Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
142
OʻZ-OʻZINI HIMOYA QILISH MEXANIZMLARI
SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK MASALALARI
Mohinur Turdiyeva Raxmatullo qizi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 66-umumtaʼlim
maktabining amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada shaxsning ijtimoiy psixologik himoya
mexanizmlari xususida so‘z yuritilgan. Asosiy e’tibor xorij psixologlarining
himoya mexanizmlari haqidagi fikrlariga qaratilgan. Bunda Z. Freyd, E. From,
K. Xorni, R.M. Granovskaya, F.V. Bassin, F. Kramerlarning qarashlari
umumlashtirlib xulosalangan.
Kalit so‘z: himoya mexanizmlari, o‘smirlik davri, konstruktiv, destruktiv,
proyeksiya, oilaviy munosabatlar, shaxs shakllanishi
KIRISH
Shaxsning himoya mexanizmlari salbiy ta’sirlarni kamaytirishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, ular inson xatti-harakatlarini tartibga soluvchi, uning
moslashuvchanligini oshirishga va psixikasining muvozanatlashishiga qaratilgan
anglanilmagan psixologik himoya mexanizmlar hisoblanadi. Ko‘pgina himoya
mexanizmlari erta bolalikdan rivojlanadi va bolaning yopiq (bola o‘z fikrini erkin
bayon etolmaydi, odamovi bo‘ladi) bo‘lishiga, tashqi qiyinchiliklar hamda
xavfdan yashirinishiga olib keladi. Bola taraqqiyotining asosiy determenanti
oilaviy munosabatlar bo‘lib, bunda oilaviy munosabatlarning buzilishi ko‘pincha
shaxsiy emotsional rivojlanishining disgarmoniyasi, patopsixologiyasi va bola
psixologik himoya gipertrofiyasiga olib keladi. Bugun oiladagi tarbiya sharoiti,
oilaning ijtimoiy mavqeyi, oila a’zolarining kasbi va moddiy ta’minoti, ota-
onaning ma’lumotlilik darajasi bolaning psixik rivojlanishiga ta’sirini inkor etib
bo‘lmaydi.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
143
Psixologik himoya va mexanizmlarini shakllantirish muammosini
o‘rganishning dolzarbligi hamda ahamiyati jamiyatdagi hozirgi ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy, siyosiy o‘zgarishlar bilan ham bog‘liq bo‘lib, ular shaxsning
rivojlanishi va ijtimoiylashuvi jarayoniga ta‘sir qiladi. Bu ta‘sir rivojlanishning
o‘tish davrida, ayniqsa, muhimdir. Jamiyat va oiladagi ijtimoiy o‘zgarishlar
o‘smirlarda hissiy noqulaylik va ichki zo‘riqishning kuchayishiga olib keladi va
ular bu holatni shaxsiy qiyinchilik sifatida boshdan kechirishadi, bu esa
atrofidagilar bilan munosabatda yaqqol namoyon bo‘ladi. Shu jihatdan, bugungi
kunda o‘smirlarning o‘zining va atrof-muhitning barqarorligini hamda hissiy
jihatdan qabul qilishini saqlashga yordam beradigan psixologik himoya
mexanizmlarini shakllantirishni o‘rganishga qiziqish ortib bormoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Psixologik himoya va mexanizmlari odamlarning stressli vaziyatlarga javob
qaytarishda namoyon bo‘ladigan adaptatsion jarayonning muhim shakli sifatida
qaraladi. [3] Bu hodisa Zigmund Freyd tomonidan “Himoya neyropsixozlari”
asarida, E. From, K. Xorni, Granovskaya R.M., Rottenberg V.S., Romanova Y.S.,
Bassin F.V., Kamenskaya V.G., Gracheva G.V. va boshqalarning ishlarida o‘z
ifodasini topdi. Biz ushbu maqolamizda quyilgan masalaning yechimini
aniqlashda tavsifiy, tahlil usullaridan foydalandik.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Psixologik himoya mexanizmlari termini ilk marta 1894-yilda Zigmund
Freyd tomonidan “Himoya neyropsixozlari” asarida qo‘llanilgan. Olim o‘z
amaliyotida isteriyani davolayotganida qarshiliklarga duch keladi, u bemorning
ong ostiga ta’sir qilishga urinadi. Bu qarshilik esa bemorning tuzalishiga
to‘sqinlik qilardi. Freyd buni siqib chiqarish fenomeni sifatida ta’riflaydi va
shunday deydi:“O‘sha kuchlar qarshilik kabi hozir to‘sqinlik qiladi, ongga
kirishni unutgan, bir vaqtning o‘zida sabab bo‘lgan unutish va tegishli patogen
tajribalarni xotiradan chiqarib yubordi. Men buni siqib chiqarish deb nomladim
va buni isbotlangan qarshilikning mavjudligi sifatida qaradim”. Olim o‘zining
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
144
keyingi ishlarida boshqa himoya mexanizmlarini gapirib o‘tadi va bu
mexanizmlar jamlanmasi inson xulq- atvorini nazorat qiladi deydi. Freyd o‘z
asarlarida quyidagi psixologik himoya mexanizmlarini ajratib ko‘rsatdi: siqib
chiqarish, proyeksiya, regressiya, aralashtirib yuborish, ratsionalizatsiya, reaktiv
shakllanish.
Bu mexanizmlar shaxsni anglamagan holda faollashtiradi va turli xildagi
salbiy oqibatlarni pasaytiradi, ayni vaqtda voqelikni buzib ko‘rsatadi. Inkor etish
mexanizmlari odamni qandaydir tarzda shikastlashi yoki bo‘lmasa konfliktga
olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’lumotni idrok etishni bloklashdan
iborat. Proyeksiya odam o‘zidagi nojoiz sifatlarni va fazilatlarni boshqa kishiga
ko‘chirish demakdir. Aralashtirib yuborish xavotirga sabab bo‘lgan obyektga
nisbatan hosil bo‘lgan hislarni boshqa obyektga yo‘naltirish imkonini beruvchi
himoya mexanizmidir. Regressiyaning namoyon bo‘lishi infantlikka o‘xshaydi.
Ratsionalizatsiya esa o‘z xatti-harakatlarini o‘zi uchun maqbul bo‘lgan
tushuntirishdan iborat. Reaktiv shakllanish himoya mexanizmi bir xil hissiyot va
impulslarni cheklash, ularga qarama-qarshi hissiyot va impulslarni kuchaytirish
orqali xavotirlanish darajasini pasaytirish imkonini beruvchi mexanizm.
Freydning ishlarini uning qizi davom ettiradi va bu tushunchalarning
ma’nosini kengaytiradi. U keltirilgan himoya mexanizmlarning tug‘ma
xususiyatlaridan tashqari, inson ontogenezi davomida orttirgan individual
xususiyatlarini ham ifodalaydi.
E. From psixologik himoya mexanizmini agressiyaning namoyon bo‘lishi
sifatida izohladi.
Sotsial-madaniy nazariya vakili K. Xorni inson o‘zini xavfsizlantirish
istagining paydo bo‘lishi asosida “asosiy xavotir”, tashvish, ishonchsizlik
tuyg‘usi sifatida tug‘iladi, – deb ta’kidlaydi.
Rus psixologiyasida bu muammo Granovskaya R.M., Rottenberg V.S.,
Romanova Y.S., Bassin F.V., Kamenskaya V.G., Gracheva G.V. va
boshqalarning ishlarida o‘z ifodasini topdi. R.M.Granovskaya psixologik himoya
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
145
mexanizmlarni shaxs dunyoni to‘laqonli idrok etishdan himoya qiluvchi,
g‘oyalarni toraytiruvchi va buzuvchi to‘siq sifatida ifodalaydi. Odam faqat xavfli
axborotni qabul qiladi, keyinchalik u ham buziladi va ongda shaxs uchun eng
qulay ko‘rinishda qoladi. Eng xavfli axborotlar idrok qilinmaydi va
o‘zlashmaydi. Ammo psixologik himoya mexanizmlari inson tanasiga ijobiy
ta’sir ham qilishi mumkin. Inson ongini xavfli axborot oqimidan himoya qilib,
mumkin bo‘lgan maqsadga erishishni ta'minlaydi, muayyan konkret vaziyatni hal
qilishga yordam beradi.
Manbalarda qayd etilishicha, F.V. Bassin psixologik himoya muammosini
ustuvor qo‘ya bilgan olim hisoblanadi.Uning fandagi xizmati shundaki, u himoya
hodisasiga psixoanalizning artefakti sifatida emas, balki ilmiy tadqiqotning
to‘g‘ri va operatsion imkoniyatlariga ega bo‘lgan haqiqatdan mavjud ruhiy
hodisa sifatida qaraydi.
F.V. Bassin psixologik himoyaning ahamiyatini faqat o‘ziga xos eksvizitli
vaziyatlar bilan cheklamaydi, masalan, tadqiqotchilar Y. Savenko va
F.E.Vasilyuklarning fikricha, himoya mexanizmlari o‘z-o‘zini aktualizatsiyalash
jarayonida yuzaga keladi va bu jarayon murakkablashtirilgan vaziyatlar yoki
“mumkin bo‘lmagan holatlar” deb ataladi. Bu muammoni, ayniqsa, o‘smirlik
davrida, shuningdek, o‘smirlikdan o‘spirinlikka o‘tish davrida o‘rganish
muhimdir. Aynan shu davrdan odam shaxs sifatida shakllanadi hamda
dunyoqarashi kengayadi. Bu davrning eng muhim xususiyati o‘z taqdirini o‘zi
belgilashi, kasb va hayot yo‘lini tanlashi, o‘z zimmasiga mas’uliyatni ola bilishi,
jamiyatda va oilada yangi mavqeni egallashi bilan ahamiyatlidir.
Kerakli
hayotiy
ko‘nikmalarning
yetishmasligi,
xulqatvor
ko‘nikmalarining yo‘qligi, yangi qiyinchiliklarga dosh bera olmasligi, stressdan
chiqa olmasligi o‘smirni yanada kuchliroq emotsional zo‘riqishga olib keladi.
Bunday kuchli vaziyatlarda o‘smir turli himoya shakllariga murojaat qiladi,
kamdan kam hollarda destruktiv bo‘ladi. O‘smirlarning kam samara beradigan
psixologik himoya usullaridan foydalanishi natijasida og‘ishishning
rivojlanishiga hamda deviantlikning namoyon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
146
F. Kramer o‘smirlar orasida eng ommabop mexanizm sifatida proyeksiya
mexanizmini qayd etadi. Bir tomondan bu mexanizm odam o‘zi xohlamaydigan
sifatlarni rad etishga va jamiyatda o‘z o‘rnini mustahkamlashga yordam beradi.
Shu bilan bir vaqtda atrofdagilarga xayoliy illatlarni yuklash shaxslararo
munosabatlarda dushmanlik va salbiylikni keltirib chiqaradi, natijada shaxslararo
munosabatlarni qurishda muammolar kelib chiqadi.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni qayd etish lozimki, psixologik himoya mexanizmlari
konstruktiv hamda destruktiv ta’sirga olib kelishi mumkin. Konstruktiv
xarakterdagi himoya mexanizmlari vaziyatni adekvat baholashga , alternativ
maqsadni aniqlashga va erishishda optimal vositalarni tanlashga, talab va
ehtiyojlarni qondirishga yordam beradi. Destruktiv xarakterdagi himoya
mexanizmlari esa reallikni inkor etish va buzishdan iborat bo‘lib, vaqti kelib
shaxsning patologik o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun psixologik himoya
mexanizmlari tanani psixotravmatik buzilishlardan, vaziyatlardan, salbiy
axborotlardan asraydi va kritik vaziyatlardagi barqarorligini oshiradi. Yana shuni
qayd qilish kerakki, psixologik himoya mexanizmlari ba’zida og‘ir oqibatlarga,
shaxs shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvning buzilishiga olib kelishi
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Фрейд А. Психология
≪
Я
≫
и защитные механизмы. — М.:
≪
Педагогика Пресс
≫
, 1993, — 140 с.
2.
Грановская P. M. Элементы практической психологии. — СПб.:
≪
Свет
≫
, 1997. — 608 с.
3.
Набиуллина Р. Р., Тухтарова И.В. Механизмы психологической
защиты и совладания со стрессом. Учебное пособие