Authors

  • Suyarova Sarvinoz
  • Avezova Dilnura Bayramovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.103735

Keywords:

Kalit so‘zlar: ma’naviyat jamiyat globallashuv kasbiy faoliyat yozma nutq imlo qoidalar

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada nutqimizda qo‘llayotgan so‘zlarimizning qudrati, hayot yo‘limizdagi ahamiyati haqida  fikr-mulohazalar bayon etilib, go‘zal yozma va og‘zaki nutq mahoratiga ega bo‘lish yo‘llari ochib beriladi. Yozma nutqimizdagi kamchiliklar, jozibador so‘zlar qo‘llash usullari ko‘rsatib o‘tiladi. So‘zning turlicha tovlanishi haqidagi fikrlardan xabardor etiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

127

127

SO‘Z QUDRATI

Suyarova Sarvinoz

Toshkent milliy pedagogika universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 4- kurs talabasi

Ilmiy rahbar:

Avezova Dilnura Bayramovna


Annotatsiya:

Ushbu maqolada nutqimizda qo‘llayotgan so‘zlarimizning qudrati,

hayot yo‘limizdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etilib, go‘zal yozma va
og‘zaki nutq mahoratiga ega bo‘lish yo‘llari ochib beriladi. Yozma nutqimizdagi
kamchiliklar, jozibador so‘zlar qo‘llash usullari ko‘rsatib o‘tiladi. So‘zning turlicha
tovlanishi haqidagi fikrlardan xabardor etiladi.

Kalit so‘zlar:

ma’naviyat, jamiyat, globallashuv, kasbiy faoliyat, yozma nutq,

imlo, qoidalar


So‘z - bu insoniyat tarixidagi eng kuchli va ta'sirli vosita bo‘lib, fikr va his-

tuyg‘ularni ifoda etishning asosiy voitasidir. Xalq orasida ,,Aytilgan gap - otilgan o‘q“
degan maqol bejiz aytilmagan. Yozma nutqda so‘zlarning to‘g‘ri imlosi nafaqat
grammatik talablarni bajarish, balki fikrni aniq va ta'sirli yetkazishning kafolatidir.

So‘z qudrati - bu til vositasida fikrni to‘g‘ri, aniq va ta'sirli ifoda etish

qobiliyatidir. Xalq hikmatlari va maqollarimizda so‘zning ahamiyati katta: "Ariqni suv
bezar, odamni — so‘z", "Anjom uy ziynati, so‘z inson ziynati" deb ta'kidlanadi.

Har bir so‘z ma'lum ma'noni anglata va o‘quvchining xayolida aniq tasavvur hosil

qiladi. To‘g‘ri yozilgan so‘z o‘quvchida qiyinchiliksiz tushuniladi va kerakli ta'sir
ko‘rsatadi. Imlo jihatdan to‘g‘ri yozilgan matn o‘quvchida ishonch uyg‘otadi va
muallif obro‘sini oshiradi. Xato yozilgan so‘zlar esa matn ta'sirini susaytiradi. To‘g‘ri
imlo muloqotda noaniqlik va tushunmovchiliklarni oldini oladi, fikr almashinuvini
osonlashtiradi.

Imlo to‘g‘riligi intellektual rivojlanishning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.

Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos rivojlangan, o‘z yozuviga ega bo‘lgan
adabiy tilda so‘zni bir xilda yagona tarzda yo‘lga qo‘yish uchun imlo to‘g‘risida qonun
qabul qilinadi. Imlo to‘g‘riligi insonning madaniy darajasini, saviyasini ko‘rsatuvchi
omil hisoblanadi. So‘zlarning yozilishidagi barqarorlik, qat'iylik millatni yakdiilikka,
ma'naviy jipslikka yetaklaydi. To‘g‘ri yozilgan matn o‘quvchida ijobiy taassurot
qoldiradi va muallifga nisbatan hurmat hissini uyg‘otadi. Aksincha, imlo xatolari matn
ta'sirini kamaytiradi va o‘quvchining e'tiborini asosiy mazmundan chalg‘itadi.

Bugungi kunda olimlar nutq madaniyatini rivojlantirish dolzarb til

muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy tilshunoslar yozma nutq
madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratmoqda.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

128

128

O‘quvchilar yozma nutqida bir qator imlo muammolari :

Fonetik xatolar - tovushlarni noto‘g‘ri harf bilan belgilash

Morfologik xatolar - so‘z qismlari imlosi bilan bog‘liq xatolar

Leksik xatolar - so‘zlarni aralashtirib yozish

Sintaktik xatolar - punktuatsion belgilarni noto‘g‘ri qo‘llash kabilar

uchraydi.

Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir. Undan o‘zaro suhbatlarda, ma'ruzalarda,

radio hamda televideniyada, uy, oila bahslarida foydalaniladi. Og‘zaki va yozma nutq
o‘rtasidagi farqlarni tushunmaslik ko‘plab xatoliklarga sabab bo‘ladi.

O‘quvchilarning yozma nutqini o‘stirish, imlosidagi kamchiliklarni to‘ldirish

uchun, avvalo, nazariy bilimlarni mustahkamlash, o‘zbek imlosining asosiy
tamoyillarini chuqur o‘rganish va amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish. talab
etiladi. So‘zlarni to‘g‘ri yozish bo‘yicha muntazam mashqlar bajarish, imlo lug‘ati
bilan ishlash, matnlarni tahrir qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish ham o‘quvchining
yozma nutqini o‘stirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ko‘p matn va hikoyalar
o‘qish orqali so‘zlarning to‘g‘ri yozilish shakli xotirada mustahkamlanadi.

Zamonaviy texnologiyalardan, masalan, imlo tekshiruvchi dasturlar, onlayn

lug‘atlar, ta'limiy ilovalardan foydalanish ham yozma nutqdagi xato-kamchiliklarni
aniqlab uni bartaraf etishga katta yordam beradi.

To‘g‘ri yozma nutq yaratishning ijtimoiy oqibatlari shundan iboratki, to‘g‘ri

yozilgan matn o‘quvchida muallifga nisbatan ishonch uyg‘otadi. Fikr almashinuv
jarayonida fikrning aniq va tushunarli ifodalashga olib keladi. Agar imlo xatolari
mazmunni buzsa, fikrini tinglovchiga to‘g‘ri yetkazilmasligiga olib keladi. Natijada
muallif obro‘si va aloqa pasayishi mumkin.

O‘quvchilar yozma nutqini o‘stirish, imlo xatolarini kamaytirish uchun muntazam

kamida 30 daqiqa badiiy va ilmiy adabiyot o‘qish, imlo daftari tutib yangi va qiyin
so‘zlarni alohida daftarga yozib borish, yozilgan matnni bir necha marta qayta ko‘rib
tahlil qilib chiqish, lug‘atdan foydalanish lozim. O‘quvchilar nutqini o‘stirish biz
o‘qituvchilarning mahoratimizga chambarchas bog‘liq. Ularga imlo qoidalarini
bosqichma-bosqich o‘rgatsak, ko‘proq yozuv amaliyoti bersak, har bir o‘quvchining
xatolarini tahlil qilib, ularga individual yondashsak samaraga erishishimiz mumkin.
Ularning to‘g‘ri yozishdagi har qanday kichik yutug‘ini ham rag‘batlantirsak,
o‘quvchida yozma nutqni takomillashtirishga motivatsiya uyg‘onadi. Yana
darslarimizda interaktiv imlo o‘yinlari, multimedialardan foydalansak darsning
qiziqarliligi yanada ortadi.

Xulosa qilib aytganda, so‘z qudrati - bu nafaqat grammatik to‘g‘rilik, balki fikrni

ta'sirli ifodalash san'atidir. Yozma nutqda imlo to‘g‘riligi bu qudratning eng muhim
tarkibiy qismidir. O‘qituvchilar, ayniqsa ona tili o‘qituvchisi, o‘zbek adabiy tili
me'yorlarini, yozma nutq me'yorlarini yaxshi bilishi, bu me'yorlarni talabaga aniq va


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

129

129

puxta tushuntirishi, ularning yozma nutq madaniyatini o‘stirish ustida tinimsiz
mashg‘ulot olib borishi zarur. Zero, imlo to‘g‘riligi nafaqat individual ko‘nikma, balki
umummilliy madaniyat masalasidir. Har bir so‘zning to‘g‘ri yozilishi milliy
tilimizning sof va boyligini saqlashga, kelajak avlodlarga yetkazishga hissa qo‘shadi.
Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda, yozma nutq
madaniyati va imlo to‘g‘riligini saqlash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Chunki so‘z qudrati - bu o‘tmish, hozir va kelajak o‘rtasidagi ma'naviy ko‘prikdir.

Foydalanilgan manbalar:

1. O‘zbek xalq maqollari va hikmatlari to‘plami. Toshkent. 2021.
2. N.Bekmirzayev. Notiqlik san’ati asoslari. Toshkent. Yangi nashr, 2008.
4. ziyouz.com.
5. Begmatov E. Hozirgi o'zbek adabiy tili. – Toshkent: O'qituvchi, 2018. – 312 b.
6. Boltaboyev H. ‘‘Ona tili ta'limining dolzarb masalalari», Toshkent, 2022

References

O‘zbek xalq maqollari va hikmatlari to‘plami. Toshkent. 2021.

N.Bekmirzayev. Notiqlik san’ati asoslari. Toshkent. Yangi nashr, 2008.

ziyouz.com.

Begmatov E. Hozirgi o'zbek adabiy tili. – Toshkent: O'qituvchi, 2018. – 312 b.

Boltaboyev H. ‘‘Ona tili ta'limining dolzarb masalalari», Toshkent, 2022