Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
79
ILK O‘RTA ASRLAR.
Guliston davlat pedagogika instituti Dotsenti tarix fanlari bo‘yicha Falsafa
doktori (PHD)
Mirzaliyev U
Tarix yo‘nalishi 33\24 guruh talabasi
Noryigitova Sevinch
.
O‘rta asrlar tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix
oralig‘idagi davrni ifodalash uchun qabul qilingan atama o‘rta asr tushunchasi
XV-XVI asr italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan, fanda XVIII asrda
qaror topgan. Dastlab G‘arbiy Yevropa mamlakatlar tarixiga nisbatan ishlatilgan.
O‘rta asrlar V asrdan – XV asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Milodiy 476-
yilda G‘arbiy Rim imperiyasi qulagandan so‘ng o‘rta asrlar boshlangan. O’rta
asrlar ikkiga bo‘linadi: Ilk o‘rta asrlar davri V – XI asrlarni o‘z ichiga oladi,
Rivojlangan o‘rta asrlar esa XI – XV asrlarni o‘z ichiga oladi. Tarix faniga o‘rta
asrlar tushunchasi uyg‘onish davri mutaffakirlari tomonidan berilgan bo‘lib,
madaniyat yuksak etgan antik davr bilan uyg‘onish davri o‘rtasidagi davrga
nisbatan ishlatilgan. Ilk o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyo tarixida muhim voqealar
bo‘lib o‘tdi. Bu yerda shahar hunarmanchiligi keng tarmoq otib rivojlanishda
davom etdi. Samarqand, Buxoro, Poykent va boshqa shaharlar yirik savdo-sotiq
markazlari sifatida o‘rnini saqlab qoldi. Hatto Shosh-Iloq vohasidagi shaharlar
juda jadal rivojlanish yo‘liga tushib qoldi. Bu shaharlarda hunarmandchilikning
kulolchilik, shishasozlik, metallurgiya, to‘qimachilik sohalari yuksak
professional darjada rivojlanib ular ko‘p hollarda tashqi savdo uchun mahsulot
chiqarar edi. Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo haqida gapiradigan bo‘lsak,
to‘qimachilik hunarmandchilikning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ayniqsa, ipak
mahsulolartini ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yilgan. VII asrda O‘rta Osiyo
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
80
ijtimoiy va siyosiy hayotida yer berilgan feodallashtirish jarayonining rivojlanishi
xoqonlikda ichki qarama-qarshiliklarning chuqurlashishiga olib keldi.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibida o‘zgarishlar hatto yer egalari bo‘lgan dehqonlar,
badavlat savdogar va hunarmandlar tabaqasi paydo bo‘ldi. Yerlar o‘z navbatida
shaharlarni vujudga kelishiga ko‘p tarmoqli hunarmandchilik va savdo-sotiqning
rivojlanishiga ta’sir o‘tkazdi. Malumki, G‘arb bilan Sharqni bog‘lovchi muhim
savdo yo‘li bilan Buyuk Ipak yo‘l(G‘arbiy meridian yo‘l)ining qadimgi
Farg‘onadan o‘tgan yo‘nalishi ilk o‘rta asrlarga kelib, O‘rta Osiyo Shimoliy
hududlarining ichki rayonlariga kirib bordi. Savdo-sotiqni pul asosida
rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratildi, tanga pul zarb qilishga bo‘lgan ehtiyoj
kuchayib, pul zarbxonalarining yangi markazlari paydo bo‘ldi. O‘rta Osiyo
borasida Toxariston, So‘g‘d, Usturshona va Shosh tangalari keng muomalada
bo‘ldi. Ilk o‘rta asrlarda har bir shahar o‘zining markazlari bilan mashhur bo‘lgan.
Masalan, VI – VII asrlarda shakllangan Buxoroning “Zandanichi” ipak
mahsulotlariga bo‘lgan talab katta bo‘lgan hamda, Samarqand esa o‘zining “toq
qizil baxmali” bilan mashhur bo‘lgan.
Ilk o‘rta asrlar davrida O‘rta Osiyo tarixida muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
va ma’daniy jarayonlar bo‘lib o‘tdi va keyingi tarixiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi. Albatta feodal yer egaligi munosabatlari dunyoning turli xalqlari va
mamlakatlarida bir vaqtda sodir bo‘lmagan. Ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyo tarixida
V – IX asrlarni o‘z ichiga olib, muhim tarixiy voqealarga boyligi bilan ajralib
turadi. Ilk o‘rta asrlarda Xorazm haqida gapiradigan bo‘lsak boy qadimiy tarixga
ega. Xorazmdan birinchi bo‘lib ajralib chiqqan davlat Qang‘ davlati hisoblanadi.
III-asrda esa Xorazmning poytaxti Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida
joylashgan Tuproqqal’a hududi bo‘lgan, unda Afrig‘iylar sulolasi IV – X asrlarda
hukumronlik qilgan. Qo‘lida burgut qo‘ndirilgan tojdor hukmdori surati
Tuproqqal’adan topilgan. Aksincha lochin qo‘ndirilgan hukmdor kishi surati
Anqaqal’adan topib o‘rganilgan. Xorazm hududidan ilk o‘rta asrlar davriga oid
shahar va mustahkamlangan qo‘rg‘oncha qoldiqlari topib o‘rganilgan. Fir
saroyini, Burgutqal’a, Teshikqal’a, Kuyukqal’a, Mirdakhon va boshqalar
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
81
o‘rganilgan. V – VI asrlarda qurilgan Kuyukqal’a 41 ga maydonni egallagan.
Uning ichki qismida 2ta qasr bo‘lganligi aniqlangan. Milodning IV – V asrlari
O‘rta Osiyo qadimgi tarixining muhim bosqichlaridan hisoblanadi. Xalqaro savdo
aloqalarida so‘g‘diylar katta ro‘l o‘ynagan va ularning mavqeyi boshqa
savdogarlarga qaraganda balandroq bo‘lgan so‘g‘diylar vositachilik qilgan.
So‘g‘dning Xitoy bilan aloqasi uzluksiz davom etgan. Ayniqsa bu jarayon Tan
sulolasi davrida (618-907) yanada jonlandi. Birgina 627-647 yillarda So‘g‘d
konfederatsiyasi mulklaridan Xitoyga 9ta elchilik yuborgan. Bu ikkinchi
tomondan so‘g‘diylarning turkiylar bilan munosabatiga ham yo‘l ochgan. III
asrdan boshlab Kushon podsholigi tanazzulgan yuz tutdi. Asta-sekin shaharlar
huvillab qoldi. Kuchsizlanib qolgan Kushon podsholigi ko‘chmanchi qabilalar
hujumiga uchraydi. Xiyoniylar davlati IV asr o‘rtalarida Yettisuv va Sharqiy
Turkistondan Grumbat boshchiligidagi xiyon qabilalarining hujumi boshlandi.
353-yilda ular So‘g‘dga bostirib kiradilar. Xiyoniylar Sosoniylar bilan to‘qnash
kelib ularni yengadilar. IV asrning 70-yillarida O‘rta Osiyoda 120 yildan oshiqroq
hukumronlik qilgan kuchli xiyoniylar hukmronligi o‘rnatildi. Sirdaryo
bo‘ylaridan to Amudaryo havzasigacha chozilgan keng maydonda xiyoniylarning
kuchli davlati qaror topadi.
Kidariylar davlati. V asrning 20-yillarida Sirdaryo va Orol bo‘ylari oraqli
Xorazm va Amudaryo havzasiga Kidar boshchiligida Kushonlarning avlodlaridan
bo‘lgan toxarlar kirib keldi. Ular kidariylar nomi bilan ham tilga olinadi. Tez
orada kidariylar Amudaryo hamda g‘arbiy va janubiy So‘g‘d yerlarini ishg‘ol
qilib, xiyoniylar davlatining janubiy qismida o‘z hukumronligini o‘rmatdi. Balx
shahri Kidariylar davlatining poytaxtiga aylantirildi. V asrning 60-yillariga qadar
ular sosoniy shohlarining sharqdagi asosiy dushmani bo‘lib qolgan. Kidariylar
bilan sosoniylar davlatlari o‘rtasidagi chegara Talikon yaqinida bo‘lgan. 456-
yilda sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar Eftallar bilan
to‘qnash kelib O‘rta Osiyoni tark etadi va Shimoliy Hindistonda o‘rnashib, u
yerlarda 75 yil hukumronlik qildi.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
82
Eftallar davlati. V asrning o‘rtalariga kelib eftallar deb atalgan yirik qabilalar
birlashmasi O‘rta Osiyoga bostirib kiradi. “Eftal” degan nom ilk bor “xetal”
shaklida V asr arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida “Eftalon” deb
yuritilgan qabila nomidan olingan. Muarrixlar eftaliylarni asli sak, massaget va
xunn qabilalarining birikmasidan kelib chiqqan deb hisoblaydilar. Qabila
oqsoqoli vaxshunvar qabila boshliq eftaliylar davlati tashkil topadi. Eftallar
davlatiga O‘rta Osiyodan tashqari Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy
Turkistonning yerlari kirgan. Eftallarning tobora kuchayib borayotgan
tajovvuzdan xavfsiragan sosoniylar shohi Pero‘z (459-484) ularga qarshi uch
marta muvoffaqiyatsiz yurish qiladi. Uning vorislari Kubod (488-531) va
Anushervon (531-579) hukmronlik qilgan davrlarda eftallar bilan munosabatlar
yaxshilandi. Eron uzoq vaqt davomida xiroj tolab turgan.
563-567-yillari janubda Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk
xoqonligidan zarbaga uchragan Eftallar davlati barbod bo‘ladi. Natijada Eftallar
davlati Eron sosoniylari va Turk xoqonligi o‘rtasida o‘zaro bo‘linib
Amudaryoning janubiy qirg‘oqlarigacha bo‘lgan viloyatlar Eron, uning sohillari
bo‘ylab Kaspiy dengizigacha bo‘ylab chozilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga
o‘tadi.
Eftallar davrida yerga egalik munosabatlari shakllanib bordi. Ilgarilari harbiy
yurishlardan katta daromad qilib turgan zodagonlar yer ularni doimo taminlash
manbai bo‘lishini anglab olishadi. Yerlarning asosiy qismi qishloq jamolariga
tegishli bo‘lgan. Dehqonlar va ibodatxonalarga tegishli yerlar ham bo‘lgan.
Ibodatxonaga tegishli yerlar vag‘nze deb yuritilgan. Yaylovlarning asosiy qismi
qabila va unug‘ jamoalari va ularning oqsoqollari – beylar tasarrufida edi.
Eftaliylarning etnik tarkibi, davlati to‘g‘risida Rim va Vizantiya tarixchilaridan
Marselin (IV asr), Xitoy solnomalarida Beyshi (VI asr), Favst Buzand (IV asr),
Arman tarixchisi Lazar Parbskey (V asr), Prokoiy Kesariyskiy, Feafan
Vizantiyskiy (VI asr) larda ma’lumotlar keltirilgan. Eftaliylar turli manbalarda
turlicha nomlangan: Xitoy manbalarida “i-da”, “ye-da”, Armanlarda “ideal”,
“xeptal”, Arablarda “haytal”, Suriya va lotin manbalarida “eptalit”, “eftalat”,
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
83
“abdal” deb yuritilgan. Eftaliylar hukumdori Vahshunvar Eftalon 457-yilda
o‘ziga bo‘ysundirgan yerlar Chagoniyon (hozirgi Surxon yerlari), Tohariston,
Badaxshon shular kabidir. Eftaliylar o‘t va quyoshga sig‘inishgan, O‘rta
Osiyodagilar esa – buddaviylik, moneylik, nasroniylik, zardushtiylikka e’tiqod
qilishgan. Eftaliylar Hindistonga bostirib kirish natijasida vujudga kelgan.
Shimoliy Hindiston, Pokiston va janubiy-sharqiy Afg‘oniston hududidan iborat
bo‘lgan. Hindistondagi Eftaliylar davlati milodiy V asr oxxiri – VI asrning 1-
yarmida, To‘ramon va uning vorisi Mixirakula davrida kuch-qudratga to‘lib,
ravnaq topgan. VI asr o‘rtalariga kelib tanazzulga yuz tutgan.
So‘g‘ tilidagi manbalar asosan IV-X asrlarga oid bo‘lib turli mazmundagi
huquqiy hujjatlar (ahdnoma, nikoh haqidagi shartnomalar, oldi-sotdi hujjatlari,
tilxatlar) hukmdorlari (So‘g‘d, hosh, Turk va Farg‘ona hukmdorlari) o‘rtasidagi
yozishmalar, xo‘jalikning kundalik faoliyatga oid hujjatlar, masalan Xarajatlar
yozilgan hujjat hamda farmonlardan iborat.
Bu hujjatlar So‘g‘diyonaning o‘zidan (Mug‘qal’adan), Samarqanddan
(Afrosiyobdan), Qirg‘iziston va Sharqiy Turkistondan topilgan. Bular orasida
Mug‘qal’a xarobalaridan 1932-yili topilgan hujjatlar alohida ahamiyatga ega.
Hujjatlar 1932-yilning bahorida Tojikistonning Varziminor (hozirgi Zahmatobod)
tumaniga qarashli Xayrobod qishlog‘ida shu tumanning sobiq birinchi rahbari
Polatoniy tomonidan ochilgan. Hujjatlar jami 79ta bo‘lib bulardan 74tasi qadimgi
so‘g‘d, 1 donasi arab, 3 tasi Xitoy va yana biri Turk tilidandir. Ular har xil
materialga, charmga, taxtaga o‘yib yozilgan.
Ilk o‘rta asrlarda – O‘rta Osiyoda so‘g‘, xorazm, eftalit, turk bitiklari paydo
bo‘ldi. Mazkur yozuvlar tarixiy manba bo‘lishi bilan birga noyob ilmiy manba
hisoblanadi.
Aholining diniy e’tiqodi turlicha bo‘lgan: Tohariston va Sharqiy Turkiston
aholisi buddizm, So‘g‘ va Xorazm aholisi otashparastlik diniga e’tiqod qilganlar.
Shu davrda O‘rta Osiyoga moneylik va nestarian-xristian dini ham tarqala
boshlagan. Urgut yaqinida topilgan xristian dini ibodatxonasi shu o‘tmishni
tasdiqlaydi.
Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari
4-To’plam 2-son Aprel , 2025
84
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi (2000-2005).
2.
Annayev T, Tilovov B, Xudoyberdiyev Sh “Boysun arxeologik
yodgorliklari” – Toshkent 1999.
3.
Buryakov. Yu.F “Toshkent vohasining qadimgi karvon yo‘llari” –
Toshkent: Fan 1978.
4.
Isomiddinov M.H “Sopolga bitilgan tarix” – Toshkent 1998.
5.
Farhod Sultonov, Farux Boboyev “Ilk o‘rta asrlar tarixi”
6.
Azamat Ziyo “O‘zbek davlatchiligi tarixi” – T.Sharq 2000.
7.
“Literaturnaya gazeta” 1988 yil 24- fevral Fyodor Burlatskiy “Brynov i
kruphenu ottepli”