ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 3, ISSUE 02, FEVRAL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
71
SEMIZLIK VA TUXUMDON POLIKISTOZI: METABOLIK
MUVOZANATSIZLIKNING KLINIK BELGILARI
Bekmurodova Malika Roʻzimurod qizi
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, "Davolash ishi-2" fakulteti
5-bosqich talabasi Samarqand, O‘zbekiston
.
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada hozirda reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalib
borayotgan semizlik va tuxumdon polikistozi sindromi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda metabolik
muvozanatsizlikning klinik belgilari hamda yuzaga keltirayotgan oqibatlarning qanchalik jiddiy
ekanligi haqida soʻz boradi.
KALIT SO‘ZLAR:
reproduktiv yosh, metabolik sindrom, tuxumdon polikistoz sindromi, past
molekulali xolesterin,ginoid semizlik,android semizlik, insulinorezistentlik,visseral yog’.
KIRISH:
odam organizmi oʻz hayoti davomida murakkab rivojlanish bosqichlari bosib oʻtadi:
neonatal, chaqaloqlik, bolalik ,oʻsmirlik, yetuklik, qariyalik.Har bir davrda organizm ichki muhit
suyuqliklari doimiy oʻzgarishda boʻladi.Bu oʻzgarishlardan 1 grammning milliondan bir qismda
ishlab chiqariladigan va organizmning muhim hayotiy jarayonlarini boshqaradigan garmonlar
oʻzgarishi har doim ham bir tekis kechmaydi.Ayniqsa ayollar organizmida reproduktiv - urchish
yoshiga yetganda metabolik oʻzgarishlar ,xususan organizm tana massasining ortishi bir qator
garmonal oʻzgarishlarga olib keladi.Bu oqibatlarning eng jiddiylaridan biri tuxumdon polikistoz
sindromidir.Bu kasallik hozirgi kunda Oʻzbekiston va dunyoning barcha davlatlarida jiddiy
muammo sifatida oʻsib bormoqda, shu bilan birga aholi inflyatsiyasiga jiddiy taʼsiri yanada
ortishi kuzatilmoqda.
ASOSIY QISM:
Modernizatsiya jadal kechayotgan insoniyat olamida uning aks taʼsiri
insoniyatni ham chetlab oʻtmagan.Hayotimizda foydalanayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan
kiyim -kechaklar,dorilar va tibbiy xizmatlar -barchasini texnologik usulda olinayotgan kimyoviy
moddalar egallab borayotganini koʻramiz.Bu oʻz navbatida odam organizmida,ayniqsa yetilish
va koʻpayish yoshida oʻzining zararli oqibatlarini koʻrsatib kelmoqda.Ancha yillik kuzatishlar
mobaynida ayollar oʻrtasida bepushtlik muammosi, tabiiy urchish jarayoni va homiladorlikning
kechishi,tug’ruq jarayoni qiyinlashib bormoqda . Tekshirishlardan shu maʼlum boʻldiki
kimyoviy aralashmali oziq ovqat mahsulotlarning yoshlar orasida koʻp isteʼmol qilinishi, past
molekulali xolesterinning to’qimalarda oshib borayotgani, kimyoviy moddalarning organizm
genetik strukturasining buzilishi va autoimmun jarayonlarning avj olishi bu muammolarni
yuzaga keltirib chiqarayotgan metabolik sindrom ,ayniqsa semizlikning
oqibatlari ekani
ma’lum bo’ldi.
Semizlik – bu organizmdagi ortiqcha yog‘ to‘qimalarining patologik to‘planishi bilan
tavsiflanadigan murakkab endokrin-metabolik kasallik bo‘lib, energetik disbalans, insulin
rezistentligi, leptin-grelin disregulyatsiyasi hamda gormonal o‘zgarishlar natijasida rivojlanadi.
Ayollarda semizlik organizmdagi tana yog‘ining taqsimlanishiga qarab ikki asosiy fenotipga
bo‘linadi:
ginoid
(ayolcha, “armut shaklida”) va
android
(erkakcha, “olma shaklida”) semizlik.
Har bir tur o‘ziga xos endokrin-metamorfoz xususiyatlarga ega bo‘lib, turli metabolik va
kardiovaskulyar xavflarni yuzaga keltiradi.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 3, ISSUE 02, FEVRAL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
72
Ginoid
(ayolcha, “armut shaklida”) semizlik:
Xususiyatlari
: Tana yog‘lari asosan son, dumba va pastki ekstremitalar sohasida yig’ilib,
periferik yog‘ to‘planishi bilan tavsiflanadi.Buning zamirida estrogen giperproduksiyasi va
progesteron bilan nisbatining buzilishi, yog‘ to‘qimalarida lipogenezin faollashishi va lipolizning
sekinlashishi, genetik moyillik o’zgarishlari sababchi bo’ladi.
Android
(erkakcha, “olma shaklida”) semizlik:
Xususiyatlari:
Yog‘ asosan qorin, bel va ichki organlar atrofida to‘planib, abdominal va visseral
yog‘lanish bilan tavsiflanadi, bu esa metabolik sindrom bilan bog‘liq kasalliklar xavfini
oshiradi.Buning zamirida insulin rezistentligi va giperglikemiya, androgen gormonlar
gipersekretsiyasi, menopauza davrida estrogen yetishmovchiligi va progesteron darajasining
pasayish, giperkortizolemiya, gipofiz bezi yetishmovchiligi sababchi omillardandir.
Reproduktiv yoshda android tipdagi semizlikning uchrashi bu xavfli holatdir.Bu xavfli metabolik
o’zgarish tuxumdon polikistozining asosiy omili bo’lib hisoblanadi.
Tuxumdon polikistoz sindromi – gipotalamo-gipofizar-ovarial disbalans fonida androgen
sekretsiyasining ortishi, insulin rezistentligi va metabolik sindrom bilan kechuvchi
oligoovulyatsiya yoki anovulyatsiya, hiperandrogenemiya va polikistik tuxumdonlar bilan
tavsiflanadigan endokrin-metabolik patologiya bo‘lib, android tipdagi semizlik va reproduktiv
disfunktsiya bilan kechadi.Tana massasing oshishi bilan organizm to’qimalarida qator
patogenitik reaksiyalar ishga tushadi: insulinorezistentlik,tuxumdon va buyrakusti bezidan
androgenlar ishlab chiqarilishining oshishi,gipotalamusda follikula stimullovchi va lyutenlovchi
garmonlar markaziy disbalansi,progesteron sekretsiyasi kamayishi va o’z navbatiga tuxumdonda
ko’plab yetilmagan follikular kistalar paydo bo’lishi kabi patalogik jarayonni keltirib chiqaradi.
Semizlik etialogiyali tuxumdon polikistozi sindromi klinik belgilari:
Giperandrogenemiya – girsutizm, akne, seboreya, androgenik alopetsiya;
Menstrual disfunktsiya – oligoovulyatsiya, anovulyatsiya, oligomenoreya, amenoreya;
Insulin rezistentligi – giperglikemiya, gipinsulinemiya, qora akantozlar;
Metabolik sindrom – giperglikemiya, gipertrigliseridemiya, dislipidemiya, arterial
gipertoniya;
Ovulyator disfunktsiya – lyuteal faza yetishmovchiligi, bepushtlik, follikulogenez
buzilishi;
Adipoz-gormonal disbalans – leptin rezistentligi, grelin gipersekresiyasi, adipokin
disregulyatsiyasi;
Yallig‘lanish va oksidativ stress – interleykin-6, to’qima nekroz faktori-α, C reaktiv oqsil
gipersekresiyasi - tuxumdon stromasining fibrozlanishi;
Jigar metabolik buzilishi – semizlik va insulin rezistentligi ta’sirida lipid infiltratsiyasi;
Kortizol disbalansi – giperkortisolizm, stress gormonlar miqdorining yuqorilashuvi;
Bu omillar yillar davomida vujudga keladi va eng kamida 5-7 yil muddat ichida
rivojlanadi.Kasallik alomatlariga e’tiborli bo’lmaslik ,turli xil dori vositalarni asossiz qabul
qilish,simptomatik turli mutaxasislarga davolanish,endokrinologga kech murojaat qilish yoki
yo’naltirish organizmda ortga qaytmas buzilishlarga,surunkali somatik kasalliklarga va o’smir
qizlar va fertil yoshdagi ayollarda qaytmas bepushtlikning rivojlanishiga sabab bo’lyabdi.
Yuqoridagi belgilar va oqibatdan ko’rinib turibdiki, metabolik sindrom hisoblangan semizlik
odam sog’ligi,turmush tarzi,hayotiy jarayonlariga ta’sir etibgina qolmay,balki mehnatga
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 3, ISSUE 02, FEVRAL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
73
yaroqlilik va ko’payish davrida organizm yashovchanlik xususiyatlari va kelajak avlod qoldirish
– nasl muamosini keltirib chiqaryabdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Alan H. DeCherney, Lauren Nathan, Neri Laufer, Ashley S. Roman. Current Diagnosis &
Treatment: Obstetrics & Gynecology, 12th edition. – USA: McGraw-Hill education,2019.
2. Joseph Loscalzo, Anthony S. Fauci, Dennis L. Kasper, Stephen Hauser, Dan Longo, J. Larry
Jameson. Harrison’s Principles of Internal Medicine, 21st edition. – USA: McGraw Hill
Professional, 2022.
3. Barbara L. Hoffman, John O. Schorge, Karen D. Bradshaw, Lisa M. Halvorson, Joseph I.
Schaffer, Marlene M. Corton. Williams Gynecology, 4th edition. – USA: McGraw-Hill
Education, 2020.
4. American College of Obstetricians and Gynecologists (ACOG) (www.acog.org)
5.Endocrine Society (
6.Mayo Clinic (
)
7.World Health Organization (WHO) (
8. Е. В. Уварова. Руководство по гинекологической эндокринологии. – Россия: ГЭОТАР-
Медиа, 2017.
9. В. И. Кулаков. Эндокринная гинекология. – Россия: ГЭОТАР-Медиа, 2009.