Authors

  • Ismatova Mohigul To‘yevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.103755

Keywords:

Kalit so‘zlar. Ramz kuz xazon bahor istiqlol mustamlaka tutqin peyzaj tong.

Abstract

Annotatsiya.  O‘zbek adabiyotida qo‘llangan ramziy obrazlar mifologiya, folklor 
va  yozma  adabiyotda  o‘ziga  xos  badiiy  talqin  qilingan.  Jadid  she’riyatida  mazkur 
obrazga  yuklangan  ma’no  yanada  kengayib  ijtimoiy-siyosiy  g’oyalarni  aks 
ettirganligini ko‘rishimiz mumkin. Cho‘lpon , Fitrat o‘zbek she’riyatida simvolist shoir 
sifatida  alohida  mavqega  ega  ijodkorlar.  Ularning  she’rlarida  ijtimoiy-siyosiy 
tushunchalarning  ramziylashtirilishi  yaqqol  ko‘zga  tashlanadi.  Mazkur  maqolada   
jadid she’riyatida  kuz, xazon ramziy obrazlar orqali badiiy talqin qilingan ijtimoiy-
siyosiy muammolarning ifodasi hamda shoir mahoratiga baho berilgan.  


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

41

41

JADID SHE’RIYATIDA “KUZ”, “QISH”, “XAZON”

TUSHUNCHALARI IJTIMOIY -SIYOSIY G’OYALAR RAMZI

Ismatova Mohigul To‘yevna

Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

ismatovamoxigul@gmail.com

Annotatsiya.

O‘zbek adabiyotida qo‘llangan ramziy obrazlar mifologiya, folklor

va yozma adabiyotda o‘ziga xos badiiy talqin qilingan. Jadid she’riyatida mazkur
obrazga yuklangan ma’no yanada kengayib ijtimoiy-siyosiy g’oyalarni aks
ettirganligini ko‘rishimiz mumkin. Cho‘lpon , Fitrat o‘zbek she’riyatida simvolist shoir
sifatida alohida mavqega ega ijodkorlar. Ularning she’rlarida ijtimoiy-siyosiy
tushunchalarning ramziylashtirilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur maqolada
jadid she’riyatida kuz, xazon ramziy obrazlar orqali badiiy talqin qilingan ijtimoiy-
siyosiy muammolarning ifodasi hamda shoir mahoratiga baho berilgan.

Kalit so‘zlar.

Ramz, kuz, xazon, bahor ,istiqlol, mustamlaka, tutqin, peyzaj,

tong.

Jadid shoirlari davrning ijtimoiy – siyosiy muammolarni tasvirlashda anʼanaviy

obrazlarga yangi maʼno yuklay boshladilar. Jumladan, fasllarni ifodalovchi atamalarga
asl maʼnosidan farqli ravishda zamon ruhiga bogʼliq yangi gʼoyaviy mazmun bilan
boyitildi. Bunday ramziy obrazlar folklor va mumtoz adabiyot anʼanalaridan
oziqlangan boʼlsada, oʼziga xos ramziy-timsoliy tasvirlar jadid sheʼriyatining asosiy
xususiyati sifatida koʼzga tashlanadi.

Mumtoz oʼzbek sheʼriyatida kuzda bahorni sogʼinish, qishning aziyatli

kunlaridan sogʼ-omon chiqish, umuman, borliq va yoʼqlik muvozanati, hayot va oʼlim
mavzularini badiiy talqin qilishda “bahor–xazon”, “yoz–qish” tazodidan keng
foydalanilgan. Jadid ijodkorlari asr boshidagi Turkistonning ayanchli, xoʼrlangan
manzarasini badiiy talqin qilishda “qish”, “kuz” ramzidan, “bahor” – millatni
uygʼotish, taraqqiyot, hurriyat, erk ramzi, “yoz”– vatan va millat ramzi sifatida talqin
qilingan.

Yil fasllarini ramziylashtirishda Аbdulla Аvloniy, Sidqiy Xondaliqiyning

tasvir yaratishi bevosita mumtoz anʼanalardan oziqlangani koʼproq koʼrinsa, Choʼlpon,
Fitrat yangi davr hamda Gʼarb sheʼryatining taʼsiri yaqqol koʼzga tashlanadi. Jadid
shoirlari davrning ijtimoiy – siyosiy muammolarni tasvirlashda anʼanaviy obrazlarga
yangi maʼno yuklay boshladilar. Jumladan, fasllarni ifodalovchi atamalarga asl
maʼnosidan farqli ravishda zamon ruhiga bogʼliq yangi gʼoyaviy mazmun bilan
boyitildi. Bunday ramziy obrazlar folklor va mumtoz adabiyot anʼanalaridan
oziqlangan boʼlsada, oʼziga xos ramziy-timsoliy tasvirlar jadid sheʼriyatining asosiy


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

42

42

xususiyati sifatida koʼzga tashlanadi.

Mumtoz oʼzbek sheʼriyatida kuzda bahorni sogʼinish, qishning aziyatli

kunlaridan sogʼ-omon chiqish, umuman, borliq va yoʼqlik muvozanati, hayot va oʼlim
mavzularini badiiy talqin qilishda “bahor–xazon”, “yoz–qish” tazodidan keng
foydalanilgan. Jadid ijodkorlari asr boshidagi Turkistonning ayanchli, xoʼrlangan
manzarasini badiiy talqin qilishda “qish”, “kuz” ramzidan, “bahor” – millatni
uygʼotish, taraqqiyot, hurriyat, erk ramzi, “yoz”– vatan va millat ramzi sifatida talqin
qilingan.

Choʼlponning sheʼriyatida kuz va xazon mavzusiga koʼp murojaat qilingan.

Shoir sheʼrlarida tabiat va inson, tabiat va jamiyat orasidagi uygʼunlik peyzaj vositada
yuzaga chiqadi. Ushbu uygʼunlikni tabiatning goʼzalligi va jamiyatdagi murakkabliklar
birlashtiradi.

Lirik sheʼrlarda “kuz”, “xazon” ramzi koʼpincha insonning umidlari va hasratlari

orasidagi murakkabliklarning badiiy ifodasi uchun xizmat qiladi. Biroq Choʼlpon
ijodida mazkur ramzlar ijtimoiy-siyosiy tushunchalarga doir gʼoyalarni ifodalash
uchun boʼysundirilganligini koʼrish mumkin. Buni shoirning “Kuz” sheʼri misolida
ham koʼrishimiz mumkin.

Koʼm-koʼk ekan, sargʼaydilar yaproqlar –
Ogʼriq, magʼlub, tutqun Sharqning yuzidek.
Boʼronlarning koʼzlari, kim oʼynoqlar,
Gʼolib Gʼarbning qonga toʼlgan koʼzidek.
Bahorda koʼm-koʼk boʼlgan yaproqlarning sargʼayishi tabiiy jarayon. Shoir mana

shu tabiiy jarayondan oʼzining badiiy niyati uchun mahorat bilan foydalangan. Kuzda
sargʼaygan yaproqlar “ogʼriq va magʼlub boʼlgan Sharqning yuziga” qiyoslanadi.

Sharqning "magʼlub" va "tutqun" holati jamiyatdagi adolatsizlik, zulm va inson

huquqlarining buzilishiga ishora qiladi. Sheʼrda ijtimoiy adolat va inson huquqlari,
millat erki masalasi peyzaj tasviri vositasida yuzga chiqarilar ekan, aytish mumkinki,
bu oʼrinda tabiat ijtimoiylashtiriladi. “Tutqun Sharq” va “ qonga toʼlgan Gʼarb”
qiyoslanadi. “Choʼlpon sheʼrlarida tabiat manzaralari, fasllar tasviri aksariyat
shoirning ruh va kayfiyatinigina emas, qay bir darajada gʼoya va maslagini ham oʼzida
namoyon etadi. 1921-23-yillarda yozilgan sheʼrlarda tabiatga ijtimoiy sifatlar berilardi.
Manzaraga mos zamon voqealari - haqsizliklarga ishora qilinardi. Bir soʼz bilan
aytganda, tabiat ijtimoiylashardi va bular koʼpincha “Sharq” va “Farb” muqoyasasida
berilardi”.

Ijodkor qancha buyuk boʼlsa, unda hissiyot ham shuncha kuchli boʼladi. Buni

Choʼlpon sheʼrlari yaqqol isbotlaydi. Choʼlpon oʼz fikrlariga oʼta sobit edi. Buning
amaliy isboti – shoir qoldirgan yuksak pafosdagi sheʼriy bisotidir, chunki unda ijodkor
shaxs imon-eʼtiqodi va qarashlari bilan jamiyatga koʼz tutdi. Shu orqali jamiyatni
uygʼotishga, millatni millat boʼlishga chaqiradi, mustamlakachilikni ayovsiz tanqid


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

43

43

qiladi.

Balo yangligʼ qator-qator chizilib,
Koʼk yuzidan qargʼalar ham oʼtarlar
Sharqdek ichdan yashiringina ezilib,
Koʼp jonlilar soʼnggi tinni kutarlar
Dunyoda yakkahokimlikka intilgan sobiq shoʼro davlati, kommunistlar partiyasi

oʼzining siyosiy muxoliflarini yenggach, Haq va haqiqatni tanigan, iymon va eʼtiqodni
odamiylik mezoni deb bilgan millatni mustamlaka aylantirdilar. Choʼlpon bunday
ayanchli tasvirni berishda “qora bulut, “ kuz qoʼshigʼi” ramzlari orqali badiiy talqin
qiladi.

Qora bulut toʼdasi kim koʼklarni –
Sharqni yopgan parda yangligʼ yopmushdir.
Kuz qoʼshini – ogʼu toʼlugʼ oʼqlarni
Yoz bagʼriga hech sanoqsiz otmishdir
Sharqni pardaday yopgan “qora bulut” toʼdasi – Turkiston ozodligini yoʼqqa

chiqarishni istagan mustamlakachilar. “Qora bulut” “kuz qoʼshigʼi”ni kuylashni
istaydi. Bu qoʼshiq “ogʼu”ga toʼlugʼ. Eʼtibor bersak, Choʼlpon sheʼrda yoz – kuzni
kontrast uslida tasvirlash orqali maqsadini yana oydinlaytiradi. Bu bilan “yoz” va
“kuz” ramziy obraziga yuklangan maʼno doirasini kengaytiradi. “Kuz” – istibdod,
mustamlakachilar, “yoz”– vatan va millat taqdiriga ishora.

Balo yangligʼ qator-qator chizilib,
Koʼk yuzidan qargʼalar ham oʼtalar.
Sharqdek ichdan yashiringina ezilib,
Koʼp jonlilar soʼnggi tinni kutalar.

Butun borliq – chogʼlik oʼchish oldida,
Sovuq… qora qishga koʼchish oldida.
Bilamizki, tabiatning “soʼngi tini” - bu qish. Choʼlpon tabiatdagi mana shu holatni

jamiyatga koʼchirgan. “Soʼnggi tin – uyquga ketish”. “Soʼngi tin”ni kutganlar “ichdan
yashiringina ezilgan koʼp jonlar”dir, deya taʼkidlaydi. Sheʼrning oxirgi ikki misrasida
shoir firini ochiq bayon qiladi. Butun borliq (jamiyat) “qora qishga koʼchish oldida”.

Choʼlponing nasriy asararida ham qish ramzidan keng foydalanilgan. “Bahor

avvallari” hikoyasi tasvir kuchi, ramziy ishoraviyligiga koʼra alohida ajralib turadi.
Shoir hikoya soʼngida bir bayt keltiradi.

Ichung choy oʼturing behuda gʼiybat soting ey xalq,
Kelur qish bir vaqt qolmas sizga davru davronlar.
Hikoya soʼngida keltirilgan misralar orqali shoir xalqning maʼnaviy tanazzulini

badiiy talqin qiladi. Bunday maʼnaviy tanazzul esa esa “qorongʼulikdir”. Qish -
qorongʼulik, zulmat, jaholat va tanazzul ramzi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

44

44

Umuman olganda, Choʼlpon istibdodga boʼlgan isyonini ramzlar tilida ifodalar

ekan, millat va Vatan taqdiri uchun kurashuvchan shaxs sifatida namoyon boʼladi.
Choʼlpon oʼz ijodida istibdodga boʼlgan isyonini ochiq-oshkor ifodalagan shoirlardan
biridir. Hatto bolьshieviklar hukumati davrida ham senzuraning taʼsiri pisand qilmay,
fikrlarni ramzlar tiliga koʼchirdi.

Sharqni pardaday yopgan “qora bulut” ramzining oʼziga xos talqinini Аbdurauf

Fitratning “Oʼquvchilar yurtigʼa” sheʼrida ham koʼrishimiz mumkin.

Orqadoshlar, toʼplanaylik jahlning uyin yiqqali,
El koʼzin olgʼan qorongʼu pardalarni yirtqali.
Biz erurmiz maʼrifat arslonlari, ilm erlari,
Toʼplanaylik, turk eligʼa toʼgʼri yoʼllar ochqali
Fitrat tasvirlagan “jahl uyi” xalqining gʼaflat, jaholat va qorongʼu ahvoliga ishora.

Millatning “koʼzlarini qoplagan qora pardalar” Fitrat yashagan davrda xalqning
bilimsizligidir. Sheʼr davomida Аbdurauf Fitrat oʼqituvchilarni jadidchilik harakati
yoʼlida birlashishga chaqirdi. Sheʼrda daʼvatkor ruh ustivor. Shoir shu orqali
oʼqituvchilarni jadidchilik harakati yoʼlida birlashishga chaqirdi. Sheʼrda qoʼllangan
“toʼplanmoq”, “qutqarmoq” kabi soʼzlar jadidchilikni ommaviy harakat izlarini oʼzida
mujassam etgan soʼzlar deyishimiz mumkin.

Maʼlumki, Аbdurauf Fitratning oʼzbek tilidagi sheʼrlari juda oz.

Аdabiyotshunoslar bu sheʼrlar hajmini 20 ga yaqin ekanligini taʼkidlaydilar.

Jadid sheʼriyatida fasl nomlariga yangi maʼno yuklanishi, ijodkorlarning zamon

talablari va ijtimoiy oʼzgarishlariga javob berish istagi bilan bogʼliq edi, albatta.
Fitratning oʼzbek tildagi sheʼrlarida yil fasllari nomining ramziylashtirilish holati
kuzatilmaydi. Biroq uning tojik tilidagi sheʼrlarida buning tezkarisi. Fitratning tojik
tilidagi sheʼrlari 1909- yilda Istambulda “Sayha” nom ostida nashr qilingan. Toʼplamga
kirgan sheʼrlarning barchasi Vatan va millat erki haqida. Shoir shuning uchun ham oʼz
toʼplamiga “Sayha” deb nom berdi. Chunki Vatan haqida hissiz, sokin soʼzlab
boʼlmaydi. “Sayha” – “bong, faryodi dahshatangiz, naʼra” demakdir. Demak, Fitrat
Vatanning kelajagidan qaygʼurub faryod bilan kuyladi. Xalqning ozodligi, adolatli
hayot va ijtimoiy tenglik haqida bong urdi. Millatni birlikka chaqirmoq uchun naʼra
tortdi.

“Sayha”ga kirgan sheʼrlarda ramziy maʼno ustivor. Shoirning «Tiramoh» (Kuz )

sheʼri fikrimizni tasdiqlaydi.

In fasli xazon ast, daraxton hama zardand,
Ku sabza, kujo lola, ba gulzor chӣ kardand?
Аz changu gʼubore, ki buvad mohi xazonro,
Bechora daraxton hama oludai gardand.
Murgʼoni gʼazalxon, ki zi gulzor paridand,
To fasli bahoroni digar hej nagardand.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

45

45

Har gʼallavu har donavu har meva, ki didem,
Burdand zi sahrovu ba anbor supurdand.
Gʼazal janriga mazkur sheʼrda kuz manzarasi tasvirga olingan. Gulzordagi

gulllardan nishon qolmagan. Gʼazalxon bulbul gulzordan uchib ketgan.Uni keyingi
bahorda hech kim koʼrmaydi...

Gʼazaldagi “fasli xazon”, “zardii daraxton” (daraxtlarning sargʼayishi),

“gʼanimatii sabzavu, lolavu, gulzor”, “changu gʼubor”, “mohi xazon”, “daraxtoni
bechorai oludai gard” (changga burkangan bechora daraxtlar), “raftanu barnagashtani
murgʼoni gʼazalxon” (gʼazalgoʼy qushlarning borishi, ammo qaytmasligi), “fasli
bahoroni digar” kabi birikmalar ramziy maʼnoda qoʼlangan. Diqqat qilsak, kuzning
hazin holati va shoirning ruhiyatida yaqinlilik bor. Buni sheʼrdagi “gʼazalgoʼy qushlar”
ramzidan ham anglash mumkin. Gʼazalgoʼy qush – bu shoirning oʼzi.

Fitratning toʼrt baytdan iborat boʼlgan “Zimiston rasidaast, joni barodar” misrasi

bilan boshlangan qitʼsida ham qish fasli ramziylatirilgan. Qish, qor – zulmat ramzi
sifatida badiiy talqin qilingan. Qora bulutlar quyoshning bosh koʼtarishiga yoʼl
qoʼymaydi. Quyosh - istiqlol, erk ramzi sifatida badiiy talqin qilingan.

Zimiston rasidaast, joni barodar,
Jahonro giriftaast sarmo sarosar.
Hama dar tahi barf gardida pinhon,
Chi koʼhu chi sahro, chi devoru dar.
Chunon abr bebok gardida in fasl,
Ki xurshed az bar n–orad burun sar.
Chi yoro, ki ohu ba sahro zanad sum,
Chi hadde, ki pashsha zanad dar havo par.
Mazmuni: Qish yetib keldi jon ukam. Jahon boʼylab qahraton sovuq hukmron.

Togʼ ham, cho’l ham, eshik-u devor ham qor tagida yashirindi. Bu faslda bulut juda
jasur va jurʼatli boʼldi-ki, hatto quyosh ham yuzini koʼrsata ololmadi. Hatto ohu ham
tuyogʼini qimirlata olmaydi va pashsha ham havoda qanot qoqolmaydi.

Bir qarashda Fitrat qahraton qishning tasvirini berayotganday. Аslida lirik

qahramon (shoir) birodariga murojaat qilish orqali jamiyatda hukm surgan
mustamlakachilikning ayanchli ahvoliga ishora qiladi. Qish – mustamlakachilik ramzi,
bulut – mustamlakachilar – rus bosqinchlilari, qor tagida qolgan quyosh – millat ramzi
sifatida talqin qilingan. Fitrat mamlakatdagi ahvolning nihoyatda ogʼirligini “togʼ ham,
cho’l ham, eshik-u devor ham qor tagida yashiringan, hatto ohu ham tuyogʼini qimirlata
olmaydi, pashsha havoda qanot qoqolmaydi” kabi ta’riflar orqali haqqoniy tasvirlab
berishga erishgan.

Fitrat Choʼlpon kabi istibdodga qarshi isyonini birinchi boʼlib ochiq-oshkor

ifodalagan shoir sifatida, bolsheviklar hukumati tomonidan joriy etilgan senzuraning
bosimi kuchaygan sari, oʼz fikrlarini ramzlar tiliga oʼtkazishga va ularni pardalab


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-2_June-2025

46

46

ifodalashga majbur boʼlgani maʼlum. Buni yuqoridagi ramzlarga asoslangan sheʼr
misolida ham koʼrishimiz mumkin.

Аytish mumkinki, poetik mezonlar har bir davr adabiyoti va uning vakillarining

asarlariga ijodiy va estetik jihatdan baholash uchun asos boʼlib xizmat qiladi. Ushbu
mezonlar anʼanaviy mavzularni zamonaviy kontekstda qayta tadqiq qilishni, ularga
yangi maʼno yuklash va oʼziga xos uslubda ifodalash imkonini beradi. Shuning uchun
shoirlar anʼanaviy mavzular va obrazlarni oʼz asarlarida qaytadan yaratishga
intilganlar. Jumladan jadid ijodkorlari ham tabiat va tabiat hodisalarni badiiy talqin
qilish orqali ularga yuklangan ramziy-timsoliy maʼnolar doirasini kengaytirdilar.
Bundan tashqari, jadid ijokorlari anʼanaviy mavzu va ramziy obrazlarni oʼz asarlarida
oʼzlarining individual estetik qarashlari bilan boyitdilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Mingboyeva D.Timsollar tilsimi. –T.: Yangi asr avlodi. 2007.
Cho‘lpon. Yana oldim sozimni. -Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991.
Quronov D. Cho‘lpon hayoti va ijodiy merosi. T.: O‘qituvchi, 1997.
Quronov D. Cho‘lpon nasri poetikasi. “Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati.T.: – 2004.
Eshonqulov H. Samovot – ishq mahzari. Istiqlol davri navoiyshunosligi. XXX jildlik.
XXIII jild –T.: “Tamaddun”, 2021.
Qosimov B., Yusupov Sh., Dolimov U., Rizayev Sh, Ahmedov S. Milliy uyg‘onish
davri o‘zbek adabiyoti. Oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlari uchun darslik. –
Toshkent: Ma’naviyat, 2004.








References

Mingboyeva D.Timsollar tilsimi. –T.: Yangi asr avlodi. 2007.

Cho‘lpon. Yana oldim sozimni. -Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991.

Quronov D. Cho‘lpon hayoti va ijodiy merosi. T.: O‘qituvchi, 1997.

Quronov D. Cho‘lpon nasri poetikasi. “Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi bosh tahririyati.T.: – 2004.

Eshonqulov H. Samovot – ishq mahzari. Istiqlol davri navoiyshunosligi. XXX jildlik.

XXIII jild –T.: “Tamaddun”, 2021.

Qosimov B., Yusupov Sh., Dolimov U., Rizayev Sh, Ahmedov S. Milliy uyg‘onish

davri o‘zbek adabiyoti. Oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlari uchun darslik. –

Toshkent: Ma’naviyat, 2004.