INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND
THEIR SOLUTIONS
VOLUME 11, ISSUE 01, 2025
10
INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH IQTISODIY TARAQQIYOT GAROVI
M.Sultanov
Jizzax politexnika instituti o‘qituvchisi
I.Asilov
Kibersport fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Maqolada iqtisodchi olimlarning iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni
moliyalashtirish haqidagi fikrlari yoritilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish manbalari va ularning xususiyatlari o‘rganildi.
Kalit so‘zlar:
Iqtisodiyotni rivojlantirish, investitsiya, moliyalashtirish, kredit.
Аннотация:
В статье освещается мнение ученых-экономистов о финансировании
инвестиций, осуществляемых для развития экономики. Также изучены источники
финансирования инвестиционных проектов и их особенности.
Ключевые слова:
Развитие экономики, инвестиции, финансирование, кредит.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning iqtisodiy mohiyatini o‘rganishda bir qator iqtisodchi
olimlarning qarashlarini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Rossiyalik iqtisodchi olim
I.Mazurning “Loyihalarni boshqarish” kitobida: “loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsion
loyihalarni amalga oshirish maqsadida moliyaviy resurslarni kredit ko‘rinishida taqdim
etishdir”, deb ta’rif berilgan. Bu yerda , kredit qarz oluvchiga nisbatan hech qanday regressiz,
cheklangan yoki to‘liq regressli bo‘lishi mumkin, deb yozilgan. D.Morozov asarlarida esa
“loyihaviy moliyalashtirish – bu loyihani turli shakllarda kreditlashdir, bunda kreditlarning
qaytarilishi ta’minoti loyihadan keladigan daromadlardir”, degan fikr ilgari surilgan.
O‘zbekistonlik iqtisodchi olim D.G‘ozibekovning mulohazalariga ko‘ra, “loyihaviy
moliyalashtirish o‘zining murakkab moliyaviy munosabatlari bilan kreditorga moddiy kafolatlar
berish, loyihalar evaziga ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli
shartnomalar asosida moliyalashtirishdir”. Bundan tashqari, D.G‘ozibekov asarlarida loyihaga
kiritilgan qarz mablag‘larining qoplanishi manbai loyiha ishga tushganidan so‘ng olinadigan
daromadlar hisoblanishi ta’kidlab o‘tilgan.
Haqiqatdan ham investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish – moliyalashtirishning eng
taraqqiy etgan zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu bois ham u boy mazmunga
ega. Aytish joizki, loyihaviy moliyalashtirish – loyiha bo‘yicha asosiy vositalarni sotib olishni,
tashkil etishni yoki qurilishni moliyalashtirish bo‘lib, unda kreditor asosan quyidagilarga e’tibor
beradi:
kreditni qaytarish manbai sifatida, loyihani tatbiq etish natijasi bo‘yicha olinadigan sof pul
oqimiga;
loyihani moliyalashtirish uchun berilgan kreditning xavfsiz qaytishini ta’minlaydigan
manbasiga, ya’ni mijozning qobiliyatiga garov, kafolat va boshqa ta’minotlarga. Loyihaviy
moliyalashtirish mazmuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining
yo‘riqnomalarida quyidagicha izohlanadi: “loyihaviy moliyalashtirish – bu bank tomonidan
kreditni berish, baholash va monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda kredit ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta ta’mirlash
yoki texnik qayta qurollantirish, shu jumladan, asbob-uskunani sotib olish yoki asosiy fondlarni
tashkil etish hamda ishchi kapitalni sotib olishga yo‘naltiriladi”.
Loyihani amalga oshirish orqali ko‘rilgan qo‘shimcha daromad kreditni qaytarishning
asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Agarda loyihani amalga oshirish orqali qo‘shimcha daromad
olinmasa yoki loyiha bo‘yicha ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali iqtisodga
erishilmasa, bunday moliyalashtirishni loyihaviy moliyalashtirish deb bo‘lmaydi, u biznes-reja
asosida amalga oshiriladigan moliyalashtirish hisoblanadi.
INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND
THEIR SOLUTIONS
VOLUME 11, ISSUE 01, 2025
11
Loyihaviy moliyalashtirish
– bu regressiz (talab, huquq) yoki qarzdorga bo‘lgan
kreditning chegaralangan regressida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun
maqsadli kreditlash bo‘lib, bunda qarz oluvchining to‘lov majburiyatlarini ta’minoti sifatida,
investitsiya faoliyati davomida to‘plangan pul mablag‘lari hisoblanadi. Loyihaviy
moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo‘lib, loyihani amalga oshirish natijasida
olingan daromad hisoblanadi.
Tijorat yoki investitsiya kreditida esa kreditning qaytarish manbasi bo‘lib, qarzdorning
umumiy faoliyatidan olgan daromadi bo‘lishi mumkin. Kreditni qaytarishning asosiy manbai
loyihani hayotga tatbiq etishdan olingan sof foyda va pul oqimlari hisoblanadi. Loyihaviy
moliyalashtirishda aniq bir sof ta’minotning o‘zi bo‘lmaydi. Ammo bu loyihaviy
moliyalashtirishda kredit bo‘yicha ta’minot talab etilmaydi, degani emas. Loyihaviy
moliyalashtirishda aniq bir garovning bo‘lmasligi loyihalarni yirik miqdorda mablag‘ jalb etishi
kerakli kafolat yoki garovni yig‘ish imkoniyatini bermaydi. Loyihaviy moliyalashtirish - bu
bank tomonidan kreditni berish, baholash va monitoringini olib boorish jarayoni bo‘lib, bunda
kredit ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarining normal ishlashi uchun qurilish, qayta
ta’mirlash yoki asbob-uskunani sotib olish uchun yo‘naltiriladi deb e’tirof etilgan.
Umuman olganda, loyihaviy moliyalashtirish – bu investitsiya loyihalarini
kreditlashtirishning bir turi bo‘lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq risklarni
qisman yoki to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Agar banklarning oddiy kredit operatsiyalarida , eng
avvalo, qarzdorning kreditga qobiliyatliligini o‘rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini,
barqarorligini, shuningdek, garov sifatida foydalanadigan mol-mulklarni baholashga asosiy
ahamiyat berilsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi.
Xullas, loyihaviy moliyalashtirish – bu yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda bir
qancha bank resurslarining birlashishi va risklarning loyiha ishtirokchilari o‘rtasida
taqsimlanishini anglatadi.
Iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda
investitsion loyihalarning ko‘plab xususiyatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari
quyidagilardan iborat bo‘ladi:
qiymati yuqori bo‘ladi;
loyiha ishtirokchilarini ko‘pligi;
ko‘pincha risklarni barcha turlari uchraydi;
kapital talabi – bu kabi loyihalar moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talab juda katta bo‘lib,
unga aralash moliyalashtirish usullaridan foydalaniladi;
loyihalashtirish va qurilish ishlariga mehnat talabi katta bo‘ladi;
ishga tushish muddati 5-7 yil va undan uzoq muddatlarda beriladi;
loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish
maqsadida qo‘shimcha xarajatlarning kiritilishi;
davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri.
Yirik loyihalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni hisobga olish
kerak bo‘ladi:
loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo‘limlarga bo‘lib
o‘rganishni;
loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy – iqtisodiy holatini to‘liq tahlildan
o‘tkazishni;
loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqishni;
rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borishni.
Ushbu omillar va ular bilan bog‘liq risklarni ko‘pligi yirik loyihalarni amalga oshirishda
bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Risklarni ko‘p bo‘lishiga asosiy
sabablardan yana biri bu loyihaning ishtirokchilarining ko‘pligidir.
INTERNATIONAL CONFERENCE PEDAGOGICAL REFORMS AND
THEIR SOLUTIONS
VOLUME 11, ISSUE 01, 2025
12
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonuni. 2015-
yil 6-avgust // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2015.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 2017-yil 7-fevral.
3.
Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. Xorijiy investitsiyalar. O‘quv
qo‘llanma. – T.: Moliya, 2010. 328 b.
4.
Van Xorn Dj. Osnovi upravleniya finansami. Per. S angl. – M.: Finansi I statistika, 2001.
– S.231.
5.
Kayumov R.I. Organizatsiya i finansirovaniya investitsiy. Uchebnik. – T.: Fan va
texnologiya, 2012. – 367 s.
6.
Mamatov B.S., Xo‘jamqulov D.Yu., Nurbekov O.Sh. Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish . Darslik. Toshkent moliya instituti. – T.: IQTISOD – MOLIYA, 2014. – 608 b.
