JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
9
9
JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISHDA O‘ZBEKISTON
RESPUBLIKASI VA INTERPOLNING XALQARO HAMKORLIGI
Yahyoyev Javohir Bahodir o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti
jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi
va amaliyoti magistratura talabasi.
+998900274880
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Xalqaro Jinoyat
Politsiyasi Tashkiloti (Interpol)ning jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi xalqaro
hamkorligi tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi va Interpol o‘rtasidagi
hamkorlikning rivojlanishi, shu jumladan axborot almashish, qo‘shma operatsiyalar
o‘tkazish va jinoyatchilarni qo‘lga olish borasidagi o‘zaro harakatlar ko‘rib chiqiladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda, O‘zbekistonning kiberjinoyatchilik, terrorizm, odam
savdosi, va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashishdagi xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishdagi roliga e’tibor qaratiladi. Ishda Interpolning milliy markaziy byurosi
(MMB) va uning O‘zbekistondagi faoliyati, hamkorlikning samaradorligini oshirish
maqsadida amalga oshirilgan amaliyotlar, o‘quv dasturlari va texnik yordam ko‘rsatish
kabi masalalar hamda muammolar tahlil etiladi.
Kalit so‘zlar:
Xalqaro hamkorlik, Interpol, Kiberjinoyatchilik, Axborot
almashish, Terrorizm, Odam savdosi, Giyohvand moddalar savdosi, Milliy markaziy
byuro (MMB).
Abstract:
This article analyzes the international cooperation between the
Republic of Uzbekistan and the International Criminal Police Organization (Interpol)
in the fight against crime. The development of cooperation between the Republic of
Uzbekistan and Interpol, including the exchange of information, conducting joint
operations and mutual efforts to apprehend criminals, will be considered. In addition,
Uzbekistan’s role in the development of international cooperation in combating
cybercrime, terrorism, human trafficking, and drug trafficking will be highlighted. The
work analyzes issues and problems of the National Central Bureau of Interpol (MMB)
and its activities in Uzbekistan, practices implemented in order to increase the
effectiveness of cooperation, training programs and technical assistance.
Key words:
International cooperation, Interpol, Cybercrime, Information
exchange, Terrorism, Human trafficking, Drug trafficking, National Central Bureau
(MMB).
Аннотация:
В
данной
статье
анализируется
международное
сотрудничество между Республикой Узбекистан и Международной
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
10
10
организацией уголовной полиции (Интерпол) в борьбе с преступностью. Будет
рассмотрено развитие сотрудничества между Республикой Узбекистан и
Интерполом, включая обмен информацией, проведение совместных операций и
взаимных усилий по задержанию преступников. Кроме того, будет освещена
роль Узбекистана в развитии международного сотрудничества в борьбе с
киберпреступностью, терроризмом, торговлей людьми и незаконным оборотом
наркотиков. В работе анализируются вопросы и проблемы Национального
центрального бюро Интерпола (НЦБ) и его деятельности в Узбекистане,
практика, реализуемая в целях повышения эффективности сотрудничества,
программы обучения и технической помощи.
Ключевые
слова:
Международное
сотрудничество,
Интерпол,
Киберпреступность, Обмен информацией, Терроризм, Торговля людьми,
Незаконный оборот наркотиков, Национальное центральное бюро (ММБ).
KIRISH
Hozirigi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashish, ularni oldini olish hamda aholini
jinoyatga qarshi ruhda tarbiyalash har bir davlatning oldida turgan vazifa
hisoblanadi.Buning eng asosiy sababi shuki, jinoyatlar nafaqat insonlarning yashash
huquqi, jamiyatning boshqa manfaatlarga zarar yetkazibgina qolmay,balki,
davlarlarning manfaatlariga, hatto ba’zi holatlarda suverinitetiga daxl qilmoqda. Shu
bois bunday jinoyatlar davlatlar o‘rtasidagai kelishuvlar asosida xalqaro xarakterdagi
jinoya deb tan olish va ularga nisabatan choralar ko‘rishga ehtiyoj tug‘ilmoqda.
Jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorlik sohasida Xalqaro jinoyat politsiyasi
tashkiloti (Interpol)ning xalqaro hamjamiyatdagi ahamiyati va rolini kundan kunga
ortib bormoqda. Ko‘plab davlatlar,shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar
organlarining ham Interpol bilan hamkorligi, hamda raqamlashtirish davrida
aloqalarining rivojlanish istiqbollari kengayib bormoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Umuman olib qaraganda jinoyatchilikka qarshi kurash - bu davlat va jamoat
organlarining jinoyat qonuni normalariga rioya etilishini ta’minlashga, u bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlar va manfaatlarga zarar yetkazilishining oldini olishga
qaratilgan, jinoyatga faol qarshilik ko‘rsatish bilan tavsiflangan va jinoyatchilikning
oldini olishda ifodalangan tizimli faoliyatidir. “Jinoyatchilikka qarshi kurash” atamasi
ko‘pincha davlat, jamiyat va jinoyat munosabatlariga nisbatan qo‘llaniladi.
1
Lug‘atlarda "kurash" atamasi qarama-qarshi manfaatlarga ega bo‘lgan ayrim guruhlar
o‘rtasidagi faol qarama-qarshilik sifatida talqin qilinadi. A.I. Dolgovaning
ta’kidlashicha, aynan “kurash” tushunchasi davlat va jamiyat faoliyatining ushbu
turining xarakterli xususiyatlarini to‘liq aks ettiradi. Hozirgi davrda rivojlangan hamda
1
Jinoyatchilikka qarshi kurashishga ta’rif: wikipedia.Борьба_c_преступностью
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
11
11
rivojlanoyatgan davlatlar o‘z e’tiborlarini xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishga
qaratishmoqda. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik- bu xalqaro
huquq subyektlarining ichki huquq bilan taribga solinadigan shaxs, jamiyat, davlat va
xalqaro hamjamiyatni jinoyatchilikdan himoya qilish bo‘yicha birgalikdagi faoliyati
hisoblanadi. Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik deganda xalqaro
huquq subyektlarini noqonuniy xatti-harakatlarini oldini olish, aniqlash, ularga chek
qo‘yish va tergov qilish, aybdorni jazolash, jinoyat bo‘yicha o‘zaro yordam ko‘rsatish,
shuningdek shaxslarni qidirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda namoyon
bo‘ladigan
muvofiqlashtirilgan
faoliyat
tushuniladi.
2
Xususan,
olimlar
jinoyatchilikning oldin olishda xalqaro hamkorlikni ahamiyati bo‘yicha turli xil
fikrlarni bildirishadi. Jumladan, Professor David
McClean, bugungi kunda hech bir
davlat alohida o‘zi jinoyatchilik muammosini hal qila olmaydi deya
ta’kidlaydi.
3
Shuningdek, Neil Boi o‘zining "An Introduction to Transnational Criminal
Law" kitobida xalqaro munosabatlar doirasida qonuniy tizimlar integratsiyasi,
protsessual normalarning uyg‘unlashuvi va milliy qonunchilikni qonunchilik
standartlariga moslashtirish kabi muhim jarayonlarni amalga oshirish jinoyatchilikni
oldin olishda har tomonlama ko‘mak berish haqida fikr bildiradi.
4
Osiyo mintaqasidagi
olimlardan, Zhang o‘zining asarida Osiyo mamlakatlarining xalqaro politsiya
hamkorligining
o‘ziga
xos
xususiyatlarini
tahlil
qilib,
munosabatlarni
rivojlantirishning ahamiyatini ta’kidlaydi.
5
Williams va Vlassis o‘z asarlarida
transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishda kompleks ishlab chiqarish zarurligini
ta’kidlab, hamkorlikning konseptual asoslari va amaliy faoliyat yo‘nalishlarini yoritib
bergan.
6
O‘zbek olimlardan, Professor Akmal Saidov fikricha, Xalqaro hamkorlik
nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurash, milliy huquq-tartibot organlarining rivojlanishi
uchun ham muhim ahamiyatga ega kasb etadi. Darhaqiqat, huquq himoyasi orqali
davlatlar jinoyatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezkor almashish, jinoyat usullarga
oid axborotlarni o‘rganish va statistik ma’lumotlarni tekshirishga nisbatan ega bo‘ladi.
7
Jinoyatga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik asosiy yo‘nalishlari sifatida Axborot
almashish va razvedka faoliyati, Qo‘shma operatsiyalar va tergovlar, Ekstraditsiya va
o‘zaro sud hamkorligi hamda Kiberjinoyatchilik va kiberxavfsizlikka qarshi kurash
yo‘nalishlarda olib boriladi.
8
Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashida asosiy tashkiloti
sifatida Interpol o‘zining a’zo davlatlari bilan maxsus prinsiplarga tayyanga holda o‘z
2
А.Е. Шалагин М.Ю.Гребенкин: Международное сотрудничество в сфере противодействия преступности на
современном этапе // Учённые записки Казанского юридического института МВД Росии.2020. Т. 5 №2(10). С.
260-268.-
3
McLean, D. (2022). International cooperation in criminal cases. Oxford University Press.
4
Boister, N. (2023). Introduction to Transnational Criminal Law. Cambridge University Press.
5
Zhang, L. "Asian Perspectives on International Police Cooperation"Asian Journal of Criminology,18(3),89-112.
6
Williams, P. and Vlassis, D. (2022). Combating Transnational Crime: Concepts, Activities, and Responses.Routledge.
7
Saidov, A. (2021). xalqaro huquq va milliy qonunchilik. Toshkent.
8
Гринь И. Ю. Международное сотрудничество в сфере уголовного судопроизводства: дис.канд. юрид. наук;
12.00.09. СПб., 2006.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
12
12
faoliyatini amalga oshiradi. Shu jumladan, Uning faoliyatida jinoyatchilikka qarshi
kurashish sohasidagi hamkorlik nafaqat Interpol Nizomi va Reglamentlari bilan
tartibga solinishi, balki jinoyat, jinoyat-protsessual, ma’muriy va milliy
qonunchilikning boshqa tarmoqlari normalari bilan ham uzviy bog‘liq bo‘lishi
kerakligi ham nazada tutiladi.
9
Uning huquqiy maqomiga tavsif berilar ekan, milliy
qonunchiligi asosida hamkorlikni amalga oshiruvchi, shu bilan birga, Butunjahon
inson huquqlari Deklaratsiyasi asosida taribga solinuvchi turli xil davlat politsiya
tashkilotlarining birlashtiruvichi
10
hamda Interpol barcha politasiya organlarining
o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi, hatto alohida diplomatik munosabatlari mavjud
bo‘lmagan davlatlari o‘rtasida ham hamkorlikni ta’minlovchi subyekt sifatida
tasvirlandi.Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, u hamakorlikda,
xalqaro terrorizmga qarshi kurash;
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish;
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash;
Narkotik savdosiga qarshi kurashish;
Odam savdosiga qarshi kurashda samarali faoliyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunining 45-
moddasiga nazar tashlansa, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq
boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar
bilan o‘z vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishi belgilab
o‘tilagan. Ya’ni, bu moddani sharhlaydigan bo‘lsa, Ichki ishlar vazirligi aynan o‘zining
sohasi doirasida, tergov, surishtiruv, jinoyatni oldini olish va jinoyatga qarshi kurashish
sohalarida,yoki bo‘lmasa yuqoridagi qonunda belgilangan vakolatlaridan kelib
chiqqan holda boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik olib borishi
mumkin. Hozirgi kunda xalqaro hamkorlik masalasi bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi
Interpol bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
11
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Interpol bilan xalqaro
jinoyatga qarshi kurashishdagi hamkorligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 2-iyun sanasidagi 343-sonli Qarori asosida tasdiqlangan
Nizom tartibga solinadi. Qarorda O‘zbekiston Respublikasida Interpolning Milliy
markaziy byurosini faoliyatini tashkil etish va uni takomillashtirish chora-tadbirlari
ko‘zda tutilgan.
12
Nizomning umumiy qoidalarga ko‘ra, Interpol NCB O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, maqomi bo‘yicha
9
Nepote J. Crime international // Revue de la Police National (Paris). 1973. № 437. P. 46.
10
Копылова Ю.И. Особенности деятельности международной организации уголовной полиции Интерпола в
современных условиях // Вестник Всерос. ин-та повышения квалификации сотрудников МВД РФ. 2017. № 4 (44).
С. 152.
11
O’zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi 16.09.2016 yildagi 407-son Qonuni
12
О мерах по совершенствованию деятельности Национального центрального бюро Интерпола в Республике
Узбекистан.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
13
13
mustaqil boshqaruvga teng, shu bilan birga Interpol tashkiliy tuzilmasi tarkibiga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatchilikka
qarshi
kurashda
xalqaro
hamkorlik
masalalari
bo‘yicha
faoliyatini
muvofiqlashtiradi.Interpol MMB(Markaziy milliy byuro) yuridik shaxs hisoblanadi,
o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, banklarda, shu jumladan chet el valyutasida hisob
raqamlariga ega bo‘lib, o‘z faoliyatida Ichki ishlar vazirligi va Interpolning
ramzlaridan foydalanadi. Interpol MMBning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi
huquqni muhofaza qilish organlari va Interpolga a’zo mamlakatlarning shunga
o‘xshash organlari o‘rtasida milliy qonunchilik va xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan norma va tamoyillariga rioya qilgan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish
masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorligini ta’minlashdan iborat.
Interpol MMB o‘z funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq faoliyatni faqat xalqaro
xarakterdagi oddiy jinoyatlarga qarshi
kurashish masalalari bo‘yicha amalga
oshiradi.Ammo, siyosiy, harbiy, diniy
va irqiy xarakterdagi faoliyatga ta’sir
qilmaydi.
Interpol
MMB
o‘z
vakolatlari
doirasida
xorijiy
davlatlarning
diplomatik
vakolatxonalari
va
xalqaro
tashkilotlarning
O‘zbekiston
Respublikasidagi
vakolatxonalari
tegishli
xizmatlari
bilan
jinoyatchilikka
qarshi
kurashish
masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda hamkorlikda o‘z faoliyatini amalga
oshiradi.Uning ma’sul xodimlari o‘z vakolatlari doirasida va O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlariga muvofiq o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish
uchun tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradilar. Interpol MMB O‘zbekiston
Respublikasi IIV huzuridagi maxsus bo‘linma bo‘lib, xalqaro jinoyatchilikka qarshi
kurash va xalqaro hamkorlikni ta’minlash asosiy organlardan bir hisoblandi.Jumladan,
quydagi jadvalda uning asosiy hamkorlik yo‘nalishlar va faoliyati ko‘rasatilgan:
Interpol MMBning asosiy vazifalaridan biri O‘zbekiston Respublikasi huquq-tartibot
idoralarining xorijiy davlatlar huquq-tartibot idoralari bilan jinoyatchilikka qarshi
kurashish masalalari bo‘yicha axborot almashinuvini tashkil qilish hisoblanadi. 2018-
yilning ikkinchi choragidagi statistika ma’lumotlarga ko‘ra, Interpol MMBga kelib
tushgan hujjatlar 7 foizga, jo‘natilgan hujjatlar esa 4,5 foizga oshgan. Ularning asosiy
qismini O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimidagi hududiy ichki ishlar idoralari, xorijiy
davlatlar MMBlari hamda Interpol Bosh kotibiyati bilan axborot almashinuvi hujjatlari
tashkil qiladi. Interpol MMBga asosan terrorizm va ekstremizm, shaxsga va mulkka
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
14
14
qarshi jinoyatlar, noqonuniy migratsiya va fohishabozlik, iqtisodiy jinoyatlar va
qalbaki pullarni tayyorlash, hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatchilik turlari
bo‘yicha eng ko‘p so‘rovlar kelib tushganligini kuzatilgan. Chunonchi, ulardan, Odam
savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha 131 nafar shaxsga nisbatan, Ekstremizm va
terrorizm bilan bog‘liq jinoyatga oid jami 1098 nafar shaxs qidirilmoqda.Ulardan 175
nafari chet el davlatlarida ekanligi aniqlangan.Yana shuningdek, Avtotransport
vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar yo‘nalishi bo‘yicha 78 ta avtotransport vositasi
hisoblari bu boshqarmaga kelgan so‘rovlar orqali tekshirilgan.
13
Interpol tartib-taomillari, xalqaro huquqni muhofaza qilish hamkorligi va
muayyan jinoyatchilik sohalari bo‘yicha MMB xodimlari uchun maxsus o‘quv
dasturlari va mashg‘ulotlarni ishlab chiqish. MMB xodimlariga transmilliy jinoyatlarni
tergov qilish va oldini olish bo‘yicha ko‘nikma va tajribalarini oshirish maqsadida
Interpol boshchiligidagi o‘quv kurslari, seminarlar va almashinuv dasturlarida ishtirok
etish imkoniyatlarini taqdim etish taklif qilinadi.
XULOSA
Umumiy xulosa shuki, Jinoyatchilikka qarshi kurashish amaldagi xalqaro huquq
tamoyillari va milliy qonunchilik, ya’ni davlatlarning o‘zaro yordam ko‘rsatish asosida
dunyo hamjamiyatining yoki bir qancha davlatlarning manfaatlariga daxldor tomonlar
jinoyat sodir etishni to‘xtatish, tergov qilish va ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishini
qo‘zg‘atish, shuningdek huquqbuzarliklarni bartaraf etish va jazo choralarini
qo‘llashdir. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik bevosita davlatning
yoki uning organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shubhasiz, bu davlatning
jinoyatchilikka qarshi kurashishining siyosiy jihati hisoblanadi. O‘zbekiston va
Interpol o‘rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlik har ikki taraf
uchun ham, mintaqaviy va global xavfsizlik uchun ham salmoqli foyda keltirmoqda.
Interpolda mavjud bo‘lgan resurslar, ya’ni turli xil razvedka ma’lumotlari
Oʻzbekistonga keng koʻlamli jinoiy faoliyatga qarshi samarali kurashish imkonini
beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi 16.09.2016
yildagi 407-son Qonuni
2.
А.Е. Шалагин М.Ю.Гребенкин: Международное сотрудничество в сфере
противодействия преступности на современном этапе // Учённые записки
Казанского юридического института МВД Росии.2020. Т. 5 №2(10). С. 260-
268.
3.
McLean, D. (2022). International cooperation in criminal cases. Oxford
University Press.
13
Ushbu statistika ma’lumotlari 2018-yilga hisob bo’yicha taqdim qilingan.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-2_June-2025
15
15
4.
Boister, N. (2023). Introduction to Transnational Criminal Law. Cambridge
University Press.
5.
Zhang, L. "Asian Perspectives on International Police Cooperation"Asian Journal
of Criminology,18(3),89-112.
6.
Williams, P. and Vlassis, D. (2022). Combating Transnational Crime: Concepts,
Activities, and Responses.Routledge.
7.
Saidov, A. (2021). xalqaro huquq va milliy qonunchilik. Toshkent.
8.
Гринь И. Ю. Международное сотрудничество в сфере уголовного
судопроизводства: дис.канд. юрид. наук; 12.00.09. СПб., 2006. –URL:
9.
Nepote J. Crime international // Revue de la Police National (Paris). 1973. №
437.P.46.
10.
Копылова Ю.И. Особенности деятельности международной организации
уголовной полиции Интерпола в современных условиях // Вестник Всерос.
ин-та повышения квалификации сотрудников МВД РФ. 2017. № 4 (44). С.
152.
11.
О мерах по совершенствованию деятельности Национального центрального
бюро Интерпола в Республике Узбекистан.
12.
Jinoyatchilikka qarshi kurashishga ta’rif: https: //ru. wikipedia. org/ wiki/
Борьба_c_ преступностью