JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
184
184
ISH JOYLARIDAGI SHOVQINNI BAHOLASH VA ME’YORLASHTIRISH
BO‘YICHA TAVSIYALAR ISHLAB CHIQISH
Abdurahmonov Baxtiyor
Andijon Davlat Texnika instituti, “Mashinasozlik texnologiyasi” fakulteti,
“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” yo’nalishi 4-kurs talabasi.
Anotatsiya:
Maqolada ish joylaridagi shovqinni baholash va me’yorlashtirish
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha maʼlumotlar yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Shovqin,jihozlar,omillar,kasbiy kasalliklar
Korxona va qurilishdagi texnologik jarayonlarda, jihozlar ishlayotganda shovqin
va vibratsiya paydo bo’ladi. Ishlayotgan maydalagichlar,tegirmonlar, kompressor
hamda ventilyatsiya qurilmalari, mexanizatsiyalashtirilgan asboblar va boshqa jihozlar
shovqin va vibratsiyaning asosiy manbalaridir. Shovqin va vibratsiya elastik muhit
zarralarining to’lqinsimon tarqaladigan tebranma harakatidir. Ularning insonga ta’siri
tebranishlar chastotasiga bog’liq. 16 Gtsdan kam chastotali tebranishlar odamga
silkinish vibratsiya kabi ta’sir qiladi. 16 –20000 Gts chastotali tebranishlar shovqin
hosil qiladi. Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz ravishda
qo’shilib eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush fizik holat sifatida havoda, suvda va
boshqa tarang muhitdan kelib chiqadigan to’lqinsimon harakatlardan iboratdir. U
tovush chiqaradigan jismlarning tebranishi natijasida hosil bo’ladi va bizning eshitish
organimiz tomonidan qabul qilinadi.
Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni aylantirib, miyada
og’riq turgizadi va quloq shang’ib asab sistemasiga ham yomon ta’sir qiladi. Ayniqsa
fikrni to’plab, aqliy ish bilan shug’ullanishiga imkon bermaydi, butun diqqat-e’tiborni
berib ishlash lozim bo’lsa, ish qobiliyatini (10-60% ga) pasaytirib yuborishi
mumkin.Uzoq vaqt mobaynida shovqinning odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi
asab sistemasini ishdan chiqishga olib kelishi mumkin. Ayniqsa qattiq va kuchli
tovushlar, shuningdek to’xtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadigan tovushlar odamga
yomon ta’sir qiladi. Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan hazm
qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining o’zgarishi), qon aylanishi (qon bosimning
ko’tarilishi) va shunga o’xshashlarning normal faoliyati buziladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
185
185
Shovqin - bu tovushdir. Tovush esa havodagi zarrachalarning mexanik
tebranishidir. Bu tebranishlar to’lqinsimon ravishda tarqalib kishi qulog’iga borib
yetadi va quloq pardasini bosadi, natijada tovush eshitiladi. Tovush eshitilishi uchun
to’lqin ma’lum kuchga ega bo’lishi kerak. Bu kuch esa tovush to’lqining paskalda (Pa)
o’lchanadigan bosimi bilan belgilanadi.Chastotalari bo’yicha kishi qulog’i 20 dan
20000 Gers oralig’idagi tovushlarni qabul kiladi. Bu kichik va o’rta yoshdagi
odamlarga xos. Kishi qariganda esa yuqorigi chegara 15000 Gs larga tushib qoladi,
shuning uchun ko’pchilik kishilar qariganda yomon eshitadigan bo’lib qoladi. Kishi
qulog’i ayniqsa 37,5-9600 Gs oralig’idagi chastotalar diapazonini yaxshi qabul qiladi.
20Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta chastotali tovushlar infratovush va ultratovush
deyiladi. Bu oralardagi tovushlarni kishi qulog’i eshita olmaydi. Jixozlar etarli darajada
vibroizolyatsiyalanmaganda, mashinalar konstruktsiyasida kamchiliklar bo'lganda
paydo bo'ladigan umumiy vibratsiyada, ishlovchilar balandlikka chiqayotganlarida va
tushayotganlarida (ayniqsa ish smenasining ikkinchi yarimida) ularda qisqa muddatli
bosh og'riqlar, bosh aylanishi paydo bo'ladi, oyoqlari og'riydi. Keyinchalik vibratsiya
ta’sirida keskin charchash, ishtaxa yo'qolishi va juda ozib ketish kuzatiladi. Shovqin
va vibratsiyaning zararli ta’sirini cheklash uchun korxonalarda tovush bosimining (dB)
va vibratsiya parametrlari kattaligining yo'l qo'yilgan chegaraviy darajalari o'rnatilgan
(SN 245-71). Ishlab chiqarish xonalaridagi doimiy ish o'rinlarida va qurilish joylarida
past chastotali (250 Gts va undan past) shovqin uchun shovqin darajasi 91 - 103 dB,
o'rtacha chastotali (250-100 Gts) shovqin uchun 85-91 dB, yuqori chastotali (1000 Gts
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
186
186
dan yuqori) shovqin uchun 80-85 dB bo'lishiga yo‘1 qo'yiladi. Chastotalar diapazoni
1,4... 90 Gts, garmonik tebranishlarda tarqalish amplitudasi 3,11... 0,005 mm va
tebranma tezlikning o'rtacha kvadratik qiymati 11,2... 2 mm/s.
Ish joyidagi shovqin darajasini va xodimlarning shovqin xavfini o’lchash ish
joyidagi eshitish va shovqinni boshqarish dasturlarining eng muhim qismidir. Ushbu
o’lchovlar tufayli shovqin muammolari hal qilinmoqda, shovqindan aziyat
chekayotgan xodimlarning sog’lig’i himoya qilinadi va qulay ish muhiti ta’minlanadi.
Shovqin darajasini me‘yorlashtirish – shovqinni insonga salbiy ta‘sirini
kamaytirishga qaratilgan asosiy tadbirlardan biri xisoblanadi. Shovqinning inson
sog’lig’iga ta‘siri uning chastotasiga bog’lik bo’lganligi sababli, xar bir shovqin oktava
polosasi uchun aloxida ruxsat etilgan shovqin darajasi belgilangan (GOST 12.1.003-
83). Shovqinning eng yuqori ruxsat etilgan darajasi past chastotalar uchun, past ruxsati
etilgan darajasi esa yuqori chastotali shovqinlar uchun qabul qilingan. Masalan, eng
kichiq tovush bosimi nazariy va ilmiy ishlar bajariladigan ish joylari uchun belgilangan
bo’lib, u o’rtacha geometrik chastota 8000 Gs bo’lganda 30 dB deb qabul qilingan.
Sanitariy normalarida (SN-245-91, GOST 12.1.003-85. SN-3223-85)
shovqinning ruxsat etilgan miqdor darajasi aniqlangan bo’lib, u tovushning
chastotasiga bog’liqdir va 8 oktava miqdorlari bilan baholanadi. Shovqin darajasi
bajariladigan ishning hususiyatiga bog’liq. Masalan, sanoat korxonalarini doimiy ish
joyida va ishlab chiqarish maydonlarida quyidagi shovqin darajasi miqdori ruxsat
etiladi: 63 Gs. Da -103 Db, 25 Gs – 96 Db., 250 Gs. – 91 Db., 500 Gs -88 Db., 1000
Gs. – 86 Db., 2000 Gs. – 83 Db., 4000 Gs. – 81 Db. Va 8000 Gs.da 80 Db. Shovqin
darajasiga va Xarakteriga qarab, shovqinlar odam organizmiga har xil ta‘sir ko’rsatadi.
Inson qulog’iga eshitiladigan tovushlar quvvatiga qarab 3 qismga bo’lish mumkin.
Birinchisi eshitishdan to tovush bosimi seziladigan darajasi 40 dB bo’lgan oraliq
tabiatda kam uchraydigan tashqi muhit signallari bo’lgani uchun, eshitish a‘zolari bu
signallarni sezish qobiliyati ancha past bo’ladi. Ikkinchi qismga 41 dB dan 90 dB gacha
bo’lgan foydali (yoqimli) va foydasiz (yoqimsiz) tovushlar kiradi. Bunga oddiy sharpa
tovushidan to eng baland radio va musiqa ovozlari hamda hayotiy shovqinlari kiradi.
Uchinchi qismga 91 dB dan 130 dB gacha ya‘ni eshitish a‘zolariga og’riq chiqaradigan
darajadagi tovushlar kiradi. 145 dB dan ortiq bo’lgan tovush darajalarida odam
qulog’ining pardasi yirtilishi mumkin. Shovqinning normalarini belgilaganda ikki
usuldan foydalaniladi: 1) shovqinni chegara spektri asosida normalash; 2) shovqinni
dB tovush darajasi orqali normalash. Ish joylaridagi doimiy shovqinlar uchun birinchi
usul asosiy normalash usuli hisoblanadi. Bunda shovqin bosimi darajalari 8 oktava
oraliqlarda o’rta geometrik chastotalari 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gs
larda normalanadi, ya‘ni chastotalarda tovush bosimi sathining dB lardagi qiymati
olinadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
187
187
Xulosa.
Shovqin inson organizimiga juda katta salbiy ta’sir ko'rsatadi. Haddan
tashqari shovqin inson asab tizimi kasalliklariga olib keladi. Hozirgi kunda ko’plab
korxonalarda uskuna va avtomatlashtirilgan mexanizmlardan foydalanilmoqda.
Ko’proq shovqin eskirgan asbob uskunalardan chiqadi. Bunday uskunalarni o’rniga
yangisini almashtirish lozim. Mamlakatimizda 8 soatlik ish kunida xodimlarning
o’rtacha shovqin darajasi qulog’ini himoya qilish vositalaridan foydalanilganmi yoki
yo’qligidan qat’i nazar, 87 desibeldan oshmasligi kerak. Ya’ni, bu shovqin darajasi
atrofdagi shovqin darajasi emas balki quloqqa etib boradigan shovqin darajasi.
Boshqacha qilib aytganda, buni hisoblashda, agar quloqni himoya qilish vositasi
ishlatilsa, uning himoya ta’sirini ham hisobga olish kerak.
Shovqin darajasi 85 desibeldan oshadigan ishlarda kuniga bitta xodim kuniga
7,5 soatgacha ishlashi mumkin. Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi 2013-da
ishchilarni shovqin bilan bog’liq xavflardan himoya qilish to’g’risida nizom chiqardi.
Ushbu qoida yuqori shovqin darajasi yuqori bo’lgan muhitda ishlaydigan odamlarni
shovqin, ayniqsa eshitish bilan bog’liq xavflar natijasida kelib chiqishi mumkin
bo’lgan sog’liq va xavfsizlik xavflaridan himoya qilish uchun minimal talablarni
aniqlash uchun ishlab chiqilgan.
Ushbu reglamentga ta’sir qilishning eng past qiymatlari, ta’sir qilish ta’sirining
eng yuqori ko’rsatkichlari va ta’sir qilish limiti qiymatlari kiritilgan.
Ish beruvchilar ishchilar duch keladigan shovqin darajasini aniqlashlari va
zarur bo’lganda ish muhitida o’tkazilgan xavflarni o’rganish bo’yicha xavflarni
baholash natijalari bo’yicha shovqinlarni o’lchashlari shart.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O. Qudratov, T. G`aniyev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. –T.: “Mehnat” 2004.
2.
O. Qudratov, T. G`aniyev. Mehnat muhofazasi. –T.: “O’zinkomtsentr” 2002.
3.
X.Raхimova, A.A‘zamov. Mehnatni muhofaza qilish. –T.: “O’zbekiston” 2003.
4.
5.
OO‘MTV sayti
6.