Authors

  • Maxkamov Ixtiyor Azizjonovich
  • Ziyamova Madina Jaxongir qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.114167

Keywords:

Kalit so‘zlar: Akademik boshqaruv pedagogik faoliyat ta’lim tizimi o‘qituvchi o‘quvchi faolligi innovatsion yondashuv raqamli texnologiyalar sifat monitoringi.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik tizimda akademik faoliyatni boshqarish shakllari tahlil qilinadi hamda ularni takomillashtirish yo‘llari o‘rganiladi. Akademik boshqaruvda zamonaviy yondashuvlar, raqamli texnologiyalarning roli, o‘qituvchining yetakchilik pozitsiyasi va o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash mexanizmlari muhokama qilinadi. Tizimli yondashuv asosida akademik faoliyatni samarali tashkil etishning usullari va ular bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritilgan. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar bilan bir qatorda milliy ta’lim tizimi holati ham tahlil qilinadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

15

15

PEDAGOGIKADA AKADEMIK FAOLIYATNI BOSHQARUV

SHAKLLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Maxkamov Ixtiyor Azizjonovich

TMC instituti Akademik faoliyatni boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi

Ziyamova Madina Jaxongir qizi

TMC institute Pedagogikava psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada pedagogik tizimda akademik faoliyatni

boshqarish shakllari tahlil qilinadi hamda ularni takomillashtirish yo‘llari o‘rganiladi.
Akademik boshqaruvda zamonaviy yondashuvlar, raqamli texnologiyalarning roli,
o‘qituvchining yetakchilik pozitsiyasi va o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash
mexanizmlari muhokama qilinadi. Tizimli yondashuv asosida akademik faoliyatni
samarali tashkil etishning usullari va ular bilan bog‘liq dolzarb muammolar yoritilgan.
Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar bilan bir qatorda milliy ta’lim tizimi holati ham tahlil
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Akademik boshqaruv, pedagogik faoliyat, ta’lim tizimi, o‘qituvchi,

o‘quvchi faolligi, innovatsion yondashuv, raqamli texnologiyalar, sifat monitoringi.


Bugungi kunda ta’lim muassasalarini samarali boshqarishga doir bir qator dolzarb

muammolar mavjud. Ushbu muammolar, avvalo, jamiyat va iqtisodiy hayotdagi tezkor
o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib, ularning ta’lim tizimiga bevosita ta’siri sezilmoqda.
Aytish joizki, mavjud holatda boshqaruv tizimining eskirgan shakllari bilan zamonaviy
talab va ehtiyojlarga javob berish tobora qiyinlashmoqda. Ana shu tafovut ta’lim
sifatining pasayishiga olib kelmoqda.

Shunday ekan, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qilinadigan islohotlar, avvalo,

boshqaruv tizimining zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqilishidan boshlanishi
lozim. Buning uchun birinchi navbatda boshqaruv sohasida faoliyat yuritayotgan
kadrlarning malakasini oshirish va ularni zamonaviy bilimlar asosida qayta tayyorlash
zarur bo‘ladi. Zero, hozirgi davrda ta’lim muassasasini boshqarish — oddiy ma’muriy
jarayon emas, balki yuqori darajadagi kompleks va integratsiyalashgan faoliyatdir.

Boshqaruvdagi asosiy muammolarni hal etish uchun quyidagi yo‘nalishlar muhim

ahamiyatga ega:

Boshqaruv tizimining tarkibiy qismlari, asosiy maqsadlari va funksiyalarini aniq

belgilab olish;

Mavjud yutuq va tajribalarni puxta tahlil qilish, ularning foydali jihatlarini

amaliyotga joriy etish;

Uzoq muddatli strategik rejalashtirish asosida kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlarini

belgilash;


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

16

16

Ta’lim va tarbiya sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy, innovatsion

metodlarni keng joriy etish;

Rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan holda isloh qilingan,

moslashuvchan ta’lim tizimini shakllantirish.

Shu o‘rinda boshqaruv jarayoni doimo aniq va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi

kerakligi alohida ta’kidlanadi. Har qanday inson faoliyatining samaradorligi — avvalo,
uning oldiga qo‘yilgan maqsadning aniq va tushunarli bo‘lishiga bog‘liq. Maqsad
faoliyat yo‘nalishini, uning mazmuni va xarakterini belgilab beradi, bu esa o‘z
navbatida boshqaruvning sifatli amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Boshqaruv tizimi samaradorligini ta’minlash uchun quyidagi jihatlar muhimdir:
Har bir boshqaruv bo‘g‘inida aniq maqsadlarni belgilash umumiy tizimning

yagona yo‘nalishda ishlashiga asos yaratadi;

Boshqaruvchining o‘z tizimi maqsadini chuqur anglab, uni jamiyatning umumiy

manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishi strategik yondashuvlarni ishlab chiqishda asosiy
omil hisoblanadi;

Boshqaruv maqsadining mazmunini to‘g‘ri aniqlash, unga mos usul va vositalarni

tanlash natijada optimal boshqaruv modelini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, boshqaruvning uzluksizligiga ham alohida e’tibor qaratish

lozim. Ta’lim tizimi uzluksiz faoliyat yuritadigan murakkab ijtimoiy tizim bo‘lib,
uning har bir bo‘g‘ini o‘zaro chambarchas bog‘langan va yagona umumiy maqsad —
komil insonni tarbiyalashga qaratilgan. Demak, har bir bo‘g‘inning vazifasi aniq
belgilangan bo‘lib, ular o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat yuritganidagina ta’lim tizimining
samaradorligi oshadi.

Ta’lim muassasalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish dolzarb vazifalardan

biridir. Bunda rahbarlarning strategik fikrlash qobiliyati, tizimli rejalashtirish,
innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish hamda boshqaruvni insonparvarlik
tamoyillari asosida olib borish zarur. Faoliyatga doir aniq maqsad, to‘g‘ri tanlangan
vosita va uzluksizlik prinsipi asosida tashkil etilgan boshqaruv — barqaror va sifatli
ta’lim garovidir.

Shuningdek, ta’lim tizimida akademik faoliyatni boshqarish pedagogik

jarayonning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat o‘quv dasturlarini
samarali amalga oshirish, balki ta’lim sifatini oshirish va innovatsion yangiliklarni
joriy etishda ham muhim rol o‘ynaydi. Akademik faoliyatni boshqarish shakllari
doimiy ravishda takomillashib borishi ta’lim tizimi barqaror rivojlanishining asosiy
omilidir.

Akademik boshqaruv — bu ta’lim jarayonini rejalashtirish, nazorat qilish,

baholash va takomillashtirishga qaratilgan faoliyatlar majmuidir. Uning asosiy
shakllariga quyidagilar kiradi:

Dars jarayonini rejalashtirish va monitoring qilish


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

17

17

Ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshqarish

O‘quv dasturlarining mazmunini takomillashtirish

Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash tizimi

Talabalarning o‘z-o‘zini boshqaruv faoliyati (self-management)

Shuni ham aytish joizki, uzluksiz ta’lim tizimi zamonaviy pedagogikaning eng

muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda ta’lim oluvchining har tomonlama
rivojlanishi markaziy o‘rinda turadi. Bu jarayonda shaxsning o‘zini anglash,
intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, axloqiy mezonlarni egallash va jamiyatda
faol ishtirok etuvchi subyekt sifatida shakllanishi muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan,
uzluksiz ta’lim faqatgina bilim berish jarayoni bo‘lib qolmay, balki shaxsiy rivojlanish,
mustaqil o‘rganish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash va o‘zaro ta’sir madaniyatini
shakllantirishni ham nazarda tutadi.

Mazkur tizimda shaxsiy rivojlanishni ta’minlovchi asosiy omillar quyidagilardan

iborat:

Mustaqil ta’lim – o‘quvchining o‘z bilimlarini o‘zi izlab topishi, mustaqil tahlil

qilishi va xulosa chiqarishga o‘rganishi orqali yuzaga keladi;

O‘zini-o‘zi tarbiyalash – shaxsning ichki intizomi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar

asosida o‘z ustida ishlashi;

Mustaqil ma’lumot izlash – raqamli asrda ta’lim oluvchilarning mustaqil axborot

izlash, tahlil qilish va undan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish;

Rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar – o‘quvchi, oila, ta’lim muassasasi,

mahalla va tengdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir asosida shaxsiy kamolotga erishish.

Bu omillar shaxsga ta’sir etuvchi asosiy muhitlar – oila, ta’lim muassasasi,

mahalla va tengdoshlar orqali amalga oshadi. Har bir muhit o‘ziga xos tarbiyaviy
vazifani bajaradi va bu omillar o‘rtasidagi uyg‘unlik shaxsning ijtimoiylashuv
jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Ta’lim va tarbiya jarayonida o‘zaro ta’sir fenomeni alohida o‘rin egallaydi. Bu

jarayon nafaqat axborot almashinuvi va muloqot shaklida namoyon bo‘ladi, balki
insonning faoliyatga bo‘lgan munosabati, hayotiy qarashlari va ijtimoiy ongining
shakllanishida ham muhim vosita hisoblanadi.

O‘zaro ta’sir – bu inson faoliyatining ijtimoiy shakli bo‘lib, u shaxslar o‘rtasidagi

muloqot, o‘zaro tushunish va ruhiy-emotsional yaqinlik orqali amalga oshadi. Bunday
jarayonda:

inson o‘z shaxsiy xususiyatlarini, ehtiyoj va intilishlarini anglaydi;

ijtimoiy guruhdagi o‘z o‘rnini va tutgan mavqeini aniqlaydi;

o‘zining qaysi ijtimoiy tizimga mansubligini tushunib yetadi.

Shuningdek, o‘zaro ta’sir faqat shaxsning o‘zini emas, balki muloqotda ishtirok

etayotgan boshqa subyektlarni ham rivojlantiradi. Bu jarayon o‘zaro anglashuv va bir-
birining holatiga nisbatan empatiya shakllanishiga yordam beradi. Natijada, shaxslar


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

18

18

o‘rtasida ijtimoiy, madaniy va axloqiy me’yorlar mustahkamlanadi, bu esa ta’lim va
tarbiya jarayonining tabiiy tarkibiy qismiga aylanadi.

Ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi doirasida shaxsning mustaqil o‘qish, o‘zini-o‘zi

tarbiyalash, axborot bilan ishlash va ijtimoiy muhit bilan faol muloqot qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy maqsadlardandir. Bu esa faqatgina rasmiy ta’lim
doirasida emas, balki oila, mahalla, tengdoshlar va jamiyat bilan faol o‘zaro
hamkorlikda amalga oshadi. O‘zaro ta’sir orqali shaxs nafaqat bilim oladi, balki
ijtimoiy-tarbiyaviy jihatdan ham kamol topadi. Shu bois, ta’lim jarayonida o‘zaro ta’sir
madaniyati va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish
zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shuningdek, ta’lim tizimida pedagogik jarayonni tashkil etish va samarali

boshqarish, uni ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Bunday tizimda pedagogik jarayonning har bir ishtirokchisi – o‘qituvchi, ta’lim
oluvchi, ota-ona va boshqa subyektlar – o‘zaro ta’sir qiluvchi faol tomonlar sifatida
ko‘riladi. Bu esa subyekt-subyekt munosabatlariga asoslangan yondashuvning
dolzarbligini belgilaydi.

Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan, pedagogik jarayonlar quyidagi asosiy

tamoyillar doirasida amalga oshirilishi lozim:

Subyekt-subyekt munosabatlariga asoslanganlik – pedagogik faoliyatda ishtirok

etuvchi har bir tomonning teng huquqli va faol subyekt sifatida ishtirok etishi ta’lim
jarayonining interfaolligini ta’minlaydi.

Maqsadga yo‘naltirilganlik va izchillik – pedagogik jarayonning barcha

bosqichlari o‘zaro bog‘liq, izchil va oldindan belgilangan maqsadlarga erishishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur.

Majmuaviy yondashuv – ta’lim jarayoni turli komponentlar (mazmun, metodlar,

vositalar, natijalar) majmuasidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq va bir-birini
to‘ldiruvchi tarzda faoliyat yuritadi.

Integrativlik – bu tamoyil ichki va tashqi omillarni (masalan, o‘quv muhitining

ijtimoiy, madaniy va texnologik jihatlarini) uyg‘unlashtirish orqali ta’lim jarayonining
doimiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Tarkibiy bog‘liqlik – pedagogik jarayon uzluksiz ta’lim tizimining alohida

bo‘g‘ini sifatida, shu bilan birga, yagonalikni ifodalovchi yuqori darajadagi pedagogik
tizim tarkibiga integratsiyalashgan holda faoliyat olib boradi.

Kommunikativlik – pedagogik tizim tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo‘lib,

boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’sir etadi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshirishda
muhim omil hisoblanadi.

Shu bilan birga, ta’lim tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun pedagogik

jarayonlar oldindan puxta rejalashtirilgan, ilmiy asoslangan va mavjud salohiyatga mos
tarzda tashkil etilishi lozim. Bu jarayonlar asosiy (ta’lim-tarbiya) hamda yordamchi


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–78_Issue-3_June-2025

19

19

(moddiy-texnik, tashkiliy-sharoit yaratish) qismlarga ajratiladi. Asosiy jarayonlar
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lsa, yordamchi
komponentlar bu jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur infratuzilma va
imkoniyatlar bilan ta’minlaydi.

Yuqoridagi yondashuvlar va tamoyillarni hayotga tadbiq qilish orqali pedagogik

tizimda barqarorlik, samaradorlik va innovatsion yangilanishni ta’minlash mumkin.
Bularning barchasi o‘z navbatida, shaxsning har tomonlama kamol topishi va jamiyat
ehtiyojlariga mos yetuk inson sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

1

Xulosa qilib aytganda, akademik boshqaruv shakllarining takomillashtirilishi

pedagogik jarayon samaradorligini oshiradi. Bunda innovatsion yondashuvlar, raqamli
texnologiyalar va pedagogik kompetensiyalar uyg‘unligi muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim sifati va raqobatbardoshligi aynan boshqaruv shakllarining zamonga mosligi
bilan chambarchas bog‘liq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Назаров Ш.Ш. “Педагогическое управление в условиях цифровой
трансформации образования” — Тошкент, 2021.

2.

Юнусов И.А. “Ta’lim jarayonida boshqaruv samaradorligi’’ // O‘zbekiston
pedagogik jurnali, 2022.

3.

Каримова Д.А. “Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqaruv
faolligini rivojlantirish”, Toshkent, 2023.

4.

Abdurahmonova G.X. “Oliy ta’limda akademik erkinlik: nazariy va amaliy
yondashuvlar” // Oliy ta’lim jurnali, 2024.

1

Abdurahmonova G.X. “Oliy ta’limda akademik erkinlik: nazariy va amaliy yondashuvlar” // Oliy ta’lim jurnali, 2024.

References

Назаров Ш.Ш. “Педагогическое управление в условиях цифровой трансформации образования” — Тошкент, 2021.

Юнусов И.А. “Ta’lim jarayonida boshqaruv samaradorligi’’ // O‘zbekiston pedagogik jurnali, 2022.

Каримова Д.А. “Zamonaviy ta’limda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqaruv faolligini rivojlantirish”, Toshkent, 2023.

Abdurahmonova G.X. “Oliy ta’limda akademik erkinlik: nazariy va amaliy yondashuvlar” // Oliy ta’lim jurnali, 2024.