Authors

  • Zulfiqorov A.N.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.103751

Keywords:

Kalit so‘zlar: tabiiy resurslar o‘simliklar antropogen omil tabiat flora fauna qizil kitob populyatsiya.

Abstract

Annotatsiya:  Insonni  tabiatga,  tirik  mavjudotlarga  ta’siri,  albatta  qadim 
davrlardanoq  boshlangan.  Qadimgi  kishilik  jamiyatidagi  formatsiyalarda  tabiatdan 
foydalanish,  rejasiz  va  tartibsiz  bo‘lgan.  Agar  insonlar  faoliyati  tartibsiz  holda 
rivojlansa, ya’ni ongli ravishda boshqarilmasa, u o‘zidan so‘ng faqat cho‘lni qoldiradi. 
O‘simliklarni dunyosi tiklanadigan tabiiy resurslarga kiradi, ularni yaxshi xususiyatlari 
borki,  ular  doimo  o‘sish,  rivojlanishida,  yangilanib  turishda.  Lekin  bunday  normal 
holatda ularni tiklanib turishi uchun ularga ko‘rsatilayotgan ta’sirlar ham bir me’yorda 
bo‘lishi  kerak.  Agarda  ularga  bo‘lgan  ta’sir  shu  qadar  beqiyos  va  kuchli  bo‘lsa 
tiklanadigan tabiiy resurslar ham tiklanmaydigan holatga tushib qoladi. Shuning uchun 
ularni hayotida inson ongli ravishda ishtirok etishi, bu jarayonni me’yorlab, boshqarib 
borishi zarur. Tabiatda o‘simliklar dunyosiga ko‘rsatiladigan antropogen omillarning 
salbiy ta’sirini kamaytirish yoki ularni batamom yo‘qotish kerak.  


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

59

59

TABIATGA INSON TA’SIRI

Zulfiqorov A.N

. - b.f.n., dotsent

“Zarmed” Universiteti

Annotatsiya:

Insonni tabiatga, tirik mavjudotlarga ta’siri, albatta qadim

davrlardanoq boshlangan. Qadimgi kishilik jamiyatidagi formatsiyalarda tabiatdan
foydalanish, rejasiz va tartibsiz bo‘lgan. Agar insonlar faoliyati tartibsiz holda
rivojlansa, ya’ni ongli ravishda boshqarilmasa, u o‘zidan so‘ng faqat cho‘lni qoldiradi.
O‘simliklarni dunyosi tiklanadigan tabiiy resurslarga kiradi, ularni yaxshi xususiyatlari
borki, ular doimo o‘sish, rivojlanishida, yangilanib turishda. Lekin bunday normal
holatda ularni tiklanib turishi uchun ularga ko‘rsatilayotgan ta’sirlar ham bir me’yorda
bo‘lishi kerak. Agarda ularga bo‘lgan ta’sir shu qadar beqiyos va kuchli bo‘lsa
tiklanadigan tabiiy resurslar ham tiklanmaydigan holatga tushib qoladi. Shuning uchun
ularni hayotida inson ongli ravishda ishtirok etishi, bu jarayonni me’yorlab, boshqarib
borishi zarur. Tabiatda o‘simliklar dunyosiga ko‘rsatiladigan antropogen omillarning
salbiy ta’sirini kamaytirish yoki ularni batamom yo‘qotish kerak.

Kalit so‘zlar:

tabiiy resurslar, o‘simliklar, antropogen omil, tabiat, flora, fauna,

qizil kitob, populyatsiya.

Abstract:

Man's influence on nature and living creatures has certainly started

since ancient times. In the formations of ancient human society, the use of nature was
unplanned and irregular. If human activity develops in a disorderly manner, that is, if
it is not consciously controlled, it will leave behind only a desert. The world of plants
is a renewable natural resource, which has good properties that are constantly growing,
developing, and renewing. But in order for them to recover in such a normal state, the
effects shown to them should be of the same standard. If the impact on them is so
incomparable and strong, the renewable natural resources will also become
nonrenewable. Therefore, it is necessary for a person to consciously participate in their
life, regulate and manage this process. It is necessary to reduce or completely eliminate
the negative impact of anthropogenic factors on the flora in nature.

Key words:

natural resources, plants, anthropogenic factor, nature, flora, fauna,

red book, population.


Kirish:

Butun evolyutsiya davomida yer yuzida hayot juda murakkab va barcha

tirik organizmlarni o‘zaro birligi, bir-birini taqozo etishlari bois, uni o‘zi uchun zarur
bo‘lgan biogen elementlarni doimiy ravishda ta’minlanib kelingan. Tirik moddaning
muhim bioximik funksiyasi bor ya’ni hayot doimiy ravishda davom etib kelgan. Bu
jarayonda, birinchi o‘rinda insonni roli katta. Yer yuzini o‘zgartirishda, oxirgi asrlarda,
ayniqsa insonni ta’siri kuchayib ketdi, bu insonni biologik tur sifatida ta’siri emas


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

60

60

balki, uni xo‘jalik faoliyati tufayli sodir bo‘lmoqda. Insonni tabiatga, tirik
mavjudotlarga ta’siri, albatta qadim davrlardanoq boshlangan. Insonni hayvonlardan
foydalanishi, dehqonchilik bilan shug‘ullanishi o‘zlashtirib olishi, asta-sekin tabiiy
o‘simliklar qoplamlarini o‘zgarishiga olib keladi. Qadimgi kishilik jamiyatidagi
formatsiyalarda tabiatdan foydalanish, rejasiz va tartibsiz bo‘lgan. Agar insonlar
faoliyati tartibsiz xolda (istisno, o‘zi bilarmonlik) rivojlansa, ya’ni ongli ravishda
boshqarilmasa, u o‘zidan so‘ng faqat cho‘lni qoldiradi. Ilgarigi vaqtlarda Surxondaryo
viloyatining mashxur Sangardon va To‘palangsoy havzalarida mashxur yurak
xastaligining dorisi sifatida ishlatiladigan omonqora o‘simligining zaxiralari qariyb
tugatildi. Huddi shuningdek Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida tarqalgan anzur
piyozi. Buxoro va Samarqand viloyatlarining dasht zonalarida tarqalgan bozulbang
o‘simliklarini ham zaxiralari tugatilib, ular “Qizil kitob” larga kiritildi. Shu kabi
Surxondaryoning mashxur Bobotog‘ida ko‘zoynak ilon, toshbaqa, echkamar kabi
hayvonlarni populyatsiyalariga katta zarar etkazilgan. Yuqorida biz ongli ravishda
insonni tabiiy floramizga bo‘lgan salbiy ta’sirini ko‘rdik. Endi esa xuddi shuningdek
salbiy tasirot chorva mollari tomonidan ham sodir etilmoqda. Tog‘li xududlarda hozir
ham juda ko‘p chorva mollari archazorlar, olmazorlar, do‘lanazorlar va na’matakzorlar
orasida me’yoriy ravishda boqilmoqda Ular buta va daraxtlarni shox-novdalarni
sindirib payxon qilmoqda va ularni tiklanish imkoniyatlarini keskin susaytirmoqda.
Chorva mollarni o‘rmonzorlarda boqmaslik kerak yoki ularni me’yorda boqishni
keltirish zarur. Yana shu narsani ta’kidlash joizki, atrof-muhitdagi chiroyli va xushbo‘y
gullaydigan o‘simliklarga ham kuchli taziyq tushmoqda. Shu bois, yaqin aholi
yashaydigan tog‘li xududlarning atroflarida lolalar, shirachalar, gulisalim kabi
manzarali o‘simliklarning zaxiralari kamayib, ularni areallari keskin qisqarib
bormoqda. O‘simliklar dunyosiga salbiy tasir ko‘rsatadigan antropogen omillariga,
yana kimyoviy birikmalar bilan qishloq xo‘jalik ekinlariga ishlov berishni kiritish
mumkin. Bunda begona o‘tlarga qarshi ayrim gerbitsidlar ishlatiladi, bu jarayonda
ayrim ko‘ngilsiz xodisalar ham bo‘ladi. Begona o‘tlar bilan bir qatorda boshqa
o‘simliklar ham yo‘qotiladi. Gerbitsid, pestitsid, insektitsidlar foydali xususiyati bilan
birgalikda salbiy tomonlari ham bor. Xullas tabiatda o‘simliklar dunyosiga
ko‘rsatiladigan antropogen omillarning salbiy ta’sirini kamaytirish yoki ularni
batamom yo‘qotish kerak. Insonni o‘simliklarga va o‘simliklar qoplamiga ta’sirini
quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. 1. Florani boyitish (Yoki uni butunlay
o‘zgartirish). Bunda botanika bog‘lari, qo‘riqxonlar, buyurtmaxonalar orqali floramiz
yoki o‘simlik qoplamlari o‘zgartiriladi. Muhofazaga muhtoj turlar aniqlanib ular “Qizil
kitob” larga kiritiladi va ular muxofaza etiladi. 2. Areallarni qisqarish yoki turlarni
yo‘qolib borishi. Bunda ongli va ongsiz ravishda insonlar florani o‘zgartiradi.
Muhofazaga muhtoj turlar aniqlanib ular “Qizil kitob” larga kiritiladi va ular muhofaza
etiladi. 3. Yerlarni xaydash, o‘rmonlarni maydonlarini qisqarishi o‘simliklarga salbiy


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

61

61

ta’sir etadi, ko‘pchilik turlar yo‘q bo‘lib ketadi. 4. Suv chiqarish, sug‘orish tufayli
o‘simliklarning holatini yahshilanadi, ularni hosildorliklari ortadi. Sun’iy
agrofitotsenozlar hosil qilish mumkin va zarur. 5. Insonlarning ish faoliyati va mexnat
qilish dastgohlari (zavod va fabrikalarda) orqali atmosferaga tutun chang va boshqa
kimyoviy birikmalar chiqarib o‘simliklarga salbiy ta’sir etadi. 6. Ruderal begona
o‘tlarni keltirib chiqarish axlat va boshqa xo‘jalik chiqindilari tashlangan joylarda sodir
bo‘ladi. 7. Suniy fitotsenozlarning hosil qilish. Bunda yuqori xosilli o‘simliklar tanlab
olinib, ular suniy ravishda o‘stirilishi zarur.

XULOSA:

Xulosa o‘rnida shuni takidlash joizki, o‘simliklar olamini va inson

hayotidagi o‘rni va ro‘li g‘oyat katta. Ular doimiy ravishda atmosferani kislorod bilan
boyitib, karbonat angidrid gazini kamaytirib turadi. Hech mubolag‘a qilmay aytish
mumkinki, Yer yuzidagi o‘simliklar dunyosini hayotning asosi, barcha tirik
mavjudodlar borlig‘ini taminlovchi asosiy manba sanaladi. Shuning uchun yashil
xazinamiz hisoblangan o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish barchamizning qarzimiz
va farzimizdir. Zero bu olam ham hozirgi va kelgusi avlodlarga uzoq yillar xizmat
qilmog‘i kerak.