan rejali, maqsadga muvofiq aqliy mehnat egallay boradi.
O‘quvchi tengdoshlari bilan birgalikda muayyan bir sinf jamoasiga
birlashtiriladi. Modomiki shunday ekan, sinf jamoasi va uning ahzolari bola
oldiga ko‘pchilik manfaatini himoya qilish, shaxsiy istaklarini umumjamoa
intilishlariga bo‘ysundirish, o‘zaro yordam, o‘zaro hurmat, o‘zaro talabchanlik,
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
148
ijtimoiy javobgarlik va burch hislarini egallash vazifasini qo‘yadi. Ta’lim
jarayonida o‘quvchi oldiga qo‘yiladigan talablar tobora ortib, murakkablashib
boraveradi.
Ta’lim va tarbiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi hamda aloqadorligi,
yahni ularni yaxlit holda tushunish zaruriyati mboshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari
uchun tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarga
ega ekanligini tasdiqlaydi. Ayrim tadqiqotchilar ta’lim va tarbiya jarayonlarini
tashkil etish belgilangan maqsadlarga erishishga xizmat qiluvchi turli strukturaviy
va funktsional bog‘liq bo‘lgan komponentlar majmuini ijtimoiy tizimning
turlaridan biri hisoblangan pedagogik tizim sifatida tahriflaydi.Demak, o‘zaro
bog‘liq hisoblangan ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘quvchi shaxsining
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki mazkur jarayonlar, birinchidan,
ajdodlar tajribasining avlodlar tomonidan o‘rganilishi, ikkinchidan,
o‘zlashtirilishi bo‘lib, ularning ijtimoiy hayotga qo‘shilishlarini tahminlab
beruvchi yaxlit jarayon hisoblanadi. Demak, ta’lim va tarbiya jarayonlari
o‘quvchilarda shaxsiy xislatlar, insoniy fazilatlar, tushunchalar shakllanishiga
hamda dunyoqarashining rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratib beradi.
Demak, uzluksiz ta’lim tizimining muhim bosqichlaridan biri sifatida umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim va tarbiya jarayonlari quyidagi tamoyillarga
muvofiq tashkil etilishi o‘ziga xos amaliy ahamiyat kasb etadi:
–
davlat ta’lim standartlari talablarining bajarilishi majburiyligi;
–
o‘quvchilarda fan asoslari bo‘yicha tizimli bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishning muhimligi bo‘yicha shaxsiy tushunchalar va ehtiyojlarni
rivojlantirishning zarurati;
–
ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishda
uzluksizlik va uzviylikni tahminlash;
–
ta’lim-tarbiya jarayonlarida tizimli, korporativ, vaziyatli, refleksiv,
tabaqalashgan va innovatsion yondashuv texnologiyalarini tatbiq etish asosida
barcha uchun qulay ta’limiy muhitni shakllantirish;
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
149
–
ta’lim va tarbiya jarayonlari ishtirokchilarining mazkur jarayon subhektlari
sifatida faoliyat ko‘rsatishi zarurati, yahni ta’lim va tarbiya jarayonlarida
subhektsubhekt munosabatlarining qaror topishi;
–
ta’lim
va
tarbiya
jarayonlari subhektlari faoliyatining
maqsadga
yo‘naltirilganligi, izchilligi va o‘zaro bog‘liqligi;
–
ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘zaro boG‘liq va aloqador bo‘lgan
komponentlar majmui ekanligi;
–
harakatlanish va rivojlanishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillarning
o‘zaro birligi;
–
ta’lim va tarbiya jarayonlari yaxlit tizim sifatida tashqi muhit va boshqa
tizimlar bilan o‘zaro tahsir etish xususiyatlariga ega ekanligi.
Mazkur tamoyillarning mazmun-mohiyati, ahamiyati, ularga amal qilish
zaruriyati ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirishdan
ko‘zlanayotgan maqsadning strategik ahamiyat kasb etishini ifodalaydi. Bu
vazifalarni amalga oshirishdan ko‘zlanayotgan umumiy maqsad ham strategik
xususiyatlarga ega bo‘lib, har bir vazifani alohida amalga oshirishdan ko‘zlangan
maqsadlar ham mazmun-mohiyatan bir-biri bilan uzviy boG‘liq bo‘lgan strategik
rejalar tizimini ifodalaydi. Umumiy maqsadga erishish yo‘nalishlarida
belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonlarining tizimga xos xususiyatlar
kasb etishi ta’lim va tarbiya jarayonlarni o‘zaro bog‘liq hamda aloqador tarzda
tashkil etish zaruratini belgilaydi. Demak, o‘quvchi shaxsini rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim – mustaqil ta’lim, tarbiya – o‘zini o‘zi tarbiya,
mahlumot – mustaqil mahlumot, rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar
jarayonlarining tizimga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni yaxlit
tizimning komponentlari sifatida inobatga olish mumkin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘yin faoliyati davrida bolaning aqliy
fazilatlari va shaxsiy xususiyatlari jadal rivojlanadi va shakllanadi. O‘yinda
turli xil faoliyatlar mujasamlashadi, keyinchalik har bir faoliyat turi mustaqil
ravishda o‘z mahnosiga ega bo‘ladi. O‘yin faoliyati ruhiy jarayonlarning ham
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
150
shakllanishiga tahsir qiladi. Ayrim o‘yin turlari bolalarning barcha
bo‘g‘inlariga mos kelishi mumkin, yahni jismoniy sifatlarni yaxlit holda
tarbiyalashga qaratilgan o‘yinlar ham borki, ularda turli jismoniy sifatlar ketma
-ket rivojlanishi mumkin
O‘yinlardagi bunday izchillik bolaning bilim saviyasi, dunyoqarashinig
kengayishi, uning katta yoshdagi odamlarning turmushiga chuqurroq kirib
borishi bilan bog‘liqdir.
Jarayonli komponent. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘yinlar
texnologiyasi vositasida ta’limga adaptatsiyalashdagi shart-sharoit, tashkiliy
shakllar, metodlar va vositalar, bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –Toshkent.: O‘zbekiston. 2018.
–B. 40. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy
ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son
qarori. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 18-son,
313-modda, 19son, 335-modda, 24-son, 490-modda, 37-son, 982-modda.
3.
Oxunjonova O. Ta’lim bosqichlarida sinonimlar mavzusini o‘qitish
metodikasi. , ped. f. n. dissertatsiya, -T.: 2009.
4.
Palagina N.N. Voobrajenie u samogo istoka. - Bishkek: «Ilim»,
2002.
5.
PalaginaN.N.Razvitie voobrajeniya u detey vtorogo goda jizni//
Doshk. vosp. –
2003. - № 6. - S. 241.
6. Palagina N.N. Diagnostika urovnya voobrajeniya detey
rannego vozrasta // Voprosq psixologii. – 1994. - № 5. - S. 12 –
20.