JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
81
81
UDK:159.9:316.6
QAROR QABUL QILISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Sotvoldiyeva Nargiza Abdukarimjon qizi
Farg‘ona davlat universiteti 1-kurs magistranti
nargizasotvoldiyeva01@gmail.com
Annotatsiya
. Psixologik yondoshuvlarga muvofiq, qaror qabul qilish bir
tomondan kognitiv, tartibga soluvchi, kommunikativ xarakterga ega bo‘lsa, ikkinchi
tomondan esa, shaxsning bior sohadagi keyingi harakatlari uchun asos bo‘luvchi
ijtimoiy-psixologik hodisa sanaladi.
Kalit so’z va iboralar:
qaror, qaror qabul qilish, kognitiv, komunikatsiya,
kasbiy faoliyat.
ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ПРИНЯТИЯ РЕШЕНИЙ
Аннотация. Согласно психологическим подходам, принятие решений, с
одной стороны, носит когнитивный, регулирующий и коммуникативный
характер, а с другой стороны, рассматривается как социально-психологическое
явление, служащее основой для дальнейших действий личности в определенной
сфере.
Ключевые слова и выражения:
решение, принятие решений, когнитивный,
коммуникация, профессиональная деятельность.
PSYCHOLOGICAL FACTORS IN DECISION-MAKING
Abstract
. According to psychological approaches, decision-making has a
cognitive, regulatory, communicative character on the one hand, and on the other hand,
it is considered a socio-psychological phenomenon that forms the basis for the
subsequent actions of a person in a given field.
Keywords and phrases:
decision, decision-making, cognitive, communication,
professional activity.
Qaror qabul qilish
— bu shaxsning muayyan vaziyatda turli imkoniyatlarni
ko'rib chiqib, ular orasidan eng maqbulini tanlash jarayonidir. Psixologik nuqtai
nazardan qaror qabul qilish — bu ongli ravishda amalga oshiriladigan kognitiv jarayon
bo‘lib, unda bilimlar, hissiyotlar, ehtiyojlar va qadriyatlar muhim rol o‘ynaydi. Quyida
qaror qabul qilishning nazariy-psixologik asoslarini asosiy jihatlari bilan ko‘rib
chiqamiz:
QAROR QABUL QILISHNING PSIXOLOGIK MOHIYATI
maqsadga yo‘naltirilgan fikrlash faoliyati;
alternativ variantlar tahlili;
ehtimolliklarni baholash;
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
82
82
motivatsiya va ehtiyojlarga asoslangan tanlov qilish.
Qaror qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:
Muammoni anglash
– qarorni talab qiladigan vaziyatni tushunish.
Ma'lumot yig‘ish
– imkoniyatlar va variantlar haqida axborot to‘plash.
Variantni tanlash
– eng maqbul qarorni qabul qilish.
Natijani baholash
– qarorning oqibatlarini tahlil qilish.
QAROR QABUL QILISHGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR
1.
Shaxsning
psixologik
xususiyatlari
(o‘ziga ishonch, xavotir,
ehtiyotkorlik);
2.
Emotsional holat
(stress, qo‘rquv, xursandchilik);
3.
Ijtimoiy bosim va konformizm
;
4.
Tajriba va bilim darajasi
;
5.
Motivatsion omillar
(ehtiyojlar, qadriyatlar).
Mohiyatan, qarorlar kasbiy faoliyatning barcha sohalariga, funksiyalariga
aloqador sanalib, uning sifatiga sezilarli ta’sir etuvchi muhim omillar masalasida
ko‘plab zamonaviy tadqiqotlar amalga oshirilgan. Qarorlar asosan, faoliyat sikli
davomida qabul qilinib, u shaxsga tegishli fikrlash uslubi va zaruriy vaziyatlarga
nisbatan munosabat bildirish holatidanamoyon bo‘ladi. Psixologik yondoshuvlarga
muvofiq, qaror qabul qilish bir tomondan kognitiv, tartibga soluvchi, kommunikativ
xarakterga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, shaxsning bior sohadagi keyingi
harakatlari
uchun
asos
bo‘luvchi
ijtimoiy-psixologik
hodisa
sanaladi.
P.V.Terelyanskiyning aytishicha, qaror qabul qilish hodisasi - bu turli sharoitlarda
qarorlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishning uzluksiz tizimidir. Ya’ni, biror
dolzarb muammoni hal qilish bo‘yicha, ko‘plab harakatlar yo‘nalishlaridan birini
tanlash jarayoni hisoblanadi
1
. Boshqaruv qarorlarining muhim ijtmoiy-psixologik
xususiyati shundaki, ular favqulodda holat yuzaga kelganda, tizimning haqiqiy holati
va kutilayotgan yangi holat o‘rtasidagi farqlarni baholashga keng imkon beradi.
V.V.Redkoga ko‘ra, inson tomonidan qabul qilingan turli qarorlar quyidagi
funksiyalarni bajaradi
2
:
–
Yo‘naltiruvchi ya’ni, tashkiliy qarorlar faoliyatning maqsad va vazifalarini
belgilaydi;
–
Tashkil etuvchi va muvofiqlashtiruvchi, qarorlar ishtirokchilarning o‘zaro
munosabatlari tartibini belgilaydi;
–
Ta’minlovchi, ya’ni qarorlarda ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
resurslarning turlari va miqdori ko‘rsatiladi.
–
Rag‘batlantiruvchi, ya’ni qarorlar ishtirokchilarni qanday
1
Терелянский П. В. Теория и методы принятия решений : учеб. пособие / П. В. Терелянский; ВолгГТУ.
— Волгоград, 2016. – С.34.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
83
83
mukofotlashni belgilovchi hodisa.
Iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida biror shaxsni voqealar rivojining biror yechimi
qoniqtirmasa ham, u tezkor qaror qabul qilishi lozim. Qabul qilingan qarorlarda uning
kasbiy mahorati, intellektual sifatlari, intuitsiyasi darajasi, hayotiy tajribalari,
qadriyatlari tizimi hamda irodaviy harakatlari ko‘rinishi kabilar yaqqol namoyon
bo‘ladi. Ijtimoiy – psixologik yondoshuvlarga ko‘ra, uzoq muddatli qarorlarini tez va
oqilona qabul qilish nafaqat bilim va ko‘nikmalarga balki, shaxsining ijtimoiy-
psixologik xususiyatlariga ham bog‘liq sanaladi. V.V.Kochetkovning ilmiy
izlanishlarida, muvaffaqqiyatli shaxs sifatlarini tushuntiruvchi qator yondoshuvlar
mavjud bo‘lib, ushbu yondoshuvlarni tahlil etish, sohaga oid qarorlarni samarali qabul
qilishning ijtimoiy – psixologik shart-sharoitlarini tushuntirishga keng imkon beradi
va unda quyidagi yondoshuvlar ajratiladi
2
.
Qaror qabul qilish jarayoni ijtimoiy - psixologik hodisa sifatida qaralsada, ba’zi
manbalarda uning umumpsixologik jarayon sifatidagi jihatlari ham keng e’tirof
etilmoqda. N.G.Miloradovaning aytishicha, boshqaruv qarorlarini qabul qiluvchi
rahbarning tafakkuri quyidagi sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni fikrlashdagi
chuqurlik, ma’lumotlarni tahlil etishdagi kenglik, muammolarni hal etishdagi tezkorlik
va har qanday vaziyatlarga moslashuvchanlik va hokazo. Keng fikrlash tafakkurning
sintetik xususiyatini hisoblanib, unda inson faoliyatning umumiy sxemasi va rollarni
baholay olish imkoniyati kabilar aks etadi. Tafakkur qilishdagi tezlik bu - amalga
oshirilayotgan vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt me’yori bilan tavsiflanadi.
S.I.Samigin tomonidan yaratilgan “Boshqaruv psixologiyasi” monografiyasida qayd
etilishicha, boshqaruv faoliyatida aniq va strategik qarorlar qabul qilish uchun
avvalambor, rahbar optimist bo‘lishi kerak. Optimist rahbar barcha tashkilotlar uchun
foydali shaxsdir. Ular har qanday og‘ir sharoitlarda va umidsiz vaziyatlarda ijobiy
qarorlar qabul qilish qobiliyatiga egadir. Shu bilan birga, mazkur xususiyatga ega
rahbarlar doim o‘z faoliyatiga fidoiy, yangi loyihalarni yaratishga moyil tipdagi rahbar
shaxslar hisoblanishadi
25
. Mazkur yondoshuvda shu narsa nazarda tutilganki,
boshqaruv qarorlari va ularni amalga oshirishning ijtimoiy-psixologik omillari
tahlilida, rahbar shaxsiga xos tiplar muammosi ham e’tibordan chetda qolmasligi
ta’kidlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirga qadar rahbar faoliyati va uning
muvaffaqqiyatini ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning modeli
masalasida, xorijda ko‘plab e’tiborga molik tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Gerbert A. Simon.
"Administrative Behavior: A Study of Decision-Making
Processes in Administrative Organizations."New York: Free Press, 1997.
2
Кочетков В.В.Индивидуально-психологические проблемы принятия решения / В. В. Кочетков, И. Г.
Скотникова. – М. : Прогресс, 2008. – С.95.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-4_June-2025
84
84
2.
Daniel Kahneman.
"Thinking, Fast and Slow."New York: Farrar, Straus and
Giroux, 2011.
3.
Gigerenzer, Gerd.
"Gut Feelings: The Intelligence of the Unconscious."
New York: Viking, 2007.
4.
Janis, Irving L. & Leon Mann.
"Decision Making: A Psychological Analysis of
Conflict, Choice, and Commitment." New York: Free Press, 1977.
5.
Robbins, Stephen P., & Judge, Timothy A.
"Organizational Behavior."18th
Edition, Pearson Education, 2018.