JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
176
176
MUAMMOLI O‘QITISH METODLARINING AMALIY
KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
Matquliyev Jasurbek Davlatnazar o‘g‘li
Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi,
global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu
jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi
va qobiliyatlarini to’liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog’liq ekanligi pedagogika
orqali yoritiladi.
Kalit so‘zlar:
Kreativ fikrlash,“Yangi pedagogik texnologiyalar”, “Innovatsion
uslublar”, “Interaktiv metodlar”, Aql hujumi (Brainstorming), Rol o‘yinlari, Klaster
metodi, Muammo asosida o‘qitish (Problem-based learning), Debat va munozaralar.
Bugungi ta’lim tizimida darslarni samarali tashkil qilish nafaqat o’qituvchiga
balki o’quvchilarga ham bog’liqdir. O’quvchilar faol, harakatchan va kreativ bo’lsalar
shu darslar samarali natija beradi. Kreativ fikrlash bu gʻoyalar berishdan ham kattaroq
narsadir.
Ta’lim jarayonida “Yangi pedagogik texnologiyalar”, “Innovatsion uslublar”,
“Interaktiv metodlar” kabi atamalarning lug‘atimizga kirib kelganligi va ulardan keng
foydalanish davr taqozosiga aylanganligi ko‘pchilikka sir emas. Biz quyida ta’limning
barcha sohalariga kirib kelgan interaktiv metodlar haqida so‘z yuritmoqchiman.
Ko‘pgina metodik innovatsiyalar ta’limning interaktiv metodlari bilan bog‘liq
bo‘lmoqda.
“Interaktiv” so‘zi ingliz tilidagi “Interakt” so‘zidan olingan bo‘lib, “Inter”-
birgalikda, o‘zaro, “akt”- harakat ma’nosini bildiradi, ya’ni o‘zaro birgalikdagi
harakat, faoliyat yoki suhbat, dialog tartibida bo‘lishni (masalan, o‘quvchi-o‘qituvchi,
o‘quvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-kompyuter) ifodalaydi. Interaktiv ta’lim metodi, bu-
dialogik ta’lim bo‘lib, u o‘quvchi va o‘qituvchi yoki o‘quvchi va kompyuter o‘rtasidagi
o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonini ko‘zda tutadi.
Zamonaviy an'anaviy ta'lim tizimi jiddiy qayta qurishni talab qiladi, chunki
zamonaviy sharoitda informatsion va doimiy xarakterini taqqoslaydi, shaxsiy sharoitda
va jamiyatni shakllantiradi, uslubiy, tizimli, ijodiy fikrlash bilan ijodiy shaxsiyat kerak.
Bolani ijodkor shaxsga aylantirish pedagogik jarayon texnologiyasiga bog'liq.
Interaktiv o‘qitish metodini qo‘llash jarayonida o‘quvchilarning barchasi bilish
jarayonida faol qatnashadilar, ular o‘zlari bilgan, esga tushirgan, o‘ylagan
ma’lumotlariga tayanishlari, ulardan bilish jarayonida foydalanishlari mumkinligini
tushunadilar va shunga moslashadilar. Birgalikdagi aqliy bilish, izlanish faoliyatida har
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
177
177
bir o‘quvchi shaxsan ishtirok etib, unga o‘z hissasini qo‘shadi. Bilimlari, g‘oyalari,
qarashlari, nuqtai nazarlari, faoliyat ko‘rsatish usullari bilan o‘quvchilar o‘zaro fikr,
tajriba almashadilar. O‘zaro fikrlashish, tajriba almashish jarayoni samimiy,
sidqidildan o‘zaro qo‘llab-quvvatlashdek iliq ruhiy iqlimda bo‘lib o‘tsa, bu holat
nafaqat yangi bilim olishni ta’minlaydi, balki bilish faoliyatini oshiradi, faollashtiradi,
ularni bilish jarayonidagi hamkorligini mustahkamlaydi
Darslardagi interaktiv faoliyat 5 ta asosiy elementlardan tashkil topadi.
1.Ijobiy-samimiy o‘zaro bog‘liqlik.
2.Guruh ichida shaxsiy mas’uliyatlilik.
3.Bir-biriga ta’sir etuvchi o‘zaro faoliyat.
4.Hamkorlikda ishlash malakasi.
5.Guruhda ishlash.
Tanqidiy pedagogikada Interaktiv metodlarning o‘ziga xosliklari, qulaylik,
afzalliklari va uning alohida xususiyatlari quyidagilardir:
•
Interaktiv metod bir kishining fikri, chiqishlarini boshqalarnikidan ustun
qo‘yishni ta’qiqlaydi.
•
Barcha o‘qituvchilardan o‘quvchilarning har birini o‘ziga xos qarashi, fikri,
xulosasi borligini hisobga olishni, hurmat qilishni talab etadi.
•
Dialogik ta’lim jarayonida o‘quvchilar tanqidiy fikrlashga, murakkab
masalalarni, holatlarni tahlil qilish, ma’lumotlarga tayanish orqali alternativ fikr ustida
mulohaza yuritish, o‘ylab xulosa chiqarish, munozaralarda faol qatnashish va
boshqalar bilan muloqotga kira olishni o‘rganadilar.
•
Shuning uchun darslarda o‘quvchilar bilan yakka tartibda, guruhlarda, juftlikda
ishlash, birgalikda izlanish rejasini tuzish, rolli o‘yinlarda, kichik sahna ijrolarida
ishtirok etish, ijodiy ishlardan foydalanish kabilar uyushtiriladi.
•
Interaktiv metod bozor iqtisodiyoti sharoitida yoshlarni ish beruvchilar talabi
darajasidagi umumiy intelektual rivojlanishini hamda ijtimoiy ko‘nikma va malakaga
ega bo‘lgan, har doim faollik ko‘rsatishdek sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan shaxs
sifatida tarbiyalanib, voyaga etishini ta’minlaydi.
•
Interaktiv metodning afzalligi, samaradorligi shundaki, darslarda o‘quvchilar
nafaqat g‘oyalar, qarashlar va berilgan baholarga o‘z fikrlarini bildiradilar, balki ulkan
ma’lumotga ega bo‘lish salohiyatlarini faollashtirish va o‘quv jarayonidagi ijobiy
vazifaga taalluqli musobaqada o‘z kuchlaridan to‘la foydalanishni o‘rganadilar.
•
Guruhning intelektual kuchi bir o‘quvchining intelektual kuchi miqdoridan
doimo yuqori bo‘ladi.
Interaktiv metodlar talabalarning o‘qituvchi bilan bevosita muloqot qilishiga,
bilimlarni mustaqil
ravishda izlab topishiga va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga
yordam beradi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
178
178
Ushbu metodlar yordamida o‘quvchilar ta’lim jarayonida faol ishtirok etib,
bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida passiv tomoshabinga aylanishdan qochadi.
Interaktiv metodlar o‘quvchilarni faollikka undaydi.
Ular dars jarayonida faol ishtirok etishadi, savol-javoblarda qatnashishadi va o‘z
fikrlarini bildirishadi.
Interaktiv metodlar talabalarni passiv tinglovchi emas, balki darsning faol
ishtirokchisi bo‘lishadi.
•
· Aql hujumi (Brainstorming): Talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etishadi va
guruh bo‘libmuammoni hal qilish yo‘llarini izlashadi.
•
· Rol o‘yinlari: Tarbiyachilar bolalar roliga kirib, turli tarbiyaviy vaziyatlarni
jonlantiradilar.
•
· Klaster metodi: Bir mavzuga oid asosiy tushunchalarni vizual tarzda klaster
ko‘rinishida ifodalash orqali mavzuni chuqur o‘rganish.
•
· Muammo asosida o‘qitish (Problem-based learning): Talabalar real hayotiy
muammolarnihal qilish orqali bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiradilar.
•
· Debat va munozaralar: Talabalar turli mavzular bo‘yicha bahslashib, o‘z
fikrlarini asoslashni o‘rganadilar.
Interaktiv o‘qitish metodi o‘qituvchiga:
- dars mavzusiga o‘quvchilarni qiziqtirish;
- o‘quv materialini birmuncha mustahkam o‘zlashtirilishiga erishish;
- analitik fikrlashni rivojlantirish;
- aloqa o‘rnatish, muloqotga kiritish malakasini shakllantirish;
- barcha o‘quvchilarni o‘quv faoliyatida faol qatnashishlari uchun sharoit
yaratish;
- o‘quv guruhida yoqimli, hammaga ma’qul ruhiy iqlim yaratish imkonini
beradi.
Tanqidiy fikrlash va g‘oya, tajribalar xilma-xilligini o‘rganish pedagoglar
tomonidan tushunilgan va qadrlangandagina amalga oshiriladi. Tanqidiy fikrlash
“yagona to‘g‘ri javob” mentalitetini qabul qilish jarayonida yuzaga kelmaydi. Tanqidiy
fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Muayyan yoshda bajarilib, unutilib ketadigan
vazifa emas. Shu bilan birga, tanqidiy fikrlash uchun mukammal yo‘l yo‘q.
Ammo tanqidiy fikrlovchilar uchun uning shakllanishiga yordam beradigan bir
qator o‘ziga xos ta’lim shartlari mavjud:
- tanqidiy fikrlash tajribasini egallash uchun vaqt va imkoniyat berish;
- o‘quvchi va yoshlarga fikr yuritish imkoniyatini berish;
- turli g‘oyalar va fikrlarni qabul qilish;
-ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faolligini ta’minlash;
- o‘quvchilarni kulmaslikka ishontirish kerak;
- har bir o‘quvchi-yoshning tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ishonch hissini
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
179
179
shakllantirish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash kerak.
Interaktiv metodlar o‘quv faoliyatida quyidagi jarayonlarni amalga oshiradi :
•
Mu staqil fikrlashni rivojlantirish;
•
Interaktiv metodlar orqali talabalar o‘z fikrlarini mustaqil shakllantirishga
o‘rganishadi;
•
Masalalar yechimi ustida ishlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish orqali
talabalarda tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi;
•
Muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish:Guruh bo‘lib ishlash, muhokama qilish
va bahs-munozaralar o‘tkazish o‘quvchilarning muloqot qilish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.O‘quvchilar tinglash, fikr bildirish, savol berish va konstruktiv
bahslashishni o‘rganishadi.;
•
Jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
•
Ko‘plab interaktiv metodlar guruh bo‘lib ishlashni talab qiladi (rol o‘yinlari, aql
hujumi, munozaralar va h.k.).Bu esa o‘quvchilarga jamoada ishlash, hamkorlik qilish
va vazifalarni taqsimlashni o‘rgatadi;
•
Qiziqish va motivatsiyani oshirish:An’anaviy darslarga nisbatan interaktiv
darslar o‘quvchilarga ko‘proq qiziqarli bo‘ladi.Talabalar dars jarayoniga qiziqish bilan
yondashib, o‘z bilimlarini chuqurroq o‘zlashtirishadi;
•
Ijodiy fikrlashni rivojlantirish:Interaktiv metodlar talabalarni yangi g‘oyalar
topishga undaydi.Masalan, “aql hujumi” yoki ijodiy topshiriqlar orqali o‘quvchilar
o‘zlarining kreativ yondashuvlarini namoyon etishadi;
•
Muammoli vaziyatlarni hal qilish qobiliyatini oshirish:Interaktiv metodlar
o‘quvchilarga real hayotga oid muammolarni ko‘rib chiqish va ularni hal qilish
imkonini beradi.Bu jarayon orqali talabalar amaliy ko‘nikmalarni egallab, o‘rganilgan
bilimlarini hayotda qo‘llashni o‘rganishadi;
•
Refleksiya va o‘z-o‘zini baholash: Dars oxirida o‘tkaziladigan tahlillar orqali
talabalar o‘zlarining faoliyatini baholash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.Bu jarayon o‘z-
o‘zini tahlil qilish;
•
xatolarini aniqlash va kelajakda ularni tuzatishga yordam beradi;
•
Tarbiyaviy ahamiyat:Interaktiv metodlar nafaqat bilim berish, balki tarbiyaviy
vazifani ham bajaradi.O‘quvchilar o‘zaro hurmat, hamkorlik va mas’uliyatni his qilish
kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar;
•
Shaxsiy yondashuvni ta’minlash:Har bir o‘quvchining qiziqishi, ehtiyoji va
bilim darajasiga qarab moslashtirish imkonini beradi.Talabalar o‘z qobiliyatlariga mos
topshiriqlarni bajarish orqali maksimal natijalarga erishadilar.
Pedagogik jarayonlarda interaktiv metodlarni qo‘llash hozirgi zamonaviy
ta’limning muhim talablardan biri hisoblanadi. Bu metodlar an’anaviy ta’lim
yondashuvlariga nisbatan ko‘proq o‘quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
180
180
fikrlashni rivojlantirish hamda o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga yordam
beradi. Bo‘lajak pedagoglar uchun interaktiv metodlarni o‘rganish va ulardan
foydalanish ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Interaktiv metodlar o‘quvchilarning bilish jarayoniga faol ishtirok etishlarini
ta’minlaydi, ularni mustaqil fikrlash, tahlil qilish va muloqot qilishga o‘rgatadi. Bu
jarayon bo‘lajak tarbiyachilarning o‘z kasbiga nisbatan mas’uliyatini oshiradi va ularni
pedagogik faoliyatga tayyorlaydi.
Shu bilan birga, interaktiv metodlar orqali tarbiyachilar kommunikativ, refleksiv,
tashkiliy va ijodiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Interaktiv metodlardan samarali foydalanish nafaqat bilim olish jarayonini
yengillashtiradi, balki o‘quvchilarda mustahkam bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga ham xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Abu nasr farobiy ―Fozil odamlar shaxri‖ tarjimonlar Abdusodiq Irisov, Mahkam
Mahmudov, Urfon Otajon. Mas’ul muharrirlar M.Xayrullaev, M.Jakbarov. – Toshkent: Yangi
asr avlodi, 2016. – 320 b.
2. A.Hayitov, S.Azizova Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” asari -bugungi
kun yoshlarining ma’naviyat maktabi sifatida
3. D.R.Garrison, H.Kanuka; Blended learning: Uncovering its transformative potential
in higher education, The Internet and Higher Education, Volume 7, Issue 2, 2nd Quarter 2004,
Pages 95-
4. Azizxodjaeva N.N. O‘qituvchi mutaxasisligiga tayyorlash texnologiyasi – T., 2000.
5. Saidaxmedov N.S. YAngi pedagogik texnologiyalar -T: Moliya nashr., 2003 y.
6.Ishmuhamedov R.,va boshq.Ta’limda innovatsion T: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2009y.
7. N.B. Nuraliyeva, Developing the Professional Activity of Primary Education
Teachers. International Journal of Social Science Research and Review. Volume 5, Issue 5,
May, 2022, Pages: 259-264.
8. N Nuraliyeva. Darslarda o’quvchilarning kretiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Science and innovation 1 (B8), 1423-1426.
9. I. Iskandarov “Ta’lim jarayonida interaktiv metodlarning ahamiyati”
Journal of new
century innovatsions Volume 20, Issue 4, January, 2023, Pages: 61-64.
10. G. Jo‘ldasova “Talabalarda tanqidiy fikrlashning pedagogik asoslari”, Uzluksiz
bilimlendirew sistemasinda araliktin o‘qitiwdim integrasiyasi nomli IV xalqaro konferensiya
materiallar to‘plami. 262-264 bet.
11.
F. Xalilova “Pedagogik jarayonlarda interaktiv metodlarni qo’llash va uning
bo’lajak tarbiyachilarga ta’siri”
JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO
JURNALI – volume 14, issue 02, 2025, Pages:956-959.
12. M.Abdullayeva “Interaktiv metodlar orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish”
Экономика и социум №12(91)-1 2021, Pages:38-41.
13. Sh. Ismoiljonov “Ta’lim jarayonida tanqidiy fikrlashning rivojlanishi va uning
ahamiyati” “YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 3(1)-SON, 87-95-bet.