Authors

  • Omonov Sherali Ibrohim o‘g‘li
  • Sotvoldiyeva Nargiza Abdukarimjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114103

Keywords:

Kalit so‘zlar: barqarorlik motiv faoliyat turg‘unlik o‘zgaruvchanlik shaxs indvid muvozanat.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada  psixologik barqarorlik muammosining ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan yoritilgan. Shuningdek, shaxsda yuzaga keladigan hissiy barqarorlik, axloqiy barqarorlik, xulq-atvor shakllarining barqarorligi, keskin sharoitlarda va kosmik parvozlarga tayyorgarlik sharoitlarida barqarorlik muammolarining nazariy asoslari ham keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

314

314

PSIXOLOGIK BARQARORLIK MUAMMOSINING

ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Omonov Sherali Ibrohim o‘g‘li

Psixologiya fanlari bo‘yicha Phd

Farg‘ona davlat universiteti Psixologiya

kafedrasi o qituvchisi‘

Sotvoldiyeva Nargiza Abdukarimjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti 1-kurs magistranti

nargizasotvoldiyeva01@gmail.com


Annotatsiya.

Maqolada psixologik barqarorlik muammosining ilmiy-nazariy

asoslari yoritilgan yoritilgan. Shuningdek, shaxsda yuzaga keladigan hissiy
barqarorlik, axloqiy barqarorlik, xulq-atvor shakllarining barqarorligi, keskin
sharoitlarda va kosmik parvozlarga tayyorgarlik sharoitlarida barqarorlik
muammolarining nazariy asoslari ham keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

barqarorlik, motiv, faoliyat, turg‘unlik, o‘zgaruvchanlik, shaxs,

indvid, muvozanat.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРОБЛЕМЫ

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ


Аннотация.

В статье освещены научно-теоретические основы проблемы

психологической устойчивости. Также представлены теоретические основы
проблем

эмоциональной

устойчивости,

нравственной

устойчивости,

устойчивости форм поведения, возникающих у личности, а также устойчивости
в экстремальных условиях и в условиях подготовки к космическим полётам.

Ключевые слова:

устойчивость, мотив, деятельность, стабильность,

изменчивость, личность, индивид, равновесие.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE

PROBLEM OF PSYCHOLOGICAL STABILITY


Abstract.

The article elucidates the scientific and theoretical foundations of the

problem of psychological stability. Additionally, it presents the theoretical bases for
issues of emotional stability, moral stability, stability of behavioral patterns, and
stability in extreme conditions and during preparation for space flights.

Keywords:

stability, motive, activity, constancy, variability, personality,

individual, equilibrium.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

315

315

Psixologiya fani va amaliyotida barqarorlik muammosini o‘rganish zamonaviy

ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikning ortishi, insonning qaror
qabul qilish samaradorligiga bo‘lgan talabchanlikning kuchayishi sababli alohida
dolzarblik kasb etib kelmoqda. Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
psixologik barqarorlik muammosi, ayniqsa zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
o‘zgarishlar sharoitida, jamiyatimizda sodir bo‘layotgan jarayonlarga nisbatan yetarli
darajada o‘rganilmagan. Shaxsning psixologik barqarorligi muammosini ilmiy
fenomen sifatida nazariy jihatdan tushunishga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.
Tarixan psixologik barqarorlik muammosi 1966-yilda L.I.Bojovich tomonidan XVIII
Psixologik kongresidagi ma’ruzada ko‘tarilgan edi. Keyinchalik psixologik barqarorlik
shaxs barqarorligi muammosining turli jihatdan ko‘rib chiquvchi tadqiqotlarda
rivojlantirildi. Quyida barqarorlik muammosi bo‘yicha tadqiqot olib borgan olimlar va
barqarorlik muammolari keltirilgan:

Hissiy barqarorlik (P.B.Zilberman, V.A.Marishchuk, L.V.Mitina);

Axloqiy barqarorlik (V.E.Chudnovskiy);

Xulq-atvor shakllarining barqarorligi (L.I.Bojovich);

Keskin sharoitlarda va kosmik parvozlarga tayyorgarlik sharoitlarida

barqarorlik (K.M.Gurevich, A.A.Leonov, V.I.Lebedev, G.T.Beregovaya).

Yetuklik

davridagi

shaxsiy

konstruktlarning

psixologik

barqarorlik

muammosiga V.P.Krupnik va Ye.N.Lebedevaning tadqiqotlari bag‘ishlangan. Ushbu
tadqiqotlarda u yoki bu tarzda shaxsning psixologik barqarorligi tavsifi bilan
bog‘liqdir. Psixologik barqarorlik shaxsning asosiy xususiyati hisoblanadi. Shaxsning
shakllanishi u yoki bu vaziyat bilan bog‘liq motivlar qanday qilib barqaror narsaga
aylanishiga bog‘liq bo‘lib, shaxsni tavsiflovchi asosiy tushuncha hisoblanadi. Quyida
shaxsning psixologik baqrqarorligi asosi bo‘lgan motivatsion sohaning uchta asosiy
parametrini keltirib o‘tamiz:

1.

Insonning makon va zamondagi dunyo bilan aloqasi.

2.

Motivning namoyon bo‘lish darajasi.

3.

Dinamik motivatsion sohaning ko‘p qirraliligi.

Shaxsning psixologik barqarorligining bu asoslari o‘zaro bog‘liqlikda unga o‘z-

o‘zini anglash va uni rivojlantirish omili sifatida tushunish imkoniyatini beradi.
Ularning kamulyativ ta’siriga asoslanib, A.N.Leontev quyidagi xulosani
shakllantiradi: “Turli xil faoliyatlar bir-biri bilan kesishadi va o‘zaro obyektiv, tabiatan
ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘lanib, tugunlar hosil qiladi. Bu iyerarxik tugunlar biz
men deb ataydigan o‘sha sirli shaxs markazini shakllantiradi. Boshqacha aytganda , bu
markaz shaxsning ichida emas, balki uning mavjudligida yotadi”. Shundan kelib
chiqib, psixologik barqarorlik “Men”ning egosentrik pozitsiyasi bilan emas, balki
shaxsiy “Men”ning jamoada, jamiyatda, sotsiumda insonlarning umumiy o‘zaro
aloqasi tizimiga qo‘shilishi bilan ta’minlanadi. Ye. P. Krupnik va


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

316

316

Ye.n.Lebedevalarning shaxsiy psixologik barqarorligi kategoriyasini o‘rganishning
murakkabligi shundaki, u asosan “barqarorlik-o‘zgaruvchanlik” paradigmal
muqobillik doirasida ishlab chiqiladi, deb hisoblaydilar. Bunday yondashuv mantig‘ida
“barqarorlik” tushunchasi “turg‘unlik” tushunchasi bilan almashtiriladi yoki bu
tushunchalar sinonim sifatida qaraladi. Masalaning bunday qo‘yilishi psixologik
barqarorlik kategoriyasini o‘ziga xos mazmundan mahrum etadi va shaxsning barcha
ruhiy ko‘rinishlarining bu fundamental xususiyatini o‘rganishda noto‘g‘ri istiqbolni
yaratadi.

Shaxsning barqarorligi quyidagicha ko‘rib chiqiladi:

Uning psixikasining saqlanganligi;

Indvid xulq-atvorining xarakterini belgilovchi ma’lum doimiylik;

Barqarorlashtiruvchi omil;

Subyektdan xulq-atvor uslubida moslashuvchanlikni talab qiladigan

vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iylik.

o‘zgaruvchanlik barqarorlik kabi shaxs dinamikasini belgilab, uning

takomillashuviga yordam berishi mumkin, ammo uni parchalanishga mavjudlik
usulining tartibsizligiga olib kelishi ham mumkin. Shaxsning psixologik barqarorligi
quyidagicha ko‘rib chiqiladi: “Muvozanatni buzuvchi tashqi va ichki omillarga qarshi
ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan saqlanadigan harakatchan muvozanat holati, shuningdek,
shaxs va muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonida yuzaga keladigan vazifalarga
muvofiq ravishda ushbu muvozanatning maqsadli buzilishi. Ushbu vazifalar nuqtai
nazaridan shaxs tashqi vaziyatning ichki modelini shakllantiradi va bu uning xulq-
atvorini belgilaydi”. Yetuklik davridagi shaxsiy konstruktorlar tizimining psixologik
barqarorligini o‘rganish natijalari shunday xulosalar chiqarish imkonini berdiki,
insonning hayotga bo‘lgan yakuniy munosabatini, uning har qanday vaziyatdagi xatti-
harakatlarini va bu vaziyatga qanchalik bog‘liq yoki undan qanchalik ozod ekanligini
shakllantiruvchi asosiy psixologik mexanizm bu-qadriyat mazmunli refleksiyadir.
Turli vaziyatlarda insonning hayot konseptsiyasini, dunyoqarashi va dunyoni his
qilishini yatarish zarurati paydi bo‘ladi. Psixologik barqarorlik hodisasini tushunish
uchun subyektiv ravishda anglanmaydigan psixik hodisalar haqida nazariy
konseptsiyalar (A.Adler, Z.Freyd, G.Yung, E.From) muhim ahamiyatga ega.
D.N.Uznadze ilmiy maktabining tadqiqotlarida psixologik barqarorlik ma’lum
semantik ustanovkalar bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Bu ustanovkalar
shaxsning voqelikka nisbatan yetakchi munosabatini o‘zida mujassam etadi, bu esa
shaxs xulq-atvorining nisbiy barqarorligini oldindan belgilaydi. Chunki, ushbu
ustanovkalarda kelajakdagi harakatlar modeli mavjud. Ustanovka nazariyasi doirasida
iyerarxiyalashtirilgan ko‘p bosqichli ustanovka tuzilmasi mavjudligi haqida xulosa
chiqariladi, bu esa psixologik faoliyatni barqarorlashtirish mexanizmini ta’minlaydi.
V.E.Chudnovskiyning tadqiqotlarida barqarorlik axloqiy kategoriya sifatida ko‘rib


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

317

317

chiqiladi. U shaxsning axloqiy barqarorligini insonning turli sharoitlarda shaxsiy
pozitsiyalarini saqlab qo;ish va amalga oshirish, shaxsiy qarashlari, e’tiqodlari va
ustanovkalariga zid ta’sirlarga nisbatan ma’lum immunitetga ega bo‘lgan qobiliyati
sifatida belgilaydi. “Shaxsning axloqiy barqarorligi” va “shaxs barqarorligi”
tushunchalarining bunday talqinida ular mohiyatan mos keladi, chunki shaxsiy
pozitsiyaning asosini uning axloqiy negizi, ustun axloqiy tamoyillar va ustanovkalar
tashkil etadi.

Barqarorlik faol hayot faoliyati va o‘z-o‘zini tashkil etishning natijasidir. Shaxs

barqarorligini tushunishda o‘zaro bog‘liq ikki jihat ajratib ko‘rsatiladi:

1.

Shaxning barqarorligi insonning o‘z shaxsiy pozitsiyalarini saqlab qo;ish

va uning shaxsiy ustanovkalariga zid bo‘lgan ta’sirlarga qarshi tura olish qobiliyati
sifatida ya’ni, shaxsning barqarorligi uning yetakchi motivlari va ustanovkalarining
buzilish darajasi bilan aniqlanadi.

2.

Shaxsning barqarorligi insonning o‘z shaxsiy pozitsiyalarini amalga

oshirish, vaziyatni va o‘z xulq-atvorini o‘zgartirish qobiliyati sifatida.

Unutmaslik kerakki, shaxsning o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishi subyektning

ularni amalga oshirish bo‘yicha faol faoliyati bilan muhim darajada bog‘liqdir.
Shaxsning o‘z mavqeyini saqlab qolishi subyektning ularni amalga oshirish bo‘yicha
faol harakatlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidlash lozim.

Biz tadqiqotimizni Qo‘qon universiteti turli xil yo‘nalishi talabalarining 1-3

kurslarida olib bordik. Ularda Petrashning "Kasbiy rivojlanish omillari" metodikasi
tanlab oldim va ushbu metodikaga 120 nafar talabalarni ishtirokini ta’minladim.

1-jadval

Petrashning “Kasbiy rivojlanish omillari” metodikasi

bo‘yicha statistik tahlil

Petrashning “Kasbiy rivojlanish omillari” metodikasi asosida olingan

ma’lumotlarga ko‘ra, har bir shkala bo‘yicha respondentlarning baholash darajalari
quyidagicha

taqsimlangan:

1. Motivatsion omillar eng yuqori foiz ko‘rsatkichiga (76.1%) ega bo‘lib, bu

yoshlarning o‘z kasbiy rivojlanishlarida shaxsiy motivatsiya va ichki istaklariga katta

Shkala nomi

Maks.

ball

O‘rtacha

ball

Standart

og‘ish

Foiz (%)

Motivatsion omillar

28

21.3

3.5

76.1%

Ijtimoiy-psixologik omillar

24

17.6

4.1

73.3%

Shaxsiy fazilatlar

28

19.4

3.9

69.3%

Tashkiliy sharoitlar

24

15.2

4.5

63.3%


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

318

318

ahamiyat berishlarini ko‘rsatadi. O‘rtacha ball 21.3 ni tashkil etdi.

2. Ijtimoiy-psixologik omillar 73.3% ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda turibdi.

Bu yoshlar ijtimoiy muhit, atrofdagilarning qo‘llab-quvvatlashi va psixologik
barqarorlikni kasbiy rivojlanish uchun muhim deb hisoblashayotganini bildiradi.

3. Shaxsiy fazilatlar 69.3% ko‘rsatkich bilan o‘rtacha darajada baholangan

bo‘lib, bu omil respondentlar orasida barqaror baholangan bo‘lsa-da, motivatsiya va
ijtimoiy-psixologik omillarga nisbatan ikkinchi darajali sifatida qabul qilinmoqda.

4. Tashkiliy sharoitlar esa eng past foiz ko‘rsatkichga ega (63.3%). Bu esa

respondentlar tashkiliy-texnik yoki tashqi muhit sharoitlaridan ko‘ra ichki omillarga
ko‘proq e’tibor qaratayotganliklarini bildiradi.

2-jadval

Jinsiy farq bo‘yicha taqqoslovchi tahlil (Student t-testi)

Shkala nomi

O‘rtacha

ball (o‘g‘il)

O‘rtacha

ball (qiz)

t qiymati

Motivatsion omillar

20.8

22.0

-2.14

Ijtimoiy-psixologik omillar

17.1

18.3

-1.75

Shaxsiy fazilatlar

18.6

20.4

-2.65

Tashkiliy sharoitlar

14.7

15.8

-1.58


Jadvalda respondentlarning jinsiy tafovutlari bo‘yicha to‘rtta shkala asosida

o‘rtacha ballar t-testi orqali taqqoslandi. Quyidagi natijalar aniqlandi:

1. Motivatsion omillar bo‘yicha t-test natijasi (t = -2.14, p < 0.05) qizlar

foydasiga statistik jihatdan ishonarli farqni ko‘rsatdi. Demak, qizlar kasbiy
rivojlanishda

o‘zlarining

motivatsiyalarini

kuchliroq

deb

baholaganlar.

2. Shaxsiy fazilatlar bo‘yicha ham (t = -2.65, p < 0.05) sezilarli farq mavjud. Bu

esa qizlar o‘zlarining shaxsiy salohiyati va fazilatlarini kasbiy o‘sishda muhim deb
bilishlarini anglatadi.

Xulosa:

Respondentlar orasida kasbiy rivojlanishga ta’sir qiluvchi eng muhim

omil sifatida motivatsiya ajralib turadi. Bu ularning ichki omillarga nisbatan tashqi
omillardan ko‘ra ko‘proq tayanishini bildiradi. Kasbiy rivojlanish omillarini baholash
natijalariga ko‘ra, motivatsion omillar va shaxsiy fazilatlar bo‘yicha qiz bolalar o‘g‘il
bolalarga nisbatan sezilarli darajada yuqori ball to‘plashgan (p < 0.05).

Umuman olganda, barcha shkalalar bo‘yicha foiz ko‘rsatkichlari 63–76%

atrofida bo‘lib, bu yoshlar orasida kasbiy rivojlanishga ijobiy munosabat mavjudligini
ko‘rsatadi. Insonda psixologik barqarorlikni mavjud bo‘lishi, shaxsning hayotida
muhim sanaladi. Barqarorlik shaxsning boshqa xarakter xususiyatlari bilan
chambarchas bog‘li holda namoyon bo‘ladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

319

319

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Асмолов, А. Г. Деятельность и установка-М.: МГУ, 1978 - 152 с.
2. Баландин, М. М. Условия формирования психологической устойчивости у
старшеклассников. Автореф.дис.. ..канд.психол.наук. - М.,2003.22 с.
3. Божович, Л. И. Избранные психологические труды. — М.: МПА, 1955. 212 с.
4. Клочко, В. Е. Самоорганизация в психологических системах: проблемы

становления ментального пространства личности (введение в трансспективный

анализ). - Томск: ТГУ, 2005. - 174 с.
5. Клочко, В. Е. Смыслы и смыслообразование в инновационной образова
тельной практике: трансспективный анализ // Переход к Открытому образова
тельному пространству. - Часть 1. Феноменология образовательных технологий:
Колл. монография / Под ред. Г. Н. Прозументовой . - Томск: Изд-во Том.ун-та,
2005.-С . 437-450.


References

Асмолов, А. Г. Деятельность и установка-М.: МГУ, 1978 - 152 с.

Баландин, М. М. Условия формирования психологической устойчивости у

старшеклассников. Автореф.дис.. ..канд.психол.наук. - М.,2003.22 с.

Божович, Л. И. Избранные психологические труды. — М.: МПА, 1955. 212 с.

Клочко, В. Е. Самоорганизация в психологических системах: проблемы становления ментального пространства личности (введение в трансспективный

анализ). - Томск: ТГУ, 2005. - 174 с.

Клочко, В. Е. Смыслы и смыслообразование в инновационной образова¬

тельной практике: трансспективный анализ // Переход к Открытому образова¬

тельному пространству. - Часть 1. Феноменология образовательных технологий:

Колл. монография / Под ред. Г. Н. Прозументовой . - Томск: Изд-во Том.ун-та,

-С . 437-450.

Most read articles by the same author(s)