SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
194
VOLONTYORLIK - IJTIMOIY SOHANI
RIVOJLANTIRUVCHI KUCH SIFATIDA
Sanʼatbek Muzaffarov
e-mail:
Oʻzbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, insonga yoʻnaltirilgan universal dizayn,
toʻsiqsiz muhit, ijtimoiy infratuzilmalar, ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy loyihalardan
innovatsion usulda foydalanishi va ijtimoiy muammolarni samarali yechim va yangi
gʻoyalar asosida muammolarga
volontyorlik orqali yechimlari keltirilgan.
Oʻtkazilgan onlayn soʻrovnoma yaʼni ilmiy tadqiqotning natijalari haqida batafsil
tahlil etilgan. Eng asosiysi, ijtimoiy volontyorlikning professional yondashuvlar,
yoʻnalishlar, turlari va foydali tomonlari orqa
li ijtimoiy sohada samarali ishlashi
mumkin boʻlgan yangi taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit soʻzlar:
Koʻngillilik (volontyorlik), ijtimoiy volontyorlik, ijtimoiy
drayver, Ijtimoiy taʼsir, ijtimoiy startap, ijtimoiy birlik, nodavlat notijorat tashkilot,
manfaatdor guruh.
Аннотация.
В этой статье рассматривается универсальный дизайн,
ориентированный
на
человека,
безбарьерная
среда,
социальная
инфраструктура,
социальное
предпринимательство,
инновационное
использование социальных проектов и эффективное решение социальных
проблем, а также волонтерские решения проблем на основе новых идей.
Проведенный онлайн
-
опрос, то есть, подробно анализирует результаты
научного исследования. Самое главное, что благодаря профессиональным
подходам, направлениям, типам и преимуществам социального волонтерства
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
195
были выдвинуты новые предложения и рекомендации, которые
могут эффективно работать в социальной сфере.
Ключевые слова:
волонтерство (волонтерство), социальное
волонтерство, социальный драйв, социальное влияние, социальный стартап,
социальная единица, некоммерческая организация, группа интересов.
Abstract.
This article presents universal human-oriented design, unobstructed
environment, social infrastructures, social entrepreneurship, innovative use of social
projects and solutions to problems based on effective solutions to social problems
and new ideas by volunteering. The online survey conducted is a detailed analysis
of the results of a scientific study. The main thing is that new proposals and
recommendations have been put forward that can effectively work in the social
sphere through professional approaches, directions, types and benefits of social
volatility.
Key words:
volunteering (volunteering), social volunteering, social drive,
social impact, social startup, Social Unity, non-profit organization, interest group.
Kirish.
Jamiyat va davlat uchun juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan
faoliyatlardan biri bu -
volontyorlik (koʻngillilik). Chunki, shaxslar aro
munosabatlarni tartibga solishda, mehr-muhabbat tushunchasini yanada
ulugʻlashda, davlat va nodavlat notijorat tashkilotla
r harakatni rivojlantirishga
koʻmak beradigan, oʻz xohishi bilan bepul oʻz xizmatlari orqali yordam beruvchi
faoliyat. Shu sababdan, yurtimizda ham volontyorlik davlat tomonidan qoʻllab
-
quvvatlanib va rivojlanib bormoqda.
Dunyo boʻyicha volontyorlikning 300 ga yaqin
turli yoʻnalishlari mavjud boʻlib, ulardan eng koʻp tarqalgani qismi bu ijtimoiy
volontyorlik. Ijtimoiy volontyorlik Oʻzbekiston sharoitida ham madaniy va ijtimoiy
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
196
muammolarga yechim topishi mumkin boʻlgan asosiy faoliyatlardan
biri boʻlib xizmat qilmoqda.
Ijtimoiy volontyorlik
- volontyorlar orqali doimiy yordamga va
gʻamxoʻrlikka muhtoj shaxslarga ixtiyoriy hamda begʻaraz yordam berish faoliyati
hisoblanadi. Asosan, aholining muhtoj qatlamlari kiradi [1].
Ijtimoiy volontyorlik
–
ijtimoiy muammolar, ijtimoiy yordamga muhtojlar va
ijtimoiy jarayonlarga volontyorlar orqali yechimlar berish hamda volontyorlar orqali
yordam koʻrsatish. Ulardan, yolgʻizlar, keksalar, kambagʻallar, nogironligi bor
shaxslar, muassasa tarbiyalanuvchilari, muammoli oilalar, ayollar, bolalar, yoshlar
va muhtojlarga sifatli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda volontyorlar orqali faoliyat
olib borishdir. Volontyorlikni faqatgina volontyorlar tashkiloti emas, balki barcha
davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar hamda tashabbuskor guruhlar amalga
oshiradi va foydalanadi. Qisqacha aytganda, volontyorlik
–
ixtiyoriy, begʻaraz va
moddiylikni koʻzlamagan tarzd
a amaliy yordamni bajaruvchilar faoliyatidir.
Moliyaviy qarashlar asosida emas, balki yaxshilik uchun, oʻz tajribasini yanada
oshirish maqsadida hamda oʻzi va atrofidagilar uchun manfaat keltirish uchun ham
bu harakatga qoʻshilishadilar.
“Volontyorlik, fuqarolik jamiyati rivojlanishi,
ijtimoiy adolat, turmish tarzini yaxshilanishi, yoshlarni qoʻllab
-quvvatlash, turli
muammolarga fuqarolar ham yechim berishi, masʼuliyat va ijtimoiylashuv kabi
jarayonlar uchun juda muhim” deb taʼkidlab oʻtg
an [2].
Braian Ludueñaning “Ijtimoiy Volontyorlik nima va qanday qilib ijobiy taʼsir
koʻrsatishim mumkin?” maqolasida ham ijtimoiy volontyor sifatida boshqalarga
yordam berishimiz oʻzimizga yordam berishimizni anglatishini va bu orqali juda
koʻp narsalarni oʻrganish imkoniyatini yaratishini taʼkidlaydi.
Oʻrganish natijasida,
juda koʻplab ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy volontyorlik haqida kam gapirilgan boʻlsa
-
da, unga tegishli boʻlgan faoliyat turlari haqida koʻp eslanadi. Misol uchun, med
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
197
volontyor, donor volontyor, xospis volontyor, ijtimoiy patronaj
volontyor, taʼlim volontyor, inklyuziv volontyor, tarjimon volontyor,
stajyor volontyor, targʻibotchi volontyor, korporativ volontyor va
boshqalar. Bundan koʻrinib turibdiki, ijtimoiy volontyorlik dunyo boʻylab keng
tarqalgan volontyorlik turlaridan ekan.
Materiallar va usullar.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishda volontyorlikning
jamiyat va davlat uchun muhim tomonlarini haqqoniy ilmiy tadqiq etilgan.
Respublikaning barcha hududlaridan faol yoshlar saralab olingan va ular oʻrtasida
sanoq usulida soʻrovnoma oʻtkazilgan. Soʻrovnoma anketasi Oʻzbekistonda ijtimoiy
soha va volontyorlikda yoshlar ishtiroki baholangan, oʻrganilgan, tahlili etilgan va
nazariy asoslangan. Bu birlamchi maʼlumotlar tahliliy tadqiqot orqali mavjud
maʼlumotlarni tahlil qilish va yangi bilim yaratishni oʻz ichi
ga oladi. Bu usullar
orqali, yangi takliflar va volontyorlik tushunchasiga berilgan takliflar ham koʻrib
chiqilgan. Amerikalik sotsiolog
George Homans
va
Peter Blau
tomonidan ilgari
surilgan insonlar boshqalarga yordam berish orqali ijtimoiy kapital toʻplashini ilgari
surganlar.
August Comte va Daniel Batson
altruizm tushunchasi asoslagan boʻlsa,
Ijtimoiy kapital nazariyasini rivojlantirgan
Pierre Bourdieu, James Coleman va
Robert Putnam
buni tasdiqlagan.
Hozirgi kunda, ijtimoiy volontyorlik, madaniyat volontyorlik, sport
volontyorlik, xalqaro volontyorlik, korporativ volontyorlik, media volontyorlik,
onlayn volontyorlik, stajyor volontyor, pro volontyorlik sohalari haqida ham ilmiy
izlanishda koʻrib chiqil
gan.
Ijtimoiy taʼsir kuchga ega va ijtimoiy birlikni amalga
oshiruvchi volontyorlar ijtimoiy drayver vazifasini oʻtaydi.
Natijalar va muhokamalar.
Oʻzbekistonda volontyorlikka qiziquvchilarning
deyarli katta qismini yoshlar tashkil etadi. Ular volontyorlik loyihalarda turlicha
rollarda ishtirok etadilar. Loyiha rahbari yoki lideri, koordinatori (tashkilotchi) va
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
198
ishtirokchi sifatida qatnashadi. Eng qiziq tomoni, ularning ijtimoiy
taʼsiri ham ularning roliga bogʻliq. Loyihada liderlik qilayotgan
volontyor albatta qoʻl ostida boʻlgan oʻz jamoasini doimiy nazorat
qilishi, resurslarni taqsimlashi va ishlarni rejalashtirishi zarur boʻladi. Bu liderda
ijtimoiy muloqotchalik, tashabbuskorlik, uddaburonlik va motivatsiya berishi kabi
mahoratlarga egalini koʻrsatib berish orqali oʻz jamoasiga ichki ijtimoiy taʼsir etadi.
Lider tomonida tashkil etilgan loyiha esa, qaysidir manfaatdor guruhga foydasi
tegishi natijasida tashqi ijtimoiy taʼsir etishini koʻrish mumkin. Misol uchun, bepul
oʻquv dasturlar tashkil qilish orqali aholining bilim darajasini oshirishga xizmat
qiladigan loyiha yaratishi mumkin.
Ijtimoiy volontyorlar eng avvalo volontyorning oʻzi, volontyorlik jamoalari
yoki tashkilotlar orqali ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish muassasalarida faoliyat
olib borishi mumkin. Quyidagilar:
Taʼlim muassasalarida:
inklyuziv maktabgacha taʼlim muassasalari, internat
maktablar.
Sogʻliqni saqlash muassasalari:
Onkologiya markazi, Nogironlar uchun
reabilitatsiya markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika
markazini.
Ijtimoiy muassasalari:
Mehribonlik uyi, Bolalar uyi, “Saxovat” va
“Muruvvat” internat uylari, foster oila, patronat
-oilaga tarbiyaga olish, oilaviy
turdagi bolalar uylari, sheltirlar, xospis markazi,
Davlat tashkilotlari:
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston
Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sоgʻliqni sаqlаsh
vаzirligi, Pensiya, inson markazi, bandlikka koʻmaklashish markazi.
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
199
Xalqaro va nodavlat notijorat tashkilotlari:
SOS,
YUNISEF
,
Oʻzbekiston nogironlar jamiyati, Sharoit plyus.
Ijtimoiy xizmat
- odamlarning turmush sharoitini yaxshilash,
zarur moddiy -
maʼnaviy resurslar bilan taʼminlash, doimiy, davriy, bir martalik
yordam, shu jumladan shoshilinch yordam koʻrsatish boʻyicha ijtimoiy xizmatlar
sohasidagi harakat yoki faoliyatdir [5]. Shunday qilib, samarali va professional
volontyorlik xizmati yoʻlga qoʻyilsa, ijtimoiy muammolarda qulayliklar va sifatli
ishlash boshlanadi. Buning uchun volontyordan talab etiladigan mahoratlardan:
Psixologik toʻsiqlarni olib tashlash va muomala madaniyatiga ega boʻlish; qoʻrquv
va xavotirlardan qutilish; hurmat qilish; tushunish va kommunikativlik; kiyinish
madaniyati; rolga kirish va roldan chiqish; ijobiy taʼsir koʻrsatish mumkin. Bular
tajriba va amaliyot davomida ham egallash mumkin. Eng muhimi, ijtimoiy faollik
koʻrsatib, boshqalar uchun yaxshi taʼsirotlar qoldirishdir.
Ijtimoiy volontyorlar ijtimoiy sohada xayriya ishlari, maʼnaviy yordam, texnik
yordam, konsultativ yordam, amaliy yordam, moddiy yoki moliyaviy yordam va
boshqa ishlari orqali oʻz hissalarini qoʻshishlari mumkin. Bu yordamlarni davlat va
nodavlat notijorat
tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, Oʻzbekistonda
rasman roʻyxatga olingan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar 3
615 nafar
va yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaxslar 1
359 nafar tashkil etadi. Bularga asosan, oʻz
uyida ijtimoiy vo
lontyorlar yordami juda zarur yaʼni yuqoridagi ishlar orqali koʻmak
beradilar [6].
Hech qachon volontyor boʻlmagan odamlar bilan solishtirganda, "Juda baxtli"
boʻlish ehtimoli har oyda volontyor boʻlganlar orasida 7 foizga va har ikki
-
toʻrt
haftada volontyor boʻlganlar uchun 12 foizga oshdi. Tadqiqotchilarning
taʼkidlashicha, haftalik volontyorlar orasida 16% oʻzlarini juda baxtli his qilishgan
-
bu baxtning oʻsishi. (Simple Changes, Big Rewads: Sogʻlom va baxtli hayot uchun
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
200
amaliy, oson qoʻllanma, Garvard Health Publications tomonidan chop
etilgan maxsus sogʻliqni saqlash hisoboti)da keltirilgan [7].
Oʻzbekistonda ijtimoiy soha juda tez surʼatlarda rivojlanmoqda
"Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026 yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi",
“Oʻzbekiston —
2030” strategiyasi, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Oʻzbekiston Resp
ublikasi Prezidentining 2023-yil 1-
iyundagi “Aholiga sifatli
ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga
qoʻyish boʻyicha kompleks chora
-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tashkil etildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Volontyorlik
faoliyatini yanada qoʻllab
-quvvatlash chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” 2022
-yil 11-aprel,
169-sonli qarori qabul qilindi.
Yuqoridagi muhim ijtimoiy oʻzgarishlar ortida
ijtimoiy volontyorlarning nechogʻlik kerak ekanligidan dalolat beradi.
Xulosalar. Birinchidan,
Oʻzbekistonda volontyorlik jamoalari uchun grantlar
va ijtimoiy subsidiyalar ajratish kerak.
Ikkinchidan,
Volontyorlik forum va sammitlarni keng jamoatchilik bilan
tashkil etish hamda rivojlantirish lozim. Bu ishlar ijtimoiy volontyorlik faoliyati
uchun motivatsiya va ragʻbatlantirish boʻlishi lozim.
Uchinchidan,
Volontyorlik tashkilotlari, volontyorlik jamoalari va
volontyorlar faoliyatini jamlovchi yagona platforma ishlab chiqish kerak. Bu
platforma ezgu.uz boʻlishi mumkin. Chunki, nomi juda mos va yaxshilik uchun
oʻziga xos tartibda joylashgan.
Har bir odam volontyorlik tajribasiga ega boʻlishi lozim. Chunki ijtimoiy
muammolarga yechim topadi va insonlarga nisbatan iliq munosabatda boʻla
boshlaydi. Eng asosiysi, yaxshilik qilish nechogʻlik muhim ekanligini tushunib
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
201
yetadi. Kelajakda fantastik dunyo kirib kelar ekan va unga qoʻshilib
mehrsizlik, oʻzini oʻylash, xudbinlik ham boʻlishi mumkin. Ammo
shu vaqtda volontyorlik hammani ezgulik osmoni ostida birlashishga
olib keladi [8].
Volontyor boʻlganingizda qayerda va qanday sharoitda boʻlsangiz ham
odamlar bilan birgasiz. Doim odamlar bilan, doim ular bilan aloqada va muomalada
boʻlasiz. Shuning uchun umringizni oxirigacha ijtimoiy hayotdan aslo uzib
qolmaysiz. Bu soha sizning umringiz oxirigacha birga boʻladi. Demak, ijtimoiy soha
hayotimizning asosiy qismini tashkil etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
:
1.
–
Mosvolonter - bu Rossiyadagi eng yirik volontyorlar
jamoasidan biri bo ‘lib, hozirda Moskvada faoliyat olib boradi.
2.
“Volontyorlik harakati –
ezgulik vaksinasi” ISSN 2181
-9556 Doi Journal
10.26739/2181-9556 IJTIMOIY TADQIQOTLAR JURNALI 1-MAXSUS
SON, Toshkent-2024 (
https://tadqiqot.uz/index.php/soci/article/view/9051
3.
https://www.worldpackers.com/articles/social-volunteering
-
Braian
Ludueñaning “What is social volunteering and how can I make a positive
impact?” maqolasi 2023 yil
4.
https://en.wikipedia.org/wiki/Social_services
5.
https://ihma.uz/uz/ochiq-malumotlar/
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi
6.
Simple Changes, Big Rewads: Sogʻlom va baxtli hayot uchun amaliy, oson
qoʻllanma, Garvard Health Publications tomonidan chop etilgan maxsus
sogʻliqni saqlash hisoboti. 2022 yil
SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
“
THE
FUTURE STARTS WITH US: TOWARDS THINKING,
TECHNOLOGY AND SUSTAINABLE DEVELOPMENT
”
V
О
LUME 1. ISSUE 1. 2025
202
7.
“Oʻzbekistonda volontyorlik
-
tarixiy bosqichi” Oʻzbekiston
Milliy universiteti “Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va
jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi” nomli xalqaro lmiy
-amaliy
konferensiyasi
materiallar
toʻplami
2024
yil
20
aprel
https://cyberleninka.ru/article/n/o-zbekistonda-volontyorlik-tarixiy-bosqichi
8.
“Oʻzbekistonda Volontyorlik” (uslubiy qoʻllanma) Nashriyotchi: GlobeEdit
Dodo books Indian Ocean Ltd. and OmniScriptum S.R.l nashriyot guruhi. 120
High Road, Sharqiy Finchley, London, N2 9ED, Birlashgan Qirollik ISBN:
978-620-0-63733-8
https://www.morebooks.shop/shop-ui/shop/book-
launch-offer/9634373f8e70a257f3036bda32d16d422c74670f
