JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
209
209
OLIY TA’LIM TIZIMIDA AXBOROTLAR VA ULARNING MANBALARI
BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK TAHLILI
Jo‘rayev Mirjalol Qahramonovich
Osiyo Xalqaro Universiteti “Umumtexnika” kafedrasi dotsenti
Annotatsiya:
Ta’lim tizimida axborotlardan foydalanish yuzasidan bir qator ilmiy
izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ammo talabalarning axborot maydonidagi o‘rni va roli
yetarlicha o‘rganilmagan. Zero, ta’lim jarayonining asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarga
zarur axborot yetkazish, ularning o‘zlashtirilishiga erishish hamda o‘zlashtirilgan
axborotlarni qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
Kalit so’zlar:
fundamental, kommunikasiya, imitatsiya, kompetensiya, material,
modeli, komponent.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ИННОВАЦИЙ И ПЕРЕДОВОГО
ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА В ПРЕПОДАВАНИИ ДИСЦИПЛИНЫ”
ЭЛЕКТРИЧЕСКИЕ МАШИНЫ И КАНЦЕЛЯРСКИЕ ТОВАРЫ"
Джураев Миржалол Геронович. Доцент кафедры” Общетеника "
Азиатского международного университета.
Аннотация:
В системе образования целесообразно непрерывное повышение
качества и уровня профессионального мастерства педагогических кадров,
проведение повышения квалификации и стажировки педагогических и научных
работников за рубежом, обучение выпускников высших учебных заведений по
программам PhD и магистратуры, широкое привлечение к учебным процессам
высококвалифицированных
зарубежных
ученых,
преподавателей
и
специалистов.
Ключевые слова:
технология, семинар, интерактивный, методический,
материальный, интегральный, компонентный.
PEDAGOGICAL ANALYSIS OF INNOVATIONS AND ADVANCED
FOREIGN EXPERIMENTS IN THE TEACHING OF THE SUBJECT "
ELECTRICAL MACHINES AND PROCEEDINGS.
Djurayev Mirjalol Qahramanovich. Associate professor of the Department of
“Department of Allenics”, International University of Asia
Abstract
In the educational system, continuous improvement of the quality and
level of professional skills of pedagogical personnel, improvement and internship of
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
210
210
pedagogical and scientific personnel abroad, training of graduates of higher
educational institutions in PhD and graduate programs, wide involvement of highly
qualified foreign scientists, teachers and specialists in educational processes aimed.
Key words:
technology, seminar, interactive, methodical, material, integral,
component.
Axborotlar ko‘lami kengayib borayotgan hozirgi davr jamiyat a’zolaridan
axborotlarni «to‘g‘ridan – to‘g‘ri qabul qilmasdan, tanqidiy va kreativ yondashuv
asosida ko‘rib chiqishlari va mantiqiy fikrlash orqali o‘zlari uchun muhim va foydali
bo‘lganlarini ajratib olishlarini talab etadi». Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini
nazorat qilish, ularni ommaviy axborot tarmoqlari orqali tarqatish usullari va yo‘llarini
boshqarish qiyinlashib, yosh xususiyatidan qat’iy nazar insonlarga axborotlarning
ta’sir (ijobiy yoki salbiy) doirasi ham kengayib bormoqda. Shuning uchun bugungi
kunda butun dunyoda aholining, birinchi navbatta, yoshlarning ongi va qalbini egallash
uchun qanday keskin kurash borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, farzandlarimiz
tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarimizni bir zum ham susaytirmasdan,
aksincha, ularni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur».
Ta’lim sohasida axborotlar ko‘lamining kengligi va tezkor suratlarda o‘sib borishi
hamda ular bilan ishlash jarayonida texnik vositalarning tobora keng qo‘llanilayotgani
ta’lim oluvchilarda zarur ko‘nikmalarni shakllantirib borishni talab qiladi. Ammo, bu
borada umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ta’limning keyingi bosqichlari o‘rtasida
ma’lum uzilishlar ko‘zga tashlanadi. Bular: axborotlarni mustaqil o‘zlashtirish uchun
zarur axborotlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, mavjud axborotlardan foydalanish
asosida zarur axborotni o‘zlashtirib borish, axborotlarni qayta ishlash, axborotlar
bazasiga ega bo‘lish, ularni amaliy faoliyatlarda qo‘llay olish jarayonida ko‘rinmoqda.
Zero, ta’limning yuqori bosqichlariga o‘tgan sari bu jarayon takomillashib boraveradi
va pedagogik jarayonning mazmuniga aylanib boradi. Talabalarda axborotlar bilan
ishlash kompetensiyasini rivojlantirish ushbu jihatdan ham muhim sanaladi.
Axborot manbalari va zaxiralari cheksiz bo‘lib, ta’lim oluvchilarning turli
manbalardan tarqatiladigan axborotlarning faol iste’molchisi sifatida ular bilan ishlay
olishi muhim hisoblanadi. Axborot manbalardan foydalanish deganda avvalo, ushbu
manba va undagi axborotlar to‘g‘risidagi xabardorlik nazarda tutiladi. Ta’lim
jarayonida axborot manbalari sifatida ta’lim beruvchi, bosma nashrlar, axborot –
kommunikasiya texnologiyalari, ijtimoiy guruhlar qaraladi. Axborot manbalari bilan
ishlashga o‘rgatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Manbalardan zarur
axborotlarni qidirib topish, saqlash, interpretatsiya qilish, zarur hollarda ularni qayta
ishlash, ulardan foydalanish, tegishli manbalarga joylashtirish, imitatsiyalarini
yaratishni ko‘zda tutadi.
Oliy ta’limda o‘quv materiallarining asosiy manbasi bu - darsliklar hisoblanadi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
211
211
Olib borilgan tadqiqot ishlarida, ilmiy adabiyotlarda ham talabalarning axborotlar bilan
ishlashga o‘rganishda eng muhim manba sifatida darsliklar alohida qayt etib o‘tilgan.
Masalan, ta’lim jarayonida «axborot iste’moli madaniyati» ni tarbiyalashda darsliklar
asosiy manba sifatida ko‘rsatilgan.
Fan sohalari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlariga oid axborotlar bilan ishlay olish
ta’lim oluvchilarda axborotlar bilan ishlay olish kompetensiyasining tarkib
topganligini talab qiladi. Fan sohalariga oid o‘quv axborotlarida real voqea-hodisalar
va dalillar aks etadi. Fan sohalari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlariga oid axborotlarning
ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi muhim. Bu talabalarning fanga oid ma’lumotlar
bazasiga ega bo‘lish va ulardan o‘quv faoliyati davomida axborot sifatida foydalana
olish imkonini beradi. Fan va ta’limga oid axborotlar deganda barcha ilmiy-texnik,
ilmiy ta’limiy hamda ixtiro va patentlarga oid xujjatlar nazarda tutiladi. Fan va ta’limga
oid axborotlarni uzluksiz ta’limga joriy qilishda o‘quvchilar yosh xususiyatiga mosligi,
fan tarmog‘iga mansubliligi, yaxlitligi va hajmi, ulardan foydalana olish imkoniyatlari,
axborotning bahosi (iqtisodiy, ijtimoiy, xavfsizlik nuqtai nazaridan qiymatlari) hisobga
olinadi.
Talabaning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini fan
sohalariga oid bo‘lgan axborotlar bilan ta’minlash fundamental axborotlar zaxirasini
yaratish omili sifatida o‘rganilib, bilimlarni tegishli sohalar bo‘yicha yangiliklar bilan
muntazam to‘ldirib borish, bugungi kun talabidan kelib chiqib ta’lim jarayonini zarur
o‘quv axborotlari bilan ta’minlash modeli shakllantirildi (1-rasm).
1-rasm. Ta’lim jarayonini o‘quv axborotlari bilan ta’minlash modeli.
Davlat ta’lim standarti
talablarini o‘rganish
Xalqaro ta’lim standarti
talablarini o‘rganish
Fan sohalariga oid tadqiqot
materiallarini o‘rganish
Vazifalarni belgilash
Axborotlarga
ehtiyojni o‘rganish
O‘quv axborotlari-
ning resurslarini
izlash
Darsliklar, elektron ta’lim resurs-lari,
ilmiy adabiyotlar, davriy nashr-lar, OAV,
global va lokal tarmoqlar
O‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
212
212
O‘quvchilarning fan sohalari yuzasidan o‘quv axborotlari bilan ishlash
kompetensiyasini rivojlantirish murakkab jarayon bo‘lib, o‘z ichiga fan mazmunini
qamrab oladigan fanga oid tayanch tushunchalarga tayanishni taqozo etadi. Tayanch
tushunchalar aniqlik ya’ni, aniq voqea-hodisalar, obektlar mohiyatini ochib berishga
xizmat qiladi. Fanga oid tayanch tushunchalarni kiritish, o‘quv axborotlari orqali
interpretatsiya qilish, tushunchalar orasidagi umumiy bog‘liqlikni topishga o‘rgatish
fanning asosiy maqsadidir.
Adabiyotlar ro‘yxati.
1.
B.X.Shaymatov, B.S.Abdullaeyva, M.Q.Jo‘raev, “Elektr mashinalari”, Buxoro:
BMTI, 2022 y.-209 b.
2.
M.Q.Jo‘rayev, F.J.Xudoynazarov “Elektr mashinalari” fani taraqqiyotining
ustuvor yoʻnalishlari Maqola. Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor
(SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-
CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1184-1190
3.
Jo‘rayev M. Q. ”Oliy ta’lim muassasalarining elektr energetika yo‘nalishi
talabalariga elektr mashinalari fanini hozirgi kunda o‘qitish tahlili”. Toshkent
2021 1–son 18 bet
4.
Jo‘rayev M. Q. “Elektr yuritmalari tezligini rostlash usullari” Ilmiy-nazariy va
metodik jurnal Buxoro 2021, № 5 114 bet
5.
Development of teaching methods in the field of "electrical machines" using new
pedagogical technologies 1Jorayev M. K, 2Husenov D. R, 3Sharopov F.K.
International Engineering Journal For Research & Development 584-586 p
6.
Jo‘rayev, M. Q., & Xudoynazarov, F. J. (2021). “Elektr mashinalari” fani
Taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari. Academic Research in Educational
Sciences, 2(11), 1184-1190. doi:10.24412/2181-1385-2021-11-1184-1190 bet
7.
Jurayev Mirjalol Kahramonovich “Software analysis of electric machine
science” ISSN:2776-0960 Volume 3, Issue 1 Jan., 2022 143P a g
8.
Jo’rayev Mirjalol Qahramonovich “ELEKTR ENERGIYASINI EKSPLUA-
TATSIYA QILISHDA TRANSFORMATORLARNING AHAMIYATI”
“PEDAGOGS” international research journal
ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995
9.
Жўраев М.Қ. Электр юритмалар тезлигини ростлаш усуллари Педагогик
маҳорат Илмий-назарий ва методологик журнал Бухоро 2021, №23, 114-118
б,(13.00.02)
10.
Jo‘rayev M. Q. Scientific methodical bases of the science of electric machines
academicia: An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-
7137Vol.12,Issue09,September 2022 SJIF 2022=8.252 A peer reviewed
journalhttps://www.indianjournals.com
11.
Jo‘rayev M. Q. Ilmiy konferensiya “Elektr mashinalari fanini o‘qitish didaktik
takomillashtirish
jihatlari”
INTERNATIONAL
CONFERENCE
ON
DEVELOPMENTS IN EDUCATION SCIENCESAND HUMANITIES
International scientific-online conference 4nd part, 2-124 pages Part 4 September
29 CANADA https://zenodo.org/record/7146065
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
213
213
12.
Jo‘rayev M. Q. Ilmiy konferensiya “Elektr mashinalari fani rivojlanish ginezisi
va mazmuni” INTERNATIONAL CONFERENCE ON DEVELOPMENTS IN
EDUCATION SCIENCESAND HUMANITIES International scientific-online
conference 4nd part, 2-124 pages Part 4 September 29 CANADA
https://zenodo.org/record/7146065
13.
Jorayev Mirjalal Kahramonovich OPINIONS OF UZBEK AND FOREIGN
SCIENTISTS IN TEACHING THE SCIENCE OF ELECTRIC MACHINES 76-
80 British Journal of Global Ecology and Sustainable Development
https://journalzone.org/index.php/bjgesd/article/view/317 ISSN (E):
2754-
9291
14.
Джураев Мирджалал Кахрамонович, Камалов Камал Малик угли
«Синхронные
машины»,
инновачионные
методы
в
обуцении
http://www.ijaretm.com/ ISSN:2349-0012
15.
Jo’rayev Mirjalol Qahramonovich,Jafarov Sobir Talab o‘g‘li, Nizomov Nozimjon
Zafar O'g'li, Kamolov Kamol Malik o’g’li “Qadoqlash sexidagi qo’llanilgan
elektr yuritmani boshqarish blokini takomillashtirish orqali maxsulot namligini
mo’tadil saqlash” https://wordlyknowledge.uz/ ISSN : 2181-4341
16.
Жўраев М.Қ., Software Analysis of Electric Machine Science, Research Jet
Journal
of
Analysis
and
Invertions
IF-7.6,
https://reserchjet.academiascience.org/index.php/rjai/article/view/414
ISSN
2776-0960
17.
Jo'rayev Mirjalol Qahramonovich, Jafarov Sobir Talab o'g'li “Methodology of
teaching experimental work, organization of independent work in technical higher
education institutions https://www.eijmr.org/index.php/eijmr/article/view/192
18.
Jo'rayev, M. Q., Rashidov, H. H., & Murodov, A. O. (2023). Texnika oliy ta'lim
muassalarida fanlarning amaliy ko'nikmalarni oshirishning qiyosiy tahlillari.
Innovative
development
ineducational
activities,
2(21),
4–11
.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10138064
19.
Jo‘rayev Mirjalol Qahramonovich, Po'latov Bexruz Zafarovich, Ravshanov
Abbos Yashin o‘g‘li,Rashidov Hamrozbek Hayotovich International conference
pedagogical reforms and their solutions VOLUME1, ISSUE2, 2024
https://worldlyjournals.com/index.php/PRS/article/view/860
20.
Jo‘rayev Mirjalol Qahramonovich, Rashidov Hamrozbek Hayotovich
“
Elektrotexnika va elektronika” fanini o‘qitisha zamonaviy pedagogik
texnologiyalari tahlili.
ISSN 2181-4341.
VOLUME 8, ISSUE 2, MARCH, 2024
https://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/1312