Authors

  • Ismoiljon Abdug‘apporov
    “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi
  • Nodira Karimova
    Ilmiy rahbar “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti “O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jassh.124087

Keywords:

maktab ta’limi o‘quv amaliyoti pedagogik malaka infratuzilma hududlararo tafovut.

Abstract

Ushbu maqolada 2024-yil 2-dekabrdan 2025-yil 30-aprelgacha Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-umumta’lim maktabida olib borilgan o‘quv amaliyoti jarayonida kuzatilgan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Xususan, o‘qituvchilarning malaka muammolari, infratuzilma yetishmovchiligi, ta’limdagi hududlararo tafovutlar, individual yondashuv tizimi va raqamli vositalardan foydalanish holatlari yoritiladi. Mazkur maqola pedagogik amaliyotning muammolarni aniqlash va ularga yechim topishdagi ahamiyatini ko‘rsatishga qaratilgan.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

4

MAKTAB TIZIMIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNI HAL

ETISHDA PEDAGOGIK AMALIYOTNING AHAMIYATI

Muallif:

Abdug‘apporov Ismoiljon Qayumjon o‘g‘li

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti

“Ekologiya va huquq” fakulteti 2

-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:

Nodira Karimova

“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti

“O‘qitish nazariyasi va metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada 2024-yil 2-dekabrdan 2025-yil 30-aprelgacha

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142

-

umumta’lim maktabida olib

borilgan o‘quv amaliyoti jarayonida kuzatilgan asosiy muammolar tahlil qilinadi.

Xususan, o‘qituvchilarning malaka muammolari

, infratuzilma yetishmovchiligi,

ta’limdagi hududlararo tafovutlar, individual yondashuv tizimi va raqamli

vositalardan foydalanish holatlari yoritiladi. Mazkur maqola pedagogik

amaliyotning muammolarni aniqlash va ularga yechim topishdagi ahamiyatini

ko‘rsatishga qaratilgan.

Abstract:

This article analyzes the main problems observed during the

educational practice conducted at secondary school No. 142 in the Mirzo Ulugbek

district of Tashkent from December 2, 2024, to April 30, 2025. In particular, it

covers the problems of teacher qualifications, lack of infrastructure, regional

differences in education, the system of individual approach, and the use of digital

tools. This article aims to show the importance of pedagogical practice in identifying

problems and finding solutions.

Аннотация:

В данной статье анализируются основные проблемы,

выявленные в ходе образовательной практики, проведенной в средней школе

№ 142 Мирзо

-

Улугбекского района г. Ташкента с 2 декабря 2024 года по 30

апреля 2025 года. В частности, освещаются проблемы квалификации

учителей, отсутствия инфраструктуры, региональных различий в образовании,

системы индивидуального подхода, использования цифровых инструментов.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

5

Цель данной статьи —

показать важность педагогической

практики в выявлении проблем и поиске их решений.

Kalit so‘zlar

:

maktab ta’limi, o‘quv amaliyoti, pedagogik

malaka, infratuzilma, hududlararo tafovut.

Keywords:

school education, teaching practice, pedagogical skills,

infrastructure, regional differences, individual approach, digital technologies.

Ключевые слова:

школьное образование, педагогическая практика,

педагогическое мастерство, инфраструктура, региональные различия,

индивидуальный подход, цифровые технологии.

Mamlakatimizda ta

lim tizimini rivojlantirish bo

yicha ko

plab islohotlar

amalga oshirilmoqda.

Jumladan, turli chet el ta’lim dasturlari o‘rganilib, ular

amaliyotda qo‘llanilmoqda. Maktab darsliklari ham zamonaviy standardlarga mos

qilib, bosqichma-

bosqich qayta ishlanmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramay, hali

hanuz oldimizda bir qancha hal etilishi ke

rak bo‘lgan muammolar turibdi.

Bu

muammolarni hal etish esa hozirda shakllanib borayotgan yosh pedagoglar oldidagi

ustuvor vazifalardan biridir. Yurtimiz oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar oliy

ta’lim davomida o‘z tajribalarini boyitish va kelajakda sohalarining yetuk

mutax

assisi bo‘lish

lari

uchun maxsus o‘quv

-

amaliy mashg‘ulotlar o‘tashlari

belgilangan. Bu mashg‘ulotlar ularga universitetda o‘rganayotgan

bilimlarini

amaliyotda

qo‘llash

va sohadagi mavjud muammolarni

o‘rganish

, hamda ushbu

muammolarga yechim topishga

undovchi, ta’lim va

kasb

o‘rtasidagi o‘ziga xos

bo‘lgan ko‘prik vazifasini o‘taydi.

Pedagogika

jamiyatdagi eng muhim yo‘nalishlardan biridir. U maktabgacha

ta’limdan boshlab, insonning deyarli butun hayotini o‘z ichiga qamrab oladi.

Bundan tashqari

, jamiyat uchun ertangi kadrlarni tayyorlashdek ulkan mas’uliyat,

aynan pedagoglar zimmasiga tushadi.

O‘quv mashg‘ulotlari esa o‘sib kelayotgan


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

6

kadr

larga ertangi kunimiz bunyodkori bo‘lmish yoshlar bilan

ishlashni o‘rgatuvchi

muhim vositadir.

Bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonda inson

psixologiyasi ham vaqt sayin

o‘zgarib bormoqda.

Hayotimizni

yengil qilayotgan internet, telefon, kompyuter kabi texnologiyalar insonni o‘z

qobig‘iga o‘ranib olishi, o‘zini

-

o‘zi tashqi dunyodan izolatsiyalashiga ham sabab

bo‘lmoqda. Bunday bir sharoitda o‘quvchilar bilan ishlash

da va ularni dars

jarayonlariga jalb qilishda ko‘plab muammolar tug‘ilmoqda.

Boshqa bir muhim

jihati shuki, dars jarayonlari uchun yangi metodlarni ishlab chiqish va shu bilan birga

o‘quv amaliyotlarining

ham ahamiyati kun sayin oshib bormoqda.

Ta’lim sifati bevosita jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etadigan omillardan biridir.

Ta’limning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri esa –

maktabdir. Maktab

jamiyat

hayotidagi muhim institutlardan biridir. Chunki, inson 7 yoshdan 18 yoshgacha

ushbu dargohda bilim olib, o‘zining kelajakdagi kasbini tanla

sh kabi muhim

qarorlarni aynan maktab davrida qabul qiladi. 7 yoshdan (bolalik davri) 18

yoshgacha (o‘smirlikning yakuni) bo‘lgan davr oralig‘ida inson aqliy, ruhiy va

ijtimoiy jihatdan tez o‘zgaradi. Xalqimizda bir maqol bor: “Yoshlikda olingan bilim

toshga o‘yilgan yozuv”. Bu bejiz emas albatta, insonning eng sermahsul davri

maktab davriga to‘g‘ri kelar ekan, bu vaqtni behuda o‘tkazmaslik va bu davrda qattiq

o‘qib

-

o‘rganishi lozim. Agar tariximiznini o‘rgansak, birinchi va ikkinchi renessans

ilm-

fan tufayli sodir bo‘lganining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Yevropa

uyg‘onishining zamirida ham

faqat va faqat ilm-fan yotadi. Agar biz mamlakatimiz

ta’limini, huddi tarixdagidek, dunyodagi yetakchi ta’lim tizimlaridan biriga aylantira

olsak, albatta, uchinchi renessansning ham poydevorini qo‘ya olgan bo‘lamiz.

Bugungi kunda maktab ta’lim tizimimizda bir qancha muammolar mavjud:

tizimdagi o‘qituvchilarning malaka va yangilanish ehtiyoji; infratuzilmaning

yetarlicha rivojlanmagani; shahar va chekka hududlardagi o‘quvchilarning noteng

tayyorgarlik darajasi; eski o

‘quv metodlari va h.k.z.

Amaliyot davomida shu kabi


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

7

muammolarni o‘rganishga harakat qildim.

Ushbu muammolar

quyidagi tarzda tahlil qilinadi:

Birinchi, tizimdagi o‘qituvchilarning malaka va yangilanish

ehtiyojiva eski o‘quv metodlari:

maktablardagi, ayniqsa chekka

hududlardagi, o‘qituvchilar eski metodlardan foydalanishadi va bu o‘quvchilarni

darsga jalb qila olmaslikka olib keladi. Natijada, o‘quvchilar yoki bir

-biri bilan

gaplashib, yoki telefoni bilan band bo‘lib darsga e’tibor qaratmaydi. O‘quvchilar

darsga e’tibor bermagach, o‘qituvchining ham

motivatsiyasi pasayadi; bu holatda

esa dars samaradorligi pasayadi. Bu holatni bartaraf etish uchun mutasaddi

tashkilotlar qilishi mumkin bo‘lgan chora bu –

eski metodika bilan dars o‘tuvchi

o‘qituvchilarni malaka oshirish dasturi doirasida qayta tayyorlash va yangi

metodlarni o‘rgatishdir.

Ayni vaqtda biz texnologiyalar davrida yashamoqdamiz.

Zamonamiz esa o‘qituvchilardan dars jarayoniga kreativ yo‘l bilan yondashish va

zamonaviy texnologiyalar yordamida

dars jarayonini qiziqarli yo‘l bilan tashkil

etishni talab qilmoqda. Malaka oshirish kurslarini yoshlar

i katta bo‘lgan, hamda

texnologiyalardan uncha

lik xabari bo‘lmagan pedagog xodimlarimizni qayta

tayyorlashda bizga tayanch vazifasini bajaruvchi tizim sifatida shakllantirish

mumkin. Maktablarimizda faoiliyat yuritayotgan va texnologiyalarni amaliyotda

qo‘llashda qiynaladigan o‘qituvchilar sonini aniqlash va ochiqlash, hamda ularni

texnologik yutuqlar bilan tanishtirishni va bu haqida muntazam ommaga ma’lumot

beribni tizimli ravishda y

o‘lga qo‘yish zarur.

Ikkinchi, infratuzilmaning rivojlanmagani:

ko‘plab maktablarimizda

o‘quv

-labaratoriya xonalari va sport zallari mavjud emas. Maktabdagi biologiya,

kimyo va fizika fanlari dasturlarida labaratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejaga

kiritilgan, lekin amaliyotda mashg‘ulot o‘tkazilishi uchun hech qanday sharoit yo‘q;

o‘quvchilar ushbu fanlardan maxsus daftar tutib, ushbu mashg‘ulotni o‘taganliklari

haqida hisobot yozishadi. Hisobot amaliyotda bajarilmagani uchun, uning

samaradorligi past bo‘lmoqda.

T

exnologiya fani darsliklarida ham ko‘plab


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

8

amaliyotda sinab ko‘rish uchun topshiriqlar berilgan, lekin

texnologiya xonalarida buning uchun yetarli asbob-uskunalar

mavjud emas.

Uchinchi, shahar va olis hududlardagi yoshlarning noteng

tayyorgarlik darajasi:

k

o‘plab olis hudularimizdagi ta’lim sifati shahar joylarga

qaraganda pastroq. Yunisefning 2020-

yilgi “O‘zbekistondagi bolalar vaziyatining

tahlili” nomli hisobotida O‘zbekistonda shahar hududida yashovchilarning

qishloqdagilarga qaraganda oliy ta’lim olish ko‘rsatkichi 2 baravar yuqori ekanligi

ta’kidlangan.

Bu muammoni hal qilish uchun hukumat bir qancha

choralar ko‘rmoqda

;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 12-

yanvardagi “Olis

hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-

tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori

da olis hududlarga borib ishlayotgan mutaxassislar

uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik

boshlang‘ich yordam puli va ular ijaraga olgan uy

-joylar uchun bazaviy hisoblash

miqdorining 2 baravari miqdoriga har oyda kompensatsi

ya to‘l

ash; hamda Vazirlar

Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan

“U

mumiy

o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog

hodimlarga

maxsus ustama berish to‘g‘risida”

gi qarori; hamda Vazirlar

Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi

“Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan

maktablarga malakali o‘qituvchi

-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”

gi 646-son qarorlari shular jumlasidandir.

Sobiq “Xalq ta’limi” Vazirligi

2022-

2023 o‘uv yilida 1409 ta “qizil” toifadagi maktabga 500 nafar pedagog jalb

etilgani; 2024-

yilgi “2023

-

yil sarhisobi”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot

anjumanida 2023-

yilda “qizil” toifadagi maktablar soni 1526 tadan 404 taga

kamayganini e’lon qilgan.


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

9

To‘rtinchi, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar bilan

individual

ishlash

tizmi

shakllanmagani:

O‘zbekiston

umumta’lim maktab tizimi asosan jamoa bilan ishlashga asoslangan,

har bir o‘quvchi bilan alohida ishlaydigan tizim

ning bir nechta

elementlari mavjud bo‘lsada,

hali hanuz

to‘liq shakllanmagan

. Bunday tizim

hozircha prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida

qo‘llanilmoqda.

So‘nggi yillarda Finlandiyata’lim tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha

bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda:

fin ta’lim tizimini o‘rganish; ayrim

maktablarda sinov tariqasida fin modelida darslar tashkil etish, o‘qituvchilarni

malakaviy tayyorlash va b. Finlandiya ta’lim tizimi bugungi kunda jahondagi eng

mashhur ta’lim tizimlaridan biri bo‘lib, “Kam yuklama, kuchli sifat” prinspiga

asoslangan. Lekin, bizning maktablarda esa o‘quvchilar soni ko‘p va yuklamalar

yuqori. O‘quv rejalari va fanlar soni Finlandiyada

gichalik ixcham emas. Finlandiya

tizimi yuqori malakali va mustaqil qaror qabul qiluvcgi o‘qituvchilarga tayansa,

o‘zbek o‘qituvchilari hali hanuz “ma’ruza va nazorat” uslubida ish yuritishmoqda.

Finlandiyada o‘quvchilarning ichki motivatsiyasi muhim bo‘li

b, ular uchun baho

ikkinchi darajada; bu borada ham kamchiliklarimiz mavjud. Qolaversa, fin tizimi

texnologiyaga asoslangan o‘quv resurslarini talab etadi; ko‘plab maktablarimizda

kompyuter va internet vositalari hali ham yetarli emas. Fin tizimini samarali joriy

etish uchun

keng ta’lim tizimida ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi lozim

. Dars

yuklamalarini qisqartirib, fin tizimiga integratsiya qilishdan tortib maktablarning

texnologik ta’minotini yaxshilashgacha…

Beshinchi, o‘quvchilarning maktabga telefon olib kelishi:

ushbu masala

global ta’lim tizimlarida ham ko‘tarilayotgan muhim masalalardan biridir

. Masalan,

Fransiya maktablariga telefon olib kelish ta’qiqlangan. Angliya maktablarida esa

telefonlarni sinfxonaga olib kirish mumkin emas. Lekin Finlandiyada agar

o‘qituvchi ruxsat bersa, ta’lim maqsadida foydalanish mumkin. O‘zbekistonda ham

telefonlard

an faqat ta’limiy maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat berish mumkin


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

10

lekin, buning uchun qat’iy ichki intizom va o‘qituvchilar va ota

-

onalarning o‘zaro birdamligi muhimdir.

Maktab tizimidan ko‘zlangan yana bir maqsad bu –

o‘sib

borayotgan avlodga ta’lim bilan bir qatorda tarbiya berishdir. Bu

borada maktab tizimi o‘quvchining ota

-onasi va mahalla bilan yelkama-yelka ish

olib boradi. Maktab

bu faqat bilim emas, balki insoniylik, muomala, mas’uliyat va

milliy qadriyatlarni o‘rgatadigan dargohdir. Tarbiya bo‘lmasa, ta’lim samara

bermaydi.

Zamonaviy o‘zbek pedagogikasi otasi hisoblanmish Abdulla Avloniy

shunday degan: “Tarbiya biz uchun yo hayot –

yo mamot, yo najot

yo halokat, yo

saodat

yo falokat masalasidir”. Chunki, yetuk jamiyat qurish uchun o‘sha jamiyat

a’zolari har tomonlama barkamol, ma’nan yuksak shaxs bo‘lmoqlari lozim. Ta’lim

tizimi bizga bilimli, o‘z huquqlarni biladigan va oqni qoradan ajrata oladigan

fuqarolarni voyaga yetkazib berishi zarur. O‘quvchilar o‘qituvchilardan faqat ilm

emas, balki hurmat, sabr, muloqot va odobni ham o‘rganishlari zarur. M

asalan,

Yaponiyaning ko‘plab maktablarida sinfxonalarni farroshlar emas, o‘quvchi va

o‘qituvchilar tozalaydilar. “Souji” deb ataluvchi bu amaliyot dars jadvaliga kiritiladi

va o‘quvchilarga mas’uliyat hissini beradi, shuningdek ular kattalarga hurmat

ko‘rsatish, tabiatga e’tiborni shakllantirish, jamoaviy ishlash va mehnatni qadrlashni

o‘rgatadi.

Umum ta’lim maktablarimizda ham tarbiyaga asoslangan va o‘zbek

mentalitetini rivojlantiruvchi mana shunday tizimlarni bosqichma-bosqich va tizimli

tarzda

yo‘lga qo‘yishimiz mumkin

. Masalan, Payshanba

kunlarini “

Tozalik kuni

deb e’lon qilib, shu kun

i sanitar-

gigiyenik madaniyatni rag‘batlantiruvchi

“eng toza

sinf”

nomli tadbirlarni

o‘tkazish; Juma kunlarini “Milliy qadriyatlar” kuni deb e’lon

qilish va o‘quvchilarni shu kunda milli kiyimlardamaktabge kelishga targ‘ib etish va

b.

Xulosa

sifatida

quyidagilarni

ta’kidlash

mumkin,

umumta’lim

maktablarimizda bir qancha muammolar mavjud va bu muammolar yechimi yo‘q


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

11

bo‘lgan muammolar emas. Mavjud kamchiliklarimizni oila –

mahalla

maktab va hukumat hamkorligida, birdamlikda hal etish

mumkin va shu usulda samaraliroq bo‘ladi. Muammolarni hal etish

uchun ba’zi o‘qituvchilarni malaka kurslariga jalb etish

; maktab

tizimida zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish

;

maktablarda individual ta’lim tizimini rivojlantirish

; shahar va chekka hudular

o‘rtasidagi ta’lim tafovutini bosqichma

-

bosqich yo‘q qilish; o‘quv amaliyotini

talabaning o‘z ustida

ishlashi va bu kabi muammolarni aniqlash , hamda ularga

yechim topishga qaratilgan bir tzimga ayantirish va boshqa choralar orqali yechsak

bo‘ladi. O‘zbek maktablarida jahonning ilg‘or tajribalaridan mahalliy mentalitet va

sharoitlarga moslashtirgan holda keng foydalanish bolalarda nafaqat bilim, balki

hayotga tayyorgarlik, jamiyatga hurmat va shaxsiy mas’uliyatni mustahkamlaydi.

Zero, kelajak jamiyatining poydevorini

bugungi maktab o‘quvchilari

tahkil etadi;

aholimizning qarib 18,4 foizi (2024). Ularni bilimli, barkamol inson qilib tarbiyalash

esa, bizning eng muhim vazifamizdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO

’YXATI

:

1.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021

-yil 12-yanvardagi qarori: Olis

hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-

tadbirlari to‘g‘risida.”

Lex.uz,

https://lex.uz/uz/docs/5232643

2.

“Vazirlar Mahkamasining 2019

-yil 7-iyundagi 471-

son qarori: Umumiy o‘rta

ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog

hodimlarga

maxsus

ustama

berish

to‘g‘risida.”

Lex.uz,

https://lex.uz/uz/docs/4370541

3.

“Vazirlar Mahkamasining 2021

-yil 15-oktabrdagi 646-

son qarori: Ta’lim

darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi

-pedagoglarni jalb

qilish chora-

tadbirlari to‘g‘risida.”

Lex.uz,

https://lex.uz/uz/docs/5672312


background image

J

о

urn

а

l

о

f

А

n

а

lytic

а

l Synergy

а

nd

Scientific

H

о

riz

о

n ISSN: 3060-5261 Imp

а

ct f

а

kt

о

r: 9.9

V

о

lume 1, Issue 5, Series

А

2025

12

4.

UNICEF Uzbekistan. Situation Analysis of Children in

Uzbekistan

2020.

UNICEF,

2020,

https://www.unicef.org/uzbekistan/en/reports/situation-analysis-

children-uzbekistan-2020

5.

“Xalq ta’limi vazirligi: Qizil toifadagi maktablar soni 1526 tadan 404 taga

kamaydi.”

Xalq

Ta’limi

Vazirligi

Rasmiy

Sayti

,

2024,

https://uzedu.uz/oz/news/2023-yil-sarhisobi

6.

Avloniy, Abdulla. Turkiy Guliston Yoki Axloq. Toshkent: Noshir, 1918

7.

Sahlberg, Pasi. Finnish Lessons: What Can the World Learn from Educational

Change in Finland? Teachers College Press, 2011

8.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Aholining yoshi bo‘yicha

taqsimoti: 2024. stat.uz,

https://stat.uz

References

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-yanvardagi qarori: Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida.” Lex.uz, https://lex.uz/uz/docs/5232643

“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori: Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog hodimlarga maxsus ustama berish to‘g‘risida.” Lex.uz, https://lex.uz/uz/docs/4370541

“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qarori: Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida.” Lex.uz, https://lex.uz/uz/docs/5672312

UNICEF Uzbekistan. Situation Analysis of Children in Uzbekistan 2020. UNICEF, 2020, https://www.unicef.org/uzbekistan/en/reports/situation-analysis-children-uzbekistan-2020

“Xalq ta’limi vazirligi: Qizil toifadagi maktablar soni 1526 tadan 404 taga kamaydi.” Xalq Ta’limi Vazirligi Rasmiy Sayti, 2024, https://uzedu.uz/oz/news/2023-yil-sarhisobi

Avloniy, Abdulla. Turkiy Guliston Yoki Axloq. Toshkent: Noshir, 1918

Sahlberg, Pasi. Finnish Lessons: What Can the World Learn from Educational Change in Finland? Teachers College Press, 2011

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. Aholining yoshi bo‘yicha taqsimoti: 2024. stat.uz, https://stat.uz