Authors

  • Raximova Arofatxon G‘ulomjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114166

Keywords:

Kalit so‘zlar: paremik birlik maqol matal ibora latifa xalq og‘zaki ijodi humoristik matn matnshunoslik zamonaviy kulgi

Abstract

Annotatsiya: Mazkur maqolada paremik birliklarning (maqol, matal, ibora, aforizm va boshqa xalq og‘zaki ijodi shakllarining) matnlardagi funksional qo‘llanilishi tahlil etiladi. Jumladan, badiiy matnlar, publitsistik chiqishlar hamda humoristik janrlarda – ayniqsa, latifalarda – paremik birliklarning obrazli fikr ifodasi, kulgi va kinoyani kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatilishi ko‘rsatiladi. Matn namunalari asosida paremik birliklar matnga qanday estetik va ma’no yuklayotgani misollar bilan yoritiladi. Shuningdek, latifalari misolida bu birliklarning zamonaviy kontekstda yangi semantik qatlamlarga ega bo‘lishi ko‘rsatib beriladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

20

20

MATNDA PAREMIK BIRLIKLARNING QO‘LLANILISHI

Raximova Arofatxon G‘ulomjon qizi

FarDU magistranti

Annotatsiya

: Mazkur maqolada paremik birliklarning (maqol, matal, ibora,

aforizm va boshqa xalq og‘zaki ijodi shakllarining) matnlardagi funksional
qo‘llanilishi tahlil etiladi. Jumladan, badiiy matnlar, publitsistik chiqishlar hamda
humoristik janrlarda – ayniqsa, latifalarda – paremik birliklarning obrazli fikr ifodasi,
kulgi va kinoyani kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatilishi ko‘rsatiladi. Matn
namunalari asosida paremik birliklar matnga qanday estetik va ma’no yuklayotgani
misollar bilan yoritiladi. Shuningdek, latifalari misolida bu birliklarning zamonaviy
kontekstda yangi semantik qatlamlarga ega bo‘lishi ko‘rsatib beriladi.

Kalit so‘zlar

: paremik birlik, maqol, matal, ibora, latifa, xalq og‘zaki ijodi,

humoristik matn, matnshunoslik, zamonaviy kulgi

Аннотация

: В данной статье рассматривается функциональное

использование паремических единиц (пословиц, поговорок, фразеологизмов,
афоризмов и других форм устного народного творчества) в текстах. В частности,
показано, как паремические единицы используются в художественных
произведениях, публицистических выступлениях и юмористических жанрах —
особенно в анекдотах — как средство выразительного мышления, усиления
комизма и иронии. На основе примеров из текстов раскрывается, какую
эстетическую и смысловую нагрузку несут паремические единицы. Также на
примере анекдотов демонстрируется, как эти единицы приобретают новые
семантические слои в современном контексте.

Ключевые слова:

паремические единицы, пословица, поговорка,

фразеологизм, анекдот, устное народное творчество, юмористический текст,
текстология, современный юмор


Xalq og‘zaki ijodining qadimiy namunalaridan hisoblangan paremiologik

birliklar boshqa janrlardan o‘zining qisqa, lo‘nda, obrazli va chuqur mazmunga egaligi
bilan alohida ajralib turadi. Paremiologiya- (yunoncha: paroimia – hikmatli so‘z,
zarbulmasal) 1) ma’lum bir tildagi avloddan – avlodga og‘zaki shaklda ko‘chib
yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida
paydo bo‘lgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar; 2) muayyan tilda mavjud
bo‘lgan maqol, matal kabi hikmatli so‘zlar paremalar tizimini tashkil etadi.
Paremiologik birliklar orqali har bir xalqning o‘ziga xos qadimiy va boy ma’naviyati,
madaniyati, turmush tarzi, hayoti, kishilarning jamiyatga bo‘lgan munosabati,
kuzatishlar va tajribalariga suyanish asnosida chiqarilgan xulosalarini ifodalovchi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

21

21

ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ularini, ijobiy fazilatlarini o‘zida mujassamlashgan
tuyg‘ulari namoyon bo‘ladi. Paremalar avloddan avlodga faqat ogʻzaki holdagina oʻtib
kelganligi, xalq ogʻzaki ijodining mahsuli boʻlganligi uchun adabiyotshunoslikning
oʻrganish obʼyekti hisoblanadi, chunki ularning aksariyati koʻpincha sheʼriy shaklga
oʻxshaydi va ularda oʻxshatish, antiteza, anafora, alliteratsiya, kinoya, piching kabi bir
qancha tasviriy vositalar qoʻllanadi. Shu bilan birga paremalar soʻzlardan tuzilib,
maʼlum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat boʻlgani uchun tilshunoslikning ham
oʻrganish obyektidir. Paremalarning kelib chiqishi, tarixan rivojlanishi va maʼno
xususiyatlarini oʻrganuvchi paremik birliklar frazeologiya bilan chambarchas bogʻliq.
Paremik birliklar tilda mavjud boʻlgan turli xil barcha iboralarni oʻrganadi,
frazeologiya esa uning bir qismi sifatida faqat koʻchma maʼnoli turgʻun birikmalarni
oʻrganadi. Shu jihatdan ular oʻzaro farqlanadi. Oʻrganish obʼyektining birligi, yaʼni bir
necha soʻzdan tashkil topgan turgʻun, barqaror birikmalarni tekshirish paremik
birliklar bilan frazeologiyaning oʻxshash, umumiy tomoni hisoblanadi. Paremalarni
toʻplash, oʻrganish Mahmud Koshgʻariy ("Devonu lugʻotit turk") va Gulxaniy
("Zarbulmasal") zamonlaridan to hozirgi kunlargacha davom etib kelmoqda. Endi esa
badiiy asarlaarda qo‘llangan paremalar xxususida so‘z yuritamiz va misollarni ko‘rib
chiqamiz.

Maqol-grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi

natijasida vujudga kelgan barqaror birikma. Abdulla Qahhor hikoyalariga epigraf (asar
yoki hikoyaningasosiy ma’nosini ochib beruvchi va

1

uning mazmunini ifodalaydigan

sitata, ibora, maqol va shu kabilar) qilib berilgan maqollarga to’xtaladigan bo’lsak,
“Bemor”hikoyasi epigrafi “osmon yiroq,yer qattiq”, O’g’ri hikoyasi epigrafi “otning
o’limi- itning bayrami”. Bu ikkala hikoyadagi epigaflar asarning mazmunini ochib
beruvchi qismidir. “Bemor” hikoyasi epigrafi kambag‘alning kasal bo‘lishi va
ilojsizlikdan ha osmonga chiqib keta oladi, na yernin tagiga kirib keta olishi
ifodalangan bo‘lsa,

2

“O‘g‘ri” hikoyasining epigrafida kimningdur qayg‘usi kim

uchundir manfaat va “bayram” ligi ifodalangan. Bundan tashqari hikoyada bir nechta
maqollar va iboralar ham keltirilgan. Masalan, “Ellikboshi hoʻkizni juda naqd qilib
qoʻydi – goʻyo u koʻchaga chiqsa bas – hoʻkiz topiladi. Bu “xudo yallaqagur”
shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozim-da. Tekinga mushuk oftobga
chiqmaydi. Bu odam ellikboshi boʻlish uchun ozmuncha pul sochganmi? Kechqurun
Qobil bobo aminning oldiga boradigan boʻldi. Quruq qoshiq ogʻiz yirtadi, aminga
qancha pul olib borsa boʻladi? Berganga bitta ham koʻp, olganga oʻnta ham oz. Chol-
kampir kengashib shunday qarorga kelishdi: bu chiqim oxirgi va hoʻkizni boʻynidan
bogʻlab beradigan chiqim, shuning uchun pulning yuziga qarash aqldan emas”.
Cholning butun boʻgʻinlari boʻshashib ketdi, keyin tutoqishdi, ammo goʻrda bir narsa

1

Qahhor, A. (1985). O‘g‘ri (hikoya). Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

2

Qahhor, A. (1985). Bemor (hikoya). Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

22

22

deya oladimi! “Oʻynashmagil arbob bilan – seni urar har bob bilan”.

G‘afur G‘ulomning “Mening og’rigina bolam” hikoyasida,”turib yeganga

turumtog‘ chidamas” deganlar. “Eh-ha, bu bolalar qachon ulg’ayadi-yu, qachon o

‘zining nonini topib yeydigan bo’ladi! Chor nochor hayol surasan, kishi”.

Ijodkor ham ushbu ibratli paremik birliklarni qo‘shish orqali asarning mazmunini,
urush dahshatini va keltirgan salbiy oqibatlarini yana ham to‘liq ochib bergan.

3


Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: «Charog‘ tubi qorong‘u».
Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni,
— Ki derlar: «Oqqan ariqqa oqar su(v)».
Yuzungni tuttum ortuq oy-u kundin,
«Kishining ko‘zidur, ore, tarozu».
Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, —
Ki: «Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa hindu».
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat,
— Ki ayturlar: «Tiloganni — tilogu”. (Lutfiy)

4


Sabr qilsang gʻoʻradin halvo bitar,
Besabrlar oʻz oyogʻidin yitar. (Gulxaniy).

5

Dodxoning oʻzi bilan birga bu dargohni yerning qaʼriga yuborganday ikkala

mushtini uch marta yerga qadadi; keyin “bu dargohni endi yelkamning chuquri
koʻrsin” deganday bir harakat bilan keskin burilib aravaga chiqdi, marhumaning bosh
tomoniga oʻtirdi.("Dahshat")

6

Unsin beixtiyor bir qadam orqaga chekindi, lekin shu ondayoq xuddi oʻlikdan

qoʻrqmasligini birovga pisanda qilayotganday, baqirib: “Oʻlikning joni yoʻq!
Oʻlikning joni yoʻq!” – deb olgʻa intildi, shu yugurganicha chinor ostidagi Onhazratim
sagʻanasi oldida toʻxtadi; choynak bilan qumgʻonni oyogʻi ostiga qoʻydi, paranji-
chimmatni bir chekkaga tashladi, ichida: “Koʻpi ketib ozi qoldi”, deb suyundi. Biroq
uning suyungani behuda edi. ("Dahshat")

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, paremik birliklar adabiy matnlarga

xalqona ruh, taʼsirchanlik va obrazlilik baxsh etadi. Ular yozuvchining fikrini
aniqlashtirish, qahramon xarakterini chuqur ochish hamda milliy madaniyatni
yoritishda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Tahlil qilingan asarlarda paremiyalar

3

Gʻulom, Gʻ. (1983). Mening oʻgʻrigina bolam (hikoya). Toshkent: Yosh gvardiya nashriyoti.

4

Lutfiy. (1991). Devon (gʻazallar toʻplami). Toshkent: Fan nashriyoti.

— Gʻazal: Ayoqingga tushar har lahza gisu.

5

Gulxaniy, M. (1990). Zarbulmasal. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

6

Qahhor, A. (1987). Dahshat (hikoya). Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.v


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

23

23

matnga badiiy kuch bagʻishlab, uni xalq ruhiyatiga yaqinlashtirgani yaqqol koʻzga
tashlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qahhor, A. (1985). Bemor (hikoya). Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi

Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

2.Qahhor, A. (1987). Dahshat (hikoya). Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi

Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

3.Gʻulom, Gʻ. (1983). Mening oʻgʻrigina bolam (hikoya). Toshkent: Yosh

gvardiya nashriyoti.

4.Lutfiy. (1991). Devon (gʻazallar toʻplami). Toshkent: Fan nashriyoti.— Gʻazal:

Ayoqingga tushar har lahza gisu.

5. Gulxaniy, M. (1990). Zarbulmasal. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi

Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

References

Qahhor, A. (1985). Bemor (hikoya). Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

Qahhor, A. (1987). Dahshat (hikoya). Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.

Gʻulom, Gʻ. (1983). Mening oʻgʻrigina bolam (hikoya). Toshkent: Yosh gvardiya nashriyoti.

Lutfiy. (1991). Devon (gʻazallar toʻplami). Toshkent: Fan nashriyoti.— Gʻazal: Ayoqingga tushar har lahza gisu.

Gulxaniy, M. (1990). Zarbulmasal. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.