J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025
109
KELISHIKLARNING ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDAGI
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Isoqulova Dildora Farmon qizi
TDSHU Sharq xalqlari tillari va adabiyoti
2-kurs talabasi +998975281604
Annotatsiya:
Mazkur maqolada kelishiklar haqida qisman ma‘lumot beriladi
va ularning arab va o‘zbek tilida grammatik va leksik jihatdan o‘xshash va farqli
jihatlari qisqacha yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
otning kelishik kategoriyasi, turlanish, otlashgan so‘zlar, ikki
kelishikli otlar, gap bo‘laklari
Аннотация:
В этой статье частично представлена информация о падежах
и кратко освещаются их грамматические и лексические сходства и различия в
арабском и узбекском языках.
Ключевые слова:
категория падежа существительных, склонение,
склоняемые слова, существительные с двумя падежами, члены предложения.
Annotation:
This article provides partial information about cases and briefly
highlights their grammatical and lexical similarities and differences in the Arabic
and Uzbek languages.
Keywords:
case category of nouns, declension, declensional words, nouns with
two cases, sentence components.
O‘zbek va arab tillari 2 yirik ,turkiy va semit, oilalariga mansub bo ‘lib, har
biri tarixiy va lingvistik rivoj yo‘lini bosib o‘tgan. Bu til agglutinativ xususiyatga
ega bo’lib, so‘zlarga turli qo’shimchalar qo’shish orqali ma’no va grammatik
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025
110
shakllar hosil qilinadi. O‘zbek tilida so’zlarning tarkibi sodda va
tuzilishi aniq bo’lib, so`zlarning turli grammatik shakllari
qo‘shimchalar yordamida yasaladi.
Arab tili esa somiy tillar oilasiga mansub bo‘lib, uning tuzilishi
va so‘z yasalishi boshqa tillarga qaraganda o‘ziga xosdir. Arab tilida
so‘zlar, asosan, uchta undoshdan iborat o‘zakka asoslanib yasaladi va bu o‘zaklar
yordamida turli grammatik shakllar hosil qilinadi. Arab tilining morfologik tizimi
murakkab va rangbarang bo’lib, so’zlarning shakli va ma’nosi o’zgarishi o’zak va
vaznlar yordamida amalga oshiriladi. Bu ikki tilning lingvistik xususiyatlari, ular
orasidagi o’xshashlik va farqlarni o’rganish tilshunoslikda muhim ahamiyat kasb
etadi. O’zbek va arab tillarining grammatik tuzilishi va so’z yasalishi usullarini
chuqurroq tahlil qilish, tilshunoslik sohasida yangi bilimlar olishga yordam beradi.
Kelishik
– ot yoki otlashgan so ‘zning boshqa so ‘zlar bilan aloqasini
ko‘rsatuvchi grammatik kategoriya. Kelishiklar soni turli tillarda har xildir. O‘zbek
tilida 6 ta kelishik bor. Ular:
1.
Bosh kelishik (qo‘shimchasiz)
2.
Qaratqich kelishigi ( -ning )
3.
Tushum kelishigi (-ni)
4.
Jo ‘nalish kelishigi (-ga, -ka, -qa)
5.
O‘rin-payt kelishigi ( -da)
6.
Chiqish kelishigi ( -dan)
Shulardan qaratqich kelishigi ot tomonidan boshqarilib, hokim so‘z egalik
qo‘shimchasini olib keladi. Masalan: kitobning varog‘i kabi. Qolgan tushum,
jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari qo‘shilib kelgan otlar fe’l tomonidan
boshqariladi. Masalan: olmani yedi, rasmga qaradi, shifoxonada ishlaydi,
maktabdan qaytdi kabi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025
111
Kelishiklar ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ularni gapda
biror gap bo‘lagi vazifasida kelishiga xoslaydi. So‘zlar bosh
kelishikda ega vazifasida kelsa, qaratqich kelishigi so‘zlarni
aniqlovchi, tushum kelishigi vositasiz to‘ldiruvchi, jo‘nalish
kelishigi vositali to ‘ldiruvchi, o‘rin-payt kelishigi vositali
to‘ldiruvchi va hol, chiqish kelishigi vositali to ‘ldiruvchi va hol bo’lib kelishini
ta’minlaydi.
•
Sport sog‘lik uchun juda foydalidir.
( ega)
•
Ahmadning nutqi barchani lol qoldirdi.
( aniqlovchi)
•
Kitobingni berib tur.
( vositasiz to‘ldiruvchi)
•
Zarnigorda muammo ko‘p.
( vositali to‘ldiruvchi)
•
Akam Zarafshonda ishlaydi
. ( hol )
•
Ustoz Dostondan uy vazifasini so‘radi.
( vositali to‘ldiruvchi)
•
Qachon Turkiyadan qaytasiz, dadajon?!
( hol )
Kelishik – arab tilida ٌ
با َرْعإ deyiladi, ular otni otga yoki otni fe’lga bog‘lab
keladi. Arab tilida kelishiklar 3 ta.
Bosh kelishik – faqat ega va ot-kesimlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Qaratqich kelishigi – ko‘makchilardan keyin va moshlashmagan
aniqlovchini ifodalash uchun ishlatiladi.
Tushum kelishigi – to‘ldiruvchi ba hollarni ifodala sh uchun, bosh va
qaratqich kelishigi ishlatilmaydigan hamma holatlarda ishlatiladi.
Kelishiklar
Noaniq
holatda
Aniq
holatda
Muzakkar
Muannas
Muzakkar
Muannas
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025
112
Bosh
kelishik
ٌ باَتِك
ٌ ةَلَجَم
ٌ باَتِكلا
ٌ ةَتَجَملا
Qaratqich
kelishigi
ٌ باَيِك
ٌ ةَلَجَم
ٌِباَتِكلا
ٌِةَلَجَملا
Tushum
kelishigi
ٌ اباَتِك
ٌ ةَلَجَم
ٌَباَتِكلا
ٌَةَلَجَملا
Jadvalga izoh:
Agar so‘z tanvin fathaga tugasa, uning oxiriga
o‘qilmaydigan alif harfi yoziladi. Ammo “ta-marbuta” yoki yolg‘iz “hamza” so‘z
oxirida tanvin fatha bilan kelsa, undan keyin bu alif yozilmaydi.
Yuqoridagi jadvaldagi turlanish uch kelishikli turlanish deyiladi va shu
yo‘sinda turlanuvchi so‘zlar uch kelishikli so ‘zlar deb ataladi. Arab tilida ot va
sifatlarning asosiy qismi uch kelishikli so‘zlar hisoblanadi. Bular noaniq holatda
kelganida tanvin qo‘shimchasi bilan tugaydigan birlik va siniq ko‘plikdagi
so‘zlardir.
Ikkilik sondagi ismlarning kelishikda turlanishi quyidagicha bo‘ladi:
Kelishiklar
Noaniq
holatda
Aniq
holatda
Muzakkar
Muannas
Muzakkar
Muannas
Bosh
kelishik
ٌ ناَباَتِك
ٌ ناَتَلَجَم
ٌ ناَباَتِكلا
ٌ ناَتَلَجَملا
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025
113
Qaratqich
va
tushum
kelishigi
ٌِنْيَباتِك
ٌِنْيَتَلَجَم
ٌِناَباَتِكلا
ٌِنْيَتَلَجَملا
Jadvalda ko‘rinib turganidek, ikkilik sondagi so ‘zning qaratqich va tushum
kelishiklari bir xil qo‘shimchaga ega. Shuningdek, aniq holda ham, noaniq holda,
muzakkar va muannas so‘zlar bir xil qo‘shimcha oladilar.
Muzakkar va muannas to‘g‘ri ko‘plikdagi so‘zlar kelishiklarda quyidagicha
turlanadi:
Kelishiklar
Noaniq
holatda
Aniq
holatda
Muzakkar
Muannas
Muzakkar
Muannas
Bosh
kelishik
ٌَنو ح الََّف
ٌ تاَحالََّف
ٌَنو حالََّفلا
ٌ تاَحالَّفلا
Qaratqich
va
tushum
kelishigi
ٌَني ِح الََّف
ٌ تاَحالََّف
ٌَني ِحالََّفلا
ٌِتاحالََّفلا
Jadvallarda ko‘rinib turganidek, muzakkar va muannas to‘g‘ri ko‘plikdagi
so‘zlarda qaratqich va tushum kelishiklari bir xil qo‘shimchaga oladilar hamda aniq
va noaniq holatlarda kelishik qo‘shimchalari o‘zgarmaydi.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025
114
Arab tilida qaratqich va tushum kelishigi bir xil qo ‘shimchaga
ega bo‘lgan qator so‘zlar mavjud. Bular ikki kelishikli so‘zlar
deyiladi. Ikki kelishikli so‘zlarga asosan quyidagilar mansubdir.
1.
لا
ٌ ٌ artiklini olmaydigan, lekin aniq holatda deb
hisoblanuvchi tanvin qo‘shimchasini olmaydigan so‘zlar
Masalan:
ٌٌٌ
ٌٌٌٌ ةَمِطاَفٌٌ,ٌٌ رْصِم
2.
ٌ
ٌٌلا artiklini olishi mumkin bo‘lgan, tanvin bilan tugamaydigan
birlik sondagi otlar yoki sifatlar noaniq holatda kelganida:
ٌ
ٌٌٌ رَبْكأٌ,ٌٌ ءَارْحَص
3.
Noaniq holatda ham tanvin qo‘shimchasi bilan tugamaydigan va
noaniq holatda kelgan siniq ko ‘plikdagi ot va sifatlar. Masalan:
ٌٌٌٌٌ
ٌ دِئا َرَج
ٌٌٌ
ٌ, ٌ
ءا َرَم أ
Ularning qaratqich kelishigi shakli tushum kelishigi shakli bilan bir xil bo‘ladi.
Bosh kelishik
ٌ ةَمِطاَف
ٌ ءا َرَمأ
Qaratqich
va
tushum kelishigi
ٌَةَمِطاَف
ٌَءا َرَمأ
Shuni unutmaslik kerakki, ikki kelishikli ismlar “ٌلا” artiklini olsa yoki izofa
tarkibida kelsa, uch kelishikli bo‘lib qoladi.
ٌ دئا َرَجلا
ٌ رَبْكلأا
ٌَدئا َرَجلا
ٌَرَبْكلأا
ٌِدئا َرَجلا
ٌِرَبْكلأا
Oxiri cho‘ziq “a” yoki cho‘ziq “u” bilan tugaydigan so ‘zlar kelishikda
turlanmaydi. Bular kelishikda turlanmaydigan so‘zlar deyiladi. Masalan: ٌٌٌ,ٌٌىَض ْرَم
ىَع ْوَج
Xulosa qilib aytganda, kelishiklarning o‘zbek va arab tillaridagi xususiyatlari
mazkur tillarning lingvistik tuzilishi bilan chambarchas bog`liq. O‘zbek tilida
kelishiklar ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, otni otga yoki otni fe’lga bog‘lashga
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific Horizon
Volume 1, Issue 1, Series A 2025
115
xizmat qiladi va so‘zlarni ma’lum gap bo‘lagi vazifasida kelishiga
xoslaydi. Arab tilida esa kelishiklar miqdori farq qilsa-da,
bajaradigan vazifasi bir xil ya’ni so‘zlarni ma’lum gap bo‘lagi
vazifasida kelishiga xoslashdir. Ushbu maqolada taqdim etilgan
tahlillar har ikkala tilning harakat nomlari tizimini qiyosiy nuqtai
nazardan o‘rganish imkonini beradi va bu tillarning o‘ziga xos morfologik va leksik
xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Bu kabi qiyosiy tahlillar, o‘z navbatida,
tilshunoslik va grammatik tadqiqotlarda muhim ahamiyat kasb etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Abdujabborov.A. - M. Arab tili.Toshkent – 2011
2. Anorbekova.A , Mirzayeva.Sh. Hozirgi o`zbek adabiy tili. Toshkent – 2011
3. Ibrohimov.N.Yusupov. – M. Arab tili grammatikasi. Toshkent – 1997
4. ARAB VA OʻZBEK TILLARIDAGI KELISHIKLARNING QIYOSIY
TAHLILI. Risolat Ravshanova. //
