J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series C 2025
57
QUSHLARNING EKOLOGIYASI
Sottiyeva Odinaxon Xayrullo qizi
Termiz davlat pedagogika institute
biologiya ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi
E-gmail:odinaxonsottiyeva@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada qushlarning ekologiyasi, ularning yashash
joylari, oziqlanishi, ko‘payishi, migratsiyasi hamda tashqi omillarga moslashuvi
kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, qushlarning ekotizimdagi roli, oziq zanjiridagi
o‘rni va ekologik muvozanatga ta’siri tahlil qilingan. Inson faoliyati va iqlim
o‘zgarishining qushlar hayotiga ta’siri ko‘rib chiqilib, bu fanni o‘rganishning atrof-
muhit va biologik xilma-xillikni saqlab qolishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Bu
fan sohasining o'rganilishi, turli qush turlarini saqlab qolish va ularning tabiiy
muhitlariga nisbatan xabardorlikni oshirishga yordam beradi.
Kalit so’zlar: B
utazor-o’rmon qushlari, daraxtga o’rmalab chiquvchi qushlar,
o’rmon qushlari, botqoq-o’tloq qushlari, yalang’och oyoqlilar, botqoqlik qushlari,
cho’l-sahro qushlari, yuguruvchilar, tez uchuvchi qushlar, suv qushlari.
Аннотация:
В этой статье рассматриваются такие аспекты, как экология
птиц, их среда обитания, питание, размножение, миграция и адаптация к
внешним факторам. Также были проанализированы роль птиц в экосистеме,
их роль в пищевой цепи и их влияние на экологический баланс. Изучается
влияние деятельности человека и изменения климата на жизнь птиц,
обосновывается важность изучения этой науки для сохранения окружающей
среды и биоразнообразия. Изучение этой области науки может помочь в
сохранении различных видов птиц и повышении осведомленности об их
естественной среде обитания.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series C 2025
58
Ключевые слова:
кустарниково-лесные птицы, ползучие
птицы на деревьях, лесные птицы, болотно-луговые птицы,
голоногие, болотные птицы, пустынно-пустынные птицы,
бегуны, быстролетные птицы, водоплавающие птицы.
Abstract: T
his article discusses aspects such as the ecology of birds, their
habitat, nutrition, reproduction, migration, and adaptation to external factors. The
role of birds in the ecosystem, their role in the food chain and their impact on the
ecological balance were also analyzed. The impact of human activity and climate
change on the life of birds is studied, and the importance of studying this science for
the conservation of the environment and biodiversity is substantiated. Studying this
area of science can help in the conservation of various bird species and increase
awareness of their natural habitat.
Keywords:
shrub-forest birds, creeping birds in trees, forest birds, marsh-
meadow birds, bare-legged, wading birds, desert-desert birds, runners, fast-flying
birds, waterfowl.
Qushlarning havo muhitini egallab faol uchishi, issiqqonlilik, markaziy nerv
sistemasining yuksak darajada rivojlanganligi ularning yer yuzida keng tarqalishi
uchun juda katta imkoniyat bergan.Qushlar ingichka daraxt shoxlaridan, borib
bo’lmaydigan qoyalardan, bag’ri keng okeanlar ustidan uchib o’tib o’z ozuqasini
topadi. Ular oziq qidirib uzoq hududlarga uchib boradi. Shuning uchun qushlarning
oziqlanadigan, urchish va dam oladigan joylari bir-biriga bog’liq bo’lishi shart emas.
Qushlarning ucha olish xususiyatidan tashqari, ulardagi moddalar almashinuvining
kuchli rivojlanganligi va tana haroratining yuqori bo’lishi ham ularning keng
tarqalishiga sabab bo’ladi. Qushlar 8500 m balandliklarda, tog’ cho’qqilarida, qurib
qaqrab yotgan cho’l-sahrolarda, okeanlarda ham uchraydi. Qushlarning yashash
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series C 2025
59
sharoitlari qancha xilma-xil bo’lsa, ularning turi shunchalik ko’p
bo’ladi. Turli qushlarning vertikal tarqalishi ham xilma-xil.
Qumoylar va tasqaralar 7000 m balandlikda, kolibrilar esa 4550 m
balandlikda ucha oladi. Baliqchilar va chigirtchilar 4700 m
balandlikda uchraydi. Pingvinlar, gagalar, qoravoylar oziq tutish uchun 20 m gacha
chuqurlikka suvga sho’ng’ishi mumkin.Qushlrning ko’pchilik turlari, ya’ni 80%,
asosan tropic mintaqalarda yashaydi, shimolga va janubga qarab borilgan sari
ularning turlari kamayib boradi.
Uchish
- qushlar ekologiyasida katta ahamiyatga ega. Faqat pingvinlar va
ko’kraktojsizlar katta turkumlarining vakillarigina haqiqiy uchish layoqatini
yo’qotgan. Ukki, to’ti, suvmoshaklarning ayrim turlari, qanotsiz gagarka, dront va
pustinnik degan kaptar turlari ham ucholmaydi.Qushlarning uchish aerodinamikasi
ancha murakkab va hozirga qadar to’liq aniqlanmagan. Uchishning jismoniy asosini
shunday xarakterlash mumkin: qanotining ustki tomoni gumbazdek ko’tarilgan,
pastki tomoni esa botib kirgan bo’ladi. Qanotning keying uchi yuqoriga va keying
harakat qilishi natijasida qo’shimcha tortish kuchi paydo bo’ladi, qanotning asosiy
qismi esa ko’tarilish kuchini hosil qiladi. Ko’tarilish kuchi uchayotgan qush tanasi
va dumini havo aylanib o’tganda ham hosil bo’ladi. Qushlar orasida bir umr suv
muhitida va yer ostida yashaydiganlari yo’q. Qushlar hayot kechiradigan joyining
xususiyatlariga qarab bir nechta ekologik guruhlarga bo’linadi:
1.Butazor — o'rmon qushlari.
Bu guruhga ko'pgina tur qushlakiradi. Ular har
xil o'rm on va butazorlarda yashashga moslashgan. Bu qushlar uyalarini daraxt va
butalarning shox ayrisiga, daraxt kovaklariga, shox ustiga va novdalar orasiga
quradi. Daraxtda yashashga moslashgan qushlarga to'tiqushlar va qizilishtonlarni
misol qilib olish mumkin. Ayrim turlari ko'pineha oziqasini yerdan topadi va oziq
topish uchun dalalarga uchib boradi (chug'urchuq, shaqshaq, kaptar va boshqa
qushlar). O'rmonda yashaydigan karqurlar va qurlar yerga uya quradi. Butazor —
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series C 2025
60
o'rmon qushlari o ‘z navbatida daraxtga o'rmalab chiquvchi qushlar
va o'rmon qushlari ekologik guruhchalarga bo'linadi.
Daraxtga o’rmalab chiquvchi qushlar
o'z ozuqalarini daraxt
dan, daraxt shoxlaridan topadi va daraxtlarga, ularning shoxlariga
uya quradi. Masalan: arxeopteriks, goatsinning ucholmaydigan jo'jaiari,
qizilishtonlar, to'tilar va ba'zi chumchuqsimonlar shu guruhchaga kiradi.
Qizilishtonlarning oyoqlari kuchli bo'lib, tirnoqlari qayrilgan. Ularning ikki
barmog'i oldinga va ikki barmog'i orqaga qaragan bo'ladi, dumidagi 354 patlari
qattiq, mustahkam bo’lib, daraxtga chiqishda unga tayanadi va vertikal yo'nalishda
harakat qiladi. To'tilar daraxt shoxlarida oyoqlari va tumshuqlari yordamida
mohirlik bilan o ‘rmalaydi va aylanadi. Bu guruhchaga kiruvchi qushlar hasharotlar,
o’simlik urug'lari va mevalar bilan oziqlanadi. Masalan: qizilishtonlar tum shug‘i
bilan daraxt po'stloqlarini teshib, tili yordamida hasharotlar va ular lichinkalari bilan
oziqlanadi. Ko‘pchilik chumchuqsimonlar, tovuqsimonlar va kaptarlar o'simlik
urug'lari bilan oziqlanadi. To'tilar, tukanlar, mevaxo'r kaptarlarning tumshug'i katta
va uzun bo'lib, mevalarni cho'qib oziqlanadi. Nektar bilan oziqlanuvchi qushlarga
Amerika kolibrilari. Afrika va Janubiy Osiyo nektarchiiari kiradi. Bu qushlarning
ham tumshug'i katta, lekin ingichka bo'lib, uchi sal pastga qayrilgan bo'ladi.
Nektarchilarning tili nayga o'xshash, nektar so'rishga moslashgan. Daraxtga
o'rmalab chiquvchi qushlar, kolibrilarni hisobga olmaganda yaxshi ucholmaydi.
O’rmon qushlari
guruhchasiga kiruvchi qushlar, asosan o'rmonda yashaydi,
havoda yaxshi uchadi. Uyasini daraxtga qo'yadi. Bularga pashshaxo'rlar misol
bo'ladi. Ular havoda uchib ketayotib, hasharotlarni tutib yeydi. Hasharotlarni tutib
yeb, yana daraxt shoxiga qo'nib, ikkinchi o'ljasini poylaydi. Bu guruhchaga yana
karqurlar, qurlar, qorabovurlar va nektarchilar kiradi. Bu qushlar o'rmonda
hasharotlarni qirib, o'rmon xo'jaligiga katta foyda keltiradi. Ular yozda mevalar va
hasharotlar bilan oziqlanadi. Qishda ovqatini faqat daraxt ustidan topadi. Nektar
so'ruvchilar o'simliklarni changlatishda katta ahamiyatga ega.
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series C 2025
61
2. Botqoq — o’tloq qushlari.
Bu guruhga balchiqchilar, tar-
tarlaqar-qaralar,
botqoq
tovuqchalari,
laylaklar,
turnalar,
pogonishlar, bigiztumshuqlar, qiziloyoqlar kiradi. Ular suv
bo'ylaridagi o'tloqlarda, botqoqliklarda yashaydi va oziqasini yer
ustidan topadi, suvda suzolmaydi. Bu guruhga kiruvchi qushlarning oyoqlari,
tumshug'i, bo'yni uzun. ilik suyagi yalang'och. oyoq barm oqlari ingichka, uzun,
barmoqlari orasida suzgich pardalari bo'lmaydi. dumi kalta. Ularning bir necha
guruhchalari bor.
Yalang‘och oyoqlilar guruhchasi.
Bu guruhchaga katta va o'rtacha
kattalikdagi qushlar kirib, oyoqlari uzun bo'ladi. Masalan: laylaklar, qo'tonlar,
turnalar. Ular ko'pincha botqoqliklarda, qamishzorlarda yashaydi. Ba’zilari daraxtga
tuxumini qo'yadi. Ba’zan ular tumshug'i yordamida yerni kavlaydi. Tumshug'i uzun,
qattiq, qisqichga o'xshaydi.
Botqoqlik qushlari
guruhchasiga o'rtacha va kichik hajmdagi qushlar kirib,
qalin o'tloq-botqoqliklarda yashaydi. Masalan; botqoq tovuqchasi va sulton tovug‘i
shu guruhchaga kiradi. Bu qushlarning oyoqlari kalta, lekin barmoqlari uzun, bu esa
ularni o ‘tloq, butazor va botqoqliklarda yurishiga yordam beradi. Ular yaxshi
ucholmaydi. Tumshug'i kalta, ozig'ini yer ustidan va daraxtlardan topadi. Bu
guruhchaga botqoq baliqchi qushlari va loyxo'raklar ham kiradi.
3. Cho‘l-sahro qushlari.
Bu guruhga juda oz qushlar kiradi. Ular cho‘1, sahro,
dasht va o'tloq joylarda yashaydi (tuyaqushlar, toshsirchumchuqlar, tuvaloqlar,
oqbovur. qorabovur, to'rg'aylar, chillar, bulduruqlar). Ozig'ini yer ustidan qidiradi.
Gavdasi yirik yoki o'rtacha kattalikda, bo'yni va oyoqlari uzun, baquwat, barmoqlari
kalta va yo‘g‘on. Bu guruh o ‘z navbatida yuguruvchilar va tez uchuvchi qushlar
ekologik guruhchalarga bo'linadi.
Yuguruvchilar
guruhchasiga yirik qushlar kiradi. Ularning uzun oyoqlari
yugurishga moslashgan. Masalan: Afrika tuyaqushining barmog'i 2 ta, bo'yni uzun,
ko'zi katta bo'ladi. Bu xususiyatlar tuyaqushni dushmanidan qochishiga yordam
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series C 2025
62
beradi. Emularning ham oyoqlari uzun, barmoqlari 3 ta va kalta
bo'ladi. Afrika tuyaqushlari soatiga 80 km, emular esa soatiga 31 km
tezlikda yugura oladi. Bu guruhchaga O'zbekistonda uchraydigan
tuvaloqlar va bizg'aldoqlar ham kiradi, ular ucholmaydi.
Tez uchuvchi qushlar
guruhchasiga o'rtacha kattalikdagi qushlar kiradi.
Ularning oyoqlari kalta, qanotlari uzun va o'tkir bo'ladi (bulduruqlar). Ular
dushmanlaridan himoya rangi orqali yoki tezlik bilan uchish natijasida saqlanadi.
Cho'l-dasht qushlari yoki sahro qushlari uyalarini yer ustiga quradi.
4. Suv qushlari.
Bu guruhga pingvinlar, baliqchilar, chistiklar, qo'ng'irlar,
kurakoyoqlilar, nayburunlilar, g'ozsimonlar va gagarasimonlar kiradi. Bu qushlar
hayotining ko'p qismini suvda o'tkazadi. Ularning oyoqlari kalta, barmoqlari orasida
yaxshi rivojlangan suzgich pardalari bor, suvda yaxshi va yengil suzadi, ko'pchiligi
sho'ng'iydi, tumshug'i keng, yapaloq bo'lib yuqoridan pastga qarab siqilgan.
Quruqlikda beso'naqay yuradi, og'ir uchadi.
Xulosa.
Qushlarning ekologiyasi — bu qushlarning yashash muhitlari, ular
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va tabiatdagi o‘rni haqida ilmiy tushunchalarga ega
bo‘lishni anglatadi. Qushlar tabiiy ekosistemalarda muhim rol o‘ynaydi: ular
o‘simliklarni changlatish, zararkunandalarni nazorat qilish va boshqa ko‘plab
ekologik jarayonlarda ishtirok etadi. Ularning ovqat zanjiri va migratsiyasi, turli
ekotizimlarda ekologik balansning saqlanishiga yordam beradi.Bundan tashqari,
qushlarning ekologik o‘zgarishlarga qanday javob berishini o‘rganish, ularni
himoya qilish va o‘zgaruvchan iqlim sharoitlariga moslashish imkoniyatlarini
o‘rganish ham juda muhimdir. Boshqa yovvoyi hayvonlar kabi qushlar ham inson
faoliyati, o‘rmonlarning yo‘qolishi, iqlim o‘zgarishi va ifloslanish kabi xavflarga
duchor bo‘lishmoqda. Shuning uchun qushlar ekologiyasini o‘rganish, ularni
saqlash va himoya qilish, nafaqat bunday turlarni, balki butun ekosistemalarni
barqarorligini ta'minlashga yordam beradi. Ularning ekologik roli va turlarni saqlash
J
ournаl of Аnаlyticаl Synergy аnd
Scientific
Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9
Volume 1, Issue 3, Series C 2025
63
borasidagi ilmiy tadqiqotlar, tabiatning hayotiy jarayonlarini
tushunishga va himoya qilishga imkon yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
S.Dadayev, Q.Saparov ,,Zoologiya” (Xordalilar 2-qissm) Cho’lpon
nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent -2011.
2.
S.Dadayev, K.Saparov ,, Umurtqalilar zoologiyasi” Toshkent ,,Turon-
iqbol” 2019.
3.
S.Dadayev, S.To’ychiyev, P.Haydarova ,,Umurtqalilar zoologiyasi”
Laboratoriya mashg’ulotlari. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti
Toshkent-2006.
4.
S.Dadayev, Q.Saparov ,,Zoologiya” (Xordalilar) Toshkent ,,Iqtisod-
moliya” 2009.
5.
WWW.Google.uzWWW.ziyonet.uz
