Все статьи

1-4 69 0

“Yangi Oʻzbekiston -2023” strategiyasining pedagogik

Дилдорахон Маликова
Maqolada talabalarda islohatlarga daxldorlik fazilatini rivojlantirishning ahamiyati, shu bilan birga buyuk mutafakkirlarnnig hayotiy tajribalaridan daxldorlik tuygʻusiga oid misollar keltirib oʻtilgan. Kelajagimiz boʻlmish yoshlarda islohatlarga daxldorlik tuygʻusini shakllantirish metodlari muhokama eiladi.
193-196 224 0

“XX ASR O’ZBEK ADABIYOTI TARIXI” KITOBINING ILMIY VA ADABIY AHAMIYATI

Nargizabonu Hamidova
Mazkur maqolada N.Karimov, S.Mamajonov, B.Nazarov, U.Normatov, O.Sharafiddinovning “XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi” kitobining mazmuni, uslubiy xususiyatlari va o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kitob XX asrda adabiy jarayonlarning rivoji, ijtimoiy-siyosiy holatlar ta’siri va ijodkorlar faoliyatini davrlashtirish orqali yoritadi. Tadqiqot davomida kitobdan olingan misollar asosida XX asr o‘zbek adabiyotining tahliliy manzarasi bayon etiladi.
71-76 699 0

“XAMSA” DOSTONLARI VAZNINI O‘RGANISHDA TA’LIMIY TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Umida Kamolova
Alisher Navoiyning “Xamsa” asari turkiy tilda yozilgan muhim asar bo‘libgina qolmay, shakl va mazmun jihatidan mutanosib yaxlit asar hisoblanadi. Shuning barobarida ayni paytga qadar o‘z ahamiyatini, badiiy qimmatini yo‘qotmagan ma’naviy meros hamdir.
She’riyatda vazn, undan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish shoirdan yuksak mahoratni talab qiladi. Alisher Navoiy ana shunday benazir ijodkordir. Mazkur maqolada uning ijodiga murojaat qilinib, turli ta’limiy texnologiyalar asosida “Xamsa” dostonlari vaznini o‘rganish va samaradorlikka erishish xususida ayrim mulohazalar bayon qilingan.
313-314 39 0

“Think pair share” technique improving speaking skill in teaching ESP learners

Халима Джуманазарова

     Speaking is an essential part of second language learning and teaching. Despite its importance, for many years, teaching speaking has been undervalued and English language teachers have continued to teach speaking just as a repetition of drills or memorization of dialogues.

12 23 0

“THE DEVELOPMENT OF MILITARY ART DURING THE TIME OF AMIR TEMUR AND THE TIMURIDS AND ITS SIGNIFICANCE TODAY”

R O‘dayev
The great statesman Sohibkiron Amir Temur, who left his name in the annals of history of our homeland, took a worthy place in world history with his sharp intellect, unique leadership skills and military skill.
82-85 112 0

“TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI O’QITISHDA SMART TEXNOLOGIYALARNING IMKONIYATLARI VA UNDAN FOYDALANISH METODIKASI

Z.M. O‘rinboyev, A.I. Pardayev
SMART texnologiyalar talabalar bilan ishlashni individuallashtirish imkonini beradi. Ayniqsa, uy vazifalari va nazorat ishlarini tekshirishda bu narsa yaqqol ko’rinadi. Talabalar topshiriqlar uning kuchiga qarab berilayotganini sezgach, muvaffaqiyatdan muvaffaqiyatga harakat qila boshlaydi va bu esa o’z navbatida fanga qiziqishni orttiradi va o’qishni samarali jarayonga aylantiradi.
137-140 153 0

“TEMUR TUZUKLARI”NING YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYGʻUSINI TARBIYALASHDAGI AHAMIYATI

Orzu Omonturdiyev
Milliy mentalitetidagi tarixiy oʻzgarishlar, temur tuzuklaridagi ma`naviyati, hozirgi zamonning ma`naviyati bu jarayonda yoshlarni ijtimoiy va ma’naviy qiyofasini hamda ertangi kun istiqbolini belgilash masalalari tahlil qilingan.
37-40 241 0

“Temur Tuzuklari” - the basis of just state

Mirjalol Rustamaliyev
This article discusses Amir tuzuklari, a product of Amir Temur's views on statehood and diplomacy, military, skills, creative
potential, science, art and architecture
206 0

“TARJUMON” ASARINING LEKSIKOGRAFIK TADQIQI

Kamola Temirova
Ushbu maqolada turkiy xalqlarning adabiy tillari tarixi va shakllanishini o‘rganishda muhim manbalardan biri, arab tilida yozilgan filologik asar – XIV asr obidasi “Tarjumon” asari tahlilga tortilgan. Shuningdek, “Tarjumon” asarining leksikografiyaga qo‘shgan hissasi va asarda keltirilgan leksik birliklar, jumladan, gastronomik birliklarning leksikografik tadqiqi haqida fikr-mulohaza bildirilgan.
1-6 139 0

“TARIXIY SALIMIY” - BUXORO TARIXI OID MUHIM MANBA

Isomiddin Jo’rayev
Mirza Salimbekning asosiy ahamiyatga ega bo`lgan memuar asar hisoblanmish “Tarixi Salimi” asari yagona nusxada qo`lyozma shaklidadir. Bu qo`lyozma Buxoro amirliginining oxirgi yillarini aks ettirgan. Mirzo Salimbek mazkur asarni 1917-1920-yillar davomida yozilgan bo`lib, qo`lyozmaning bir necha joylarida o`zi guvohi bo`lgan tarixiy sanalarni sharhlab bergan. Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo`jayev, Fitratlarning Buxoro amiri to`g`risidagi yozgan tarixiy voqealari Mirzo Salimbekning mazkur memuar asari kabi voqealarni to`liq aks ettirmaydi. Chunki ular Buxoroda yuz bergan siyosiy voqeliklarnigina aks ettirishgan.
1-9 120 0

“TARIXI SALIMIY” ASARIDA AMIR MUZAFFAR FARZANDLARINING TARJIMAI HOLI

Murodjon Qurbonov
“Tarixi Salimiy” asarida Buxoro amirligining so‘nggi uch mang‘it hukmdorlari: Muzaffar (1860-1885), Abdulaxad (1885-1910) va Olimxon (1910-1910) davridagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tarixi haqida qimmatli va batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Bu xotiralar muallifi, zikr etilgan uch amir davrida yashagan Mirza Rahimning o‘g‘li Salimbek Mirza (1848-1930) ular qo‘l ostida xizmat qilgan, yuqori davlat lavozimlarida ishlagan.
800-803 221 0

“TARBIYAI ATFOL” JAMIYATI VA MUNZIM

Maqsud Beshimov
Mazkur maqolada Buxoroda tashkil etilgan “Tarbiyai atfol” jamiyati to’g’risida bo’lib, undagi Munzim va boshqa yosh buxoroliklarning faoliyati, jamiyat tomonidan ilgari surilgan dolzarb masalalar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, bu jamiyat to’g’risidagi zamondoshlarining fikrlari ham iqtibos qilingan.
553-556 23 0

“SUD-HUQUQ ISLOHOTLARI VA YURIDIK YORDAM TIZIMINING RIVOJLANISHI: ADVOKATURA INSTITUTINING ROLI VA FUQAROLARNING HUQUQIY HIMOYASI.”

Sardorbek Fayzullayev
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari va ularning yuridik yordam tizimini modernizatsiya qilishdagi ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, fuqarolarning adolatli sud himoyasiga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini kengaytirish, advokatura institutini rivojlantirish, davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam tizimini takomillashtirish kabi masalalar chuqur o‘rganilgan. Yuridik yordam tizimining amaliy va institutsional muammolari, ularni bartaraf etish yo‘llari, huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va takliflar keltirilgan. Maqola sud-huquq islohotlarining zamonaviy bosqichda yuridik yordam tizimi bilan uyg‘unlashuvini yoritib, mazkur yo‘nalishdagi integratsion jarayonlar va huquqiy rivojlanishning dolzarb jihatlarini ochib beradi.
148-150 36 0

“SMART-PATRONAJ: AHOLI SALOMATLIGINI MASOFAVIY NAZORAT QILISHNING MILLIY MODELI”

Mardonbek Axmedov
Ushbu ilmiy ishda patronaj xodimlarining faoliyati, bemor monitoringi, ularning reytingi va tibbiy xizmat sifatini oshirish mexanizmlari chuqur tahlil qilingan.
Diagrammalar asosida xizmat ko‘rsatish samaradorligi, bemorlar bilan ishlash dinamikasi va patronaj tizimining afzalliklari yoritilgan. Tadqiqotda amaliy kuzatuvlar, monitoring natijalari va statistika ma’lumotlari asosida patronaj tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
1111-1116 128 0

“SIROJ UL-MUSLIMIN” ASARIDA ROʻZA MASALALARINING BAYONI

Nargiza Hamrayeva
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Siroj ul-muslimin” asari mazmun-mohiyati, roʻza ibodati masalalari bayon etiladi. Asarda roʻzaning ahamiyati, uning diniy va maʼnaviy maqsadlari, shuningdek, roʻza sababli inson nafsini tiyish va taqvoni oshirish kabi jihatlar yoritilgan.
36-39 102 0

“Shахs” lisоniy zаrrаsining tаsdiq-inkоr gаplаr sеmаntik-funktsiоnаl tоmоnidа vоqеlаnishi

У Йигиталиев, Ш Умиджонов
O‘zbеk tilshunоsligidа tаsdiq vа inkоr mа’nоli gаplаr, ulаrni ifоdаlоvchi shаkliy-grаmmаtik vоsitаlаr tizimi, tаsdiq vа inkоr gаplаrning sеmаntik qаmrоvi bilаn bоg‘liq tоmоnlаri umumnаzаriy plаndа mоnоgrаfik yo‘sindа аtrоflichа o‘rgаnilgаn [2:152]. Birоq mаzkur hоdisа ilmiy-stilistik nuqtаyi nаzаrdаn, shuningdеk, bundаy gаplаr sеmаntikаsidа “shахs” lisоniy zаrrаsining ifоdаlаnish ko‘lаmlаri esа hаli tаdqiq etilmаgаn.
1159-1163 60 0

“SHUM BOLA” QISSASIDA QO‘LLANILGAN MAISHIY LEKSIKA TADQIQI

Madina Muhammadiyeva
Ushbu maqolada Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasi tili misolida o‘zbek tilining maishiy leksik qatlamiga oid birliklar leksik-semantik va tarixiy-etimologik jihatdan tahlil etilgan. Asarda ishlatilgan uy-roʻzgʻor buyumlariga oid soʻzlar (ignа, paqir, kosa, gʻalvir, o‘choq, o‘qlov va b.) o‘zining qadimgi turkiy ildizlari, fonetik o‘zgarishlari hamda ko‘chma ma’nolari orqali xalqning madaniy-maishiy hayotini aks ettiradi. Tahlil natijalarida bu leksik birliklarning semantik taraqqiyoti, nutqiy holatdagi variantlari, arxaik shakllari va iboraviy qo‘llanishlari ochib berilgan. “Shum bola” asaridagi maishiy leksika o‘zbek xalqining tarixiy tafakkuri, ijtimoiy hayoti va kundalik turmush tarzini aks ettiruvchi muhim lingvistik manba sifatida qaraladi.
86-89 98 0

“Shohnomayi andalib” qo‘lyozmasining tavsifi

Мухлиса Махаматхонова
Mazkur maqolada Qo'qon adabiy muhiti vakil laridan biri Andalibning “Shohnomayi Andalib” qo ‘lyozma nusxasining tavsifi bayon qilinadi. QoMyozmaning tashqi va ichki xususiyatlari о ‘rganilib, uning umumiy tuzilishi yoritiladi. Hamda, qo ‘lyozmada kelgan ayrim baytlarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi.
17-21 36 0

“SHAXSIY ERKINLIK VA XAVFSIZLIK HUQUQI: KONSTITUTSIYAVIY HIMOYANING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI”

Sora Mingyasharova, Mushtariy Jamshidova
Ushbu maqola Konstitutsiyada mustahkamlangan shaxsiy erkinlik va shaxsiy xavfsizlik huquqining nazariy-huquqiy asoslarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlanadi.
Tadqiqotda insonning tug‘ma va ajralmas huquqi sifatida e’tirof etilgan shaxsiy erkinlikning huquqiy tabiati, uning mazmun-mohiyati hamda konstitutsiyaviy normalar orqali ta’minlanish mexanizmlari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, shaxsning noqonuniy hibsga olinishi, asossiz javobgarlikka tortilishi yoki erkinligining turli shakllarda cheklanishi ustidan samarali himoyani ta’minlovchi protsessual kafolatlar, jumladan sud nazorati, advokat yordami, habeas corpus instituti va odil sudlov prinsiplari keng tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy konstitutsiyaviy rivojlanish jarayonlari, xalqaro inson huquqlari standartlari (Xalqaro paktlar, Yevropa va Amerika konvensiyalari tajribasi) hamda milliy qonunchilik o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari qiyosiy uslubda ko‘rib chiqiladi. Shaxsiy xavfsizlik huquqining amaliy jihatlari, xususan, davlat organlarining majburiyati, ularning protsessual vakolatlarini cheklash, inson sha’ni va qadr-qimmatini asrashga doir huquqiy mexanizmlar ham batafsil ochib beriladi.
Muallif zamonaviy konstitutsion yondashuvlarda shakllanib borayotgan yangi tamoyillar — inson huquqlarining ustuvorligi, davlatning javobgarligi, huquqni suiiste’mol qilishga qarshi kafolatlar, raqamli xavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligining kuchayib borishi kabi tendensiyalarni ham tahlil qiladi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan shaxsiy erkinlik va xavfsizlik huquqlarining inson manfaatlari yo‘lida samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-huquqiy xulosalar va takliflar ishlab chiqiladi. Maqola inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislar, yuridik ta’lim olish jarayonidagi talabalar, amaliyotchi yuristlar hamda konstitutsiyaviy islohotlar jarayoniga qiziqayotgan barcha o‘quvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
1503-1506 887 0

“SADDI ISKANDARIY” DOSTONINING UMUMIY TAVSIFI

Sohiba Quvondiqova
Mazkur maqolada Alisher Navoiy tomonidan yozilgan “Saddi Iskandariy” dostoni tahlil qilinadi. Asarning umumiy hajmi, tuzilishi, janr xususiyatlari hamda tarixiy va diniy manbalarga asoslangani ilmiy yondashuv asosida yoritilgan. Dostonning Qurʼoni Karimdagi Zulqarnayn haqidagi oyatlar bilan bogʻliqligi, shuningdek, unda Iskandar obrazining badiiy-falsafiy talqini ochib beriladi. Asar orqali adolatli va ilmli rahbar timsoli yaratilib, o‘zbek epik an’analarida yangi bosqich boshlab berilgani ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, dostondagi g‘oyaviy mazmunning bugungi davr uchun ham dolzarbligi asoslab beriladi.
264-266 3191 0

“Saddi iskandariy” dostonidagi hikoyatlarda tashbeh san’ati

Шодия Отаназарова
“Tashbeh – Sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri bo‘lib, ”o‘xshatish” ma’nosini ifodalaydi. Bu ikki narsa yoki tushunchani ular o‘rtasidagi haqiqiy (real) yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish san’atidir. Tashbih
san’ati tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki tushunchani o‘quvchi ko‘z o‘ngida aniqroq, jozibaliroq gavdalantirishga xizmat qilib, asar timsollari ma’naviy qiyofasini yorqinroq ochish, binobarin, shoir g‘oyasini o‘quvchi ongiga to‘laroq yetkazishga
imkon beradi
1102-1105 167 0

“SAB’AI SAYYOR” DOSTONIDA ANTROPONIMLAR SEMANTIKASI.

Ҳуррият Урмонова
Onomastika (nomshunoslik) ning eng katta va asosiy qismini antroponimlar egallaydi. Antroponimlar ham bir kategoriyadir. O‘z ichida yana mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Maqolada Navoiyning “Sab’ai sayyor”idan antroponimlarning sodda va qo‘shma shakllariga misollar keltirilgan.
1-9 1024 0

“RAQAMLI OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

Актам Холов, Фахриддин Абдусалямов
Mazkur maqolada “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirishning mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, raqamli infratuzilmani, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, Raqamli texnologiyalar milliy bozori va axborot texnologiyalari sohasida ta'lim berish va malaka oshirishni rivojlantirish masalalari sharhlangan hamda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasin samarali amalga oshirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
250-254 51 0

“QURILISH SOHASINING BARQAROR RIVOJLANISH STRATEGIYASI: “YASHIL IQTISODIYOT” TASHABBUSLARI ORQALI ATROF-MUHITGA TA'SIRNI KAMAYTIRISH”

Feruza Raxmonova
Qurilish sohasining o‘sishi, O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Biroq, uning tez sur'atlar bilan o‘sishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu tadqiqot qurilish sohasining barqaror rivojlanish strategiyalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ayniqsa "yashil iqtisodiyot" tashabbuslari orqali qurilish faoliyatining ekologik ta’sirini kamaytirish imkoniyatlariga diqqat qaratadi. Tadqiqot, xalqaro tajribalarni va mahalliy imkoniyatlarni tahlil qilib, qurilish sohasida atrof-muhitga zarar yetkazmaslik uchun samarali yechimlarni aniqlashni maqsad qilgan. Innovatsion texnologiyalar, tartibga solish tizimlari va eng yaxshi amaliyotlarni tadbiq etish orqali, O‘zbekiston qurilish sohasini ekologik jihatdan mas'uliyatli va barqaror qilish yo‘llarini izlaydi. Bu sa’y-harakatlar O‘zbekistonni iqtisodiy o‘sish va ekologik muhofazani birlashtirgan holda global barqarorlik maqsadlariga erishishga yordam beradi.