Authors

  • Gulshanoy Abdulboriyeva
    Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.100432

Keywords:

lingvopoetik tahlil ko‘chim metafora o‘xshatish o‘xshashlik uslub.

Abstract

Ushbu maqolada Muhammad Yusuf ijodining lingvopoetik tahlili batafsil ko‘rib chiqilgan. Shoir she’rlarida ishlatilgan metaforalar tahlili orqali ularning mavzu ko‘lami va ifoda uslublari ochib berilgan. Maqolada metaforalarning adabiy va estetik ahamiyati, shuningdek, ularning she’riyatdagi o‘ziga xosligi va obrazlilik darajasi yoritilgan. Muhammad Yusufning til boyligi va poetik mahorati, uning asarlarida inson ruhiyatini chuqur anglash va ta’sirchan ifoda topish usullari tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqola shoirdagi ma’naviy va falsafiy g‘oyalar metaforalarda qanday aks etishini ham ta’kidlaydi.


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

31

MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA METAFORANING

QO’LLANISHI

Gulshanoy Abdulboriyeva

Namangan davlat universiteti

filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada Muhammad Yusuf ijodining lingvopoetik tahlili

batafsil ko‘rib chiqilgan. Shoir she’rlarida ishlatilgan metaforalar tahlili orqali

ularning mavzu ko‘lami va ifoda uslublari ochib berilgan. Maqolada

metaforalarning adabiy va estetik ahamiyati, shuningdek, ularning she’riyatdagi

o‘ziga xosligi va obrazlilik darajasi yoritilgan. Muhammad Yusufning til boyligi va

poetik mahorati, uning asarlarida inson ruhiyatini chuqur anglash va ta’sirchan ifoda

topish usullari tahlil qilingan. Shu bilan birga, maqola shoirdagi ma’naviy va falsafiy

g‘oyalar metaforalarda qanday aks etishini ham ta’kidlaydi.

Аннотация:

В

этой

статье

подробно

рассматривается

лингвопоэтический анализ творчества Мухаммеда Юсуфа. Посредством

анализа метафор, используемых в стихах поэта, раскрывается их предметный

масштаб и способы выражения. В статье освещается литературно-

эстетическое значение метафор, а также их своеобразие и уровень образности

в поэзии. Языковое богатство и поэтическое мастерство Мухаммеда Юсуфа,

его произведения анализируют способы глубокого понимания человеческой

психики и обретения выразительного выражения. Однако в статье также

подчеркивается, как духовные и философские идеи поэта отражаются в

метафорах.

Abstract:

This article examines in detail the linguistic and poetic analysis of

the work of Muhammad Yusuf. Through the analysis of metaphors used in the poet's

poems, their subject scale and ways of expression are revealed. The article highlights


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

32

the literary and aesthetic significance of metaphors, as well as their

originality and level of imagery in poetry. The linguistic richness

and poetic skill of Muhammad Yusuf, his works analyze ways to

deeply understand the human psyche and gain expressive

expression. However, the article also highlights how the poet's spiritual and

philosophical ideas are reflected in metaphors.

Kalit so‘zlar

:

lingvopoetik tahlil, ko‘chim, metafora, o‘xshatish, o‘xshashlik, uslub.

Ключевые слова:

лингвопоэтический анализ, троп, метафора, сравнение,

сходство, стиль.

Keywords:

linguopoetic analysis, trope, metaphor, simile, similarity, style

.

Tilimiz o‘zining yoqimliligi, shiraliligi, estetik ta’sir doirasi, betakror ma’no

jilosi, ko‘chma ma’nodagi nozik qochirimlari bilan qimmatlidir.

Ana shunday go‘zal ifoda vositalaridan biri metaforalardir.

“Metafora” (yunoncha metaphora- ko‘chirish) – ma’no ko‘chishining keng

tarqalgan turlaridan biri, narsa-hodisalar orasidagi o‘xshashlikka asoslanuvchi ko‘

chim turidir

1

.

Metafora nutqqa obrazlilik, ekpressiv bo‘yoq beradi, tilning estetik

funksiyasini kengaytiradi. Xususan, Arastu o‘zining “Ritorika” asarida quyidagi

fikrni ifodalaydi: “Metafora yuksak darajada aniqlik, yoqimlilik, oxorlilik jozibasiga

ega, undan o‘rinli foydalanish nuqtni bezaydi

2

Muhammad Yusuf she’riyati – sodda, nafis va xalqchil metaforik birliklarga

boyligi bilan qimmatlidir:

Kuzgi paykal – jazirama saraton.

Va yelkaga botgan ming igna – oftob.

1

Quronov D. Adabiyotshunoslik lug’ati. – Toshkent; 2010-yil.

2

O’ZME.Birinchi jild. – Toshkent. – 2000 yil


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

33

Do‘lda qolgan ko‘chatiga achinib,

Ho‘ngir- ho‘ngir yig’lay olgan azamat,

Brigadirlar ismi inqilob.

Parchada jazirama saraton paytida, quyosh tig‘ida mehnat qilayotgan inson

holati shoirning nozik taxayyuli orqali obrazli manzara hosil qilgan. Bu o‘rinda

quyosh nurlari go‘yo ignalar kabi tasvirlanib, nurlarning insonga ta’siri esa

o‘xshatish asosini tashkil qilmoqda. Ko‘rinadiki, shoir metaforalari murakkab

manzarani oddiy, yusufona uslubda tasvirlay olishi bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, shoir she’riyatida yurak, qalb, ko‘ngil tushunchalari yetakchi

mavzulardan biri bo‘lib, o‘ziga xos ifodaviylik kasb etadi:

Bir kuni bexosdan uyg‘onib ketsam,

Yig‘lab o‘tiribdi yuragim yum-yum.

( “Yurak”)

Yuqoridagi misralarda

“yig‘lamoq”

holat fe’lining yurakka nisbatan

qo‘llanishi metaforaga asos bo’lishi bilan birga badiiy tasvirning bo‘yoqdorligini,

poetikligini yanada oshirgan. Shuningdek, shoir

“yum-yum”

holatga taqlidni

bildiruvchi takroriy so‘zdan -foydalanish orqali tilimizning emotsional-ekspressiv

ta’sir kuchini yaqqol yuzaga chiqargan.

Keyingi misralarda esa shoirning oddiy so‘zlar orqali insonning murakkab va

tushunarsiz tuyg‘ularini naqadar nafislik bilan tasvirlay bilish qobiliyati yaqqol

seziladi. Albatta, metafora bu o‘rinda ham metafora yetakchi ifoda vositasidir:

Bog‘lardagi gul, yaproq

Endi menga do‘st, o‘rtoq

Gulxan bo‘lib charsillab


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

34

Bag‘ri dilim yonar, voh.

(“Qo‘shiq”)

Mazkur parchada gulxanning yonishi va dilning

“yonishi”

o‘rtasidagi nisbiy o‘xshashlik metaforaga asos bo‘lgan bo‘lsa,

“charsillab”

taqlid asosli yasama fe’l ma’noni noziklashtirishga xizmat qilgan.

Yoki:

Osmon olis, osmon jim

Osmon quloq soladi.

Yuragimni sog‘inchim

G‘ijjak qilib chaladi

.

(“Yor-yor”)

Bu namunada esa shoir

“osmon”, “yurak”, “sog‘inch”

leksemalarini

jonlantirish bilan metafora hosil qiladi: sog‘inch yurakni shu darajada

azoblamoqdaki, hatto uni g‘ijjak qilib chalmoqda, osmon esa undan chiqayotgan

nolali, mahzun tovushlarni olislardan jimgina kuzatmoqda.

Shoir ijodini, albatta, tabiat tasvirisiz tasavvur etish qiyin:

Bahorda ko‘p og‘ir,

Qiqirlab tursa,

Tizzangga suykalib lolaqizg‘aldoq.

Yalang‘och novdalar pichirlab tursa,

Kuzda, sukunatga cho‘kkanda chorbog‘.

(“Bahorda ko‘p og‘ir”)


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

35

Ushbu miralardagi

ikki fasl:

zumrad bahor va oltin kuz tabiati

tasvirlanib, shoirning teran nigohliligi, ziyrak kuzatishlari mahsulini

ko‘rsatadi. Tabiatning bahoriy ko‘rinishi tizzaga

“suykalib”

,

“qiqirlab”

turgan lolaqizg‘aldoq orqali ifodalangan bo‘lsa, kuzda

barglari to‘kilgan daraxt shohlarining shamolda tebranib turishi

“pichirlab turmoq”

ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi orqali sodda va nafis tasvirlangan.

Yoki:

Sarin sabo qo‘shiqlar aytar,

Maysaga yonboshlab tinglar shudringlar

Oq shiypon ortidan mo‘ralar oftob

Hey, qizlar, turinglar.

(“Istak”)

Yuqoridagi to‘rtlikning barcha misralarida ma’no ko‘chishi mavjud. Sabo –

tongda esadigan mayin shamolni go‘yo

“qo‘shiq aytayotganday”

, shudringlar bu

qo‘shiqni

“maysaga yonboshlab tinglayotganday”

, oftobning esa shiypon ortidan

“mo‘ralab”

chiqib kelayotganini obrazli tasvirlash orqali ijodkor tong portretini

yaratadi.

Dala yo‘lda qurib qolgan yalpizning zori.

Shotutlarning suvga tushgan ko‘zyoshlaridek.

(“Vatan”)

Ushbu namunada esa shotut leksemasining ,,qizillik’’ semasini ko’zyoshlarga

ko’chirish orqali metafora hosil qilingan. Demak, dala yo’lida qurib qolgan yalpiz

qizil, ya’ni qonli yoshlar to’kmoqda.

Bundan tashqari, shoir ijodida metaforik epitetning go‘zal namunalarini ham

uchratish mumkin:


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

36

a)

Bobomning yuzlari oqargan qorday

Oh oltin bobom-a, voh tilla bobom

(“Tushimga kiradi Qodiriy bobom”)

Men esa yashadim olisda bebosh,

Tilla sirg‘alarning jarangi aro.

O‘sdi, o‘saverdi yurak – xarsangtosh,

Bolangga o‘xshamay turibman qara

.

(“Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya”)

Dastlabki namunada oltin, tilla kabi ot turkumidagi so‘zlar gap tarkibida

aniqlovchi vazifasida qo‘llanib, shaxs oti (bobo)ni sifatlamoqda. Ma’lumki, oltin

(tilla) – yuqori qiymatga ega bo’lgan, tabiatda erkin holda uchraydigan modda.

Insonga nisbatan qo‘llanganda esa qadri baland, kam topiladigan, aziz va mo‘tabar

kabi ma’nolarni anglash mumkin.

Keyingi misolda esa metaforik epitetni ajratilgan bo‘lak sifatida ko‘rsatish

shoir anglatmoqchi bo‘lgan mazmunni yanada oydinlashtiradi. Narsaga nisbatan

qo‘llanadigan xarsangtosh so‘zi mavhum otga qo‘shilib, shoir nuqtning estetik

ta’sirini kuchaytirgan. Yuqoridagi tahlil va natijalardan anglashiladiki, Muhammad

Yusuf she’riyatida metafora shunchaki poetik bo‘yoq emas, balki shoir

taxayyulining naqadar teranligi, so‘z tanlash mahoratining nafisligini ko‘rsatuvchi

omildir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1.

Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshken – 2010-yil.

2.

O‘ZME. Birinchi jild. – Toshkent – 2000-yil.

3.

Uluqov N., Solixo‘jayeva H. Habib Sa’dulla she‘riyati lingvopoetikasi.

Namangan – 2017.


background image

J

оurnаl оf Аnаlyticаl Synergy аnd

Scientific

Hоrizоn ISSN: 3060-5261 Impаct fаktоr: 9.9

Vоlume 1, Issue 4, Series А 2025

37

4.

Abduolimova

M.,

Isaqova

O.

Metaforaning

tilshunoslikdagi o‘ziga xos ahamiyati va uning turlari. Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social science,

4(01), 689-693.

5.

Mirzayeva D., Xojiyeva S. Metaforaning mohiyati va turlari. Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social science, 3(4/2), 436-441.

6.

Muhammad Yusuf she’riy to‘plamlari.

References

Quronov D. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – Toshken – 2010-yil.

O‘ZME. Birinchi jild. – Toshkent – 2000-yil.

Uluqov N., Solixo‘jayeva H. Habib Sa’dulla she‘riyati lingvopoetikasi. Namangan – 2017.

Abduolimova M., Isaqova O. Metaforaning tilshunoslikdagi o‘ziga xos ahamiyati va uning turlari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social science, 4(01), 689-693.

Mirzayeva D., Xojiyeva S. Metaforaning mohiyati va turlari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social science, 3(4/2), 436-441.

Muhammad Yusuf she’riy to‘plamlari.