JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
257
257
TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH: IMKONIYATLAR,
MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Avaz Kuvnakov
1
, Nodira Malikova
1
,
T.B.Djuraev, G.Nazarova
1
1
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Annotasiya:
Ushbu
maqola,
ta'limni
raqamlashtirish
jarayonining
samaradorligini kompleks baholashga bag'ishlangan. Infratuzilma, bilim darajasi va
talab omillarini baholash uchun matematik modellardan foydalanib, ular asosida
amaliy hisob-kitoblar olib borilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, berilgan
ob’yektdagi internet tezligini 100 Mbps dan 150 Mbps ga oshirish infratuzilma
samaradorligini 25,000 dan 37,500 birlikka (50%) oshishi aniqlandi. Xarajatlarni
1,000,000 so'mdan 700,000 so'mga (30%) kamaytirish orqali esa umumiy samaradorlik
indeksini 298 dan 426 gacha (43%) oshirish imkonini berdi. Bundan tashqari,
o'qituvchilar va talabalarning raqamli kompetensiyasini oshirish (155 balldan 170
ballga) ta'lim sifatini sezilarli darajada yaxshilashi aniqlandi.
Kalit so'zlar:
raqamli ta'lim, samaradorlik indeksi, infratuzilma, bilim darajasi,
talab, matematik modellar, raqamlashtirish.
KIRISH
Hozirgi
kunda
respublikamizda,
AKT
(Axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari), Kompyuterlashtirish, raqamli savodxonlik, Elektron hukumat,
Raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, Raqamli ta'lim, raqamli shifoxona va boshq.
bo‘yicha ko‘p tizimlar belgilangan rejalar asosida loyihalanmoqda va sohalarga tadbiq
etilgan holda, rivojlantirib kelinmoqda.
Bularning ichida Ta’limni raqamlashtirish alohida o‘rin tutadi. Talimni
raqamlashtirish juda katta masuliyatli ish bo‘lib, zamon talablari asosida hamda
tegishli bilimlarni raqamlashtirilgan ko‘rinishida tayyorlash, o‘quvchilarga yetkazib
berish va ularda fanga doir tegishli kompetensiyasini shakllantirish xozirgi kunning
dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Ta’lim berish - bu shaxsni tarbiyalash va o‘qitish
jarayoni bo‘lib, rejalashtirilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan, shuningdek,
olingan bilim, ko‘nikma, tajriba va malakalar yig'indisidir. Davlatimiz ham ohirgi
yillarda ushbu jarayonni elektron platformaga o‘tkazish hamda zamon talablaridan mos
ravishda ta’lim elementlarini elektronlashtirishga katta e’tibor bermoqda.
Raqamlashtirish - turli fizik tashuvchilar(kitoblar, maqolalar, ovozli yozuvlar,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
258
258
rasmlar, audio yoki video kabi maʼlumotlarni bitlarga (0 yoki 1) ko‘rinishga keltirish
jarayoni tushuniladi. Bitlar kompyuter tizimidagi asosiy axborot birliklari hisoblanadi.
A’nanaviy oqitish usulida ta’lim berishda, o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan
ma’ruza, amaliyot va boshqa ma’lumotlar, talabalarga maruzalar va amaliyot
darslarida beriladi va ta’lim oluvchilar esa yagona ma’lumot deb qabul qiladilar. Ushbu
sharoitda a’nanaviy usulda beriladigan darslar mazmunan jihatidan ayniqsa IT
sohasiga tegishli bo‘lgan materiallari tezda eskirib qolmoqda. Raqamlashtirilgan
holatda, o‘qitish texnologiyalari va vositalarining mavjudligi o‘qituvchi tomonidan
berilgan ma’lumotlarni yuqori tezlikda yuborish va qabul qiluvchi ham o‘z navbatida
qabul qilishi va tez o‘rganishini va talab qilinsa mazmunini tezda o‘zgartirish yoki
yangilash imkoniyati mavjudligini ta’kidlash mumkin.
ASOSIY QISM
Ta’limni muvafaqiyatli raqamlashtirish yoki elektronlashtirishning asosiy
omillariga quyidagilar kiradi:
1.
Davlatda texnologiyaning mavjudligi (AKT va elektron o‘qitish
vositalari);
2.
Bilim darajasi (Inson kapitali);
3.
Bilim olishga talab;
4.
Iqtisodiy manfaatlar.
Yuqorida keltirilgan omillarning qaysi biri mavjud bo‘lmasa, belgilangan
maqsadlarga erishib bo‘lmasligi va bir biriga bo‘g’liqli, xorijiy adabiyotlar
ma’lumotlarida hamda izlanuvchilar tomonidan ta’kidlangan.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning rivojlanishi
bilan ta’lim sohasida ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda.
Raqamlashtirish jarayoni va darajasi quyidagi formula orqali ifodalanishi
mumkin:
RT = AKTI + BD + T + II
(1)
RT - Raqamli Ta’lim;
AKTI - Axborot Kommunikatsiya Infratuzilmasi;
BD -Bilim Darajasi;
T - Talab;
II - Iqtisodiy imkoniyatlar.
Ta’limni raqamlashtirmoqchi bo‘lgan davlatda Internet texnologiyasi yoki
infratuzilmasi yoq yoki juda past darajada tashkillashtirilgan bo‘lsa, o‘z navbatida
yaratilgan kontentlarni o‘quvchilarga o‘z vaqtida yetkazish muammoga aylanadi.
Bilim darajalar rivojlantirilmagan yoki yo‘q bo‘lsa, texnologiyani ishlatishga bilim va
ko‘nikma yetarli bo‘lmaydi va bu holda ham maqsadlarga erishib bo‘lmaydi. Bilim
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
259
259
olishga talab bo‘lmasa ham bilim ham olinmaydi texnologiyani ham hech kim
ishlatmaydi.
Iqtisodiy manfaatlar ham alohida o‘rin tutadi. O‘quvchini iqtisodiy tomonidan
bilim olishga qurbi yetmasa texnologiyani ishlatmaydi, yetarli bilim olmaydi. Bilim
olish, bilim olishga talab, texnologiya va iqtisodiy manfaatlar omillarning hammasi
hozirgi kunda davlatimizda yetarli darajada tashkillashtirilayotganligiga qaramasdan
sohaga tegishli muammolarni hal qilishni talab etadi. Bu omillarning har biri ta’limni
raqamlashtirish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’limni raqamlashtirishning asosiy omillari sifatida quyidagilarni keltirish
memkin:
1.Texnologik infratuzilma (TI) -
(Internet ulanish tezligi, server quvvatlari va
foydalanuvchilar soni
) holatiga baho berish quyidagi formuala asosida hisoblanadi.
𝑇𝐼 =
𝐵 ∙ 𝑁
𝐷
(2)
Bu yerda:
B – tarmoq bandligi (Mbps),
N – foydalanuvchilar soni,
D – ma’lumotlar uzatish masofasi.
Ushbu TI qiymati past bo‘lsa, raqamli ta’lim jarayoni sekinlashadi.
2. Bilim Darajasi (BD) -
(O‘qituvchi va talabalarning raqamli kompetensiyasi
).
𝐵𝐷 =
∑
(𝑇
𝑖
+ 𝑆
𝑖
)
𝑛
𝑖=1
𝑛
(3)
Bu yerda:
T
i
– o‘qituvchilarning texnologik bilim darajasi;
S
i
– talabalarning raqamli savodxonligi;
n
– baholanganlar soni.
3. Talab (T) va iqtisodiy imkoniyatlar (II) –
(Raqamli ta’limga bo‘lgan talab va
iqtisodiy imkoniyatlar).
𝑇 = 𝛼 ∙ 𝐼𝐼 + 𝛽 ∙ 𝐴
(4)
Bu yerda:
α
– iqtisodiy omilning ta’sir koeffitsienti,
β
– axborot resurslariga kirish imkoniyati,
A
– raqamli kontentning sifati.
Raqamli ta’limning umumiy samaradorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
𝑆 =
𝑇𝐼 ∙ 𝐵𝐷 ∙ 𝑇
𝐶
(5)
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
260
260
Bu yerda
C
– raqamlashtirishning xarajatlari (infratuzilma, kontent yaratish,
malaka oshirish kabilari kiradi). Agar
S
>1 bo‘lsa, raqamlashtirish samarali
hisoblanadi va aksincha.
NATIJALAR VA TAHLIL
Raqamli ta’limning muvaffaqiyatli tashkil etilganligini yuqoridagi formulalarda
ko‘rsatilgan omillarning optimal nisbatiga bog‘liq. Ushbu formulardan foydalangan
holda real ma’lumotlar asosida raqamli ta’limni qanday tashkillashtirilganligiga baho
berish mumkin. Masalan:
Respublikamizda AKT infratuzilmasi, raqamli savodxonlik va elektron ta’lim
resurslari rivojlantirish uchun quyidagilarni inobatga olish lozim:
1.
TI
ni oshirish (Internet tezligi va hududlararo qamrovini kengaytirish),
2.
K
ni oshirish (o‘qituvchi va talabalarning raqamli ko‘nikmalarini
rivojlantirish),
3.
BD
ni rag‘batlantirish (raqamli ta’limga talabni oshirish),
4.
C
ni optimallashtirish (xarajatlarni tejash).
Yuqorida keltirilgan (1), (2), (3), (4) formulalardan foydalanib, ta’lim tizimini
yanada samarali raqamlashtirish maqsadida namunaviy ma’lumotlardan foydalangan
xolda xisoblab chiqish mumkin. Quyida jadval 1.1. da hisoblangan natijalar
keltirilgan.
Jadval 1.1.Ta’limni Raqamlashtirish Samardorligini Baholash (Hisoblash
Natijalari Jadvali)
Ko‘rsatkich va omillar
Hisoblash
natijalari
Tahlil
Infratuzilma Samardorligi (I)
25,000
Yuqori tezlikda ishlaydi. Masofa o‘zgarishi
sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.
10,000
Masofa 2.5 baravar oshganda, samaradorlik ham
shuncha kamayadi.
Bilim Darajasi (BD)
155 (77.5%)
Yetarli daraja, lekin yaxshilash ham mumkin.
Talab Darajasi (TD)
77
O‘rta darajadagi talab. Kontent sifatini oshirish
talabni oshiradi.
81 (+5.2%)
Kontent sifatining oshishi talabni 5.2% ga
oshiradi.
Samaradorlik (R)
298.375
Juda samarali (R > 1). Xarajatlarni kamaytirish
samaradorlikni oshiradi.
≈426
(+43%)
Xarajatlarni 30% kamaytirish samaradorlikni
43% ga oshiradi.
≈447.56
Infratuzilmani yaxshilash samaradorlikni 50% ga
oshiradi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
261
261
Raqamlashtirilgan ta'limda, bilim oluvchilar va beruvchilar, Internet muhitida
joylashtirilgan, ma’lum bir tizim ichida va bitta joyda resurslar yig’ilib va
tashkillashtirilgan hamda ishtirokchilarni aktiv holda ishtirok etishi va professor-
o‘qituvchilarning oldindan tayyorlagan ma’ruzalari, amaliyot darslari va fanga tegishli
bo‘lgan turli qo‘shimcha materiallarni hamkorlik asosida personallashtirilgan yoki
umumiy foydalanishga asoslangan yangi innovatsion modellarini ta’lim jarayonini
ozgartirish natijasida paydo bo‘lgan usul xisoblanadi.
Hozirgi tez o‘zgarayotgan sharoitda o‘quvchilar o‘zlarini muvaffaqiyatiga
erishishlariga talabalardan nafaqat raqamlashtirilgan kontentni istemol qilishi, balki
raqamli kontentlardan samarali va hamkorlikda foydalanish va talab qilinganda ularni
yaratuvchisi bo‘lish, kompetentsiyalarni namoyish etish va dinamik kontentlar,
ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish va kontentni o‘zgartirish orqali turli g'oyalarni
etkazishni talab qilmoqda.
Shu sababli, taʼlim sohasi yetuk kadrlarni tayyorlashda raqamli iqtisodiyot
sharoitiga zarur boʻlgan iqtidorli o‘quvchi hamda yetarli IT koʻnikmalariga ega boʻlgan
talab ortib borayotgan sharoitda tez moslashishga o‘rgatish orqali tayyorlashi zarur.
XULOSA
Bugungi kunda ta’limda AKT vositalaridan foydalanish, raqamlashtirilgan usulda
ta’lim berishni yahshilashi mumkin qachonki, oqituvchi va o‘quvchi ushbu
texnologiya, bilim, talab, iqtisodiy masalalar yetarli darajada bo‘lsa. Texnologiyani
ushbu xolatda faqatgina vosita bo‘lib xizmat qiladi va auditoriyadagi o‘qituvchi-
o‘quvchi modeli ta’lim olishning samarali modeli xisoblanadi. Ta'limni
raqamlashtirish samaradorligi infratuzilma, bilim darajasi va talab omillariga bog'liq.
Olingan natijalar va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, internet tezligini 100 Mbps dan
150 Mbps ga oshirish samaradorlikni 50% oshiradi, xarajatlarni 30% kamaytirish esa
43% samaradorlik o‘sishiga olib keladi. O‘qituvchilar va talabalarning raqamli
kompetensiyasini oshirish (77,5% dan 85-90% gacha) ta'lim sifatini yaxshilaydi.
Hududlarda infratuzilmani rivojlantirish, sifatli elektron resurslar yaratish va bulutli
texnologiyalaridan foydalanish asosiy takliflar hisoblanadi. Ushbu choralar ta'lim
tizimini zamonaviy talablarga moslashtirishga yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Kuvnakov A. Djuraev T.,Mahamatov N. (2020). Raqamli Iqtisodiyotga O‘tish
Jarayonidagi Muammolar va Yechimlar. International scientific-practical
Conference on «Digital economy: A new stage in Development of new Uzbekistan
through new Technologies, platforms and business models» (DEUZ).1-4.
http://dx.doi.org/10.26739/2181-9491-2020-SI-5-1
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
262
262
2.
Muhammadjon Ashurov. Zamonaviy sharoitda O'zbekistonda innovatsion
faoliyatning holati va uni rivojlantirishning barqaror yo'nalishlari//International
journal of theoretical and practical research, 2(2), 15-30, 2022.
3.
M.Barakayev, M.Tojiyev, D.Yunusova, K.Mamadaliyev Matematika o‘qitish
texnologiyalari va loyihalash// Toshkent “Innovatsiya-Ziyo” 2020
4.
“Yangi O‘zbekistonda ma’rifatli shaxs tarbiyasi: muammo va yechimlar”:
Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent: «Ganjina» nashriyoti,
2023. 636-bet.
5.
“Ta’lim tizimidagi islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida” mavzusidagi
ilmiyamaliy konferensiya to`plami // Toshkent, 2023-yil 13-aprel. – 717 b.