Authors

  • Omonov Sherali Ibrohim o‘g‘li
  • Sotvoldiyeva Nargiza Abdukarimjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114191

Keywords:

Kalit so‘zlar: barqarorlik emotsional barqarorlik hissiyot turg‘unlik o‘zgaruvchanlik beqarorlik reaksiya muvozanat.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada  psixologik barqarorlik muammosining ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan yoritilgan. Shuningdek, shaxsda yuzaga keladigan hissiy barqarorlik, axloqiy barqarorlik, xulq-atvor shakllarining barqarorligi, keskin sharoitlarda va kosmik parvozlarga tayyorgarlik sharoitlarida barqarorlik muammolarining nazariy asoslari ham keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

75

75

UDK:159.9:316.6

PSIXOLOGIK BARQARORLIK MUAMMOSIGA

OLIMLARNING QARASHLARI

Omonov Sherali Ibrohim o‘g‘li

Psixologiya fanlari bo‘yicha Phd Farg‘ona davlat universiteti

Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

Sotvoldiyeva Nargiza Abdukarimjon qizi

Farg‘ona davlat universiteti 1-kurs magistranti

nargizasotvoldiyeva01@gmail.com


Annotatsiya.

Maqolada psixologik barqarorlik muammosining ilmiy-nazariy

asoslari yoritilgan yoritilgan. Shuningdek, shaxsda yuzaga keladigan hissiy
barqarorlik, axloqiy barqarorlik, xulq-atvor shakllarining barqarorligi, keskin
sharoitlarda va kosmik parvozlarga tayyorgarlik sharoitlarida barqarorlik
muammolarining nazariy asoslari ham keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

barqarorlik, emotsional barqarorlik, hissiyot, turg‘unlik,

o‘zgaruvchanlik, beqarorlik, reaksiya, muvozanat.

ВЗГЛЯДЫ УЧЁНЫХ НА ПРОБЛЕМУ

ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ


Аннотация.

В статье освещены научно-теоретические основы проблемы

психологической устойчивости. Также представлены теоретические основы
проблем

эмоциональной

устойчивости,

нравственной

устойчивости,

устойчивости форм поведения, возникающих у личности, устойчивости в
экстремальных условиях и в условиях подготовки к космическим полётам.

Ключевые слова:

устойчивость, эмоциональная устойчивость, эмоция,

стабильность, изменчивость, нестабильность, реакция, равновесие.

SCIENTISTS' PERSPECTIVES ON THE PROBLEM

OF PSYCHOLOGICAL STABILITY


Abstract.

This article examines the scientific and theoretical foundations of

psychological stability. Additionally, it presents the theoretical bases for issues of
emotional stability, moral stability, stability of behavioral patterns, and stability in
extreme conditions and during preparation for space flights.

Keywords:

stability, emotional stability, emotion, constancy, variability,

instability, reaction, equilibrium.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

76

76

«Barqarorlik» toifasi psixologiyaga texnik fanlardan o‘tgan. Bu fanlarda tizim

barqarorligining asosiy ko‘rsatkichi tizimning buzilishlarsiz tashqi ta’sirlarni boshdan
kechirish qobiliyati, ya’ni shunchaki boshqa holatga o‘tish emas, balki tizim o‘zligini
yo‘qotmagan holat hisoblanadi. A.Reberning katta psixologik lug‘atida barqarorlik
deganda «xulq-atvori ishonchli va tizimli bo‘lgan individ xarakteristikasi» tushuniladi.
«Barqarorlik» tushunchasining antonimi «beqarorlik» tushunchasi bo‘lib, u o‘z
navbatida xulq-atvorning tartibsiz va kutilmagan modellari hamda nevrotik va boshqa
modellar uchun xos bo‘lgan xavfli xulq-atvorni namoyish qilish bilan ajralib turadi.

«Psixologik barqarorlik» tushunchasi an’analarga ko‘ra, rus psixologiyasida

«emotsional barqarorlik» tushunchasi sifatida L.M.Abolin, M.I.Dyachenko,
L.A.Kitayev-Smik, V.L.Marishuk, V.A.Ponomarenko va boshqalar tomonidan
o‘rganib kelingan. Emotsional barqarorlik tushunchasi asosida K.K.Platonovning
yondashuvi yotadi. Unga ko‘ra, shaxs barqarorligi uning temperament bilan
belgilanadi, bu esa o‘z navbatida aqliy jarayonlarning individual xususiyatlariga ta’sir
qiladi va shaxs faoliyati tarkibidan nisbatan mustaqil ravishda o‘zini namoyon qiladi.
M.I.Dyachenko va V.A.Ponomarenko shunday yozadilar: «Hissiy barqarorlik hissiy
jarayonlar dinamikasi - intensivligi, moslashuvchanligi, labil (egiluvchan) ligi hamda
mazmuni - his-tuyg‘ular va hissiyot turlari bilan belgilanadi».

Emotsional barqarorlik rus psixologiyasida uchuvchilar bilan ishlaydigan

psixolog va fiziologlar tomonidan o‘rganilgan. Uchuvchilar tarkibidagi emotsional
barqarorlik muammosini K.K.Platonov, E.I.Ivankov, F.P.Kosmolinskiy, A.F.Kataev,
V.L.Marishuk, A.P.Popov kabi olimlar faol o‘rganganlar. Ushbu ilmiy ishlar asosida
uchuvchi-kursantning psixomotor reaksiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari sifatida
parvoz tarangligi konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u hissiy jihatdan to‘yingan
vaziyatda o‘zini namoyon qiladi, zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishni qiyinlashtiradi
yoki mavjudlarini izdan chiqaradi. Shunday qilib, ushbu mualliflar talqinida
emotsional barqarorlik – psixik va psixomotor jarayonlar barqarorligining, kuchli
emotsiyalar sharoitida kasbiy samaradorlikning pasayishi bilan tavsiflanadigan
keskinlikka qarshi tushuncha sifatida ta’riflanadi.

L.M.Abolin emotsional barqarorlikning tarkibiy qismlari va mezonlarini batafsil

tahlil qiladi va bu tushuncha ostida «intensiv faoliyat jarayonida shaxsni tavsiflovchi,
individual hissiy jarayonlar, bir biri bilan uyg‘unlik bilan o‘zaro aloqada bo‘lib,
maqsadga erishishga yordam beradigan xususiyat»ni ko‘radi. Ya’ni emotsional
barqarorlik – inson tomonidan qo‘lga kiritilgan, ratsional, hissiy va tana
komponentlarining birligidagi intensiv faoliyatda namoyon bo‘ladigan tizimli sifatdir.
Birlik asosi bo‘lib boshdan o‘tkazilgan voqealar hissi, mezonlari sifatida esa o‘z o‘zini
boshqarish jarayonining o‘zgarmas, yuqori muvofiqligi, hissiy, ratsional va tana
ko‘rinishlarining invariant (tananing maʼlum oʻzgartirgichlarga yoki fizikaviy
sharoitlarga nisbatan oʻzgarmasligi, mustaqilligi) xizmat qiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

77

77

Ushbu muallif ta’kidlaganidek, emotsional barqarorlikning asosiy mezonlarini,

birinchi navbatda, insonning kasbiy faoliyatidan izlash kerak. An’anaga ko‘ra,
psixologik adabiyotlarda bunday mezonlarga faoliyatning muvaffaqiyatliligi va
samaradorligini, harakatlarning masofa va vaqt parametrlarini (tezlik, aniqlik,
chastota), boshdan kechirilgan emotsional his-hayajonlarning maqbullik darajasini
kiritilgan. Taklif etilayotgan mezonlarga to‘liq ta’rif berib, L.M.Abolin ta’kidlaydiki,
«Emotsional barqarorlikni belgilaydigan hissiy xatti-harakatlar va inson
harakatlarining xususiyatlarida xilma-xil va murakkab tafovutlar mavjud bo‘lganligi
sababli ularning diagnostikasi mezoniga ushbu xilma-xilliklarning barchasi kiritilishi
kerak». Emotsional barqarorlikning ko‘rsatkichlarini aniqlashning bunday jarayoni
ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Shuning uchun L.M. Abolin emotsional
barqarorlikning integrative (to‘plam) mezoni sifatida – faoliyat natijasini taklif etadi.

Emotsional ta’sir sharoitida kasbiy ishchanlikni saqlab qolish qobiliyati

muhandislik psixologiyasi doirasida uzoq muddat davomida tahlil qilingan. Mehnat
psixologiyasida emotsional barqarorlik deganda kuchli psixogen ta’sirlar sharoitida
insonning psixik va psixomotor jarayonlarni saqlab qolishi, kasbiy samaradorlikni
ushlab tura olish qobiliyati, ya’ni ishonchlilik tushuniladi.

Kasbiy ishonchlilikning funksional tibbiy-psixologik ta’minoti muammosiga

birinchi bo‘lib mashhur aviatsiya psixologi F.D.Gorbov e’tibor qaratgan. Paroksizm
fenomenini (faoliyatning sustlashishi yoki vaqtincha to‘xtashi bilan kechadigan
to‘satdan paydo bo‘ladigan funksional buzilish) o‘rganayotganda u uchuvchining
nevropsixik barqarorligi konsepsiyasini tuzdi. F.D.Gorbov va V.I.Lebedevning
ishlarida tadqiqot paytida emotsiogen ta’sirlar natijasida kuchli emotsional reaksiyalar
namoyon qilgan, lekin ishga layoqatliligini, ruhiy funksiyalarining barqarorligini va
faoliyat samaradorligini saqlab qola olgan ayrim sinaluvchilar bir necha yildan so‘ng
nevrologik kasalliklar tufayli tibbiy komissiya tomonidan diskvalifikasiya qilingani
to‘g‘risida misollar keltirilgan.

Shunday qilib, «barqarorlik – ishonchlilik» bog‘liqligi noaniqdir, chunki uning

eng umumiy ko‘rinishida ishonchlilik odatda vazifani muvaffaqqiyatli bajarish
ehtimoli sifatida belgilanadi. Bunday ta’rif faoliyatni ta’minlashda insonning ichki,
potensial imkoniyatlari va qobiliyatlariga qaratilgan, ammo protsessual (ishlashning
barqarorligi) va natija (ishonchlilik, benuqsonlik) xususiyatlari bo‘yicha ushbu
tushunchaning o‘ziga xosligini to‘liq ochib bera olmaydi.

L.M.Abolin emotsional barqarorlik paydo bo‘lishining asosiy sharoitlarini tahlil

qilgan va bunda individ faoliyatining ichki va tashqi sharoitlarini ko‘rsatib bergan.
Emotsional barqarorlikning paydo bo‘lishi va kechishining tashqi sharoitlariga
«favqulodda ta’sir etuvchi», «stressorlar», «frustratorlar», «emotsiogen» yoki
«ziddiyatli» toifasiga kiruvchi ekstremal sharoitlar kiradi. Bunday tashqi keskin
sharoitlar sifatida u yoki bu ta’sir etuvchining ta’siri intensivligi yoki masalaning


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

78

78

murakkabligi, ma’lumotlarning keragidan ortiq yoki ko‘pligi, vaqt yetishmasligi,
sensor yoki ijtimoiy izolyatsiya, hodisalarning vaqt noaniqligi, xavf, noqulay iqlim
xizmat qilishi mumkin. Lekin muallif ta’kidlaydiki, u yoki bu tashqi keskin vaziyat
haqida gapirish qiyin, aksincha, har qanday sharoit ham insonning ruhiy, fiziologik
yoki boshqa xususiyatlarining muhit va faoliyat talablariga mos kelmasligi natijasida
keskinga aylanishi mumkin.

Emotsional barqarorlikning ichki sharoitlariga Abolinning fikriga ko‘ra

quyidagilarni kiritish mumkin:

- emotsional-fiziologik reaktivlik;
- inson asab tizimining xususiyatlari;
- hayot jarayonida insonda yuzaga kelgan emotsional xususiyatlar.
Emotsional barqarorlikning ichki sharoitlarini tahlil qilish Abolinga fiziologik

ko‘rsatkichlar va emotsional his-tuyg‘ular o‘rtasidagi murakkab va noaniq bog‘liqlikni
aniqlashga imkon berdi. Bir xil emotsional holatlar, masalan, qo‘rquv, ba’zi odamlarda
vegetativ reaksiyalarning boshlang‘ich ahamiyatining oshishi, boshqalarida esa
kamayishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Mazkur muallif rahbarligida o‘tkazilgan
emotsional kechinmalar sifati va biokimyoviy reaksiyalar muvozanati o‘rtasidagi
bog‘liqlik xususiyatini aniqlashga qaratilgan psixologik tadqiqotlar shuni
tasdiqlaydiki, «hissiy kechinmalar sifatidan qat’iy nazar, har birining intensivligining
pasayishi yoki ko‘payishi, bir xil biokimyoviy ko‘rsatkichlarning bir xil
o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi». Bu esa hissiyotlarning sifat xususiyatlarini fiziologik
ma’lumotlar yordamida tavsiflash va o‘lchash mumkin emas, deb ta’kidlashga asos
bo‘ladi. Har bir odamda har doim ham tipologik bo‘lavermaydigan emotsional
ta’sirlanishning individual stereotiplari mavjud bo‘ladi.

Asab tizimi xususiyatlari va emotsional barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir

to‘g‘risidagi masala rus psixologi K.M.Gurevich tomonidan ko‘tarilgan. Bu muallif
energotizimning 26 nafar operatori ishtirok etgan tajriba o‘tkazgan. Ular ikki guruhga
bo‘lib olingan: murakkab mas’uliyatli vaziyatda o‘z vazifalarini eplay oladiganlar va
eplay olmaydiganlar. Oldindan har bir tajriba qilinuvchi asab tizimi xususiyatlarini
aniqlovchi - qo‘zg‘olish jarayonining kuchi, qo‘zg‘olish va tormozlanish
jarayonlarining muvozanatini aniqlovchi testdan o‘tkazilganlar. Keyin psixologlar
ularning avariya sharoitida o‘zlarini tutishlarini kuzatdilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki,
birinchi guruhdagilar uchun baxtsiz hodisalar sodir bo‘lgan taqdirda rasmiy
vazifalarini bajarishning yuqori darajasi xos ekanligi aniqlangan.

Boshqa mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra har xil sport turlari vakillarida asab

tizimining tipologik xususiyatlarining turli xil kombinatsiyalari mavjud bo‘lib, bu
ularning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun odamning yetarli
darajada stressli faoliyat sharoitida yuqori emotsiogenligi bilan ajralib turadigan
muvaffaqiyatli ishlashi, asab tizimining har bir xususiyati parametrining qarama-qarshi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

79

79

qutblariga bog‘liq va ishlashga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

V.D.Nebilitsin, shuningdek, psixik barqarorlikni asab tizimi xususiyatlari bilan

bog‘lagan va bu tushuncha uzoq muddatli chidamlilik, favqulodda haddan ziyod
mustahkamlik, shov-shuvga qarshi immunitet, o‘z o‘zidan chalg‘itishning past
darajasi, kutilmagan ogohlantirishlarga yetarli javob, o‘zgaruvchanlik, atrof-muhit
omillariga qarshilik ko‘rsatishni o‘z ichiga olishini ko‘rsatgan. U barqarorlik bevosita
insonning ishonchlilik xususiyati bilan bog‘liq, deb hisoblagan va bu tushunchani
shaxsning ma’lum bir vaqt davomida belgilangan sharoitlarda ishonchli ishlash
qobiliyati sifatida ko‘rib chiqqan.

L.M.Abolin xulosa qilganidek, «faoliyat samaradorligining asab tizimi

xususiyatlariga noaniq bog‘liqligining ko‘plab faktlarini» inobatga olish kerak va asab
tizimining alohida xususiyatlarini o‘rganishdan voz kechib, miyaning asab faoliyatini
tashkil etuvchi parametrlarini qidirishni boshlash kerak.

Shaxsning psixologik xususiyatlari haqida shaxsning emotsional barqarorligining

uchinchi sharti sifatida gapirganda, L.M.Abolin xavotir, muvaffaqiyatga erishish
motivatsiyasi va muvaffaqiyatsizlikdan qochish, dunyoqarash sifatlariga alohida
to‘xtalib o‘tadi. O‘z tajribalarining natijalariga asoslanib «tadqiqotning asosiy
natijalari

yuqori

darajadagi

hissiy

barqarorlikning

aniqlangan

psixologik

xususiyatlarga, yoshga, ish stajiga va boshqalarga aniq bog‘liqligi yo‘q», deb
ta’kidlaydi.

Emotsional barqarorlik deganda emotsional reaksiyalarning yorqinligi, aniqligi,

ya’ni emotsionallilikni tushunib, shuningdek, bu holatning asosiy omili – faoliyat
natijaviyligini ko‘rsatib, emotsional barqarorlik tadqiqotchilari shunday fikrga
kelishgan: «ilmiy adabiyotlarda emotsional barqarorlikning birlamchi omili sifatida
biologik shartlarning roli oshirib yuborilgan va ijtimoiy jihatini belgilovchi omillarning
roli past baholangan».

Psixologik barqarorlik hodisalarini o‘rganishda axborot omili rolining va

salmog‘ining o‘zgarishi ayniqsa muhim ahamiyatga ega. V.I.Medvedev barqarorlik
muammosini adaptatsiya va hajmi kattalashib borayotgan ma’lumotlarga moslashish
muammosi kesimida ko‘rib chiqadi. Ushbu muallif e’tiborini barqarorlikni darajali
yondashuv pozitsiyasidan o‘rganishga qaratadi va barqarorlik mexanizmining 3 ta
darajasini ko‘rsatib beradi:

Birinchi daraja – organizmning moslashish jarayonlarini neyrogumoral-gormonal

tartibga solish mexanizmlari orqali aks ettiradi.

Ikkinchi daraja – fiziologik reaksiyalarning mohiyat va xususiyatlarini asosan

tizimli va tizimlararo darajada o‘rganish bilan bog‘liq.

Uchinchi daraja – adaptiv reaksiyalar strategiyasini belgilovchi sababiy

munosabatlarni ko‘rib chiqadi.

O‘rganish jarayonida mazkur reaksiyalar mazmuni va tuzilishini, maqsad


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-4_June-2025

80

80

yo‘nalishini belgilab beruvchi omillar aniqlanadi.

B.S.Basarov ham shunga o‘xshash barqarorlikning darajaviy tahlilini taklif etadi.

Uning fikricha, birinchi darajada shaxs barqarorligining nisbatan umumlashtirilgan
shakli, ya’ni inson faoliyatining xilma-xil turlarida kuzatiladigan harakatlari va xulq-
atvorining dinamik va mazmunli xarakteristikasi mavjud bo‘ladi. Shaxs xulq-
atvorining umumlashtirilgan motivlarini bilgan holda, uning ma’lum bir vaziyatlardagi
xulqi va xatti-harakatlari xususiyatlarini yuqori ehtimollik darajasi bilan
modellashtirish mumkin. Ushbu barqarorlik darajasi «xarakter» tushunchasiga mos
keladi.

Shaxs barqarorligining ikkinchi, nisbatan kam umumlashtirilgan darajasi

odamning guruhdagi xulq-atvorini ko‘rsatib beradi. Odam guruhda harakat qilganda,
uning xulq-atvori individlarning bir biriga taqlid qilishi natijasida yuzaga keladigan
o‘ziga xos emotsional quvvatlangan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bunday taqlid va
emotsional quvvat natijasida shaxsning maxsus ijtimoiy barqarorligini ta’minlovchi
qo‘shimcha o‘ziga xos ijtimoiy kuch yuzaga keladi.

Barqarorlikning uchinchi darajasi - faoliyatning situativ (vaziyatga qarab) motivi

bilan belgilangan individ xulq-atvorining o‘ziga xosligidir. Ba’zan vaziyatlar shaxs
xulq-atvorining umumlashgan tizimiga zid keladigan talablarni qo‘yadi. Bu
vaziyatlarga javob shaxsda yo‘qolib ketmaydigan, balki shaxs barqarorligi shakliga
kiradigan o‘ziga xos xulq-atvor shaklini keltirib chiqaradi.

«Psixologik barqarorlik» tushunchasining ishlanmasiga harbiy psixologlar ham

katta hissa qo‘shishgan. Masalan, V.V.Varvarov bu fenomen ostida «insonning o‘z
xulq-atvori va harakatiga zo‘riqishning negativ ta’siriga qarshi chiqa olish
qobiliyati»ni tushunadi. Bu muallif psixologik barqarorlikni quyidagicha aniqlashni
taklif etadi: avval topshiriqlarni oddiy vaziyatda, so‘ng ruhiy zo‘riqishni keltirib
chiqaradigan omillar ostida bajaradigan odamning faoliyati natijalarini solishtirish.

Bizning fikrimizcha, yangicha yondashuv psixologik barqarorlikni, birinchidan,

qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tizim sifatida ko‘rib chiqishga
imkon beradi atrof-muhitning ijobiy harakatlari bilan muvozatlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Асмолов, А. Г. Деятельность и установка-М.: МГУ, 1978 - 152 с.
2. Баландин, М. М. Условия формирования психологической устойчивости у
старшеклассников. Автореф.дис.. ..канд.психол.наук. - М.,2003.22 с.
3. Божович, Л. И. Избранные психологические труды. — М.: МПА, 1955. 212 с.
4. Клочко, В. Е. Самоорганизация в психологических системах: проблемы становления

ментального пространства личности (введение в трансспективный

анализ). - Томск: ТГУ, 2005. - 174 с.
5. Клочко, В. Е. Смыслы и смыслообразование в инновационной образова
тельной практике: трансспективный анализ // Переход к Открытому образова
тельному пространству. - Часть 1. Феноменология образовательных технологий:
Колл. монография / Под ред. Г. Н. Прозументовой . - Томск: Изд-во Том.ун-та,
2005.-С . 437-450.

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Асмолов, А. Г. Деятельность и установка-М.: МГУ, 1978 - 152 с.

Баландин, М. М. Условия формирования психологической устойчивости у

старшеклассников. Автореф.дис.. ..канд.психол.наук. - М.,2003.22 с.

Божович, Л. И. Избранные психологические труды. — М.: МПА, 1955. 212 с.

Клочко, В. Е. Самоорганизация в психологических системах: проблемы становления ментального пространства личности (введение в трансспективный

анализ). - Томск: ТГУ, 2005. - 174 с.

Клочко, В. Е. Смыслы и смыслообразование в инновационной образова¬

тельной практике: трансспективный анализ // Переход к Открытому образова¬

тельному пространству. - Часть 1. Феноменология образовательных технологий:

Колл. монография / Под ред. Г. Н. Прозументовой . - Томск: Изд-во Том.ун-та,

-С . 437-450.

Most read articles by the same author(s)