JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
62
62
OCIMUM BAZILICUMNING BIOLOGIK VA
DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Hamroqulova Nargiza Komil qizi
“Zarmed” universiteti b.f.f.d; PhD
Annotatsiya:
Ushbu maqolada rayhon (Ocimum bazilicum) o’simligining
dorivorlik xususiyatlari va xalq tabobatidagi o’rni yoritilgan bo’lib,ayrim kasalliklarda
foydalanish uchun muhim tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
rayhon, bazillik, tog’rayhoni, vegetatsiya, rozmarin kislotasi,
flavanoidlar, yurak-qon tomir kasalliklari.
Abstract:
This article describes the medicinal properties of the basil plant
(Ocimum basilicum) and its role in folk medicine, and provides important
recommendations for its use in certain diseases.
Key words:
basil, vegetation, rosmarinic acid, flavonoids, cardiovascular
diseases.
Kirish
: Mamlakatning boy o‘simlik dunyosida olti mingdan ortiq turli xil
o‘simliklar mavjud, ular orasida dorivor o‘simliklar ham bor. Bunday o‘tlar ekologik
toza bo‘lib oziq-ovqat, aromatik va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish
uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi.
O‘simlik materiallarini kompleks qayta ishlash barcha zamonaviy qoidalarga
muvofiq amalga oshiriladi, uning doirasida ishlab chiqarishning barcha xalqaro sifat
standartlariga javob beradigan ekstraksiya, tozalash, konsentratsiya, standartlashtirish
amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda eng keng tarqalgan dorivor o‘simliklar
rayhon (bazilik),
kashnich (koriander), arpabodiyon, yalpiz, sebarga
hisoblanadi. Yovvoyi
o‘simliklarni tekisliklarda va tog‘larda topish mumkin, shuningdek, bozorlar va
dorixonalarda sotib olish mumkin.
Botanik tavsifi:
Rayhon (
Ocimum)
Oddiy rayhon (Ocimum bazilicum)
labguldoshlar (Laminaceae) oilasining bir yillik, ziravor, dorivor va manzarali vakili.
O‘zbekistonda manzarali, ziravor va oshko‘k sifatida ekib o‘stiriladi. Bo‘yi 25-40 sm.
gacha bo‘lib may- oktabr oylarida gullab, urug‘ hosil qiladi. Urug‘lari erta bahorda
ko‘chatxonalrga sepiladi. Urug‘lar 12-15 0C haroratda unib chiqa boshlaydi. Nihollar
uchun optimal harorat 20-25 0C deb hisoblanadi va bu vaqtda ko‘chatlar 9- 14 kunda
paydo bo‘ladi. Issiqlikka, namlikka va yorug‘likka talabchan, qurg‘oqchilikka
chidamli o‘simlik. Hosildorligi gektaridan 40-80 s ko‘k masasa olinib, urug‘lari
unuvchanligini 4-5 yilgacha saqlaydi. Barglari tuxumsimon, rang intensivligi
yashildan och binafshagacha o‘zgaradi. Barg rangi va o‘simlik shakliga qarab oq
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
63
63
rayhon, sada rayhon, qora rayhon, osh rayhon, hoji rayhon kabi xillarga bo‘linadi.
Oddiy rayhon mineral o‘g‘itlarni qo‘llashga juda sezgir. Azotli o‘g‘itlar mavjud
bo‘lganda, yer usti massasining hosildorligi oshadi. Fosfor va kaliy efir moyining
sifatini yaxshilaydi va urug‘larning shakllanishi va pishishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Respublikamizda rayhonni 2 muddatda bahorgi va kuzgi muddatlarda ekish mumkin.
Yopiq maydonlarda esa yil bo‘yi o‘stirsa bo‘ladi. Rayhon o‘simligini begona o‘tlar
qoplab ketmasligi uchun uni tozalab turish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Vegetatsiya
davomida 12-13 marta sug‘oriladi va 4-5 marta kultivatsiya qilinadi. Kultivatorlar
yordamida yumshatiladi. Rayhon mineral va organik o‘gitlarga juda talabchan ekin
hisoblanadi. Uning yaxshi o ‘sishi, rivojlanishi va ko'proq ko'k massa yetishtirishda
o‘g‘itlash tizimini to‘g‘ri belgilash lozim bo‘ladi.
Ularning 300 dan ortiq navi bor.
Dorivorlik xususiyatlari:
Rayhon yoqimli hid beruvchi o‘simlik bo‘lib, u
talabchan emas va deyarli har bir uyda o‘sadi. Dunyo bo‘ylab bu o‘simlik bazilik
sifatida tanilgan, ammo O‘zbekistonda bu rayhon deb nomlanadi. Rayhon tabiiy
antibiotik bo‘lib, isitma tushirish va bakteriyalarga qarshi kurashuvchi vosita sifatida
ishlatiladi. Qadim zamonlardan beri turli patogenlar keltirib chiqaradigan shamollashni
davolashda foydalanilgan. Ushbu o‘simlik tarkibidagi moddalar mushaklarning
og‘rig‘ini kamaytiradi, yallig‘lanishni oldini oladi, balg‘amni bronxlar va o‘pkadan
olib tashlaydi va yo‘tal va burunning oqishi bilan kurashadi.
Bundan tashqari, rayhon parfyumeriya va efir moylarini ishlab chiqarishda faol
qo‘llaniladi. Rayhonning bir nechta turlari mavjud va ularning har biri o‘ziga xos
taʼmga ega: qizilmiya, limonli, chinnigulli, keng bargli.
Mahalliy aholi bunday o‘simliklarning moʻjizaviy kuchi haqida oldindan
bilishadi. Ular isteʼmol qilinadi, ziravor sifatida ovqatlarga qo‘shiladi, choy damlanadi,
dori sifatida ishlatiladi, shuningdek kosmetologiya yo‘nalishida ham qo‘llaniladi.
Dorixonalar va kosmetika do‘konlarida siz monoo‘tlardan, maxsus o‘simlik
damlamasi, vanna uchun o‘simlik preparatlari, turli xil foydali qo‘shimchalar, efir
moylari va boshqalardan xarid qilish mumkin. Har bir mahsulot tarkibida tabiiy
minerallar, vitaminlar va biologik faol moddalar mavjud.
Rayhonni qadimgi yunonlar yaxshi bilishgan. Rayhon-qadimgi yunoncha
"monarx" so'zidan olingan bo‘lib, Yunonistonda faqat monarx rayhonini yig'ish
mumkin bo‘lgan va xushbo'y poyalarni faqat oltin o'roq bilan kesishgan. Bugungi
kunda Hindiston, Janubiy Afrika, Shri Lanka, Gruziya va Rossiya Federatsiyasining
Krasnodar o‘lkasida bir yillik ekin sifatida keng tarqalgan. Bu o‘simlik asrlar davomida
xalq tabobatida xushbo‘y oshpazlik o‘ti va dori sifatida ishlatilgan. Yangi va quritilgan
barglar yoqimli ta’mi va xushbo‘yligi tufayli salatlar, makaron, sho‘rvalar va dengiz
mahsulotlari kabi ko‘plab taomlarda xushbo‘y moddalar sifatida keng qo‘llaniladi
Oddiy rayhon bioaktiv fitokimyoviy moddalar, ayniqsa efir moylari va fenolli
birikmalarning boy manbaidir. Xususan, yashil massasi tarkibida 0,3 % gacha efir moyi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
64
64
saqlaydi. Rayhon an’anaviy tibbiyotda bosh og‘rig‘i, yo‘tal, ovqat hazm qilish, yurak-
qon tomir va siydik tizimi kasalliklarida qo‘llaniladi. Rayhon tarkibida oqsillar,
uglevodlar, yog‘lar, kaliy, fosfor, kalsiy, magniy, temir, rux moddalari, C, B1, B5, B6,
PP, E vitaminlari, rozmarin kislotasi mavjudligi aniqlangan. O‘simlik tarkibidagi
fenolli birikmalar va flavonoidlar oziq-ovqatning organoleptik xususiyatlariga kuchli
ta’sir qilishdan tashqari, antioksidant, antimikrobial va antifungal ta’sir ko‘rsatish
xususiyatiga ham ega. Bundan tashqari, bu o't va undan olingan mahsulotlar
farmatsiya, kosmetika, parfyumeriya va oziq-ovqat qo'shimchalarini ishlab chiqarish
kabi turli sanoat tarmoqlarida keng qo'llanilmoqda. Uning chiroyli ko‘rinishga ega va
rang-barang xillaridan dekorativ o‘simlik sifatida ham foydalanish mumkin.
Xalq tabobatida togʻrayhonining yer ustki qismidan tayyorlangan damlamasi
nafas qisishi, o‘pka sili va bronxit kasalliklarida yo‘talni to‘xtatuvchi, balgʻam
ko‘chiruvch, va terlatuvchi dori sifatida hamda meda-ichak kasalliklarida (ichakning
zaiflanishi) ishtaxa ochuvchi va ovqat hazim qilishini yaxshilovchi hamda siydik va el
haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Togʻrayhoni yer ustki qismidan damlama
tayyorlash uchun qopqoqli idishga bir stakan qaynab turgan suv quyiladi, ustiga
maydalangan yer ustki qismida 15 gr ( uch osh qoshiq) solib, 2 soat damlab qo‘yiladi.
So‘ngra dokada suzib kuniga 3-4 marta bir osh qoshiqdan ichiladi. Togʻrayhon yer
ustki qismi ko‘krak kasaliklarida ishlatiladigan va terlatuvchi yigʻma choylar tarkibida
kiradi.
Xulosa:
Aynan mana shu o`simlikni ko`paytirish va bu o‘simlikdan xalq
tabobatida to‘gri foydalanib, turli xil kasalliklarga qarshi dori sifatida foydalanish,
farmasevtika sohasida ham keng ko‘lamda qo`llanilishini yo`lga qo`yish nur ustiga a`lo
nur bo`lar edi.Har xil kasalliklarga qarshi kimyoviy dorilardan foydalangandan
ko’ra,mana shu bazillikka o’xshagan dorivor o’simliklardan foydalanish ham
foydali,ham kamxarj usuldir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
ТАРКИБИДА М. и др. МЕХАНИЧЕСКИЙ СОСТАВ ПОЧВ РОМИТАНСКОГО РАЙОНА
И ЕГО ВЛИЯНИЕ НА ПЛОДОРОДИЕ ПОЧВ //DEVELOPMENT. – Т. 31. – С. 47.
2.
Амонова Д. Б., Хамрокулова Н. К. К., Сулаймонов Б. Б. У. Методы независимой и
творческой деятельности студентов в обучении биологии //Academy. – 2020. – №. 6 (57). –
С. 16-17.
3.
Хамрокулова Н. К. К. ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ИНТРОДУЦИРОВАННЫХ
КОРНЕВЫХ ЛЕКАРСТВЕННЫХ РАСТЕНИЙ БУХАРСКОГО ОАЗИСА //Academy. –
2021. – №. 1 (64). – С. 26-28.
4.
Хамроева Н. К. К. Преимущества возможностей “smart education” в обучении биологии
//Academy. – 2020. – №. 5 (56). – С. 50-52.
5.
Norboeva U., Xamrokulova N. SOYBEAN-A NATURAL SOURCE OF PROTEIN //E
Conference Zone. – 2022. – С. 79-81.
6.
Хамрокулова Н., Мустафаева М. И. БИОИНДИКАТОРНОСТЬ-ИЗУЧЕНИЯ СТЕПЕНИ
ЗАГРЯЗНЕНИЯ ВОД ПРИ ПОМОЩИ АЛЬГОФЛОРЫ БИОПРУДОВ //Национальная
ассоциация ученых. – 2016. – №. 4-1 (20). – С. 102-103.