Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy yoshlar ongiga ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik ta’siri sotsiologik nuqtayi nazardan o‘rganiladi. Tahlil davomida yoshlarning axborotga bo‘lgan munosabati, virtual muhitdagi ijtimoiylashuvi, qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning shaxsiy hayot, o‘zini ifoda etish va ijtimoiy faollikka ta’siri yoritiladi. Maqolada sotsiologik so‘rovnomalar natijalari, ekspert fikrlari va amaliy misollar orqali real holatlar tahlil qilinadi. Shu asosda yoshlar bilan ishlashda samarali yo‘nalishlar, mediamadaniyatni shakllantirish va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.