JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
169
169
INSON KAPITALINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI:
MUAMMO VA YECHIMLAR
Xudayorova Zebuniso Otanazarovna
Chirchiq OTQMBY Gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi,
NamDU mustaqil izlanuvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada inson kapitali tushunchasining mohiyati, unga oid
ta’riflar, inson kapitaliga oid konsepsiya va yondashuvlar tahlil etilgan. Ayniqsa, inson
kapitalini shakllantirish, rivojlantirish, uning ijodiy fazilatlari va qobiliyatlari, inson
kapitaliga sarmoya kiritish masalasi va muammolariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
Inson omili, kapital, inson kapitali, moddiylik, humans capital,
klassik o‘sish, xalqlar boyligi, ta’lim, zamonaviy dunyo.
Jahonda inson kapitali insoniyatning va har bir davlatning taqdirini belgilaydigan
asosiy mezoniga aylanmoqda. Zamonaviy dunyo taraqqiyotining dinamikasi asosan
insonning innovatsion, ijodiy faoliyati, fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi
bilan belgilanadi. Shu sababli inson kapitalini shakllantirish, uning ijodiy
qobiliyatlariga, inson kapitaliga sarmoya kiritish va rivojlantirish muammosi dunyo
fanining asosiy va markaziy muammolaridan biridir. Shu sababli ham qayerda inson
kapitali, uning ravnaqiga ko‘p e’tibor berilayotgan, shart-sharoit yaratilayotgan bo‘lsa,
bugun o‘sha mamlakatning tez rivojlanayotgani va taraqqiyoti jadal ildamlayotganini
ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, inson kapitali muammosi globallashayotgan va murakkab
zamonaviy jamiyatning eng dolzarb hamda muhim muammolaridan biri hisoblanadi.
Chunki inson kapitali inson fenomeni o‘rganadigan fundamental g‘oyalardan kelib
chiqadi. Uning iqtisodiy, siyosiy, milliy va ma’naviy asoslarida uni takomillashtirish
uchun muhim g‘oyalar mavjud. Albatta, jamiyat inson kapitalini shakllanishi,
to‘planishi va boyishidan tobora ko‘proq manfaatdordir. Vaholanki, inson kapitali
insonning tug‘ilishidan boshlanadi va uning hayoti davomida davom etadi. Shu sababli
ham gumanitar fanlar va ijtimoiy falsafada bu jarayon tobora jamiyatning strategik
muhim sohasi sifatida qaralmoqda.
Ma’lumki, AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Finlandiya, Buyuk Britaniya,
Singapur, Janubiy Koreya kabi rivojlangan davlatlarda
1
inson kapitali asosiy boylik va
eng qimmatli manbai, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy mezoni hisoblanadi.
Xususan, rivojlangan mamlakatlarda milliy boylikdagi inson kapitalining ulushi
80 foizgachani tashkil etadi. Shu jihatdan ham jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari
1
Centre research civil society of University name Johns Hopkins (USA), Institute of Central Asia, European Union
Institute for Security Studies (France), Institute of Academy for study modern international relations Europe and Asia
(China), Osaka University (Japan), Civil Society Fund Friedrich Ebert, Berlin Civil Society Center (Germany).
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
170
170
inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga
yangilanayotgan O‘zbekistonda inson kapitalidan to‘g‘ri foydalanish mexanizmlarini
yaratish, inson qadrini ulug‘lash va bu orqali ijtimoiy taraqqiyotga erishish masalalari
dolzarblik kasb etmoqda. Zero, “jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va
mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi
yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada
oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal
rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik
jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari”
2
belgilanib
va shu asosda rivojlanish strategiyasini ishlab chiqilishi ham masalaning qanchalik
dolzar ekanligini ko‘rsatib beradi.
Inson kapitali tushunchasining falsafiy jihatdan tahlil qilishda “inson” va
“kapital” tushunchalarining mazmun-mohiyati, inson kapitaliga oid yondashuvlar
xususida fikr yuritishimiz kerak bo‘ladi. Darhaqiqat, inson kapitali (inglizcha “humans
capital”) zamonaviy fan, falsafa, siyosat v iqtisodiyotning asosiy tushunchalaridan biri
hisoblanadi. U ikki so‘z “inson” va “kapital”dan tashkil topgan.
Shuni ta’kidlash kerakki, inson ong va aqlga ega bo‘lgan ijtimoiy mavjudot
hisoblanadi. Uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ,
individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi
sifatida o‘rganadi. Shuningdek, “inson olamdagi boshqa biologik mavjudotlardan
ajralib turadigan muhim xususiyatlarga, ya’ni aql, ma’naviyat, madaniyat, axloq,
tafakkur, til va boshqa jihatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy vujud, odam zotini anglatuvchi
tushunchadir”.
3
“Kapital” tushunchasi ilmiy lug‘atlarda quyidagicha ta’riflanadi, ya’ni (lotincha
capitalis – bosh, asosiy, hukmron) “ixtiyoriy ayriboshlash asosida iqtisodiy faoliyat va
ishlab chiqarish orqali ortiqcha qiymat olish uchun ishlatiladigan aktivlar majmui.”
4
hamda daromat keltirishi mumkin bo‘lgan hamma narsa, “odamlar tomonidan tovarlar
va xizmatlar ishlab chiqarish uchun yaratilgan resurslardir”.
5
Shuningdek, o‘zbek
lug‘atlarida kapital keng ma’noda “sarmoya o‘z egasiga daromad keltirish xususiyatiga
ega bo‘lgan jami vositalar va mablag‘lar”, tor ma’noda “yangi qiymat keltiruvchi,
o‘zini o‘zi ko‘paytiruvchi qiymat”
6
sifatida qo‘llaniladi. Albatta, kapital keng qamrovli
tushuncha bo‘lib asosan “moddiy boyliklar, pul zahirasi, ishlab chiqarishning moddiy
omili, insonning bilim va qobiliyatlari, iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli nazariyasi
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni // www.lex.uz (Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son)
3
Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – Toshkent: “G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”,
2010. –B.199.
4
Kapital: https://ru.wikipedia.org/wiki/Kapital#
5
Борисов А.Б.
Большой экономический словарь. -Москва.: Книжный мир, 2003. –С.895.
6
https://qomus.info/encyclopedia/cat-k/capital-uz/
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
171
171
insonga qilingan investitsiya, ya’ni inson kapitalining jamg‘arilishidir”.
7
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “kapital (lotincha capitalis – bosh, asosiy) – o‘zini
o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga daromad, foyda keltiradigan
boylik, kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan,
ahamiyatga molik narsa”,
8
sifatida ta’riflangan. Shuningdek, klassik iqtisodiyot
nazariyada “kapital” tushunchasi ikki xil qaraladi. Ya’ni, “ishlab chiqarish omillariga
egalik huquqi va ulardan foydalanishdan tegishli daromad olish huquqi”
9
sifatida.
Boshqacha aytganda, kapital bu xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar
tizimini tavsiflovchi toifadir.
S.Fisher fikricha, “kapital ma’lum vaqt davomida daromad keltira oladigan
barcha narsadir”
10
. Shuningdek, “kapital bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish
vositalarini ham ishchi kuchini ham o‘z ichiga oladi”
11
. Shu bilan birga, Dj.Mill
ta’kidlashicha, “insonning o‘zi kapital emasligi, biroq uning faqat vosita vazifasini
bajaradigan va faqat mehnat orqali amalga oshiriladigan orttirilgan qobilyatlarini har
qanday sharoitda ham “kapital”| deb tasniflash mumkin”
12
.
J.Kentrik fikricha, “inson kapitali birinchidan, ma’lum bir davr ichida ma’lum bir
mahsulotni yaratish qobiliyati, ikkinchidan, daromad, shu jumladan, daromadning
bozordan tashqari shakllaridir”
13
. Xolbuki, inson kapitali ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,
falsafiy tushuncha sifatida “shaxsning aqliy mehnati va yuksak innovatsion tafakkuri,
uning turmush darajasi, kasbiy karyerasining oshishi, jamiyatdagi mavqei va o‘rnini
belgilab beruvchi omildir”
14
. Vaholanki, inson kapitalining mohiyati ba’zi iqtisodchilar
tomonidan “hamma egallagan bilim, ko‘nikma va motivatsiya zahirasi” sifatida talqin
etiladi. Aslida, bu kapital sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki u kelajakdagi daromad
manbai bo‘lib, insonga xos va uning ajralmas qismidir. Ya’ni, “insonning ta’lim olishi
va uning mehnat qobiliyatini oshirish kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga sarmoya
kiritish natijasida daromad olish qobiliyati”
15
.
Xo‘sh inson kapitali tushunchasi qachon va qanday paydo bo‘lgan?
Inson kapitali tushunchasi jahon falsafiy keyinroq iqtisodiy tafakkurining tabiiy
natijasidir. Unga sabab XX asrning 60-yillari boshlariga qadar “ishchi kuchini
shakllantirish muammosi iqtisodiy fan manfaatlari chegarasida”
16
olib borilganligidir.
7
Akramova Sh.G. O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida inson kapitalini rivojlantirish: Diss.ya
avtoreferati iqt.f.b.f.d. (PhD). – Toshkent, 2019. –B.14.
8
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi DIN, 2001. –B.316.
9
Karpenko YE.Z. Sushnostnaya opredelennost kategorii «chelovecheskiy kapital» // Regionalniye problemi
preobrazovaniya ekonomiki. 2012. №20, -S.315-322.
10
Фишер С., Дорнбуш Р., Шмалензи Р. Экономика. – М.: Дело ЛТД, 1995. – С.64.
11
O‘sha joyda.
12
Mill Dj.S. Principis of Political Economy with some of their Application to Social Philosophy. – London, 1857.
http://az/lib/ru/m/millx_d_s/text_1848_principles_of_political_economy-1.shtml
13
Дятлов С.А. Основы теории человеческого капитала. – СПб.: СПб УЭФ, 2005. –С.98.
14
Usmonov B.SH., Qodirov M.Q., Eltazarov J.D. Inson kapitalining shakllanishida ta’lim va ilm-fanning roli Risola. –
Samarqand: SamDU, 2015. –B.14.
15
Zulluyev A.M., Primov E.B. Chelovecheskiy kapital v sovremennom oshestve // Territoriya nauki, 2016. №6, -S.70.
16
Samorodov YE.M. Chelovecheskiy kapital: osobennosti funksionirovaniya, nakopleniya, ispolzovaniya. – SPb.: Info-
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
172
172
Bu esa mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida insonning yetakchi rolini e’tirof etish bilan
bog‘liq hisoblanadi.
Darhaqiqat, sanoat revolyutsiyasi davriga qadar mehnatkash insonga hamisha
“ish kuchi” sifatida qarab kelingan. XX asr ikkinchi yarmida uning ma’nosiga “mehnat
resursi” va “mehnat salohiyati”, “inson omili” tushunchalari qo‘shildi. Keyinchalik esa
“inson kapitali” tushunchasi ham paydo bo‘lgan. Demak, inson kapitali “ishlab
chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatlantiruvchi kuch
mehnatkash insonning ijtimoiy maqomida yuz bergan o‘zgarishlarni”
17
ham ifoda
etadi.
Inson kapitalini shakllantirish va rivojlantirish muammosi ijtimoiy-falsafiy fikr
tarixida chuqur ildizlarga ega. Ayniqsa, inson o‘zini anglay boshlaganidan to umrining
oxirigacha “Nega dunyoga keldim va yashashdan maqsadim nima?”, “hayotda nimalar
qildim?”, “nimalarga erishdim?”, “nimalarga erisholmadim?”, “men jamiyatga nima
berdim?”, “avlodlarimga nimani meros qoldirdim?” degan savollarga javob izlaydi.
Mazkur savollarga o‘z hayotidan mamnun, doimo o‘qigan, izlangan, tinmay mehnat
qilgan va o‘z bilim, ko‘nikma va mahoratini muttasil oshirib borgan kishilargina javob
topa olgan. Chunki, bunday kishilarda mislsiz va bebaho boylik - bilim, ilm, tajriba,
ko‘nikma va mahorat, voqea-hodisalarga mantiqiy yondashuv mavjud. Ularning
qiymati hech bir zamonda pul bilan o‘lchanmagan, bozorda sotilmagan va qancha sarf
etilmasin kamaymaydigan boylikdir.
Inson kapitali tushunchasi iqtisodiy munosabatlar hamda ishlab chiqarish
jarayonlarning markazida turuvchi inson faktorini ifodalay boshlagan. “|Zamonaviy
ilmiy-texnika inqilobi, informatsion texnologiyalarning keng yoyilishi, dunyodagi
iqtisodiy vaziyat va modellarning (postmodern, postindustrial va axborotlashgan
jamiyat modellari) o‘zgarishi”
18
inson kapitali tushunchasining ma’nolarini o‘zgartirdi.
XX asrda bu tushuncha “inson kapitali” atamasi bilan yana kun tartibiga chiqdi.
Bunga bir tomondan, asrning so‘ngida insoniyatning axborotlashgan jamiyatga,
axborot va yangi innovatsion texnologiyalar davriga qadam qo‘yishi bilimli va
malakali inson kuchiga bo‘lgan talabni mislsiz ravishda yuksaltirdi. Ikkinchi
tomondan, “mamlakatlar va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘rtasida davom etayotgan
raqobat o‘z-o‘zidan sifatli inson kapitalini yaratish musobaqasiga aylandi”
19
. Chunki,
oxir-oqibatda har qanday iqtisodiy, ilmiy, texnologik va shu kabi mo‘jizalarni va
“sakrashlar”ni faqatgina o‘qimishli, bilimli, izlanuvchan, tashabbuskor va fidokor
kishilarning armiyasi – innovatsion inson kapitali ishtirokida va yordamida amalga
da, 2008. –S.14.
17
Xalmatova M., Safayeva S. O‘zbekiston: inson omili va aholini ijtimoiy himoyalash. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2000.
–B.5.
18
Великая Е.Г. Экономическая категория «человеческий капитал» // Экономическая категория, 2013. №48 (237),
-С.32.
19
Қаранг: Абдурахманов К.Х., Зокиров Н.К., Шакаров З.Г. Управление человеческим капиталом в условиях
цифровизации экономики Республики Узбекистан // Лидерство и менежмент, 2022. Том 9. №1, -С.219-232.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
173
173
oshirish mumkin.
Inson kapitali tushunchasi birinchi marta 1958 yilda amerikalik olim Djeykob
Minserning “Inson kapitaliga investitsiyalar va shaxsiy daromadlarni taqsimlash”
20
nomli maqolasida qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik 1961 yilda Teodor Shuls
21
, 1964
yilda esa Garri Bekker
22
lar tomonidan inson kapitali konsepsiyalari ishlab chiqilgan.
Darhaqiqat, 1961 yilda Teodor Shuls va 1964 yildan boshlab Garri Bekker inson
kapitaliga investitsiyalar samaradorligini asoslab, inson xatti-harakatlariga iqtisodiy
yondashuvni shakllantirgan holda ushbu g‘oyani ishlab chiqdi. Teodor Shuls (1979
yilda) va Garri Bekkerlar (1992 yilda) Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga inson
kapitali nazariyasining asoslarini yaratgani uchun sazovar bo‘lishgan.
Teodor Shuls “Talim kapitalining shakllanishi” (1960) va “Inson kapitaliga
investitsiyalar” (1961) asarlarida inson kapitalining birinchi nazariy modelini beradi.
Ushbu asarlar esa bugungi kunda iqtisodiyot fanining klassik nazariyasi sifatida
qo‘llaniladi. Shuningdek, 1963 yilda “Ta’limning iqtisodiy qiymati” nomli inson
kapitali nazariyasiga oid darslik nashr etildi. Bu kabi ilmiy nashrlar inson kapitali
mavzusi bo‘yicha turli tadqiqotlarning paydo bo‘lishiga turtki berdi.
Inson kapitali nazariyasi institutsional nazariya, neoklassik nazariya,
neokeynschilik kabi iqtisodiy nazariyalarining yutuqlariga asoslanadi. Jumladan,
ushbu nazariya Uilyam Petti, Karl Marks, Adam Smit, Djon Styuart Mill, Teodor
Vitsteyn, Genri Sidjvik, Ernst Engel, Uilyam Farr, Alfred Marshall, Geynrik Rosher
kabi mashhur iqtisodchilarning asarlarida tarixiy asoslariga ega. Darhaqiqat, inson
kapitali g‘oyasi dastlab Uilyam Petti tomonidan “Siyosiy arifmetika”da
shakllantirilgan bo‘lsa
23
, keyinchalik Adam Smidning “Xalqlar boyligining tabiati va
sabablari bo‘yicha tadqiqot”
24
va Alfred Marshallning “Iqtisodiy fan prinsiplar”
25
kabi
asarlarda ochib berilgan. Ushbu olimlar aynan inson kapitali to‘grisida fikr yuritmagan
bo‘lsa ham uning elementlarini rivojlantirishga, inson kapitali nazariyasining
shakllanishiga ta’sir etgan. Xususan, U.Pitter “davlat statistika xizmatini yaratish,
milliy boylik va milliy daromadni hisoblash zarurligi”
26
ni isbotlagan. Bu esa o‘sha davr
uchun ko‘rsatkichlarni hisoblash bilan birga zamonaviy milliy hisoblar tizimini
yaratishga asos bo‘ldi. Ayniqsa olim umrining oxirigacha asosan aholi soni, uning
o‘sishi, taqsimlanishi, bandlik masalalari bilan shug‘ullandi. Bu masalalar esa aynan
inson kapitalini rivojlantirishga sabab bo‘ladigan omillar hisoblanadi.
20
Mincer J. Investment in Human Capital and Personal Income Distribution // Journal of Polirical Economy, vol.66, No4,
august, 1958. –Pp.281-202.
21
Shultz T. Human Capital in International Encyclopedia of the Social Sciences. – N.Y., 1968. Vol.6.
22
Becker G. Human Capital. – Columbia University Press, 1964.
23
Petty, William. Essays in Political Arithmetick («Эссе о политической арифметике»). 1683.
24
Adam Smith. An inquiry into the Nature and Causes of Wealth of Nations. – London: William Strahan and Thomas
Cadell, 1776; Адам Смит. Исследование о природе и причинах богаства народов. – М.: Эксмо, 2020. – 1056 с.
25
Alfred Marshall. Principles of Economics. – London, 1890.; Маршалл А. Принципы экономической науки. Пер. с
англ. – М.: Прогресс, 1993. – 594 с.
26
Petty, William. Essays in Political Arithmetick («Эссе о политической арифметике»). 1683.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
174
174
Albatta, yuqoridagi olimlardan Adam Smidning “Xalqlar boyligining tabiati va
sabablari bo‘yicha tadqiqot” asarini alohida e’tirof etish kerak. Chunki ushbu asar
iqtisodiy nazariyalarga sezilarli ta’sir o‘tkazgan, ayniqsa klassik siyosiy iqtisodning
asosiy asarlaridan hisoblanadi. Ushbu asar 5 ta kitobdan iborat bo‘lib, ularda “mehnat
unumdorligining oshishi sabablari, uning mahsuloti aholi tabaqalari orasida tabiiy
ravishda taqsimlanishi; kapitalning tabiati, uning to‘planishi va qo‘llanilishi; turli
xalqlar o‘rtasida farovonlikni rivojlantirish; davlatning daromadlari to‘g‘risida”
27
so‘z
yuritilgan. Darhaqiqat, olimning ushbu asari davlatning iqtisodiyotdagi o‘rnini
belgilashda klassik nazariya sifatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki olim
ta’kidlashicha, “davlat inson hayoti va mulki xavfsizligini ta’minlashi, nizolarni hal
etishi, qoidalarga rioya etilishini kafolatlashi shart”.
28
Shu jumladan, yangi
O‘zbekistonda “davlat - inson uchun”
29
tamoyili amalga joriy etildi.
Yuqoridagi tahlillar natijasida aytish mumkinki, inson kapitalini shakllantirish
nazariyasi aynan XX asrning 50-60 yillarida ilmiy tahlil sifatida shatr-sharoitlar
vujudga keldi.
Inson kapitali nazariyasini yaratishga turtki bo‘lib, “klassik o‘sish omillari
asosidagi hisob-kitoblardan yuqori bo‘lgan dunyoning rivojlangan mamlakatlari
iqtisodiyotining o‘sishi haqidagi statistik ma’lumotlar bo‘ldi”.
30
Zero, inson kapitalini
jamiyat, davlat va iqtisodiyot rivojlanishining asosiy ishlab chiqarish hamda ijtimoiy
omili sifatida shakllanishi zamonaviy sharoitda rivojlanishning real jarayonlarini tahlil
qilishga olib keldi. Shu sababli T.Shuls va G. Bekkerlar “inson kapitali” tushunchasini
insonning qobiliyatini, uning iste’dodini, bilimini, egallagan malakasini, tug‘ma
qobiliyatini iqtisodiy baholash sifatida ta’riflashgan.
31
Xo‘sh, inson kapitali nima? Uning o‘ziga xos xususiyatlari qanday? Inson
kapitaliga oid qanday yondashuvlar mavjud? Dastlab, inson kapitali faqat insonning
mehnat qobiliyatini oshiradigan investitsiyalar yig‘indisi, ya’ni ta’lim va kasbiy
mahorat tushunilgan.
Tadqiqoti olim T.Shuls fikricha, “inson farovon yashashi, kambag‘allikdan
qutilishi yer, texnika va insonlarning sa’y harakatidan ko‘ra ko‘proq bilimga bog‘liq.
Insonlarning barcha qobiliyatlari tug‘ma yoki orttirilgan bo‘ladi: har bir odam uning
tug‘ma qobiliyatlarini belgilovchi individual genlar kompleksi bilan tug‘iladi. Inson
ortirilgan sifatlari munosib sarflar bilan kuchaytirilishi mumkin, biz buni inson kapitali
deb ataymiz”.
32
Shuni ta’kidlash kerakki, olim inson kapitalini kelajakdagi daromadlar
manbaini yaratish qobiliyatiga ega bo‘lgan hamma narsani tushunadi.
27
Adam Smith. An inquiry into the Nature and Causes of Wealth of Nations. – London: William Strahan and Thomas
Cadell, 1776.
28
Адам Смит. Исследование о природе и причинах богаства народов. – М.: Эксмо, 2020. – C.106.
29
Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Тошкент: “Oʻzbekiston”, 2021. -Б.67.
30
https://ru.wikipedia.org/wiki
31
Shultz T. Human Capital in International Encyclopedia of the Social Sciences. – N.Y., 1968. Vol.6.; Becker G. Human
Capital. – Columbia University Press, 1964.
32
Shultz T. Human Capital in the International Encyclopedia of the Social Sciences. – N.Y., 1968. Vol.6.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
175
175
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, insonda mujassamlashtirilgan “inson kapitali
uning bilimi, bilimdonligi, mahorati, tartibliligi, axloqliligi va yaratuvchanlik faoliyati
har qanday davlatning milliy boyligini asosidir”.
33
Darhaqiqat, bugungi kunda davlat
yoki mamlakatlarning taraqqiyotiga, rivojlanishga erishishi uchun jamiyatdagi
insonlarni ta’lim olishga, bilimli, kasb-hunarli bo‘lishiga, aholining bandligiga hamda
ularning farovon hayot kechirishlariga e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 - 2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60-son Farmoni // www.lex.uz (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son)
2. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Тошкент: “Oʻzbekiston”,
2021. -Б.67.
3. Centre research civil society of University name Johns Hopkins (USA),
Institute of Central Asia, European Union Institute for Security Studies (France),
Institute of Academy for study modern international relations Europe and Asia (China),
Osaka University (Japan), Civil Society Fund Friedrich Ebert, Berlin Civil Society
Center (Germany).
4. Petty, William. Essays in Political Arithmetick («Эссе о политической
арифметике»). 1683.
5. Adam Smith. An inquiry into the Nature and Causes of Wealth of Nations. –
London: William Strahan and Thomas Cadell, 1776; Адам Смит. Исследование о
природе и причинах богаства народов. – М.: Эксмо, 2020. – 1056 с.
6. Alfred Marshall. Principles of Economics. – London, 1890.; Маршалл А.
Принципы экономической науки. Пер. с англ. – М.: Прогресс, 1993. – 594 с.
7. G‘affarova G., Jalalova G. Inson kapitalini rivojlantirish davrida kreativlik
zaruriyati // Scientife Bullettin of NamSU - Nauchniy vestnik - NamDU ilmiy
axborotnomasi, 2022. 3-son, -B.207.
8. Shultz T. Human Capital in International Encyclopedia of the Social Sciences.
– N.Y., 1968. Vol.6.; Becker G. Human Capital. – Columbia University Press, 1964.
9. https://ru.wikipedia.org/wiki
33
G‘affarova G., Jalalova G. Inson kapitalini rivojlantirish davrida kreativlik zaruriyati // Scientife Bullettin of NamSU -
Nauchniy vestnik - NamDU ilmiy axborotnomasi, 2022. 3-son, -B.207.