ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
O‘ZGARMAS TOK MASHINALARINING XALQ XO‘JALIGIDA QO‘LLANILISHI,
ENERGIYANING ELEKTROMEXANIK O‘ZGARISHLARI
Rayimqulov Anzurbek Akramovich
“Elektr mashinalari va elektr yuritmalari muhandisligi” kafedrasi talabasi
Toshkent davlat texnika universiteti
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zgarmas tok mashinalarining ishlash prinsipi, ularning tuzilishi
va ishlash prinsipi haqida ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Stator, yakor, asosiy qutb o‘zagi, qo‘zg‘atish chulg‘ami, elektrotexnik po‘lat,
kollektor, shetkalar.
Аннотация:
В статье рассматривается принцип действия машин переменного тока, их
устройство и принцип действия.
Ключевые слова:
Статор, якорь, сердечник главного полюса, обмотка возбуждения,
электротехническая сталь, коллектор, щетки.
Abstract:
This article discusses the principle of operation of AC machines, their structure, and
their operating principle.
Keywords:
Stator, armature, main pole core, excitation winding, electrical steel, collector, brushes.
Elektr mashinalari yordamida mexanik energiyani elektr energiyaga va aksincha, elektr
energiyani mexanik energiyaga shuningdek, elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga
aylantirish mumkin. Mexanik energiyani elektr energiyaga o‘zgartirish maqsadida elektr
generatorlaridan foydalaniladi. Generatorlar gidravlik va gaz turbinalar, ichki yonuv dvigatellari
va boshqa dvigatellar yordamida harakatga keltiriladi. Ko‘pincha elektr stansiyalarida ishlab
chiqarilgan elektr energiya yana turli mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun
mexanik energiyaga aylantiriladi. Bunday maqsadlarda elektr dvigatellardan foydalaniladi.
Tokning turiga qarab elektr mashinalar o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok mashinalariga bo‘linadi.
Elektr mashinalar vattning juda kichik qiymatidan million kilovattgacha va undan yuqori
quvvatlarda tayyorlanadi. Ko‘p qo‘llaniladigan elektr mashinalarida energiyaning o‘zgarishi
magnit
maydon ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun ular induktiv elektr mashinalar deyiladi.
Shuningdek, energiyani elektr maydon ta’sirida ham o‘zgartirish mumkin, bunday elektr
mashinalarini simli elektr mashinalar deyiladi, lekin bunday mashinalar ko‘p tarqalmagan.
Magnit maydon yordamida elektr maydonga nisbatan ming martagacha katta energiya hosil
qilish mumkin. Bir xil o‘lchamli induktiv va simli elektr mashinalaridan induktiv mashinalar
yordamida ancha katta quvvatga erishish mumkin. Elektr mashinaning asosiy elementi bo‘lib
hisoblangan ferromagnit o‘zaklar yordamida kuchli magnit maydon hosil qilish mumkin.
O‘zgaruvchan magnit maydonlarida uyurma toklarni kamaytirish maqsadida magnit o‘zaklar
yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalardan tayyorlanadi. Elektr mashinalarining chulg‘amlari ham
asosiy elementlardan hisoblanib, mis, alyuminiy va ularning qotishmalaridan iborat bo‘lgan
elektrotexnik materiallardan tayyorlanadi. Chulg‘amlarni himoyalash maqsadida, turli elektr
himoyalash materiallaridan foydalaniladi. Elektr mashinalari generator va dvigatel rejimida
qo‘llanilishi mumkin. Elektr mashinalarida energiyaning o‘zgarishi quvvat isroflari bilan bog‘liq,
shuning uchun elektr mashinalarining foydali ish koeffitsiyenti 100% dan kichik bo‘ladi. Katta
quvvatli elektr mashinalarining foydali ish koeffitsiyenti 98
99.5% ga teng bo‘lib, quvvati 10 Vt
gacha bo‘lgan elektr mashinalariniki 20
40 % gacha bo‘ladi.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
Elektr mashinalarni quvvatlariga nisbatan quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
0.5 kVt gacha juda kichik mashinalar yoki mikromashinalar;
0.5
20 kVt - kichik quvvatli mashinalar;
20
250 kVt o‘rtacha quvvatli mashinalar va 250 kVt dan ortiq quvvatli mashinalarga katta
quvvatli mashinalar.
O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi
O‘zgarmas tok mashinalari asosan ikki qismdan iborat: qo‘zg‘almas qismi stator va aylanadigan
qismi rotordan iborat. Stator o‘z navbatida yarmo, asosiy qutb o‘zagi, qo‘zg‘atish chulg‘ami,
qo‘shimcha qutblar, qo‘shimcha qutb chulg‘amlari va boshqa konstruktiv elementlardan iborat.
O‘zgarmas tok mashinalarining magnit o‘zagi asosan qalinligi 0.5
1 mm bo‘lgan elektrotexnik
po‘latdan yig‘iladi, ba’zi hollarda konstruktiv po‘latlardan ham tayyorlanishi mumkin.
Elektr mashinalarining magnit o‘zaklari issiq holda juvalangan E41, E42, E43 markali yoki sovuq
holda juvalangan E310, E320, E330 markali elektrotexnik magnit yumshoq po‘latlardan
tayyorlanadi. Keyingi paytlarda elektr mashinasozlik zavodlarida elektr mashinalarining magnit
o‘zaklarini tayyorlashda sovuq holda juvalangan E310, E320, E330 markali po‘latlar keng
qo‘llanilmoqda.
Elektr mashinalarining magnit o‘zaklaridagi induksiya asosan 1,2–1,5 Tl, issiq holda juvalangan
po‘latlar uchun 1,5-1,7 Tl ni va magnit o‘zagi sovuq holda juvalangan po‘latdan tayyorlangan
magnit o‘zaklarda induksiya 1,0-1,5 Tl ni tashkil etadi.
Magnit oqimi statsionar rejimlarda o‘zgarmasdan qolganligi sababli, o‘zgarmas tok mashinalarida
asosiy qutb magnit o‘zaklarining tunukalari bir-biridan laklar bilan himoya qilinmaydi.
O‘zgarmas tok mashinasining yakori quyidagi elementlardan: val, magnit o‘zak, kollektor,
chulg‘am va boshqa yordamchi elementlardan iborat. O‘zgarmas tok mashinasining vali
konstruktiv po‘latdan tayyorlanadi. Yakorning magnit o‘zagi qalinligi 0.35
0.5mm bo‘lgan
elektrotexnik po‘lat tunukalaridan yig‘iladi, tunukalar bir-biridan maxsus izolyatsiyalovchi laklar
bilan ajratiladi, lakning qalinligi yakorning kuchlanishiga bog‘liq. Yakorning magnit o‘zagini
yaxshiroq sovutish maqsadida yakorning o‘qi bo‘yicha magnit o‘zak alohida paketlarga bo‘linadi.
Magnit o‘zakning o‘rta qismini sovutish qiyin bo‘lganligi uchun o‘zakning o‘rtasida joylashgan
paketlarning o‘lchami kichik bo‘ladi. Yakorning paketlarga bo‘lingan magnit o‘zagini sovutish
uchun radial va aksial sovutish kanallaridan foydalaniladi. Bu kanallarning kengligi 10 mm gacha
bo‘ladi. Yakorning chulg‘amlari misdan
tayyorlanadi.
Chulg‘amlarni tayyorlash uchun
chulg‘amning yoyilgan sxemasi chiziladi. Kollektor o‘zgarmas tok mashinalarida mexanik
to‘g‘rilagich vazifasini bajaradi.
O‘zgarmas tok mashinalarida kollektor misdan tayyorlangan
alohida kollektor
tunukalaridan yig‘iladi, so‘ngra valga o‘rnatiladi. Kollektor
tunukalari orqali o‘zgarmas tok
generatorlaridan elektr quvvat iste’molchilarga elektr shetkalar orqali uzatiladi, dvigatel rejimida
esa shetkalar orqali yakor chulg‘amiga elektr quvvati keltiriladi. Yakorning valiga o‘zgarmas tok
mashinalarining sovutish sistemasini yaxshilash
maqsadida havo purkagich (ventilyator)
o‘rnatiladi. Katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalarida podshipniklar alohida shitlarga o‘rnatiladi.
Katta quvvatli o‘zgarmas tok mashinalarida magnit o‘zak segmentlar ko‘rinishidagi elektrotexnik
tunukalardan yig‘ilishi mumkin. O‘zgarmas tok mashinalarining yarmosi uning korpusi ham
bo‘lib hisoblanadi. Mashinaning yarmosi asosan konstruktiv po‘latdan tayyorlanadi, ba’zi hollarda
yarmoni tayyorlash uchun cho‘yan ham ishlatiladi.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
O‘zgarmas tok mashinalarida, shuningdek, shetkalar o‘rnatiladigan shetka ushlagichlardan
foydalaniladi. Shetkalarni kollektor yuzasiga tegib turishini ta’minlash uchun po‘lat prujinalar
qo‘llaniladi. Kollektorning yuzasi shetkaning sirpanishi va shetka bilan kollektor orasidagi ba’zi
hollarda hosil bo‘ladigan uchqunlar ta’sirida tez yemiriladi, yemirilgan kollektorni maxsus
tekislash stanoklarida tekislanadi.
O‘zgarmas tok mashinalarining ishlash prinsipi
Bizga ma’lumki, o‘zgarmas tok mashinasining stator va yakorlarining
magnit o‘zaklari
ferromagnit materiallardan tayyorlanadi. O‘zgarmas tok mashinasining yakori aylantirilganda,
qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qilgan asosiy magnit maydon kuch chiziqlari bilan kesishgan yakor
chulg‘amlarida elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi. Magnit maydon o‘zgarmas bo‘lganligi
sababli chulg‘amdagi elektr yurituvchi kuch aylanish elektr yurituvchi kuchi deb ataladi. Yakor
chulg‘amining bitta o‘tkazgichidagi elektr yurituvchi kuchi
e
ym=
Blv
bu yerda: B - havo bo‘shlig‘idagi magnit maydon induksiyasi; l - o‘tkazgichning uzunligi; v -
o‘tkazgichning chiziqli tezligi.
Seksiyaning o‘tkazgichlari simmetrik bo‘lganligi sababli, ularda bir xil kattalikdagi elektr
yurituvchi kuchlar hosil bo‘lib, ular kontur bo‘yicha qo‘shiladi va chiziqli tezlik bilan
aylanayotgan yakor chulg‘amining bitta o‘ramidagi elektr yurituvchi kuch quyidagicha bo‘ladi:
E
y
=2e
ym
=Blv
Elektr yurituvchi kuchning tarqalish formasi vaqtga bog‘liq ravishda induksiya B ning havo
bo‘shlig‘i
bo‘ylab tarqalish xarakteriga o‘xshash bo‘ladi. Lekin yakor chulg‘amidagi
o‘zgaruvchan tok kollektor yordamida o‘zgarmas tok ko‘rinishiga keltirilib, tashqi zanjirga
uzatiladi. Haqiqatan ham yakor bilan birga kollektor 90
ga burilganda yakorning
o‘tkazgichlaridagi e.y.k ning yo‘nalishini o‘zgarishi bilan bir vaqtda shetkalar ostidagi kollektor
plastinalari ham almashadi. Shuning uchun yuqoridagi shetka ostidagi kollektor plastinasi doim
shimoliy qutb o‘zagi ostidagi joylashgan o‘tkazgich bilan ulangan bo‘lib, pastdagi shetka ostida
joylashgan kollektor plastina bilan esa janubiy qutb o‘zagi ostida joylashgan o‘tkazgich ulangan
bo‘ladi. Shunday qilib, kollektor yordamida yakor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok to‘g‘rilanib,
tashqi zanjirga o‘zgarmas tok ko‘rinishida uzatiladi. Yakor chulg‘amidagi tokning o‘zgarish egri
chizig‘ini abssissa o‘qining pastidagi yarim davrini ishorasini o‘zgartirib, tashqi zanjirdagi tok va
kuchlanishning egri chizig‘ini hosil qilishi mumkin . Ikki qutbli mashinalarda elektr yurituvchi
kuchning chastotasi yakorning aylanishlar soniga teng f=n
.
Agar mashinada juft qutblar soni r
bo‘lsa, u holda elektr yurituvchi kuchning chastotasi f = rn bo‘ladi
.
Faraz qilaylik, yakor chulg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulangan bo‘lsin yoki qutb o‘zaklari
o‘zgarmas magnitlardan iborat bo‘lsin. Qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qilgan magnit kuch chiziqlari
havo bo‘shlig‘ini kesib o‘tadi va yakorning chulg‘amida elektr yurituvchi kuchni induksiyalaydi.
Yakor chulg‘amidagi kuchlanish yakor tokini hosil qiladi. Bu tok o‘zining magnit oqimini hosil
qiladi. Yakorning magnit oqimi bilan qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimlarining o‘zaro
ta’siri natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi. Agar bu moment valga qo‘yilgan statik
momentdan katta bo‘lsa, yakor asta-sekin aylana boshlaydi va ishlab chiqarish mexanizmini
harakatlantiradi. O‘zgarmas tok mashinasining bu rejimi dvigatel rejimi deb ataladi. O‘zgarmas
tok mashinasidan elektr energiyasini olish uchun ya’ni generator rejimida ishlashi uchun uning
valiga birlamchi dvigatel (elektr dvigatellar, ichki yonuv dvigatellari va h.k.) yordamida
aylantiruvchi moment ya’ni mexanik quvvat beriladi. Mexanik quvvat ta’sirida aylanayotgan
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
yakorning chulg‘amlari qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qilgan magnit maydon kuch chiziqlarini kesib
o‘tadi va yakor chulg‘amlarida elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
A.I. Voldek. « Elektricheskie mashinы». Energiya, 1974.
2.
U.Ibrohimov. « Elektr mashinalari » O‘qituvchi. 1972.
3.
Kamolov N. K. Ma’ruza matnlari. Farg‘ona 2004 yil.
4.
https://srcyrl.electric-test.com/high-voltage-tester/
5.
https://srcyrl.electric-test.com/info/what-is-the-difference-between-a-voltage-trans-