ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
45
BIRIKTIRUVCHI TO‘QIMA DISPLAZIYASI BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA
REABILITATSION TEXNOLOGIYALARNING INDIVIDUAL YONDASHUV
ASOSIDA TANLANISHI
Valiyeva Maftuna Bahodir qizi,
Ilmiy rahbar: prof.
Sobirova Guzal Naimovna
Kirish.
Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi (BTD) irsiy-morfogenetik tabiatga ega bo‘lgan, ko‘p
tizimli klinik belgilar bilan tavsiflanadigan patologiya sifatida tobora kengroq o‘rganilmoqda.
Mazkur nospesifik sindrom bola organizmida kollagen, elastin va boshqa biriktiruvchi to‘qima
elementlarining strukturaviy va funksional buzilishlariga olib kelib, yurak-qon tomir, nafas,
ovqat hazm qilish hamda mushak-skelet tizimlarida keng ko‘lamli disfunktsiyalarni yuzaga
keltiradi. Ayniqsa, bolalik davrida ushbu holatning erta tashxislanmasligi va davolashning
kechiktirilishi hayot sifatining pasayishiga, jismoniy faollikning cheklanishiga va ijtimoiy
moslashuvning buzilishiga sabab bo‘ladi.BTDli bolalarni tiklashga qaratilgan reabilitatsion
choralar bugungi kunda tibbiyotning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi. An'anaviy
yondashuvlar ko‘pincha standart dasturlar asosida olib borilsa-da, har bir bolaning genetik,
fenotipik, klinik va psixofizik xususiyatlari e’tiborga olinmasa, ushbu reabilitatsion ta’sirning
samaradorligi sezilarli darajada kamayishi mumkin. Shu boisdan, so‘nggi yillarda shaxsga
yo‘naltirilgan, ya’ni individuallashtirilgan reabilitatsion yondashuvlar konsepsiyasi ilgari
surilmoqda. Individuallashtirish printsipi — bemorning yoshi, jismoniy holati, mavjud klinik
belgilar, funksional chegaralanishlar va shaxsiy ehtiyojlariga mos holda reabilitatsion
texnologiyalarni tanlash va qo‘llashdan iboratdir. Bu yondashuv nafaqat tiklovchi terapiyaning
samaradorligini oshiradi, balki bolalarning psixoemotsional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,
ijtimoiy integratsiyani ham ta’minlaydi.
Tadqiqot maqsadi.
Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bilan og‘rigan bolalarda klinik, funksional
va psixofizik xususiyatlarni hisobga olgan holda reabilitatsion texnologiyalarni individual
yondashuv asosida tanlash va qo‘llash samaradorligini baholash hamda ushbu yondashuvning
funksional tiklanish, harakat faolligi va hayot sifatiga ta’sirini aniqlash.
Materiallar va usullar.
Klinik va instrumental tekshiruvlar asosida biriktiruvchi to‘qima
displaziyasi tashxisi qo‘yilgan 2–6 yosh oralig‘idagi 14 nafar bola ishtirok etdi. Tadqiqot
retrospektiv-kuzatuvli xarakterga ega bo‘lib, reabilitatsiya samaradorligini baholashga
qaratildi.Ishtirokchilar ikki guruhga ajratildi:Asosiy guruh (n = 7): reabilitatsiya har bir bolaning
individual klinik holati, jismoniy rivojlanishi va harakat cheklanishi darajasiga qarab tuzildi.
Nazorat guruhi (n = 7): standart reabilitatsion dastur asosida davolash olib borildi. Baholash
mezonlari: Umumiy harakat faolligi (yurish, qo‘l-oyoq harakati, muvozanat); Tana holati
barqarorligi va mushak tonusi; Jismoniy holatdagi o‘zgarishlar (reabilitatsiya oldi va keyingi
holat solishtirildi).
Statistik tahlil:
Tavsifiy statistik usullar qo‘llanildi (o‘rtacha qiymat, foiz hisoblari). Bola
sonining kamligi sababli faqatgina sifatli o‘zgarishlar kuzatildi va ular dinamik tahlil asosida
baholandi.
Natijalar:
Individual yondashuv asosida tuzilgan reabilitatsion dastur asosiy guruhdagi
bolalarda ijobiy klinik-dinamik o‘zgarishlarga erishishga imkon berdi. Dastlabki tekshiruv
natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning aksariyatida mushaklarning umumiy tonusi past, tana
holatining barqarorligi zaif, yurganda muvozanatni saqlashda qiyinchiliklar mavjud edi.Asosiy
guruhda 3 oy davomida olib borilgan reabilitatsiya jarayonidan so‘ng quyidagi o‘zgarishlar
kuzatildi:Bolalarning 71,4% ida (5 nafar) tana holatini tik tutish va yurish paytidagi muvozanat
yaxshilandi, 5 nafar bola ilgari mustaqil yurishda qiynalgan bo‘lsa, dastur oxirida ulardan 4
nafari yurishda mustaqillikka erishdi, harakatlarning muvofiqlashtirilishi (koordinaция) va
tayanch-harakat faoliyati barqarorlashdi, umumiy harakat faolligi oshdi, mushak kuchining
sezilarli tiklanishi qayd etildi. Nazorat guruhida esa standart yondashuv asosida reabilitatsiya
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
46
o‘tkazilgan bo‘lishiga qaramay, faqat 2–3 nafar bolada ijobiy siljishlar qayd etildi, biroq bu
o‘zgarishlar asosiy guruhdagidek barqaror va aniq ko‘rinishda emas edi. Baholash mezonlariga
ko‘ra, asosiy guruhdagi bolalar harakat funksiyalarining tiklanishida yuqoriroq sur’at ko‘rsatdi.
Jismoniy faollik, tana holatini barqaror tutish va oddiy harakat reflekslarining shakllanishi
bo‘yicha asosiy guruh nazorat guruhidan ustun natijalarni namoyon etdi. Tadqiqot natijalari
individual reabilitatsiya yondashuvi BTD bilan og‘rigan bolalarda tayanch-harakat tizimi
funksiyalarini tiklashda samarali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Munozara.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, BTD bilan og‘rigan 2–6 yoshli bolalarda
individual reabilitatsion yondashuv motor funksiyalarni tiklashda an’anaviy usullarga nisbatan
samaraliroqdir. Har bir bolaning jismoniy va funksional holatidan kelib chiqib tuzilgan
mashg‘ulotlar natijasida mushak kuchi, muvozanat va harakat faolligida sezilarli yaxshilanishlar
kuzatildi. Standart reabilitatsiya dasturlari esa barcha bolalarda bir xil natijani bermagan. Bu esa
reabilitatsiya jarayonida individual yondashuv zarur ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bolalar
sonining kamligi natijalarni umumlashtirish imkonini cheklasa-da, kuzatilgan ijobiy o‘zgarishlar
bu yondashuvning klinik ahamiyatini ko‘rsatadi.
Xulosa.
2–6 yoshli biriktiruvchi to‘qima displaziyasi bilan og‘rigan bolalarda reabilitatsion
yondashuvni individuallashtirish harakat funksiyalarini tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Har bir bolaning klinik xususiyatlari, jismoniy rivojlanish darajasi va individual ehtiyojlarini
hisobga olgan holda tuzilgan reabilitatsion mashg‘ulotlar qisqa muddat ichida ijobiy
o‘zgarishlarga olib keldi. Reabilitatsiya dasturining individual tuzilishi natijasida mushak kuchi
oshdi, muvozanat yaxshilandi, yurishdagi muammolar kamaydi va bolalarning umumiy harakat
faolligi ortdi. Bu esa BTD fonida uchraydigan harakat cheklovlarini yumshatishda
shaxsiylashtirilgan yondashuvning ustunligini ko‘rsatadi. Shunday qilib, ushbu tadqiqot asosida
BTD bilan og‘rigan kichik yoshdagi bolalarning reabilitatsiyasi uchun yagona standart
yondashuvdan ko‘ra, moslashtirilgan individual dasturlar samaraliroq ekanligi ilmiy asoslandi.
Kelajakda bu yondashuvni keng miqyosda tatbiq etish, reabilitatsiya sifatini oshirish va bola
rivojlanishida barqaror ijobiy o‘zgarishlarga erishish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Анисимова, Н.В. Современные подходы к реабилитации детей с дисплазией
соединительной ткани // Вопросы современной педиатрии. – 2020. – Т. 19, №5. – С. 53–57.
2. Yıldız, N., Topuz, O., Gungen, B., & Sarsan, A. Effectiveness of individualized physiotherapy
in children with joint hypermobility syndrome. Journal of Pediatric Rehabilitation Medicine,
2021; 14(2): 125–132.
3. Мамедова, А.М. Индивидуализированный подход в комплексной реабилитации детей с
синдромом дисплазии соединительной ткани // Российский педиатрический журнал. –
2021. – №4. – С. 22–25.
4. Peterson, C., & Kline, A. Connective tissue disorders in pediatric rehabilitation: A review of
therapeutic strategies. Pediatric Physical Therapy, 2022; 34(1): 15–21.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bola salomatligi va rivojlanishini
monitoring qilish bo‘yicha klinik yo‘riqnomalar.Toshkent: 2023. – 64 b.
6. Dubowitz, V., & Mercuri, E. Muscle disorders in children: A practical approach to diagnosis
and management. 3rd ed. – Elsevier, 2020. – 400 p.
7. Волкова, И.А., Корнеева, О.Н. Использование игровых технологий в реабилитации
детей младшего возраста с нарушениями двигательной функции // Практическая медицина.
– 2021. – №11(71). – С. 48–52.
8. World Health Organization. International Classification of Functioning, Disability and Health
– Children & Youth Version (ICF-CY). – Geneva: WHO Press, 2007.
9. Valiyeva M.B. (2024). Zamonaviy reabilitatsion yondashuvlarning biriktiruvchi to'qima
displaziyasi bilan og'rigan bolalarning hayot sifatiga ta’siri. “Реабилитация: Замонавий
Ёндашувлар, Муаммолар, Истиқболлар” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman to’plami,
25-26-oktabr 2024 yil, Urganch, O‘zbekiston.
ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI
JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS
VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025
WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI
worldlyjournals.com
47
10. Binns, T., & Shepherd, R. Customized therapy in pediatric rehabilitation: Focus on
connective tissue laxity. Archives of Rehabilitation Research and Clinical Translation, 2023;
5(3): 100145.
11. Сергеева, Л.А. Дифференцированный подход к реабилитации детей с нарушениями
соединительной ткани // Медицинская реабилитация. – 2022. – №2(26). – С. 61–66.
12. American Academy of Pediatrics. Clinical Report on the Evaluation and Management of
Joint Hypermobility in Children. Pediatrics, 2022; 149(1): e2021055025.
13. Kuzmina, O.A., & Ivanova, L.Yu. Применение физических факторов в педиатрической
реабилитации при синдроме дисплазии соединительной ткани // Педиатрия. Журнал им.
Г.Н. Сперанского. – 2020. – №5. – С. 37–41.
14. Valiyeva M.B., Sobirova G.N., Rahimova K.E. (2025). Biriktiruvchi to‘qima displaziyasi
bilan og‘rigan bolalarda zamonaviy reabilitatsiya va jismoniy faollikning ahamiyati. “Universal
journal of medical and natural sciences”, 2025 yil, yanvar.