Authors

  • Alimova Fotima Muratovna
  • Nazarova Gulchehra Nurmuxanbetovna
  • Kuvnakov Avaz Ergashevich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.103708

Keywords:

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt kognitiv tizim kognitivistik yondashuv emergent yondashuv dinamik tizimlar inaktiv tizimlar.

Abstract

Annotatsiya.  Mazkur maqolada sun’iy intellekt rivojlanishidagi yangi bosqich — kognitiv yondashuvning shakllanishi va uning ilmiy asoslari tahlil qilinadi. Kognitiv yondashuv neyrofiziologik tamoyillar va insonning bilish faoliyati asosida intellektual o‘rganishga qodir tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Sun’iy kognitiv tizimlar inson tafakkurini modellashtirish, axborotni qayta ishlash jarayonlarini matematik ifodalash va kompyuter metaforasi orqali tushuntirishga asoslanadi. Maqolada, shuningdek, psixologiya, neyrobiologiya va matematik lingvistika, xususan, N. Xomskiy tomonidan ishlab chiqilgan transformatsion grammatikalarning kognitiv yondashuvga ta’siri ham yoritiladi. Sun’iy kognitiv tizimlarning rivojlanishi inson intellektiga yaqin tizimlarni yaratishga xizmat qilishi qayd etiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

249

249

KOGNITIV HISOBLASH ASOSIDAGI SUN’IY TIZIMLAR:

TAHLIL VA TADQIQOTLAR

Alimova Fotima Muratovna

Muhammad al Xorazmiy nomidagi TATU

Nazarova Gulchehra Nurmuxanbetovna

Muhammad al Xorazmiy nomidagi TATU

Kuvnakov Avaz Ergashevich

Muhammad al Xorazmiy nomidagi TATU

Annotatsiya.

Mazkur maqolada sun’iy intellekt rivojlanishidagi yangi bosqich

— kognitiv yondashuvning shakllanishi va uning ilmiy asoslari tahlil qilinadi. Kognitiv
yondashuv neyrofiziologik tamoyillar va insonning bilish faoliyati asosida intellektual
o‘rganishga qodir tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Sun’iy kognitiv tizimlar inson
tafakkurini modellashtirish, axborotni qayta ishlash jarayonlarini matematik ifodalash
va kompyuter metaforasi orqali tushuntirishga asoslanadi. Maqolada, shuningdek,
psixologiya, neyrobiologiya va matematik lingvistika, xususan, N. Xomskiy
tomonidan ishlab chiqilgan transformatsion grammatikalarning kognitiv yondashuvga
ta’siri ham yoritiladi. Sun’iy kognitiv tizimlarning rivojlanishi inson intellektiga yaqin
tizimlarni yaratishga xizmat qilishi qayd etiladi.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, kognitiv tizim, kognitivistik yondashuv, emergent

yondashuv, dinamik tizimlar, inaktiv tizimlar.

KIRISH

Sun’iy intellektning rivojlanishi yangi yondashuvning shakllanishiga olib keldi.

Bu yondashuv, yaqinda aniqlangan neyrofiziologik tamoyillar, ya’ni asab tizimi
tuzilishining asoslari hamda insonning bilish va tafakkur (kognitiv) faoliyati usullariga
asoslangan holda intellektual o‘rganishga qodir tizimlarni yaratishni nazarda tutadi.
Bunday yondashuv “kognitiv yondashuv” bo‘lib, ushbu tizimlar esa “sun’iy kognitiv
tizimlar” deb yuritiladi. Hozirda sun’iy kognitiv tizimlarni yaratish bilan bog‘liq ilmiy
yo‘nalish informatika va sun’iy intellekt rivojlanishining asosiy yo‘nalishiga
aylanmoqda.

Sun’iy kognitiv tizimlarni rivojlantirishdan maqsad — ularning intellektual

darajasini insonnikiga yaqinlashtirishdir. Bu esa an’anaviy intellektual tizimlar
samarali hal eta olmaydigan ko‘plab masalalarni avtomatlashtirish imkonini beradi.
Kognitiv yondashuv uchun muhim jihatlardan biri — inson faoliyatini ierarxik tarzda
tashkil etilgan holda ko‘rib chiqishdir.

ASOSIY QISM

Kognitiv yondashuvning dastlabki asosiy vazifasi — ma’lumotni qayta ishlash


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

250

250

jarayonlarini, ya’ni signal sezgi organlariga tushganidan boshlab javob hosil
bo‘lguncha bo‘lgan bosqichlarni o‘rganish edi.

Kognitiv yondashuv tarafdorlari inson tomonidan axborotni qayta ishlash

jarayonlarini hisoblash qurilmalaridagi jarayonlarga o‘xshatgan holda, ya’ni
“kompyuter metaforasi” asosida tushuntiradilar [2].

Bu yondashuvning rivojlanishida dynamik modellar va tafakkur jarayonlarini

tasvirlash uchun matematik ifodalashdan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.

Kognitiv yondashuvga kuchli ta’sir ko‘rsatgan yana bir yo‘nalish — matematik

lingvistika sohasidagi tadqiqotlar bo‘ldi, xususan, N. Xomskiy tomonidan ishlab
chiqilgan transformatsion grammatikalar bu borada muhim o‘rin tutdi [3].

Psixologiya va neyrobiologiya nuqtai nazaridan insonning asab tizimi kognitiv va

affektiv (hissiy) tizimlardan iborat bo‘ladi [4].

Kognitiv tizim muhit haqidagi axborotni sezgi organlari orqali qabul qilish, bu

axborotni tuzish va bilimlar ko‘rinishida qisqa va uzoq muddatli xotirada saqlash,
shuningdek, aqliy (mentallik) asosda ma’lumotni qayta ishlash jarayonlarini tashkil
etish va intellektual masalalarni hal qilishda ishtirok etish funksiyalarni bajaradi.

Affektiv tizim — bu inson organizmidagi harakat effektorlarini (mushaklar, ovqat

hazm qilish, qon aylanish organlari va boshqalarni) boshqaruvchi tizim bo‘lib, kognitiv
tizim tomonidan ishlab chiqilgan rejalarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, ya’ni
harakatlarni muvofiqlashtiradi va boshqaradi.

Ushbu ikki tizim — kognitiv va affektiv tizimlar — doimiy o‘zaro aloqada bo‘lib,

inson organizmining o‘zgaruvchan muhit sharoitida maqsadga muvofiq ishlashini
ta’minlaydi.

Zamonaviy

kognitiv

fanlar

sohasidagi

tadqiqotlar

asosida

qiziqarli

umumlashmalar ishlab chiqildi. Ular yangi kognitiv modellar yaratishga asos bo‘ldi va
miyaning kognitiv jarayonlariga oid yangi gipotezalarni asoslash imkonini berdi [5].

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi paytda psixologiyada kognitiv

yondashuv muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Buning sababi — tafakkur
jarayonining turli jihatlarini tushuntirish uchun ko‘plab modellar taklif
qilinayotganligi, ammo ular orasidan asosli tanlov qilish uchun yetarli dalillarning
yo‘qligidir.

Sun’iy intellekt va kognitiv fan

Hozirgi kunda “kognitiv” atamasi faqat psixologiyada emas, balki texnika

sohasida ham keng qo‘llanilmoqda. Fikrlash jarayonlarini modellashtiruvchi bir qator
kognitiv modellarning ishlab chiqilishi, ya’ni inson miyasidagi tafakkur qanday
kechishini ifodalovchi formallashtirilgan modellar yaratilishi — texnik tizimlarni
ishlab chiqishda kognitiv yondashuvdan foydalanish bosqichini boshlab berdi.

Natijada "kognitiv tizimlar" atamasi intellektual texnik tizimlarda kognitiv

modellarni qo‘llash holatlarini ifodalash uchun ham ishlatilmoqda [6,7].


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

251

251

Psixologik tushunchalarning texnik sohalarga o‘tishi, sun’iy tizimlarning inson

intellektual salohiyatiga yaqinlashuvini maqsad qilganligini ko‘rsatadi.

Psixologiyada "kognitivlik" tushunchasi bilish va bilim tushunchalari bilan

bog‘liq. Kognitiv fan esa inson miyasidagi axborotni qayta ishlash jarayonlarini chuqur
o‘rganadi va ularning formallashtirilgan modellarini yaratishga harakat qiladi.

Texnik nuqtai nazardan, eng muhim jihat — miyaning axborotni qabul qilishi, uni

sezgilar orqali qayta ishlashi va tuzilgan bilimlar tizimini shakllantirishi hisoblanadi.

Kognitiv fan doirasida bilish va tafakkur bilan bog‘liq axborotlarni qayta ishlash

jarayonlarini o‘rganish natijalari asosida miyaning kognitiv nazariyasi ishlab chiqildi.
Bu nazariya miyaning faoliyatini axborot yondashuvi va bilimlar konsepsiyasi asosida
tushuntiradi.

Ushbu nazariya sun’iy intellekt tizimlarini takomillashtirishda foydali bo‘lib

chiqdi.

Sun’iy intellekt tizimlari bo‘yicha mutaxassislar, miyaning kognitiv nazariyasiga

asoslangan holda, bilish (kognitsiya) jarayonini texnik nuqtai nazardan talqin qila
boshladilar. Bunda intellektual tizimlar uchun ikki asosiy yondashuv ajratiladi [11]:

1.

Kognitivistik yondashuv – bu yondashuv tashqi olam haqidagi bilimlarni

ramziy (simvolik) ifodalash va ushbu ramzlar asosida intellektual masalalarni
yechishda axborotni qayta ishlashga asoslanadi.

2.

Emergent yondashuv – bu yondashuv o‘z-o‘zini tashkil etish (self-

organization) tamoyillariga asoslanadi va atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga moslasha
oladigan tizimlarning shakllanishini ta’minlaydi.

Kognitivistik yondashuv — bu sun’iy intellektda klassik hisoblangan yondashuv

bo‘lib, u kognitivlikni muammolarni hal qilish qobiliyati sifatida talqin qiladi. Bu
yondashuvda muammo sohasi haqidagi bilimlar ramziy (simvolik) ko‘rinishda
ifodalanadi va ushbu simvollar orqali vazifalar yechiladi.

Mazkur yondashuv jismoniy simvolik tizimlar kontseptsiyasining ishlab

chiqilishi, bilish nazariyasi va mantiqiy xulosa chiqarishga asoslangan tizimlar
yaratilishiga olib keldi.

Emergent yondashuv esa simvolik yondashuvga qarshi chiqadi. U axborotni

simvolik shaklda qayta ishlashga tayanmaydi, balki kognitivlikni o‘z-o‘zidan paydo
bo‘ladigan (ya’ni "emergent") yoki rivojlanib boradigan qobiliyat deb hisoblaydi. Bu
qobiliyat o‘z-o‘zini tashkil qilish (self-organization) jarayonida vujudga keladi va
strukturaviy yoki algoritmik shaklda muammolarni oqilona hal qilishga olib keladi.

Emergent kognitiv tizimlarda o‘z-o‘zini tashkil qilish jarayonida avtomatik

ravishda konnektivistik, dinamik, yoki inaktiv tuzilmalar shakllanadi. Bu tuzilmalar
faollashtirilganda, tizim oqilona xulq-atvorni namoyon qila boshlaydi.

Ushbu ikki yondashuv orasidagi farqlar faqat simvollar bilan ishlash

mexanizmlaridagina emas, balki kognitivlikning mohiyati borasida ham fundamental


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

252

252

(tub)dir. Bu farqlar 1-jadvalda qisqacha tavsiflangan.

1-jadval. Kognitivistik va emergent yondashuvlarning taqqoslanishi

Xususiyat

Kognitivistik tizimlar

Emergent tizimlar

Hisoblash

harakatlari

Simvollarga sintaktik manipulyatsiya

Tarmoqning parallel o‘z-o‘zini

tashkil etishi

Tasvirlar tuzilmasi

Simvolik ketma-ketliklar namunasi

Tizimning global holatlari

Semantik asos

“Idrok–simvol” turidagi assotsiatsiyalar

Konstruktsiya ko‘nikmalari

Vaqt bo‘yicha

cheklovlar

Inobatga olinmaydi

Haqiqiy vaqt rejimida sinxron

yuklash

Jismoniy

mujassamlashuv

Ko‘zda tutilmaydi

Ko‘zda tutiladi

Idrok

Abstrakt simvolik tasvirlar

Tashqi buzilishlarga javob

Harakat

Sabab-oqibatli simvolik

manipulyatsiyalar

Tizim tomonidan muhitga ta’sir

(buzish)

Oldindan ko‘ra

bilish

Avvaldan berilgan modellardan

foydalangan holda protsedurali yoki

ehtimoliy xulosa chiqarish

“Idrok–harakat” yo‘nalishida

holatlar fazosini o‘z-o‘zidan

samarali kesib o‘tish

Moslashuv

Yangi bilimlarni o‘rganish

Yangi dinamikani rivojlantirish


Kognitivizm 1945–1956 yillarda kibernetika davridan rivojlana boshladi. Aynan

shu davrda kibernetiklar miyaning mantiqqa asoslangan ilmiy modelini yaratish
niyatida edilar. Kognitivizmning asosiy g‘oyasi shundan iboratki: bilish (kognitsiya)
— bu hisoblash jarayonidir, ya’ni ichki bilimlar shaklida tasvirlangan axborotga
asoslangan hisob-kitob. Bu bilimlar tashqi dunyo haqidagi abstrakt ma’lumotni
ifodalaydi.

Ushbu tasavvur idrok orqali shakllanadi, ya’ni inson muhitdan axborotni qabul

qiladi va uni mos simvolik tuzilma shaklida qayta ishlaydi. Keyin esa bu tuzilma
rejalashtirish va harakatlar ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Bunday yondashuv “simvollar
bilan manipulyatsiya” deb ataladi.

Kognitivistik tizimlarda kognitivlik tashqi muhitdagi holat va xatti-harakatlarni

aniq simvolik tasvirlar bilan manipulyatsiya qilish orqali ta’minlanadi. Bunday
manipulyatsiyalar tizimga moslashuvchan, oldindan ko‘ra oladigan va samarali o‘zaro
ta’sirlarni tashkil qilish, shuningdek, tajriba orqali to‘plangan bilimlarni jamlash
imkonini beradi.

Idrok esa sezgi ma’lumotlaridan foydalanib, tashqi dunyoning makoniy va vaqtli

tasvirlarini abstraktlashtirish bilan bog‘liq. Mantiqiy xulosalar chiqarish tashqi dunyo
haqidagi simvolik tasvirlar ustida manipulyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi, bu esa
sabab-oqibatli harakatlar natijasida shakllangan dunyo konfiguratsiyasini o‘zgartirish


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

253

253

imkonini beradi.

Ko‘pchilik kognitivistik tizimlarda simvolik tasvirlar inson tomonidan ishlab

chiqilgan bo‘ladi. Bu esa ularni inson tomonidan oson tushuniladigan va talqin
qilinadigan qiladi. Biroq aynan shu jihat — ya’ni tasvirlarning inson tomonidan
yaratilganligi — kognitivistik tizimlarning cheklovchisiga aylanadi, chunki bu tasvirlar
ideal holatga keltirilgan bo‘lib, tizimning moslashuvchanligini va real dunyo
murakkabligiga to‘liq moslasha olish imkoniyatini kamaytiradi.

Jismoniy simvolik tizim tushunchasi Newell va Saymon tomonidan sun’iy

intellekt sohasidagi dastlabki ishlarda kiritilgan. Bu tushuncha avtomatik, formal
tizimga tenglashtiriladi. Bunday tizim vaqt o‘tishi davomida simvolik tuzilmalarning
o‘zgaruvchan to‘plamini hosil qiladi. Simvol esa bu yerda jismoniy naqsh sifatida
tushuniladi va u simvolik tuzilmaning tarkibiy qismidir.

Newell va Saymon fikricha, jismoniy simvolik tizim ichida ikkita kuchli

bog‘langan rekursiv jarayon mavjud: birinchisi — jarayonlar boshqa jarayonlarni
yaratishi mumkin, ikkinchisi esa — naqshlar boshqa naqshlarga moslashtirilishi
mumkin, va bu naqshlar ham jarayonlar bo‘lishi mumkin. Ushbu model asosida tizim
nafaqat abstrakt tasvirlar va ularga asoslangan xulosalardan tashkil topadi, balki
mavjud holat va tasvirlar orqali o‘zini o‘zgartirish, ya’ni moslashish xususiyatiga ham
ega bo‘ladi.

Shu sababli jismoniy simvolik tizimlar kognitivistik tizimlarning abstrakt

modellari sifatida qaraladi.

Bilish nazariyasiga asoslangan tizimlar o‘rganishga va tajriba asosida bilimlar

orttirishga qodir bo‘lib, bu inson xatti-harakatlariga o‘xshashlikni ta’minlaydi —
ayniqsa, xatolardan saboq olish orqali yanada samarali qarorlar qabul qilinadi.

Amaliy xulosa chiqarishga asoslangan tizimlar esa psixologiyadagi yuqori

darajadagi tushunchalarga — ishonchlar, istaklar va niyatlar (Beliefs, Desires,
Intentions) — tayanadi. Bunday tizimlarda “nima qilish kerak?” degan savolga javob
topish jarayoni odatda insonlarning kundalik hayotdagi qaror qabul qilish uslubiga
o‘xshaydi. Bu tizimlar quyidagilardan tashkil topgan: birinchidan, tizimning
ishonchlari, istaklari va niyatlarini ifodalovchi ma’lumot tuzilmalari; ikkinchidan,
qaror qabul qilish funksiyalari — bu funksiyalar qaysi niyatni qabul qilish (ya’ni nima
qilishni hal qilish) va maqsadlarga qanday vositalar bilan erishishni tanlash (ya’ni
qanday qilishni hal qilish) jarayonlarini amalga oshiradi.

Emergent kognitiv tizimlar

Emergentlik (o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish) kognitivlikka boshqa nuqtai nazardan

qaraydi — bu yondashuvda kognitivlik bu tizimning o‘z muhitida faol va samarali
bo‘lish jarayoni sifatida tushuniladi. Bu holat o‘z-o‘zini tashkil etish jarayoni orqali
yuzaga keladi, ya’ni tizim va muhit o‘rtasidagi doimiy o‘zaro ta’sirlar natijasida
tizimning tuzilmasi va parametrlarining real vaqt rejimida uzluksiz qayta


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

254

254

moslashtirilishi ro‘y beradi. Bu o‘zaro ta’sir natijasida tizim va muhit bir-birini
belgilaydi.

“Bir-birini belgilash” degani shuki, kognitiv tizim o‘zini muhit sharoitida

aniqlaydi, va ayni paytda idrok jarayoni tizim uchun nimaning haqiqiy va muhim
ekanini belgilaydi. Shu orqali tizim o‘z faoliyati natijasida o‘z “haqiqatini” (ya’ni o‘z
dunyosini) o‘zi yaratadi.

Ba’zi mualliflar ta’kidlaydiki, kognitivlik idrokning davomchisi hisoblanadi.

Idrok nisbatan qisqa vaqt oralig‘ida faoliyat ko‘rsatsa, kognitivlik uzoqroq vaqt
davrlarini o‘z ichiga oladi. Shu sababli, kognitivlik tizimga idrokning oraliq tabiatini
qoplash imkonini beradi va unga uzoq muddatli muhitga moslashish hamda bu
muhitdagi voqealarni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi.

Kognitivistik yondashuvdan farqli o‘laroq, emergent yondashuv shuni

ta’kidlaydiki, kognitiv o‘rganish uchun asosiy model bilimlarni yodlashga emas, balki
bashorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga asoslangan bo‘lishi kerak. Ya’ni,
harakatlarni boshqaruvchi va ularni takomillashtiruvchi jarayonlar barcha intellektual
tizimlar uchun asosiy hisoblanadi.

Kognitivizm odatda abstrakt, mujassamlanmagan modellar bilan ishlaydi,

shuning uchun tizimning fizik jihatdan mavjudligi bu model uchun muhim emas.
Emergent yondashuv esa aksincha — tubdan mujassamlangan bo‘lib, fizik jihatdan
real shaklda mavjud bo‘lishi zarur.

Konnektivistik tizimlar ma’lumotni parallel tarzda qayta ishlashni amalga

oshiradi — bu yerda asosiy e’tibor statistik xossalarga, ya’ni ma’lumotlar orasidagi
bog‘lanish kuchiga qaratiladi, mantiqiy qoidalarga emas.

“Konnektivizm” atamasi, kompyuterlar paydo bo‘lishidan avval, 1932 yilda

psixolog E. Thorndike tomonidan ishlatilgan. U bu atamani assotsiativ yodlashning
kengaytirilgan shaklini ifodalash uchun qo‘llagan. Bunda konnektivistik tamoyillar
asosiy o‘rin tutgan bo‘lib, ular ayniqsa assotsiativ xotira modelida yaqqol ko‘zga
tashlanadi.

Shuningdek, u nazoratsiz (unsupervised) o‘rganish algoritmi g‘oyasini oldindan

bashorat qilgan edi. Bu algoritm keyinchalik fiziolog D. Xebb tomonidan taklif
qilingan. Aynan Xebb “konnektivizm” atamasini neyron tarmoqlarga nisbatan birinchi
marta ishlatgan [17].

Konnektivizmni McCulloch va Pitts ham qo‘llab-quvvatlagan. Ular shuni

isbotladiki, propozitsional mantiqdagi har qanday ifodani oddiy qayta ishlovchi
elementlardan tashkil topgan tarmoq bilan ifodalash mumkin, va bu tarmoq Tyuring
mashinasiga teng kuchga ega [18].

Neyron tarmoqlar asosidagi tizimlar — konnektivistik yondashuvning amaliy

ifodasidir. Bunday tizimlarning ishlab chiqilishi va o‘rganilishi Rosenblatt, Hopfield
va boshqa mashhur olimlarning ishlari bilan bog‘liq.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

255

255

Shuningdek, Rummelhart, Werbos va boshqalarning PDP (Parallel Distributed

Processing — Parallel Taqsimlangan Qayta Ishlash) arxitekturasi asosida ishlab
chiqilgan neyron tarmoq modellarining rivoji ham kognitiv fan taraqqiyotiga katta
hissa qo‘shdi. Aynan shu arxitektura tadqiqotchilarni miyani ketma-ket emas, balki
parallel faoliyat yurituvchi hamkor komponentlar tarmog‘i sifatida modellashtirish
tomon yo‘naltirdi.

XULOSA VA MUNOZARA

Kognitiv hisoblash – bu sun’iy intellektning ilg‘or yo‘nalishi bo‘lib, inson miyasi

faoliyatini taqlid qiluvchi tizimlar orqali axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilish
jarayonlarini takomillashtirishni maqsad qiladi. Ushbu maqolada kognitiv
hisoblashning tarixiy rivojlanishi, asosiy tamoyillari, muhim yondashuvlari (simvolik,
subsimvolik va emergent) va amaliy dasturlari tahlil qilinadi.

Kognitiv yondashuvlar, xususan, neyron tarmoqlar va til modellari yordamida

inson tafakkuri, tilni tushunish va qaror qabul qilish kabi murakkab vazifalar
muvaffaqiyatli modellashtirilmoqda. Shu bilan birga, bu soha hali ham ko‘plab
muammolar – ma'lumotga bo‘lgan ehtiyoj, izohlanish muammosi va axloqiy
masalalarni hal qilish zaruratiga duch kelmoqda.

Kognitiv hisoblashning rivoji sun’iy intellekt, nevrologiya, psixologiya va falsafa

kabi fanlararo tadqiqotlar orqali davom etmoqda. U nafaqat texnologik
innovatsiyalarni ilgari suradi, balki inson tafakkurini chuqurroq tushunish va uni sun’iy
tizimlarda namoyon etish imkonini ham beradi.

ADABIYOTLAR RO`YXATI

1.

Neiser U. Cognitive psychology.– NY, 1967.

2.

Солто P. Когнитивная психология.– М.: Мир, 1996.

3.

Хомский Н. Три модели описания языка. Кибернетический сборник. Вып.2
М.: Издво ИЛ, 1961.

4.

Шеперд Г. Нейробиология. Том 1, 2.– М.: Мир, 1987.

5.

Величковский Б.М. Когнитивная наука. Основы психологии познания. В 2х
тт.– М.: Академия, 2006.

6.

Станкевич Л.А. Когнитивные нейрологические системы управления //
Проблемы нейрокибернетики (Материалы 12й Международной конференции
по нейрокибернетике, РостовнаДону, Россия, октябрь, 1999).– РостовнаДону:
Издво СевероКавказского НЦ высшей школы, 1999.

7.

Гергей Т. Когнитивные системы — потребность информационного общества
и вызов компьютерным наукам // IX Национальная конференция по
искусственному интеллекту КИИ2004 (18 сентября– 2 октября 2004 г.,
Тверь). Труды конференции в 3х томах, Том 1, М.: Физматгиз, 2004, с.3–10.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

256

256

8.

Станкевич Л.А. Искусственная нервная система гуманоидного робота //
Труды Юбилейной международной конференции по нейрокибернетике
(Ростовна Дону, 25–28 сентября 2002), РостовнаДону, 2002.

9.

Станкевич

Л.А.

Нейрологические

средства

систем

управления

интеллектуальных роботов // Научная сессия МИФИ2004. VI Всероссийская
НТК «Нейроинформатика2004»: Лекции по нейроинформатике, ч.2.– М.:
МИФИ, 2004, с.57–110.

10.

Станкевич Л.А. Когнитивный подход к управлению гуманоидными
роботами // В книге «От моделей поведения к искусственному интеллекту».
Серия «Науки об искусственном», Ред. Редько В.Г.– Издво УРСС, 2006,
Гл.14, с.386–443.

11.

Vernon D., Metta G., Sandini G. A survey of artificial cognitive systems:
implications for autonomous development of mental capabilities in computational
agents // IEEE Transactions on Evolutionary Computation, Vol.11, No.2, April
2007, pp.151–180.

12.

Newell A., Simon H.A. Computer science as empirical inquiry: Symbol and
search // Communications of the Association for Computing Machinery.– vol.19,
pp.113126, 1976, Tenth Turing Award Lecture, ACM.

13.

Anderson J. The arhitecture of cognition.– Harvard University Press, MA, 1983.
14.

14.

Bratman M. Intention, plan, and practical reasoning.– Harvard University Press,
Cambridge, MA, 1987.

15.

Sandini G., Metta G., Vernon D. Robocup: An open framework for research in
embodied cognition // In: Proc. IEEERAS/RSI Int. Conf. on Humanoid Robots
(Humanoids 2004), 2004, pp.13–32.

16.

Throndaike E.L. The fundamental of learning.– New York: Columbia Univ.,
Teacher College, 1932.

17.

Hebb D.O. The organization of Behavior.– New York: Willey, 1949.

18.

McCulloch W.S., Pitts W. A logical calculus of ideas immanent in nervous activity
// Bull. Math. Biophys., vol.5, pp.115–133, 1943.

References

Neiser U. Cognitive psychology.– NY, 1967.

Солто P. Когнитивная психология.– М.: Мир, 1996.

Хомский Н. Три модели описания языка. Кибернетический сборник. Вып.2 М.: Издво ИЛ, 1961.

Шеперд Г. Нейробиология. Том 1, 2.– М.: Мир, 1987.

Величковский Б.М. Когнитивная наука. Основы психологии познания. В 2х тт.– М.: Академия, 2006.

Станкевич Л.А. Когнитивные нейрологические системы управления // Проблемы нейрокибернетики (Материалы 12й Международной конференции по нейрокибернетике, РостовнаДону, Россия, октябрь, 1999).– РостовнаДону: Издво СевероКавказского НЦ высшей школы, 1999.

Гергей Т. Когнитивные системы — потребность информационного общества и вызов компьютерным наукам // IX Национальная конференция по искусственному интеллекту КИИ2004 (18 сентября– 2 октября 2004 г., Тверь). Труды конференции в 3х томах, Том 1, М.: Физматгиз, 2004, с.3–10.

Станкевич Л.А. Искусственная нервная система гуманоидного робота // Труды Юбилейной международной конференции по нейрокибернетике (Ростовна Дону, 25–28 сентября 2002), РостовнаДону, 2002.

Станкевич Л.А. Нейрологические средства систем управления интеллектуальных роботов // Научная сессия МИФИ2004. VI Всероссийская НТК «Нейроинформатика2004»: Лекции по нейроинформатике, ч.2.– М.: МИФИ, 2004, с.57–110.

Станкевич Л.А. Когнитивный подход к управлению гуманоидными роботами // В книге «От моделей поведения к искусственному интеллекту». Серия «Науки об искусственном», Ред. Редько В.Г.– Издво УРСС, 2006, Гл.14, с.386–443.

Vernon D., Metta G., Sandini G. A survey of artificial cognitive systems: implications for autonomous development of mental capabilities in computational agents // IEEE Transactions on Evolutionary Computation, Vol.11, No.2, April 2007, pp.151–180.

Newell A., Simon H.A. Computer science as empirical inquiry: Symbol and search // Communications of the Association for Computing Machinery.– vol.19, pp.113126, 1976, Tenth Turing Award Lecture, ACM.

Anderson J. The arhitecture of cognition.– Harvard University Press, MA, 1983. 14.

Bratman M. Intention, plan, and practical reasoning.– Harvard University Press, Cambridge, MA, 1987.

Sandini G., Metta G., Vernon D. Robocup: An open framework for research in embodied cognition // In: Proc. IEEERAS/RSI Int. Conf. on Humanoid Robots (Humanoids 2004), 2004, pp.13–32.

Throndaike E.L. The fundamental of learning.– New York: Columbia Univ., Teacher College, 1932.

Hebb D.O. The organization of Behavior.– New York: Willey, 1949.

McCulloch W.S., Pitts W. A logical calculus of ideas immanent in nervous activity // Bull. Math. Biophys., vol.5, pp.115–133, 1943.