JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
322
322
BUXORO XONLIGIDA DAVLAT BOSHQARUV
TUZUMINING TARIXIY OMILLARI
Xakimov Jahongir Nematjon o‘g‘li
Qarshi davlat texnika unversiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Buxoro xonligining siyosiy-huquqiy boshqaruv
tizimi va uning shakllanishiga ta’sir etgan tarixiy omillar kompleks yondashuv asosida
tahlil etiladi. Xonlik davridagi davlat tuzumining asosiy unsurlari – oliy hokimiyat,
diniy-huquqiy institutlar, urfi va shariat qonunlarining o‘zaro ta’siri, ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoitlar va tashqi omillar alohida e’tiborga olinadi.
Kalit so‘zlar:
Buxoro xonligi, davlat boshqaruvi, shariat, urf-odat, siyosiy tizim,
tarixiy omillar, qozikalon, qushbegi, amir.
Markaziy Osiyo tarixida O‘zbek xonliklari muhim o‘rin tutadi. Bu xonliklarning
siyosiy, huquqiy va ma’muriy tuzumi nafaqat o‘z davrida, balki keyingi tarixiy
bosqichlarda ham O‘zbekiston davlat boshqaruv tizimining shakllanishiga katta ta’sir
ko‘rsatgan. Jumladan, Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklarining har biri o‘ziga
xos boshqaruv modelini yaratgan bo‘lib, ular tarixiy, diniy, ijtimoiy va iqtisodiy
omillar asosida shakllangan. Bularnining ichidan Buxoro xonligini alohida e’tirof
etishimiz mumkin.
Buxoro xonligi davlat boshqaruv tizimi XVI asrda Shayboniylar sulolasining
Movarounnahrni egallashi bilan shakllana boshlagan. Ushbu tizim turli tarixiy, siyosiy,
madaniy va iqtisodiy omillar taʼsirida rivojlandi va o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon
qildi. XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti Qipchoq
tomondan ko‘chmanchi o‘zbeklar davlati xukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy
hujumi boshlangan. Shayboniyxon Samarqand, Buxoroni, Xisor viloyatini,
Urganchni, Xirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaharlarini
zabt etdi. Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo va Xorazm yerlari Afg‘onistonning Qandahor,
Zamindovur viloyatlari egallagan. Dashti-qipchoq va qozoqlarga qarshi yurishlar
natoijasida Sig‘noq, Yassi, Savron shaharlari qayta qo‘lga kiritiladi. Shunday qilib,
Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi xukmronligi qaror
topdi. Muhammad Shayboniyxon «Imom uz-zamon, xalifat ur-raxmon» unvonini olib
o‘z qo‘lida dunyoviy va diniy hokimiyatni birlashtirdi.
Oʻzbek xonliklari an’anaviy boshqaruv tizimi koʻp jihatdan Chingizxon
imperiyasi davrida shakllangan davlat tuzumi va turkiy-mongol anʼanalariga tayanar
edi. Masalan, harbiy-siyosiy boshqaruvda qabila va urug‘ tuzilmalarining o‘rni muhim
bo‘lgan. Chingizxonning
“Yasa” qonunlari
va Amir Temur tuzgan tartib-qoidalar
xonliklar boshqaruvida alohida o‘rin tutgan. Amir Temur va Temuriylar davlat
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
323
323
boshqaruvining markazlashgan tizimi Buxoro xonligida ham ko‘zga tashlangan.
Temuriylar davrida rivojlangan viloyat boshqaruvi, soliqlarni yig‘ish tizimi va
zodagonlarning davlat boshqaruvidagi roli Buxoro xonligining siyosiy tizimiga zamin
yaratdi. Temuriylar davridan qolgan madaniy va iqtisodiy inshootlar Buxoroning
markaz sifatida rivojlanishiga yordam berdi.
Shariat qonunlari
Buxoro xonligi davlat
boshqaruvida asosiy huquqiy manba sifatida qabul qilindi. Ulamolar va diniy
amaldorlar davlat ishlarida faol ishtirok etgan.
Qozilar
adolatni taʼminlash uchun
ishlagan, shuningdek, shariat asosida mahalliy nizolarni hal qilgan. Xonlikda
shariatning siyosiy va huquqiy tizimga singdirilishi diniy institutlarning nufuzini
oshirdi va davlat boshqaruvida muhim omil bo‘ldi. Mahalliy boshqaruvda Buxoro
xonligi davlat boshqaruvi feodal asosda shakllangan bo‘lib, viloyatlar mustaqil
boshqaruv organlariga ega edi.
Beklar va hokimlar
viloyatlarni boshqarishda muhim
rol o‘ynagan. Ular xonga soliqlar to‘lash va viloyat xavfsizligini taʼminlash
majburiyatini olgan. Shuningdek, huquq tizimining rivojlanishiga, iqtisodiy omillar
ham ta’sirqilgan. Soliqlarni yig‘ish tizimi davlat boshqaruvida asosiy iqtisodiy resurs
bo‘lgan. Xonlikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va savdo bojlaridan tushgan daromad
davlat moliyasini mustahkamlagan. Savdo markazlari va bozorlarni boshqarish uchun
maxsus amaldorlar tayinlangan, ular ichki va tashqi savdo jarayonlarini nazorat qilgan.
Harbiy boshqaruvda ham huquq muhim o’rin tutgan buni Buxoro xonligida harbiy
boshqaruv davlat siyosatining markazida turganligidan ham bilishimiz mumkin.
Mingboshi, yuzboshi va boshqa harbiy lavozimlar davlat xavfsizligini taʼminlagan.
Harbiy qo‘mondonlar davlatni mustahkamlashda faol ishtirok etgan va viloyatlarda
hokimiyatni saqlashda yordam bergan.
Movarounnahrda Shayboniylar sulolasining o‘rnatilishi bilan davlat boshqaruvi
va ijtimoiy hayotida vujudga kelgan o‘zgarishlar davlatchilik taraqqiyotining yangi
bosqichini boshlab berdi. Xususan, ijro hokimiyati vakillarining xon o‘rdugohida
doimiy tarzda hozir bo‘lishi, ijro masalasida mukammallik va tez fursatlarda
vazifalarni bajarish imkoni bergan. Shuningdek, har bir ijro hokimiyatining maxsus
ular bajaradigan vazifalar bo‘yicha nomlar bilan nomlanishi, davlatchilikda mansablar
terminologiyasini paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Ma'naviy hayotdagi tashabbus va
yetakchilik hukmdorlar, yuqori tabaqa vakillari orasiga o‘tishi xalq orasida ularning
obro‘si yuksalishiga, xalq ishonchining ortishiga xizmat qildi. Shayboniylar taxtga
egalik qilish masalasida yangicha yondashuvni amalga oshirdilarki, bu odatga oz
muddat amal qilingan bo‘lsa-da, taxt uchun o‘zaro urushlarga barham bergan.
1500-yilda Buxoroni egallagan Muhammad Shayboniyxon ukasi Mahmud
Sultonga ushbu viloyatni suyurg‘ol sifatida taqdim etib, uni boshqarishni topshirgan
edi. Temuriylarning dunyoga dong‘i ketgan Samarqand esa, Shayboniylar davlatining
dastlabki poytaxti vazifasini bajargan. Chunki, Shayboniylar ayrim sohalarda
temuriylarning davomchilari hisoblanishgan, shu bilan birga Samarqandda poytaxt
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
324
324
infratuzilmasi tizimli tarzda tashkil etilgan edi. Shu sabab, Shayboniyxon,
Ko‘chkinchixon va Abu Said shu shahardan turib, mamlakatni idora qilgan. Ammo,
taxtga urug‘lari orasida eng yoshi ulug‘i bo‘lgan. Ubaydullaxonning 1533-yilda taxtga
kelishi bilan, poytaxt masalasi uzil-kesil hal etilgan, Ubaydullaxonning amri bilan
poytaxt Samarqandddan Buxoroga ko‘chirilgan. Bunga sabab sifatida yuqorida o‘zaro
urushlardan uzoqroq bo‘lish maqsad qilingan bo‘lsa, ota meros bo‘lgan shahardan
ajdodlar tajribasiga tayangan holda mamlakatni boshqarish Ubaydullaxonning yuksak
ma'naviyat egasi bo‘lganligidan dalolat beradi. Poytaxtning ko‘chirilishi bilan o‘zbek
davlatchiligida Buxoro xonligining vujudga kelishiga zamin yaratdi va shu nom bilan
atalgan davlat keyingi asrlarda o‘z kuch-qudratini namoyon etdi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, poytaxtni Buxoroga ko‘chirilishi, nafaqat shaharni balki, butun sulolani
nufuzini orttirib har qachongidan rivojlanadi. Bunda davlatning boshqaruv tizimida oz
bo‘lsada o‘zgarish bo‘lgan.
Shayboniylar hukmronligi yillarida oliy davlat idorasi dargoh deb atalgan. Uning
tepasida xon turgan. Xon - turkiy va mo‘g‘ul xalqlari hukmdorlari unvoni hisoblanib,
dastlab qabila sardori, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va
xorazmshohlar davrida xon unvoni viloyat, shahar hokimi yoxud darajasiga ko‘ra amir
yoki malik lavozimlariga nisbatan yuqori hisoblangan, ayni paytda, mamlakat boshlig‘i
sultonga tobe bo‘lgan turkiy boshliqni bildirgan. Qoraxoniylar davriga kelib, xon
arslon, bug‘ra singari so‘zlar bilan birikib qoraxoniylar davlati hukmdorlarini
anglatgan. Mo‘g‘ul imperiyasiga asos solgan Temuchin«Chingizxon» unvonini qabul
qilgan. Imperiya hududida tashkil topgan ulus hukmdorlari ham xon deb nomlangan.
Chingizxon vafotidan so‘ng, saltanat taxtiga o‘tirgan chingiziylarga qoon unvoni
berilgan. Mo‘g‘ul hukmronligi davrida Eronda nomusulmon hukmdorlar xon,
musulmon hukmdorlar esa, sulton deb atalgan. Temuriylarda Chingizxon sulolasiga
daxldor shaxslar Xon unvoni bilan yuritilgan.
1
Shayboniylar davri davlat boshqaruv masalasida ushbu suloladan avval hukm
surgan temuriylar va ayniqsa chingiziylar bosqinidan avvalgi davrlarga o‘xshagan
hokimiyatning davlat idoralararo taqsimotimavjud bo‘lmagan. Bunga sabab, ushbu
davr tarixi tadqiqotlariining ko‘lami ozligi, shuningdek, yarim ko‘chmanchi turmush
tarzi an'analarining mustahkam Jo‘chi ulusidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning
shayboniylar faoliyatida saqlanib qolganligidir. Shayboniylarning Dashti Qipchoqdan
Movarounnahrga kirib kelishi bilan mazkur mintaqadagi mavjud ayrim an'analarning
ham Turkiston markaziga tarqalishi uchun sharoit tug‘ilgan. Xuddi shu sabab ham
o‘zbek davlatchiligining somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar,
anushteginiylar, temuriylar davrida mavjud bo‘lgan davlat boshqaruv taqsimoti
shayboniylar zamoniga kelib konservativ yo‘nalishda rivoj topa boshlagan. Ya'ni,
dargoh va uning atrofidagi xizmatlar mavqyei kuchayib borib, ijroiya hokimiyatdagi
1
Erqo‘ziyev A. Buxoro xonligi tarixi. Namangan. 2018. 45-bet
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
325
325
devonlar tizimi faoliyati chegaralanib qolgan.
Shayboniylar an’analari asosida oliy hukmdorlik otadan bolaga emas, balki
suloladagi eng ulug‘ yoshdagi namoyondaga o‘tishi tartibi dastlabki shayboniylar
davrida saqlangan bo‘lsa, asosan XVI asrning 40-yillaridan boshlab sulola ichidagi
oilaviy an’ana ustun chiqa boshlagan. Abdullaxon II davriga kelib esa bu holat aniq bir
shaklga tushgan. Taxt vorisi shayboniylarda navvob, qug‘ulxoniy, kichik xon deb ham
atalgan. Abdullaxon II zamonida valiahdga Balx viloyati hokimligini topshirish
an’anasi ham shakllanib borgan bo‘lsada, ammo shayboniylarning faoliyatiga tez orada
chek qo‘yilishi sabab mazkur an'ana rivoj topmay qolgan.
Ashtarxoniylar davriga kelib davlat boshqaruvida bir holat yaqqol ko‘zga
tashlanadi: hokimiyat markazda ham, viloyatlarda ham asosan bir idora – dargohda
mujassamlashib borgan. Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida ham naqib, otaliq,
parvonachi, dodxoh, devonbegi, qushbegi, yasovul, inoq, qo‘rchi, bosh qozi, harbiy
qozi, shayxulislom, a’lam, rais, bosh muftiy va boshqa lavozimlar mavjud bo‘lgan.
Buxoro xonligida oliy harbiy-ma’muriy amaldorlar, mahalliy boshqaruvdagi asosiy
mansabdorlar mang‘it urug‘iga mansub bo‘lgan kishilardan tayinlangan. Shu bilan
birga, bu davrda mang‘itlarga va boshqa o‘zbek urug‘lariga mansub bo‘lmagan
kishilarning ham davlat boshqaruvida yuqori amallarni egallash holati ko‘zga
tashlanadi. Shu o‘rinda, davlatda amirdan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan qushbegi
mansabiga forslar orasidan tayinlangan kishilarning borligiga ham e’tiborni qaratish
lozim.
Buxoro amiri hokimiyati cheklanmagan bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida diniy va
dunyoviy hokimiyat boshlig‘i edi. Shu bilan birga, amir – davlatning oliy bosh
qo‘mondoni, amirlik yerlarining oliy egasi hisoblangan.
Markaziy davlat boshqaruvini bir qator idoralar majmuasi tashkil etib, davlatning
oliy boshqaruv organi – oliy davlat mansabi hisoblangan qushbegi tomonidan
boshqariladigan davlat devonxonasi (qushbegi devonxonasi) hisoblangan. Qushbegi
mansabi ilgaridan mavjud bo‘lgan bo‘lsada, XVII asrga kelib “otaliqlik” unvoniga
nisbatan uning ahamiyati va vakolat doirasi ancha toraygan.
2
XVIII asrning o‘rtalariga kelib qushbegi mansabi yetakchi o‘ringa chiqib, u davlat
apparatining asosiy bo‘g‘ini sifatida barcha boshqaruvning asosiy funksiyalarini o‘z
qo‘lida to‘play borgan. Qushbegi mahalliy beklar orqali markaziy davlat boshqaruvini
amalga oshirish bilan bir qatorda, chet mamlakatlardan keladigan mol-mulklardan
olinadigan boj to‘lovlari ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Ingliz olimi G. Uiler Buxoro xonligida markaziy va mahalliy boshqaruv
masalalariga oid quyidagi ma'lumotlarni beradi: “Buxoro xonligining ma'muriy tizimi
temuriylar va abbosiy xalifalik qo‘l ostida bo‘lgan Movarounnahrning eron-arab
ma'muriyatidan meros qolgan”. G. Uiler ma'muriy boshqaruv masalasida boshqaruv
2
Erqo‘ziyev A. Buxoro xonligi tarixi. Namangan. 2018. 54-bet.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
326
326
oddiy va erkin bo‘lib, ko‘proq soliq va o‘lponlar undirishga asoslangan edi, - deb
ta’kidlagan.
3
Shu bilan birga, Tojikistonlik olim B.Shamsoning mang‘it urug‘i vakillarini
ko‘chmanchi xalq sifatida va amirlik boshqaruvining Safaviylar boshqaruvi tizimiga
o‘xshab ketadi hamda mang‘it vakillari faqatgina boshqaruvda ayrim turkiy atamalarni
qo‘llaganlar degan xulosalariga qo‘shilib bo‘lmaydi. Safaviylar davlatida sadr
lavozimi shariat sudi qaroriga ko‘ra barcha vaqflarni boshqarish, saidlar, ulamolar,
shayx ul-islom va mudarrislarga umumiy rahbarlik qilgan. Devonbegi nomusga tegish
va tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq ishlarni tergov qilgan. Mutavalliy esa,
kutubxona, dorixona, oshxona, mexmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish sohasini
boshqargan.
4
Xulosa qilib shuni alohida aytishim mumkinki, Buxoro xonligi davlat boshqaruvi
tarixiy omillar, jumladan, anʼanaviy boshqaruv usullari, diniy-huquqiy qoidalar,
iqtisodiy sharoit va ijtimoiy tarkibning o‘ziga xos xususiyatlari bilan shakllangan.
Ushbu boshqaruv tizimi o‘sha davr shart-sharoitlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
xonliklar tarixidagi siyosiy va madaniy jarayonlarni tushunishda muhim ahamiyatga
ega. Buxoro xonligining davlat boshqaruv tizimi turli tarixiy omillar, jumladan,
Chingiziylar va Shayboniylar anʼanalari, shariat huquqi, feodal tizim, iqtisodiy va
geografik sharoitlarning murakkab uyg‘unligi natijasida shakllangan. Ushbu
boshqaruv tizimi o‘z zamonasi uchun samarali bo‘lsa-da, tashqi bosimlar va ichki
ziddiyatlar tufayli XIX asrga kelib inqirozga yuz tutdi. Shunga qaramay, Buxoro
xonligi boshqaruv tizimi Markaziy Osiyo tarixida o‘ziga xos o‘rin egallagan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Qayumov A. “Buxoro amirligi: siyosiy va huquqiy tuzilma”, Samarqand, 2018.
2.
Bobojonov Sh. “O‘zbekiston tarixidan saboqlar”, Toshkent, 2021.
3.
Saidov A. “Islom huquqi va davlat boshqaruvi”, Toshkent, 2019.
4.
Xaitov F. “Mang‘itlar sulolasi va Buxoro amirligi”, Buxoro, 2020.
5.
Karimov N. “Xonliklar davrida ijtimoiy-siyosiy hayot”, Andijon, 2020.
6.
Vamberi A. “Markaziy Osiyo xonliklari haqida esdaliklar”, tarjima, Toshkent,
2016.
7.
Erqo‘ziyev A. Buxoro xonligi tarixi. Namangan. 2018. 64-bet.
3
Erqo‘ziyev A. Buxoro xonligi tarixi. Namangan. 2018. 63-bet
4
Erqo‘ziyev A. Buxoro xonligi tarixi. Namangan. 2018. 64-bet.