Авторы

  • Turdiyev Shukhrat Berdiyevich,Aslanov Gulom Aslanovich,Nasullayev Fayzi Otabek o`g`li
    Navoiy davlat universiteti tibbiyot fakulteti
  • Turdiyev Shukhrat Berdiyevich,Mirjanova Madina Mirjanovna,Nasullayev Fayzi Otabekovich
    Navoiy davlat universiteti tibbiyot fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ituy.82184

Ключевые слова:

kommunikatsiya o‘qituvchi tendensiya axborotlashtirish texnologiya internet ta’lim talabalar takomillashtirish axborot.

Аннотация

Maqolada axborot kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash tendensiyalari ta’limning muhim omili sifatida yoritilgan. Shuningdek axborotlashtirishda kommunikatsiya texnologiyalari zarurati aniq misollar yordamida ochib berilgan. Hozirgi kompyuterlashtirilgan jamiyatimizda aynan kompyuter va texnik vositalarni ta’lim jarayonida qo‘llash, ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini oshirilishi, baholash tizimini isloh qilinishi haqida fikr –mulohazalar bayon etilgan. Maqolada shuningdek ta’limning mobillashuvi, axborotlashuvi, integrallashuvi sharoitida uning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi yangi ta’lim resurslari sifatida interaktiv elektron ta’lim resurslarini yaratish masalasi qaralgan.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

63

INSON VA KOMPYUTER O`ZARO TA'SIRINI FAN VA TA`LIMDA QO`LLASH

Turdiyev Shukhrat Berdiyevich

Navoiy davlat universiteti tibbiyot fakulteti katta o`qituvchisi

Aslanov Gulom Aslanovich

Navoiy davlat universiteti tibbiyot fakulteti o`qituvchisi PhD, v.b dotsent

Nasullayev Fayzi Otabek o`g`li

Navoiy davlat universiteti tibbiyot fakulteti talabasi

Annotatsiya.

Maqolada axborot kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash tendensiyalari

ta’limning muhim omili sifatida yoritilgan. Shuningdek axborotlashtirishda kommunikatsiya

texnologiyalari zarurati aniq misollar yordamida ochib berilgan. Hozirgi kompyuterlashtirilgan

jamiyatimizda aynan kompyuter va texnik vositalarni ta’lim jarayonida qo‘llash, ta’lim jarayoni

sifati va samaradorligini oshirilishi, baholash tizimini isloh qilinishi haqida fikr –mulohazalar

bayon etilgan. Maqolada shuningdek ta’limning mobillashuvi, axborotlashuvi, integrallashuvi

sharoitida uning samaradorligini oshirishga imkon beruvchi yangi ta’lim resurslari sifatida

interaktiv elektron ta’lim resurslarini yaratish masalasi qaralgan.

Kalit so‘zlar

: kommunikatsiya, o‘qituvchi, tendensiya, axborotlashtirish, texnologiya, internet,

ta’lim, talabalar, takomillashtirish, axborot.

KIRISH

Zamonaviy shaxs shu qadar ko‘p axborotga egaki, u axborotlarni yangi axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarisiz ishlov berishi va ishlatishi mumkin emas. Yildan-yilga jamiyat hayotiga

kompyuter va u bilan birga axborot- kommunikatsion texnologiyalari jadal kirib kelmoqda.

Ta’lim siyosatining hozirgi asosiy maqsadi ta’lim oluvchi shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlarini

qondiruvchi muhim va kelajakdagi rivoji uchun zarur yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan

zamonaviy ta’lim berishga qaratilgan.

ADABIYOTLAR SHARHI

“Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-

tadbirlarimiz natijasida yangi O‘zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi

demokratik o‘zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi”[1].
Dunyoda ta’lim samaradorligi bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Finlandiya davlatining Milliy

maktablar boshqaruvi raisi, professor Erkki Axo ta’lim jarayonini zamon talabida modernizatsiya

qilishning axamiyati haqida shunday ta’kidilaydi: “Globallashuv jarayoni va raqamli

texnologiyalar mehnat bozoridagi ahvolni juda ham o‘zgartirib yubordi, ijtimoiy va hududiy

tengsizlik muammosi o‘sish bilan xavf solmoqda, migratsiya an’anaviy madaniy tuzilmalarni

zaiflashtirmoqda... Shuning uchun ham bizning tirik qolish strategiyamiz ta’lim manbalari va

ilmiy tadqiqot ishlarimizga asoslangan holda ishlab chiqilmoqda”[2].
Ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quvchi-talabaning emas, u eng avvalo,

o‘qituvchi(pedagog)ning texnologiyasidir. O‘quvchi-talaba zamonaviy axborot texnologiyasini

o‘rganmaydi, balki uning mahsulotidan o‘qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi.

O‘qituvchi (pedagog) zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil

qiladi, o‘quvchi- talabalar bilimini nazorat qiladi va uning vazifasi ta’lim mazmunini


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

64

takomillashtirish

uchun

kompyuterlashtirishning eng

yuqori

darajasidagi

axborot

texnologiyalarini ta’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo‘ladi.
Axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini

axborot bilan ta’minlashni rivojlantirish omillari kompyuterlashtirishning har ikkala yo‘nalishini

ham rivojlantirib borish zaruriyatiga bog‘lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan

me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta’lim tizimining hamma bosqichlarida

«kompyuterlashtirishning konsepsiyasi» yaratilishi lozim.
Ta’limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish nazariyasi va metodologiyasi,

o‘quv jarayonida internet texnologiyalaridan foydalanish usullari, masofadan o‘qitish

texnologiyalarini qo‘llash muammolarini o‘rganishda G‘arb olimlarini xizmati beqiyosdir.

Jumladan, A.Berglund, D.Geladze, H.Long, M.Sugata, K.Whattananarong, P.Alfred, B.Means,

W.Olatokun, K.Peters, J.Traxler, B.Furuholt kabi tadqiqotchilar tomonidan tadqiq etilgan.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi olimlari A.A.Andreev, O.Ye.Belova, O.I.Lyash, L.A.Peskova,

S.A.Sushkov, A.Yu.Uvarov, A.V.Xutorskoy, M.Ochilov, M.N.Skatkin kabi olimlarning ilmiy

ishlarida pedagogik texnologiyalar va ularning ilmiy asoslariga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib,

pedagogik texnologiyalar asosida yosh avlodni tarbiyalashda ko‘nikma va malakalarni tarkib

toptirish, o‘quv jarayonini loyihalashtirish, dasturlashtirilgan ta’lim va innovatsion pedagogika

muammolari mazkur ishlarda ilmiy asoslar bilan yoritilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Kompyuterli texnologiyalar dasturli o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar

va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog‘liq ta’limning hali tadqiq

qilinmagan yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta’limning kompyuterli (yangi axborot)

texnologiyalari – bu axborotni tayyorlash va uni ta’lim oluvchiga uzatish jarayoni bo‘lib, uning

amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya’ni
-

o‘quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ularning

kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish;
-«axborotlashgan jamiyat» shaxsini tayyorlash;
-

ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli miqdorda axborot bilan

ta’minlash;
-

o‘quvchi-talabalarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini

shakllantirish va rivojlantirish.
Oliy ta’lim muassasasi pedagoglari va rahbarlarining kasbiy omilkorligini rivojlantirish uchun

ularni faoliyatining birinchi kunlaridanoq qo‘shimcha pedagogik ta’limga jalb qilish lozim.

Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari har bir bosqichda o‘qituvchining eng yaqin

ko‘makchisi, malakali pedagogning darsga tayyorgarlik ko‘rishidan tortib, uni sifatli, qiziqarli va

natijali o‘tkazishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda eng qulay vositadir. O‘qituvchi darsga

tayyorgarlik ko‘rishda kompyuter orqali didaktik, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar,

slayd va dars ishlanmalarini tayyorlashi, internet yordamida esa ularni turli qo‘shimcha

ma’lumotlar, qiziqarli surat, audio, video lavhalar bilan boyitishi mumkin. Dars jarayonida

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilar dunyoqarashi, bilim va ko‘nikmalarini

ko‘rish, eshitish va mustaqil bajarish orqali rivojlantirishga ko‘maklashadi [3].
Darsning har bir bosqichida o‘tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash, yangi bilimlar

bayoni, amaliy mashg‘ulotlar laboratoriya ishlarini bevosita axborot texnologiyalari yordamida

qisman yoki butunlay amalga oshirish imkoniyati mavjud[4]. Buning uchun esa bir nechta


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

65

kompyuter dasturlaridan foydalanish ko‘nikmasi, ozgina vaqt va qunt talab etiladi, xolos. Shu

yo‘l bilan o‘qituvchi eng katta maqsadiga erishadi, o‘quvchilarga sifatli ta’lim beradi, ularni

katta hayotga tayyorlaydi.
So‘nggi yillarda deyarli barcha oliy ta’lim muassasalari o‘quv- laboratoriya jihozlari va

zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlandi. Shu bilan bir qatorda ulardan ma’lum

jarayonda unumli foydalanish yuzasidan ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha fan o‘qituvchilarining

axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasi oshirildi va

oshirilmoqda. O‘qituvchi pedagoglarning zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishlarini

ta’minlash, ular malakasini uzluksiz oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tarmoqning elektron pochta, yangiliklar guruhlari, chat-muloqot tarmog‘i kabi keng

ommalashgan vositalaridan ta’lim tizimida foydalanish mumkin. Real vaqtda muloqot imkonini

tug‘diruvchi hamda aloqa o‘rnatilgach, klaviatura orqali kiritiluvchi matnni, tasvir, ovoz yoxud

ixtiyoriy faylni uzatish imkonini beruvchi maxsus dasturlar mavjud bo‘lib, bu dasturlar turli

masofada joylashgan foydalanuvchilarga lokal kompyuter tarmog‘i orqali hamkorlikdagi

faoliyatni ta’minlab beradi. Ma’lumotlarni uzatish sifati zamonaviy tizim asosida rivojlanishi

natijasida ovozli muloqot texnologiyalari yanada takomillashib bormoqda. Natijada onlayn

muloqot tizimi jadal sur’atlarda rivojlana boshladi. Dasturiy ta’minot hamda maxsus uskunalar

yordamida internet orqali audio va video konferensiyalar o‘tkazilmoqda[5].
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida avtomatlashtirilgan izlash vositalari keng

yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shu tarmoqlar vositasida global kompyuter tarmog‘ining informatsion

resurslari haqida ma’lumot yig‘ish bilan birga, foydalanuvchilarga tezkor izlash xizmatini taqdim

qilish mumkin.
Ko‘p yillik tadqiqotlar natijasida ta’lim jarayonlarini axborotlashtirish bo‘yicha ishlarning

yo‘nalishlari aniqlangan bo‘lib, bu jarayon quyidagi sohalarda olib borilishi belgilandi:
1)

Oliy pedagogik ta’lim soxasida:

o‘quv jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan internet texnologiyalarining didaktik asoslarini

aniqlash;
-

Pedagogik kadrlarni tayyorlashda ularning zamonaviy axborot texnologiyalari asosida

dars berish qobiliyatlarini shakllantirish;
-

Masofaviy ta’limning elektron, o‘quv-metodik va tashkiliy ta’minotini amalga oshirish.

2)

Umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimlari bilan hamkorlik sohasida:

-

o‘qituvchilarga zamonaviy texnologiya vositalari orqali metodik yordam berish;

-

mazkur tizimlar uchun elektron adabiyotlar yaratish va elektron o‘quv- metodik bazani

shakllantirish.
3)

Professor-o‘qituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish sohasida:

-

professor-o‘qituvchilarning ta’limda axborot texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish;

-

sinxron (videokonferensiya) va asinxron (axborot-ta’lim portali, internet) shakllarda

malaka oshirishni tashkil etish.
4)

Ta’limni axborotlashtirishni ilmiy yo‘nalish sifatida rivojlantirish sohasida:


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

66

-

axborot texnologiyalari muhitida pedagogika fani rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini

aniqlash;
-

-o‘qitishning tashkiliy shakllari, metodlari, metodologiyasi, shaxsni rivojlantirishni yangi

axborot tizimida takomillashtirish[6].
Zamonaviy axborot texnologiyalarini pedagogik ta’lim jarayoniga joriy etishning yo‘nalishlarini

quyidagicha belgilash mumkin:
-

axborot texnologiyalari vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;

-

pedagogik ta’lim jarayonlarining barcha qatnashchilarini axborot kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanish darajasini oshirish;
-

o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirishni tizimli

integratsiyalash;
-pedagogik ta’limning yagona axborot-ta’lim muhitini yaratish va rivojlantirish.
Ta’limni axborotlashtirish jarayoni birinchi axborot texnologiyalari bo‘yicha pedagog kadrlar

tayyorlashni talab etadi. Odatda kompyuter sinflarida informatika fani o‘qituvchilari ishlaydi,

ammo boshqa fan o‘qituvchilari har doim ham bunday imkoniyatdan yetarli foydalanishmaydi.
Kompyuter savodxonligiga ega pedagoglar oldida keng imkoniyatlar ochiladi. Masalan, axborot

texnologiyalaridan foydalana oladigan pedagog o‘zining ma’ruza darslarini multimedia vositalari

asosida ko‘rgazmali qilib tashkil etishi mumkin.
Talabalar informatika darslarida kompyuterda ishlash ko‘nikma va malakasiga ega bo‘lishadi,

mutaxassislik fanlarida esa kasbiy bilimlar egallanadi. Pedagogik faoliyatda esa olgan bilimlarini

fanlararo aloqadorlik masalalarini inobatga olgan holda qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida dars beruvchi malakali pedagoglarni tayyorlashni

takomillashtirish maqsadida oliy pedagogik ta’lim muassasalari bakalavriat yo‘nalishlarida

axborot texnologiyalariga oid maxsus kurslarning o‘quv rejasiga kiritilishi maqsadga muvofiq.

Bu kurslarda axborot texnologiyalarini fanlarni o‘qitishga joriy etish bo‘yicha bilimlar berilishini

ta’minlash lozim. Bundan tashqari oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurslarida o‘qitiladigan

“fanlarni o‘qitish metodikasi” fan o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga shu fanni

o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq mavzularni kiritish zarur.
Zamonaviy axborotlashgan jamiyat pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlashda pedagog

kadrlarning internet axborot resurslaridan maqsadli foydalana olishi, mustaqil bilimlarni egallash

jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlarini joriy eta olishi

bilan bog‘liq talablarni qo‘ymoqda.
Ta’limda axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlash jarayonini

ta’lim muassasalarida axborotlashtirishni tashkil eta oladigan, o‘zining kasbiy faoliyatida

axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan amaliy jihatdan foydalana oladigan, axborotlashgan

jamiyatda faoliyat yuritadigan pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi va mazmunini ishlab

chiqarishga yo‘naltirilgan yo‘nalish sifatida qarash lozim. Shuningdek, axborot texnologiyalarini

joriy etish jarayonida keng qo‘llaniladigan atamalar mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash, ularni

o‘rinli qo‘llash ta’limda ilmiylik tamoyilini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ta’limni axborotlashtirish bo‘yicha pedagog kadrlarni tayyorlash ta’lim- tarbiya jarayonini

tashkil etuvchi fan o‘qituvchisi nuqtai nazaridan differensiallashgan bo‘lishi kerak.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

67

NATIJALAR

O‘quv jarayonida zamonaviy kompyuterlarni deyarli barcha didaktik masalalarni, shu jumladan

axborotni yig‘ish, saqlash va uzatish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish, talabalar bilimini

nazorat va tahlil qilish, amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga imkon beruvchi mashqlarni

bajarish, o‘quv jarayonining borishi haqida ma’lumotlarni to‘plash kabi masalalarni hal etishga

tadbiq etish mumkin.
Interaktiv elektron ta’lim trenajyorini o‘quv jarayoniga qo‘llashdan ko‘zda tutilgan asosiy

maqsad: fanlar bo‘yicha o‘rganiladigan nazariy bilimlarni mustahkamlash,zaruriy amaliy

ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; ta’lim oluvchilarni bilimlarni mukstaqil o‘zlashtirishga

o‘rgatish, ularda o‘zini o‘zi o‘qitish va o‘zini o‘zi nazorat qilish uslublari va usullarini egallash

ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.[1]
Interaktiv elektron ta’lim trenajyorlari talabalar bilim va ko‘nikmalarini nafaqat tizimlashtirishga,

balki ularning kasbiy faoliyati samaradorligiga ta’sir qiluvchi omil sifatida individual ta’limni

shakllantirishda ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishning aniq yo‘nalishi hisoblanib o‘qitish

samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratish texnologiyasi o‘z ichiga yetarli darajada ko‘p

bosqichlarni oladi Sifatli interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratish esa ko‘p jihatdan

texnologik bosqichlarning to‘g‘ri ajratilishiga bog‘liq. Interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini

yaratishning texnologik bosqichlarini ajratishda, ularga xos bo‘lgan quyidagi komponentlarni

e’tiborga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi: sarvaraq (titul); annotatsiya;o‘quv dasturi

(maqsad, vazifa, mazmun, tematik reja); o‘quv matni (tizimalashtirilgan, ergonomik talablarni

e’tiborga olgan tizimlashtirilgan holda qurilgan); illustrativ materiallar (tasviriy, mantiqiy-

tuzilmaviy); o‘rganilish ko‘zda tutilgan barcha mavzular bo‘yicha tavsiya etilgan asosiy va

qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati; alohida olingan mavzu va butun kurs bo‘yicha atamalar va

tushunchalar lug‘ati; xrestomatiya va qo‘shimcha materiallar (kitoblar, me’yoriy hujjatlar

ro‘yxati); interaktiv elektron ta’lim trenajyorlaridan foydalanib ta’lim oluvchilarning mustaqil

ishini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar.
Interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarining texnologik bosqichlari amaliy mashg‘ulotlarni tashkil

etishga ko‘maklashuvchi, o‘qitish natijalarini o‘lchashga imkon beruvchi, ta’lim beruvchi va

ta’lim oluvchi uchun ma’lumotnoma materiallar taqdim etuvchi komponentlarni ishlab chiqish

bilan bog‘liq: interaktiv elektron ta’lim trenajyorlari foydalaniladigan mashg‘ulotlarda har bir

mavzu, bob, bo‘lim va butun kurs bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z- o‘zini tekshirish

uchun savollar; trening mashqlar va topshiriqlar; har bir mavzu, bob, bo‘lim va butun kurs

bo‘yicha bilimlarni nazorat qilish uchun test topshiriqlari va savollari;Internet resurslar (virtual

elektron kutubxona, ta’lim saytlari va axborot resurslari);ta’lim muassasasi mediatekasida

saqlanayotgan material (avval yaratilgan o‘qitishning elektron vositalari va boshqalar);

xronologik ko‘rsatkich; qisqartma so‘zlar ro‘yxati.
Interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratish jarayonida o‘rganilayotgan texnologiyaning

ajralmas qismi bo‘lgan ta’lim resurslarini yaratishning umumiy tamoyillariga rioya qilish zarur.

Bunday tamoyillar interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratish va undan foydalanishda

o‘qituvchi tayyorgarligining metodik tizimi tarkibiga kirishi kerak.
Interaktiv elektron ta’lim trenajyorlariga axborotni joylashtirish usuli uni yaratish

texnologiyasiga nisbatan ma’lum bir talablarni qo‘yadi. Bunda kompyuter asosiy didaktik

uskuna hisoblanadi. Turli xil o‘rgatuvchi dasturlar bilan birga barcha o‘quv axborotini

to‘laligicha taqdim etuvchi yaxlit interaktiv kurs zarur. Shuning uchun ham o‘quv materialining


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

68

interfaollik tamoyili – interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratishda hisobga olinishi lozim

bo‘lgan, ikkinchi muhim tamoyil hisoblanadi.
Interfaol vositalar matn, statik va dinamik grafik, video va audio yozuvlar kabi axborotlarni

tasvirlashning turli muhitini yagona majmuaga birlashtirish imkonini beradi va ta’lim oluvchini

o‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylantiradi. Multimediadan foydalanish esa axborotni

qabul qilishning individual xususiyatlarini maksimal darajada e’tiborga olish imkonini beradi.

Bu ayniqsa, o‘qituvchidan ta’lim oluvchiga o‘quv materialini bilvosita kompyuter orqali

uzatishda juda muhim hisoblanadi. O‘qitishning har qanday shakli psixologo- pedagogik asosni

yaratishni talab etadi. Usiz o‘quv jarayonining muvaffaqiyati va samaradorligi haqida gapirish

mumkin emas. Shuning uchun ham o‘qitishning interaktiv elektron trenajyorlaridan

foydalanishda o‘qitishning muvaffaqiyati va sifatiga ta’sir etuvchi bir qator psixologik

tamoyillarni e’tiborga olish lozim.
Interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratish texnologiyasini amalga oshirishda insonning

psixo-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olish muammosi asosiy o‘rinni egallaydi.O‘qitish

muvaffaqiyati esa asosan axborotni xotirada saqlab qolish va uni tiklash imkonini yaratuvchi

jarayonlarni tashkil etuvchi va axborotni idrok etishni aniqlovchi sensorli- perseptiv

jarayonlarning xususiyatlariga bog‘liq.
Kompyuter texnikasidan foydalanishga asoslangan zamonaviy o‘qitish texnologiyalari katta

imkoniyatlarga ega. Ammo, kompyuterlashgan texnologiyani to‘laqonli qo‘llash inson va texnik

vositalar o‘zaro ta’sirlashuvi muammosini jiddiy qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Bu yerda so‘z

boshqariluvchi axborotlar oqimi qandaydir ko‘rinishda taqsimlangan biotexnik tizimni

shakllantirishi haqida boradi. Bunday majmuaning murakkabligi ta’limoluvchining psixo-

fiziologik imkoniyatlaridan nooptimal foydalanishda juda yuqori bo‘lishi mumkin. Amaliyot

ko‘rsatishicha, bu o‘qitish jarayonining samaradorligi pastlashuviga olib keladi. Aynan, shu

sabab, ko‘pgina hollarda o‘qitishning ayrim elektron vositalaridan foydalanishdan voz kechish

uchun asos bo‘lib hisoblanadi.Bilimlarning mavjud darajasini aniqlash imkonini beruvchi bir

qator rasmiy usullar mavjud. Ammo, tajribali o‘qituvchi ta’lim oluvchilarning kayfiyatini,

ularning o‘quv materialini qabul qilishga tayyorligini “intuitiv” his qiladi va mos ravishda

mashg‘ulot jarayonini to‘g‘rilab boradi. Bu interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratish va

undan foydalanish borasidagi asosiy muammolardan biridir. Chunki, kompyuter insonning

emotsional holatini e’tiborga ola bilmaydi. Organizmga berilgan zo‘riqishning ijobiy yoki salbiy

ta’siri yo‘naltiruvchi va himoyalash reaksiyalari nisbatiga bog‘liq. Axborotli zo‘riqish ijobiy deb

hisoblanadi, qachonki, agarda u yo‘naltiruvchi reaksiyani chaqirib, himoyalash reaksiyasiga

minimal darajada turtki bersa. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qitish jarayonining yuqori

samaradorligiga erishish mumkin shu vaqtda, qachonki axborotli zo‘riqish vujudga kelmasa.

Shuning uchun ham o‘qitishni optimallashtirish yo‘lidagi asosiy muammolardan biri – bu yangi

bilimlarga ega bo‘lish jarayonida inson holatini baholash va to‘g‘rilashdan iboratdir. Bundan

kelib chiqadiki, interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratishda e’tiborga olish lozim bo‘lgan

to‘rtinchi tamoyil – bu ta’lim oluvchining shaxsiy xususiyatlariga moslashuvchanlik tamoyili.
Interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratish bosqichida o‘quv materialining o‘zlashtirish

arxitekturasi yoki joylashuv tuzilmasi ishlab chiqildi, foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa

mexanizmi loyihalashtirildi. Mazmun bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha elementlar ajratildi,

axborotli bloklarning iearxik tuzilmasi qurildi. Foydalanuvchi interfeysi hamda alohida qismlar

va ekranlar o‘rtasidagi giperaloqalar yaratildi. Ana shularni e’tiborga olgan holda modullilik

tamoyili asosida oliy ta’lim muassasalari talabalariga ma’lumotlar bazasi kursida SQL so‘rovlar

tili buyruqlarini o‘rgatishga mo‘ljallangan interaktiv elektron ta’lim trenajyori yaratildi. Ushbu

dastur Vi- sual C++dasturlash tilida yozilgan va MySQL ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan.

Visual S++dasturlash tili esa dasturlarni ishlab chiqish uchun juda qulay interfeysga ega, SQL

so‘rovlar tili yordamida interaktiv elektron ta’lim trenajyorlarini yaratish va tahrirlash barcha


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

69

funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yaratilgan elektron ta’lim trenajyori trenajyor.exe faylini

yuklash orqali ishga tushiriladi va natijada kompyuter ekranida quyidagi kadr paydo bo‘ladi (1-

rasm).

1- rasm. Interaktiv elektron ta’lim trenajyori oynasi
Interaktiv elektron ta’lim trenajyoridan foydalanish uchun tizimda ro‘yxatdan o‘tish paneli

to‘ldiriladi. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi oynadan ism tanlanadi va ki- rish

tugmasini bosgandan so‘ng interaktiv elektron ta’lim trena- jyorining foydalanuvchi bilan

muloqat uchun ishchi maydoni paydo bo‘ladi. Ishchi maydoni to‘rt qismga ajratilgan bo‘lib,

uning chap taomonida vertikal shaklda joylashgan oyna orqali foydalanuv- chi tomonidan

bajarilishi ko‘zda tutilgan topshiriqlar taqdim etiladi. Topshiriqlar esa shu oynaning yuqori

qismida keltiril- gan murakkablik darajasini tanlash orqali amalga oshiriladi.

XULOSA VA MUNOZARA

Ushbu interaktiv elektron ta’lim trenajyoridan nafaqat so‘rovlar tilining buyruqlari majmuasining

vazifalarini o‘rga- tishda, balki amaliy masalalarni hal etishda mustaqil foydala- nish ko‘nikma

va malakalarini mustahkamlashda ham foydalanish mumkin.
Pedagogik ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy

etish nazariyasi tahlili natijasida pedagogik kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish

jarayonlarini axborotlashtirishni yaxlit pedagogik tizimini yaratish kasbiy faoliyatni

takomillashtirishning zaruriy sharti sifatida asoslanadi.
Oliy ta’lim tizimida fan, texnika va texnologik taraqqiyotning bugungi darajasi bilan bo‘lajak

o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifatini takomillashtirish jarayoni orasidagi mavjud

nomuvofiqlik mavjud bo‘lib, uni bartaraf etishda zamonaviy axborot texnologiyalarining keng

miqyosda joriy etish muammosining yanada yuqori dolzarblik kasb etmoqda.
Ta’lim muassasasining elektron axborot ta’lim muhitini yaratish sof texnik masala bo‘lib

qolmasdan, balki buning uchun muassasaning ilmiy- metodik, tashkiliy va pedagogik

imkoniyatlarini tizimli yondashuv asosida yo‘naltirish talab etiladi. Shundan kelib chiqib,

«elektron axborot-ta’lim muhiti» tushunchasini aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv

jarayonini ta’minlovchi dasturiy, axborot-texnik, o‘quv-metodik tizimlar majmuidir deb

ta’riflash mumkin.
Tahliliy tadqiqotlar natijasida elektron axborot-ta’lim muhiti quyidagi tipologik belgilarga ko‘ra

tavsiflanishi aniqlandi:
1)

Har qanday darajadagi elektron axborot-ta’lim muhiti tizimlilik xususiyatiga ega

murakkab tuzilmali ob’ekt bo‘lib hisoblanadi.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

70

2)

Elektron axborot-ta’lim muhitining yaxlitligi tizimlilikka erishish tushunchasi bilan bir

ma’noni, ularning uyg‘unligini anglatib, u o‘quv muassasasi bitiruvchisining shaxsiy va kasbiy

modelini amalga oshirishdagi ta’lim va tarbiya maqsadlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
3)

Elektron axborot-ta’lim muhiti ta’lim va tarbiya ishlarining samaradorligiga ta’sir

ko‘rsatuvchi omil bo‘lish bilan birga uning vositasi hamdir.

ADABIYOTLAR RO`YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar

Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi 23.09.2020

2.

Doniyev S.I, Ibrohimov F.A, Joldasov I.S. Boshlang`ich ta’lim rivojlanish

tendensiyalari(Finlandiya ta’lim tizimi misolida). Pedagogika va psixologiyada innovatsiyalar.

(2-maxsus son). Toshket-2020. 392-bet.

3.

Fan va ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: respublika ilmiy-amaliy

konferensiya ma’ruzalar to‘plami. – T.: TATU.

4.

Fan va ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: respublika ilmiy-amaliy

konferensiya ma’ruzalar to‘plami. – T.: TATU.

5.

R. Ishmuxamedov, A. Abdukodirov, A. Pardaev. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar:

ta’lim muassalari pedagog-o‘kituvchilari uchun amaliy tavsiyalar”.

6.

Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va

boshqarish nazariyasi va amaliyoti mavzusidagi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish

uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent. 2007.

7.

Yakimenko O.V., Stas A.N. Dasturlashni o'qitishda o'quv dasturlari - simulyatorlardan

foydalanish // Vestnik.-2019.-№1(79) – P.54-56

8.

Yusupov R.M., Aliboev S.X. Elektron o'quv simulyatorlari va ularning o'quv jarayoni

tizimidagi o'rni // Zamonaviy fanda innovatsion yondashuvlar: LX International materiallari

asosidagi maqolalar to'plami. Ilmiy-amaliy konferensiya. –Moskva, 2. 2019 yil, 43-49-betlar.

9.

N.G. Kazanskiy, T.S. Nazarova, Didaktika. Moskva- “Prosveщenie” 1978 yil.

10.

10.

M.X. Maxmudov Ta’limni didaktik

loyihalash.

Toshkent.

A.Qodiriy nomidagi Halq merosi -2002 yil

11.

A.G‘. Hayitov “Kompyuterlashtirilgan ta’lim va o‘quvchilar bilimini tashhisi”. J.

Pedagogik ta’lim 2000 yil.

12.

A.G‘. Hayitov “Maktab amaliyotida kompyuterlashtirishning ahvoli”. J. Pedagogik

mahorat, 2002 yil.

13.

Harden, R. M., & Laidlaw, J. M.

(2023). Essential Skills for a Medical Teacher: An

Introduction to Teaching and Learning in Medicine (3rd ed.). Elsevier.

14.

World Health Organization (WHO).

(2022). Global Standards for Quality

Improvement in Medical Education. Geneva: WHO Press.

15.

Akramova, M. A., & Turakulov, V. N.

(2021). Innovations in Medical Pedagogy:

Digital and Interactive Learning Methods. Springer Nature.

16.

Steinert, Y., & Mann, K.

(2020). Faculty Development in the Health Professions: A

Focus on Research and Practice. Springer.

17.

General Medical Council (GMC).

(2023). Promoting Excellence in Medical Education

and Training. UK: GMC Publications.

18.

Association for Medical Education in Europe (AMEE).

(2023). Best Practices in

Faculty Development: A Global Perspective. Dundee: AMEE Guides.

19.

Nasullayev, F. O., & Ostonov, S. A.

(2024). The Role of Continuous Methodological

Support in Medical Teacher Competency Development. Journal of Medical Education and

Practice, 15(2), 45-60.


background image

ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI

JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS

VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025

WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI

worldlyjournals.com

71

20.

Accreditation

Council

for

Continuing

Medical

Education

(ACCME).

(2023). Standards for Integrity and Independence in Accredited Continuing

Education. Chicago: ACCME.

21.

Ericsson, K. A., & Pool, R.

(2016). Peak: Secrets from the New Science of

Expertise. Houghton Mifflin Harcourt.

22.

Freeman, S., et al.

(2022). Active Learning Increases Student Performance in Science,

Engineering, and Mathematics. PNAS, 121(15), 8410-8417.

23.

Turakulov, V. N., et al.

(2023). Digital Transformation in Medical Education: Case

Studies from Central Asia. Cambridge Scholars Publishing.

24.

Mukhtarov, A. B.

(2022). Modern Pedagogical Technologies in Medical Higher

Education. Tashkent: Medicina.

25.

Association of American Medical Colleges (AAMC).

(2023). Effective Teaching

Strategies in Medical Schools. Washington, DC: AAMC Publications.

26.

Nasullayev, F. O.

(2023). The Impact of AI and VR on Clinical Skill Development in

Medical Students. International Journal of Medical Education, 14, 78-92.

27.

Ostonov, S. A., & Jumaev, F. F.

(2024). Continuous Professional Development for

Medical Educators: A Systematic Review. Medical Teacher, 46(1), 34-48.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi 23.09.2020

Doniyev S.I, Ibrohimov F.A, Joldasov I.S. Boshlang`ich ta’lim rivojlanish tendensiyalari(Finlandiya ta’lim tizimi misolida). Pedagogika va psixologiyada innovatsiyalar. (2-maxsus son). Toshket-2020. 392-bet.

Fan va ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: respublika ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalar to‘plami. – T.: TATU.

Fan va ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: respublika ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalar to‘plami. – T.: TATU.

R. Ishmuxamedov, A. Abdukodirov, A. Pardaev. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar: ta’lim muassalari pedagog-o‘kituvchilari uchun amaliy tavsiyalar”.

Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti mavzusidagi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Toshkent. 2007.

Yakimenko O.V., Stas A.N. Dasturlashni o'qitishda o'quv dasturlari - simulyatorlardan foydalanish // Vestnik.-2019.-№1(79) – P.54-56

Yusupov R.M., Aliboev S.X. Elektron o'quv simulyatorlari va ularning o'quv jarayoni tizimidagi o'rni // Zamonaviy fanda innovatsion yondashuvlar: LX International materiallari asosidagi maqolalar to'plami. Ilmiy-amaliy konferensiya. –Moskva, 2. 2019 yil, 43-49-betlar.

N.G. Kazanskiy, T.S. Nazarova, Didaktika. Moskva- “Prosveщenie” 1978 yil.

10. M.X. Maxmudov Ta’limni didaktik loyihalash. Toshkent. A.Qodiriy nomidagi Halq merosi -2002 yil

A.G‘. Hayitov “Kompyuterlashtirilgan ta’lim va o‘quvchilar bilimini tashhisi”. J. Pedagogik ta’lim 2000 yil.

A.G‘. Hayitov “Maktab amaliyotida kompyuterlashtirishning ahvoli”. J. Pedagogik mahorat, 2002 yil.

Harden, R. M., & Laidlaw, J. M. (2023). Essential Skills for a Medical Teacher: An Introduction to Teaching and Learning in Medicine (3rd ed.). Elsevier.

World Health Organization (WHO). (2022). Global Standards for Quality Improvement in Medical Education. Geneva: WHO Press.

Akramova, M. A., & Turakulov, V. N. (2021). Innovations in Medical Pedagogy: Digital and Interactive Learning Methods. Springer Nature.

Steinert, Y., & Mann, K. (2020). Faculty Development in the Health Professions: A Focus on Research and Practice. Springer.

General Medical Council (GMC). (2023). Promoting Excellence in Medical Education and Training. UK: GMC Publications.

Association for Medical Education in Europe (AMEE). (2023). Best Practices in Faculty Development: A Global Perspective. Dundee: AMEE Guides.

Nasullayev, F. O., & Ostonov, S. A. (2024). The Role of Continuous Methodological Support in Medical Teacher Competency Development. Journal of Medical Education and Practice, 15(2), 45-60.

Accreditation Council for Continuing Medical Education (ACCME). (2023). Standards for Integrity and Independence in Accredited Continuing Education. Chicago: ACCME.

Ericsson, K. A., & Pool, R. (2016). Peak: Secrets from the New Science of Expertise. Houghton Mifflin Harcourt.

Freeman, S., et al. (2022). Active Learning Increases Student Performance in Science, Engineering, and Mathematics. PNAS, 121(15), 8410-8417.

Turakulov, V. N., et al. (2023). Digital Transformation in Medical Education: Case Studies from Central Asia. Cambridge Scholars Publishing.

Mukhtarov, A. B. (2022). Modern Pedagogical Technologies in Medical Higher Education. Tashkent: Medicina.

Association of American Medical Colleges (AAMC). (2023). Effective Teaching Strategies in Medical Schools. Washington, DC: AAMC Publications.

Nasullayev, F. O. (2023). The Impact of AI and VR on Clinical Skill Development in Medical Students. International Journal of Medical Education, 14, 78-92.

Ostonov, S. A., & Jumaev, F. F. (2024). Continuous Professional Development for Medical Educators: A Systematic Review. Medical Teacher, 46(1), 34-48.