JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
181
181
SHOVQIN VA UNI INSON SALOMATLIGIGA TA`SIRI
Abduraxmonov Baxtiyorjon Doniyorbek oʻgʻli
Andijon Davlat Texnika instituti
„Mashinasozlik texnologiyasi“ fakulteti,
„Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi“
yo‘nalishi 4-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: dotsent
Qobulova Nilufar Jalilovna
Annotatsiya
: Maqolada shovqin va uning inson salomatligiga ta'siri haqida
ma'lumotlar yoritilgan
Kalit so'zlar:
shovqin, tovush, omil
Odam uchun yoqimsiz har qanday tovushlar shovqin deb ataladi. Jismlarning bir-
biriga urilishi, ishqalanishi va muvozanat holatining buzilishi natijasida hosil bo‘lgan
havoning эlastik tebranishi harakati qattiq, suyuq va gazsimon muhitda to‘lqin hosil
qilib tarqaladi. Bunda muhit zarralari muvozanat holatiga nisbatan tebranish hosil
qiladi va bu tebranish tezligi to‘lqinlar tarqalish tezligidan ancha kichkina bo‘ladi [1].
Shovqin darajasiga va harakteriga qarab, shovqinlar odam organizmiga har xil
ta’sir ko‘rsatadi. Uning ta’sir darajasining o‘zgarishiga shovqinning ta’sir davri va
odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma’lum rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham
shovqin hamma uchun bir xil ta’sir ko‘rsatadi deb bo‘lmaydi.
Uncha katta bo‘lmagan shovqinlar (50-60dB) ham inson asab sistemasiga
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, bunday shovqinlarning ta’siri aqliy mehnat bilan
shug‘ullanuvchilarda ko‘proq seziladi. Bundan tashqari bunday shoviqinlarning ta’siri
har xil odamda har xil bo‘ladi. Ba’zilar bunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat
bermaydilar, ba’zilar эsa keskin asabiylashadi. Bunday shovqinning ta’sir ko‘rsatishi
odamning yoshiga, sog‘lig‘iga va bajaradigan ishiga, kayfiyatiga va boshqa omillarga
bog‘liq.
Shovqinning zararli ta’siri, shuningdek doimiy shovqinlardan farqliligiga,
masalan musiqa tovushlari, odam so‘zlashgandagi tovushlarga odam mutlaqo
befarq qaraydi, xuddi shu darajadagi begona shovqinlar uni asabiylashishga olib
keladi [2].
Ma’lumki, ba’zi bir jiddiy kasalliklarga chalingan bemorlar, masalan qon
bosimi, ichak va oshqozon yarasi va ba’zi teri kasalliklari, asab kasalliklari bilan
og‘rigan bemorlarning mehnat qilish va dam olish rejimlari umuman kasallik
tufayli buzilgan bo‘ladi. Bunday kasallar uchun ortiqcha shovqinning bo‘lishi
ularning nihoyat darajada toliqishiga olib keladi, agar bu shovqinlar tunlarda
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
182
182
bo‘lsa, og‘ir asoratli kasallarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Agar shovqin
darajasi bunday hollarda 70 dB ga teng bo‘lsa, u bunday toliqqan bemorlar
organizmida fiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin. YOsh va
sog‘lom odamlar uchun bunday shovqinlar butunlay zararsiz deyish mumkin.
Agar shovqin darajasi 85-90 dB ga эtsa, bunday shovqindan har qanday
ishlayotgan odamning birinchi navbatda yuqori chastotadagi tovushlarni эshitish
qobiliyati susayadi. Kuchli shovqin odam sog‘lig‘iga va ishlash qobiliyatiga keskin
ta’sir ko‘rsatadi. Birinchidan, эshitish qobiliyati pasayadi, uzoq vaqt kuchli
shovqin ta’sirida ishlash toliqishga, befarqlikka, shuningdek kar bo‘lishga olib
keladi. Bundan tashqari shovqin ta’siridan ovqat hazm bo‘lish jarayoni buziladi,
ichki organlar hajmi o‘zgaradi.
Shovqinning bosh miya qobig‘iga ta’siri natijasida odam asabiylashadi,
toliqish jarayoni tezlashadi, psixik reaksiyasi keskin sekinlashadi. SHuning uchun
ham kuchli shovqin jarohatlanishga olib kelishi mumkin
Masalan shovqin ta’sirida shu uchastkada harakatlanayotgan mexanizmlar
signallarini эshitmasdan ularning ta’siriga tushib qolish mumkin va h.k.
Shovqin darajasi qancha katta bo‘lsa, uning keltirib chiqarishi mumkin
bo‘lgan salbiy oqibatlar ta’siri ham kattalashadi.
Har qanday shovqin natijasida paydo bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlar oqibat
natijada shovqin kasalligini keltirib chiqaradi.
Tovush to‘lqinlari bosh miya qobig‘i orqali o‘tish imkoniyatiga эga. Agar
shovqin darajasi kichik bo‘lsa (40-50 dB), unda suyak orqali o‘tgan shovqin ta’siri
uncha sezilmaydi. Agar tovush darajasi yuqori bo‘lsa, unda uning ta’sir kuchi ortib
ketadi va organizmga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri keskin kuchayadi.
145 dB dan ortiq bo‘lgan tovush darajalarida odam qulog‘ining pardasi
yirtilishi mumkin [3,4].
MXST va GOST 12.4.062-78 (“Eshitishning kamayishini aniqlash usullari”)
ga asosan odam эshitish organining normadan chetga chiqqanini aniqlab, uni
ma’lum mutaxassislikka yaroqliligini va shovqin ta’siri natijalarini aniqlash
mumkin.
Эshitish qobiliyati audiometr yordamida aniqlanadi. Tekshirilayotgan
odam tinch xonada naushniklar orqali berilayotgan toza tondagi ovozning turli
intensivligini эshitadi. Xuddi shu vaqtda priborlar yordamida shu odam
эshitayotgan ovozning minimal intensivligi belgilanadi. Bu o‘lchovlar natijalari
grafik bilan ifodalanadi va uni audiogramma deb ataladi. Bu diagramma orqali
tekshirilayotgan odamning эshitish qobiliyati normal эshitish qobiliyatiga эga
bo‘lgan egri chiziq bilan taqqoslanadi.
Shovqinning normalarini belgilaganda ikki usuldan foydalaniladi: 1)
Shovqinni chegara spektri asosida normalash; 2) Shovqinni dBA tovush darajasi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
183
183
orqali normalash
Ishlab chiqarishdagi shovqinga qarshi kurashish mehnat sharoitini yaxshilashning
ehg muhim shartlaridan biridir. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin
darajasi SanQvaM -0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining
sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” ga
muvofiq bo‘lishi kerak.
Adabiyotlar:
1.
Yuldashev O. Mehnatni muhofaza qilish maxsus kursi. Darslik. “Tafakkur
qanoti” nashriyoti. T.: 2015.
2.
КМК 2.01.08.96 РУз Защита от шума.
3.
SanQvaM -0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining
sanitariya me’yorlari”,
4.
GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”