JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
162
162
ABU HAFS KABIR VA MOVAROUNNAHRDAGI
ILMIY-MADANIY MUHIT
Isroilov Muhammadjon Ihomjon o‘g‘li
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent
Islom instituti 4-kurs talabasi
Annotatsiya (O‘zbekcha)
Ushbu maqola islom tarixining muhim shaxsi Imom Abu Hafs Kabir Buxoriy va
uning Movarounnahrdagi ilmiy-madaniy muhitdagi o‘rnini yoritadi. Unda fiqh va
hadis ilmlarining tarixi, Somoniylar va Qoraxoniylar davridagi diniy-ma’rifiy muhit,
madrasalar faoliyati hamda Abu Hafs Kabirning hanafiylik maktabini yoyishdagi
xizmatlari keng yoritilgan. Maqola Movarounnahrda islom ilmlarining taraqqiyotidagi
asosiy omillarni tahlil qilishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar (O‘zbekcha
)
Abu Hafs Kabir, Movarounnahr, fiqh, hadis, hanafiylik, Somoniylar,
Qoraxoniylar, madrasa, islomiy ilm, Buxoro.
قيلعتلا (Arabcha)
ءارو ام يف ةيفاقثلاو ةيملعلا ةئيبلا يف هرودو يراخبلا ريبكلا صفح يبأ ماملإا ةيصخش ةلاقملا هذه لوانتت
ةيناماسلا ةلودلا لظ يف ثيدحلاو هقفلا ملع روطت ىلع ءوضلا طلست .رهنلا
،ةينيدلا سرادملا طاشنو ،ةيناخارقلاو
مولعلا راهدزا يف تدعاس يتلا لماوعلا ىلع ةلاقملا زكرت امك .يفنحلا بهذملا رشن يف ريبكلا صفح يبأ ةمهاسمو
ةقطنملا يف ةيملاسلإا.
ةيحاتفملا تاملكلا (Arabcha)
ناماسلا ،يفنحلا بهذملا ،ثيدحلا ،هقفلا ،رهنلا ءارو ام ،ريبكلا صفح وبأ
،سرادملا ،نويناخارقلا ،نوي
ىراخب ،ةيملاسلإا مولعلا
Annotation (Inglizcha)
This article explores the scholarly and cultural environment of Transoxiana with
a focus on Imam Abu Hafs Kabir al-Bukhari. It discusses the development of Islamic
jurisprudence and hadith sciences during the Samanid and Qarakhanid periods, the role
of madrasas, and Abu Hafs Kabir’s contributions to the spread of the Hanafi school.
The article aims to analyze key factors that led to the flourishing of Islamic knowledge
in the region.
Keywords (Inglizcha)
Abu Hafs Kabir, Transoxiana, fiqh, hadith, Hanafi school, Samanids,
Qarakhanids, madrasa, Islamic knowledge, Bukhara
Аннотация (Ruscha)
В статье рассматривается личность имама Абу Хафа Кабира аль-Бухари и
его роль в научно-культурной среде Мавераннахра. Описывается развитие наук
фикха и хадиса в эпоху Саманидов и Караханидов, деятельность медресе, а также
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
163
163
вклад Абу Хафа Кабира в распространение ханафитского мазхаба. Цель статьи
— анализ факторов, способствовавших расцвету исламских наук в регионе.
Ключевые слова (Ruscha)
Абу Хафс Кабир, Мавераннахр, фикх, хадис, ханафитский мазхаб,
Саманиды, Караханиды, медресе, исламские науки, Бухара.
Islom dini keng miqyosda tarqalib, turli dinlarga mansub kishilar unga o‘tgani,
ayrim siyosiy, ijtimoiy va aqidaviy sabablarga ko‘ra musulmonlar orasida yuzaga
kelgan qarama-qarshiliklar oqibatida, islom muxoliflari tomonidan ko‘p soxta hadislar
to‘qib chiqilib tarqatila boshlandi va bu hodisa ushbu manbadan qat'iy ishonch bilan
foydalanishni og‘irlashtirdi. Shu vaqtlarda hadislarni chuqurroq o‘rganib, tahlil qilish,
orasidan to‘qima hadislarni chiqarib tashlash va faqatgina sahih hadislardan huquqiy
manba sifatida foydalanish zarurati yuzaga keldi. Bunday yondashuv bir tomondan
hadisshunoslik ilmi rivojiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yangi huquqiy maktablar
(mazhablar)ning yuzaga kelishi uchun zamin yaratib berdi.
Movarounnahrdan ko‘plab olimlar xalifalikning turli shaharlarida bo‘lib, fiqh
ilmini o‘zlashtirish bilan birga, bu sohada vujudga kelgan turli qarashlarni o‘z
yurtlariga olib kelishdi. Shunday qilib, hanafiylik mazhabi Movarounnahr hududiga
kirib keldi. Movarounnahr hanafiy maktabi va ularning vakillari faoliyati xorijiy va
mahalliy tadqiqotchilar tomonidan muayyan darajada o‘rganildi
1
. Hanafiy mazhabi
hijriy II asrdan ko‘plab hududlarda o‘z nufuzini o‘tkaza boshladi va birinchi bosqichda
Abbosiylar davlati hududida tarqaldi. Ayrim mamlakatlar, masalan, Iroq, Eron,
Movarounnahr, Xuroson va Turkiya hududlarida Abbosiylar, Somoniylar,
Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, Misrda Ayyubiylar,
Mamluklar, Temuriylar, Boburiylar, Shayboniylar davlatlari va Usmoniylar imperiyasi
tomonidan rasmiy mazhab sifatida qabul qilinib, ularning keng sohali barcha
hududlarida sud ishlari ushbu mazhab asosida olib borilardi
2
.
Somoniylar davrida fiqhning rivoji. Somoniy hukmdorlari ilmga, olimlarga
bo‘lgan cheksiz hurmati natijasida o‘lkada ilm-fan nihoyatda rivojlangan. Zero, Ismoil
Somoniy ilmga e’tiborli, olimlarni qadrlaydigan bo‘lishi bilan bir qatorda o‘z farzand
va nabiralarini ham shunday xislatli bo‘lishga chorlagan. Sulola vakillari agar biror
olim vafot etsa, uning janozasida ishtirok etar, janozalarini o‘qib qabrga o‘z qo‘llari
bilan qo‘yar edilar
3
. Bu davrda fiqh ilmi yanada gullab-yashnadi. Fiqh talabalarga
yoshligidan dars beriladigan asosiy ilmlardan biri bo‘lib ulgurgan edi. Hatto yosh
bolalar ham fiqh ilmini puxta egallashga va fiqhiy masalalar yechimini izlashga harakat
1
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 87.
2
O‘sha manba. – B. 88.
3
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 92.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
164
164
qilishar edi. Yoqutiy o‘zining “Talxisul osor” nomli kitobida keltirishicha, Ibn Sino
hanafiy mazhabida fatvo berganida o‘n ikki yoshda bo‘lgan
4
.
Somoniylarda sud ishlari shariat qonun-qoidalariga asoslangan edi. Sud ishlari
qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud jarayoni qozikalon, qozilar, muftiy va
raislar tarafidan amalga oshirilgan. Og‘ir jinoyat qilganlar o‘limga yoki uzoq muddat
qamoq jazosiga mahkum etilgan
5
.
Somoniylar davrida ilm-fan rivoji yuqori cho‘qqiga chiqdi. Turli xil maktablar,
madrasalar faoliyati kundan-kunga ortib bordi. Quyida somoniylar davrida faoliyat
yuritgan masjid va madrasalar haqida ba’zi ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz:
Madrasalarning paydo bo‘lishi o‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi bilan uzviy
bog‘liq. VIII-ІX asrlarda talabalar, asosan, masjidlarda o‘qitilar, ularda musulmon dini
aqidalari, islomiy ilmlar bilan bir qatorda, aniq fanlar ham o‘qitilar edi. Talabalarga
o‘qitish jarayonida aytib turilgan, ular yozganlar. Bu "imlo” usuli deb yuritilgan.
Qutayba ibn Muslim (rohimahulloh) buxoroliklarning imkon qadar aksariyatini juma
namozida ishtirok etishlariga e’tibor bergan. Bu odatda islom dini ta’limotlari, dars va
irshodlarini o‘z ichiga olgan xutbani tinglash uchun qilingan sa’y-harakat edi
6
.
Qutayba (rohimahulloh) namozga kelgan har bir kishiga ikki dirhamdan bergan.
Keyinchalik Movarounnahr masjidlari talaba va mudarrislarga dars beradigan olimlar
bilan to‘la bo‘lgan
7
. Olimlar faqat diniy ilmlar bilan cheklanib qolmagan. Manbalarda
keltirilishicha, Qozi Abdurazzoq Buxoriy mahallasi masjidida tibbiyot va riyoziyotdan
ham dars bergan
8
.
O‘sha davrda Ismoil Somoniy ko‘plab madrasalar qurdirgan bo‘lib, uning davrida
barcha madrasalarning soni Islom sharqidagi madrasalardan ko‘p edi
9
. Bu
madrasalarda fiqh, din, lug‘at ilmlari, matematika va hisob kabi fanlardan dars
berilgan. Madrasalarga talabalar ilm olishlarida yordam bo‘lishi uchun vaqf va
hadyalar berib turilgan. Shunday madrasalardan biri Imom Abu Hafs Kabir
(rohimahulloh)ning madrasasi ham Movarounnahr va qo‘shni davlatlar orasida hanafiy
fiqhini yoyishda katta rol o‘ynagan
10
. Imom Abu Hafs Kabir va u zotning madrasasi
tog‘risida kelgusida so‘z yuritamiz. Bu o‘rinda esa o‘sha davrdagi mavjud vaziyat va
muhitni to‘liqroq tushunishimiz uchun u yerda hukmronlik qilgan sulolalarni qisqacha
tanishtirib o‘tamiz.
Yuqorida bayon qilganimiz Somoniy davridan keyin Qoraxoniylar davlat
4
Yoqutiy. Talxis al-osor. Qo‘lyozma. – B. 36.
5
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 93.
6
O‘sha manba. – B. 95.
7
Muhiddin Abdulqodir ibn Muhammad. Al-Javohir al-mudiyya. – Hijr: HIjr littob’ati van-nashr, 2007. – J. III. – B.
315.
8
Zahiriddin Bayhaqiy. Tarix hukamo al-islam. – Dimashq: Maktabatut taroqqiy, 1946. – B. 131.
9
Vamberi A. Buxoro tarixi. Nashrga tayyorlovchi: Sirojiddin Ahmad. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 1990. – B. 109.
10
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 97.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
165
165
hokimiyatiga kelishadi. Ularning hukmronlik yillari 999-1212 yillarga to‘g‘ri keladi.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahrda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Yangi-yangi yirik
shaharlar barpo etildi (O‘zgan, Koson). Shahar aholisi mamlakat ijtimoiy hayotida faol
ishtirok eta boshladi.
Qoraxoniylar hukmdorlarining siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi natijasida
o‘lkada ko‘plab faqihlar faoliyat yuritdi. Jumladan, bu davrda uch yuzga yaqin faqih
fiqh ilmining ham nazariy, ham amaliy jihatlari bilan shug‘ullanganligi, shuningdek,
yigirmadan ortiq fatvolar majmuasi, uch yuz ellikdan ortiq fiqhiy asarlar yaratilib
ularning 98 foizi hanafiy fiqhiga oid ekanligi qayd etilgan
11
. Movarounnahrda fiqhning
rivoji uchun yana bir omil qoraxoniy hukmdorlarining fiqh - islom huquqi va
qonunlariga qiziqishi hamda huquqiy normalarning amaliy hayotga tatbiq etilishi edi.
Qoraxoniylar davlati hukmdorlari, ayniqsa, Ibrohim Mahmud Tamg‘ochxon
diyonatli kishi bo‘lib, faqihlar fatvosini olmaguncha hech bir jinoyatchini jazolamas,
molu mulkini musodara qilmas edi. Muhammad Avfiy (rohimahulloh) "Lubobul
albob"da keltirishicha, Ibrohim Mahmud Tamg‘ochxon diniy olimlarga izzat va
hurmat ko‘rsatib islom qonun-qoidalariga jiddiy rioya etar ekan. U xalq tinchligini
saqlash, molu mulklarining daxlsizligini himoya qilishga katta e’tibor qaratib,
jinoyatchilarni shafqatsizlik bilan jazolar ekan. Bir vaqt bezorilar Samarqand darvozasi
devoriga “Biz piyoz kabimiz, boshimizni har qancha kessangiz ham yana o‘sib
chiqaveramiz”, deb yozib ketganda, voqeadan xabar topgan Tamg‘ochxon o‘sha joyga
"Men ham dehqon kabi siz qayerdan bosh ko‘tarsangiz o‘sha yerdan tag-tugingiz bilan
qo‘porib tashlayman”, deb yozdirib qo‘ygan ekan. Birgina shu rivoyat bilan o‘sha
davrda fiqh ilmi va uning asosi bo‘lgan islom qonun-qoidalari nechog‘lik ahamiyat
kasb etgani, qolaversa, davlat siyosatida muhim o‘rin egallaganligiga ishora qiladi
12
.
Abu Hafs Kabir (rohimahulloh). Abu Hanifa (rohimahulloh) asos solgan
hanafiylik mazhabi boshqa o‘lkalar singari Movarounnahrga ham yetib kelgan edi.
Birinchilardan bo‘lib hanafiy mazhabini Movarounnahrga olib kelgan zot Muhammad
ibn Hasan Shayboniy (rohimahulloh)ning shogirdi Abu Hafs Ahmad ibn Hafs Kabir
Buxoriy (rohimahulloh)dir. U zot Buxoroda fiqh maktabiga asos soldi. To‘liq ismi
Ahmad ibn Hafs ibn Zibriqon ibn Abdulloh ibn Buxoriy. Dastlabki ilmlarni o‘z yurtida
egallaydi, so‘ngra Bag‘dodga borib, u yerda Abu Hanifa (rohimahulloh)ning
shogirdlaridan ko‘plari bilan uchrashadi, ulardan Muhammad ibn Hasan
(rohimahulloh)ning ilmiy majlislarida bir necha yil dars oladi. Imom Muhammadning
"Mabsut” kitobini ko‘chiradi. U Imom Muhammaddan keyin eng kuchli, eng ishonchli,
eng taqvodor faqih hisoblangan
13
. Bunga dalil sifatida quyidagi rivoyatni keltirish
11
Juzjoniy. Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va
O‘rta Osiyo faqihlari.
– Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2002. – B.
180.
12
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 99.
13
O‘sha manba. – B. 118.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
166
166
mumkin: Abu Hafs (rohimahulloh) bilan birga Imom Muhammaddan tahsil olgan Abu
Sulaymon Juzjoniy (rohimahulloh)ning ta’kidlashicha: “Ustozim Imom Muhammad
ibn Hasan Shayboniydan: “Agar siz vafot etsangiz ilmni kimdan olaylik?”, deya
so‘radim. Shunda ustozim: “Hech kim mendan ilmni Abu Hafs Buxoriychalik
ololmagan”, dedilar
14
.
Abdulloh ibn Muhammad Sibazmuniy (rohimahulloh) Abu Hafs (rohimahulloh)
haqida quyidagi rivoyatni keltiradi: “Aflah ibn Muhammad Imom Abu Yusufning
majlisida bo‘lgan, undan "amoliy”ni yozib olgan, Ahmad ibn Hafs esa Aflah bilan
majlisda Abu Yusufning huzuriga borishdan oldin birga bo‘lgan. Ahmad ibn Hafs Abu
Yusufni umri oxirlagan bir davrda uchratdi. Keyin Imom Muhammadga borib, uning
darslarini eshitdi va uning huzurida fiqhni o‘rgandi
15
. Demak, Abu Hafs
(rohimahulloh) Imom Abu Hanifaning mumtoz shogirdlari sanalgan Imom
Muhammad va oz muddat bo‘lsa-da, Imom Abu Yusufning ham majlisida bo‘lgan.
Shamsiddin Zahabiy (rohimahulloh)ning xabar berishicha, Vaki’ ibn Jarroh, Abu
Usomalar ham uning ustozi bo‘lishgan
16
.
Aytish joizki, Movarounnahrda fiqhning rivojlanishida Abu Yusufdan ko‘ra
Imom Muhammadning qarashlari ko‘proq ta’sir ko‘rsatgan. Ilm olib o‘z yurtiga
qaytgan Ahmad ibn Hafs shu tariqa hanafiy mazhabi ta’limotini birinchi bo‘lib
Movarounnahrga olib kelgan shaxs sifatida tanildi
17
. Shuning uchun Yoqutiy: “Buxoro
faqihlar akademiyasi va fozillar makonidir, Buxorodan ko‘ra ilm ahliga hurmati
kuchliroq shahar ahlini ko‘rmaganman”, deya e’tirof etadi
18
.
Abu Hafs Kabir nafaqat fiqh sohasida samarali ijod qilgan, balki u hadis va kalom
ilmlarining ham yetuk bilimdoni sanaladi. VIll-X asrlarda Movarounnahr, Xuroson,
Iroq va boshqa mintaqalardan yetishib chiqqan hanafiy muhaddislari va faqihlarining
faoliyatlari haqida Abdulloh Sibazmuniy o‘zining “Kashful osor” asarida qimmatli
ma’lumotlar keltirgan. Jumladan, asarda Abu Hafs Kabir va uning avlodlari Buxorodan
chiqqan ilk hanafiy muhaddislari qatorida zikr etilgan
19
.
Sharqshunos A.B. Xolidov va bir necha tadqiqotchilar Movarounnahr hamda
Xurosonda xalifalik davrida ilk bora madrasalar barpo etilganini zikr etib, birinchi
madrasa Buxorodagi “Forjak” madrasasi degan fikrni olg‘a suradilar
20
. Abu Bakr
Muhammad Narshaxiy o‘zining "Tarixi Buxoro” asarida 326/937 yili Buxoroda sodir
14
Ahmad ibn Mahmud. Mozoroti Buxoro. Qo‘lyozma.
– B. 9. Mazkur kitob hoshiyasida yozilishicha, ushbu rivoyat
Xoja Muhammad Porsoning “Fasl al-xitob” asari hoshiyasida ham kotib tomonidan qayd etilgan.
15
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 118.
16
Shamsiddin Zahabiy. Siyar a’lami an-nubala. – Bayrut: darul-fikr, 2021. – J. XIX. – B. 138.
17
Обидов Д. К вопросу становления Мавераннахрского течения ханафитской школы права. – Душанбе: Ирфон,
2008. С. 165.
18
Yoqutiy. Talxis al-osor. Qo‘lyozma. – B. 54.
19
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 119.
20
Халидов А.Б. Арабские рукописи и арабская рукописная традиция. – Москва: Наука, 1985. – С. 186.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
167
167
bo‘lgan yong‘indan Forjak madrasasi ham zarar ko‘rganini qayd etib o‘tadi
21
.
Keyinchalik madrasa qayta tiklanadi. Mog‘ullar davrida yashagan va mashhur
“Javomiul hikoya” asarining muallifi Ibn Avfiy (rohimahulloh) mazkur madrasada
mudarris Mas’ud Imomzoda qo‘li ostida ta’lim olgani ushbu madrasaning mog‘ullar
davrida ham faoliyat yuritganini ko‘rsatadi
22
.
Abu Hafs Kabir madrasasi. Abu Hafs Buxoroda ilmiy va diniy bilimlar rivojiga
katta hissa qo‘shgan madrasaga asos solgan
23
. Bu o‘z zamonasida mashhur
madrasalardan sanalib, hozirgi "Poyi Kalon” mavzesida joylashgan. Narshaxiyning
ma’lumotiga ko‘ra, Abu Hafs Kabir bomdod namozidan keyin talabalarga dars
bergan
24
. U zot ko‘plab shogirdlarni tarbiyalab, kamolga yetkazdi: Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs (Abu Hafs Sag‘ir), Abu Ja’far Rizvon ibn Salim
Badokoriy, Abul Hasan Muqotil ibn Said Baydariy, Muhammad ibn Hotam
Subizug‘ukiy, Abu Zahhok Fazl ibn Hasson Sutikaniy, Horis ibn Abul Vafo Buxoriy,
Dovud Sharg‘iy, Abu Said Sulaymon ibn Dovud Sharg‘iylar
25
, shular jumlasidan
26
.
Abu Solih Toyyib ibn Muqotil Xunomatiy, Abu Hasan ibn Tolib G‘ishatiylar
undan rivoyat qilishgan. Abdulkarim Sam’oniy “Ansob” nomli asarida keltirishicha,
Abu Hafsning shogirdlari Xarojir degan qishloqda ko‘p bo‘lgan
27
. U zot tufayli Buxoro
shahri hanafiylikning muhim markazlaridan biriga aylandi. Abu Hafs Kabir doim
shogirdlariga shunday nasihat qilar edi: “Qur’onni ko‘p o‘qinglar. Chunki Qur’on
mus’haf va qalblardan tez ketadi”
28
.
Tarixchi A.Vamberi o‘zining “Tarixi Buxoro" nomli asarida Imom Abu Hafs
Kabir Buxoriyning madrasasi islom olamining turli o‘lkalaridagi olimlar va
talabalarning orzu qilgan madrasasi bo‘lganini ta’kidlagan
29
.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. –
Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 2021.
2.
Yoqutiy. Talxis al-osor. Qo‘lyozma.
3.
Muhiddin Abdulqodir ibn Muhammad. Al-Javohir al-mudiyya. – Hijr: HIjr
littob’ati van-nashr, 2007. – J. III.
21
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy. Buxoro tarixi. Fors-tojik tilidan tarjima A.Rasulevniki. – Toshkent: Fan,
1966. – B. 84.
22
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 121.
23
Неъматов Н. Государство Саманидов: таджики в IХ - Х. Душанбе: Ирфон, 1989. C. 122.
24
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 122.
25
Sam’oniy. Nasabnoma. – Toshkent: Hilol-nashr, 2017. – B. 7,9,16,19.
26
Shamsiddin Zahabiy. Siyar a’lami an-nubala. – Bayrut: darul-fikr, 2021. – J. XII. – B. 617-618.
27
Sam’oniy. Nasabnoma. – Toshkent: Hilol-nashr, 2017. – B. 13.
28
Lobar Asrorova. Abu Hafs Kabir Buxoriy va hanafiy fiqhi. Ikkinchi nashr. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom
akademiyasi, 2021. – B. 122.
29
Vamberi A. Buxoro tarixi. Nashrga tayyorlovchi: Sirojiddin Ahmad. – Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 1990. – B. 105-106.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–78_Issue-3_June-2025
168
168
4.
Zahiriddin Bayhaqiy. Tarix hukamo al-islam. – Dimashq: Maktabatut taroqqiy,
1946.
5.
Vamberi A. Buxoro tarixi. Nashrga tayyorlovchi: Sirojiddin Ahmad. – Toshkent:
G‘ofur G‘ulom, 1990. – B. 109.
6.
Juzjoniy. Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va O‘rta Osiyo faqihlari. –
Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2002.
7.
Ahmad ibn Mahmud. Mozoroti Buxoro. Qo‘lyozma. Mazkur kitob hoshiyasida
yozilishicha, ushbu rivoyat Xoja Muhammad Porsoning “Fasl al-xitob” asari
hoshiyasida ham kotib tomonidan qayd etilgan.
8.
Shamsiddin Zahabiy. Siyar a’lami an-nubala. – Bayrut: darul-fikr, 2021. – J. XIX.
9.
Обидов Д. К вопросу становления Мавераннахрского течения ханафитской
школы права. – Душанбе: Ирфон, 2008.
10.
Халидов А.Б. Арабские рукописи и арабская рукописная традиция. – Москва:
Наука, 1985.
11.
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy. Buxoro tarixi. Fors-tojik tilidan
tarjima A.Rasulevniki. – Toshkent: Fan, 1966.
12.
Неъматов Н. Государство Саманидов: таджики в IХ - Х. Душанбе: Ирфон,
1989.
13.
Sam’oniy. Nasabnoma. – Toshkent: Hilol-nashr, 2017.
.