JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
204
204
OLIY TA’LIM TIZIMIDA DARSLARIDA TALABALARNING
AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK TAHLILI
Jo‘rayev Mirjalol Qahramonovich
Osiyo Xalqaro Universiteti “Umumtexnika ” kafedrasi dotsenti
Annotatsiya:
Ta’lim tizimida axborotlardan foydalanish yuzasidan bir qator
ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ammo talabalarning axborot maydonidagi o‘rni
va roli yetarlicha o‘rganilmagan. Zero, ta’lim jarayonining asosiy vazifasi ta’lim
oluvchilarga zarur axborot yetkazish, ularning o‘zlashtirilishiga erishish hamda
o‘zlashtirilgan axborotlarni qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
Kalit so’zlar:
propedevtik, material, interpretatio, kompetensiya, sintez,
predmet, komponent.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ РАЗВИТИЯ КОМПЕТЕНТНОСТИ
УЧАЩИХСЯ В РАБОТЕ С ИНФОРМАЦИЕЙ НА УРОКАХ В
СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ
Джураев Миржалол Геронович. Доцент кафедры” Общетеника "
Азиатского международного университета.
Аннотация:
Был проведен ряд научных исследований использования
информации в системе образования, но роль и место учащихся в
информационном поле изучены недостаточно. Ведь главная задача
образовательного
процесса-донести
до
обучающихся
необходимую
информацию, добиться ее усвоения и научить применять усвоенную
информацию.
Ключевые слова:
пропедевтика, материал, интерпретация, компетенция,
синтез, предмет, компонент.
PEDAGOGICAL ANALYSIS OF THE DEVELOPMENT OF COMPETENCY OF
STUDENTS ' WORK WITH INFORMATION IN THEIR CLASSES IN THE
HIGHER EDUCATION SYSTEM.
Djurayev Mirjalol Qahramanovich. Associate professor of the Department of
“Department of Allenics”, International University of Asia
Abstract
There have been a number of scientific studies on the use of information
in the educational system, but the role and role of students in the information field have
not been sufficiently studied. After all, the main task of the educational process is to
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
205
205
convey the necessary information to the learners, to achieve their assimilation and to
teach them to be able to apply the acquired information.
Key words:
propedeutic, material, interpretatio, competence, synthesis, subject,
component.
Ilmiy adabiyotlarda o‘quv jarayonining dastlabki bosqichi o‘rganilayotgan mavzu
doirasida axborotlar to‘plash bilan xarakterlanishi ta’kidlab o‘tilgan. Ma’lumki,
boshlang‘ich ta’limda o‘rganiladigan o‘quv fanlari ta’limning keyingi bosqichlarida
o‘rganiladigan fanlar uchun propedevtik materiallar (fanlar yuzasidan qat’iy algoritm
asosida, aniq maqsad sari quyi bosqichda o‘rganiladigan axborotlar) bilan ta’minlashni
nazarda tutadi. Xususan, aniq fanlar, informatika kabi fanlar uchun propedevtik
materiallar (ushbu fan sohalari bo‘yicha o‘quv axborotlari) bilan ishlash (axborotlar
to‘plash asosida o‘zlashtirish, birlamchi qayta ishlov berish asosida qo‘llay olish) ga
o‘rgatishning dastlabki bosqichi sifatida xarakterlanadi. Shuning uchun talabalarda
axborotlar bilan ishlash tayanch kompetensiyasini shakllantirishda matematika fani
ustuvor hisoblanadi.
An’anaviy ta’limda yangi mavzular talabalarga algoritmik tarzda berilib, so‘ngra
uni mustahkamlash uchun mashqlar berish orqali o‘rgatiladi. Mustahkamlovchi
darslarda o‘z navbatida, o‘tgan mavzularga oid bilimlar tizimlashtirilib chiqiladi.
Talabalar axborotlarni tushunish, interpretatsiya (lot. «interpretatio» - tushuntirish,
izohlab, berish
Axborotni tahlil qilish ya’ni, axborotning ma’nosini, tub mohiyatini ochib berish,
tushuntirishga kam jalb qilinadi. Lekin, inson hayotiy faoliyat davomida doimiy
ravishda muammolarni tahlil qilish, yechimlarni sinovdan o‘tkazish bilan
shug‘ullanadi. Bu jarayonni qanday amalga oshirishni xayotiy faoliyatlarni bajarish
davomida o‘rganib boradi va muammolarni tahlil qilib boradi.
Talabalarning hayotiy faoliyatlar davomida moddiy borliqdagi predmetlar,
atrofdagi voqea-hodisalar, o‘z xatti-harakatlari, ijtimoiy munosabatlar to‘g‘risidagi
axborotlarni doimiy tahlil qilishi, baholab borish asosida eslab qolishi, anglash asosida
qo‘llay olishi o‘rganilayotgan axborotning ahamiyatini tushunishida muhim o‘rin
tutadi. Shuning uchun aniq fanlarning darslarida axborotlar bilan ishlash
kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini mustaqil hayotiy faoliyatlar davomida
axborotlar bilan ishlash kabi yondashuv (axborotlarni tahlil qilish, sintez qilish, baho
berish asosida eslab qolish hamda tushunish asosida qo‘llash) bo‘yicha tashkil etish
maqsadga muvofiq. Axborotlarning tahlili va sintezi axborotlarni o‘zlashtirishning
mukammal darajasi sifatida anglagan axborotni eslab qolish hamda qo‘llay olishga
yordam beradi. Axborotlarni tahlil qilish, xulosalarni sintez qilish axborotlarni
o‘zlashtirishning mukammal darajasi hisoblanib, o‘quvchilarning axborotlar bilan
ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Zero, o‘quvchilar o‘zlari
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
206
206
anglagan axborotni eslab qoladi va qo‘llay oladi. Buning uchun o‘quvchilarni:
- Mustaqil o‘ylashga jalb qilish: o‘quvchilar tushunchani o‘zlari topishlari, o‘zlari
tushunishlariga erishish lozim. Chunki bu jarayonni hayotiy faoliyatlari davomida
qayta-qayta amalga oshirishadi;
- noma’lum vaziyatlar uchun moslashtirish: agar o‘qituvchi axborotlar bilan
ta’minlab, tushuntirib, tushunchani mustahkamlash uchun amaliyotda qo‘llashga
o‘rgatsa, talabalar bilimlarini faqat tanish vaziyatlar uchun qo‘llay oladi.
Moslashuvchanlikni rivojlantirish, jarayonning yo‘nalishiga qarab ishning borishini
tahlil qilish va olib borish kutilmagan vaziyatlarda ham samarali natijani kafolatlaydi.
- axborotlarni mustaqil izlashga o‘rgatish: axborotlarni o‘quvchilarga shunchaki
taqdim etish emas, kashf qilishlariga imkon berish.
O‘rganilayotgan axborotning ahamiyatini tushunish muhim bo‘lib, ularni
o‘zlashtirishda jalb qilish, yo‘l yo‘riqlar berish, qiziqish uyg‘otish kabi tamoyillarga
asoslanadi. Bu axborotlarni baholash asosida amalga oshiriladi. Inson hayotiy faoliyati
davomida o‘z xatti-harakatlari, atrofdagi voqea-hodisalar, ijtimoiy munobatlar,
moddiy borliqdagi mavjud predmetlar to‘g‘risidagi axborotlarini doimiy baholab
boradi xususan, o‘quvchilar ham. Baholash asosida ular to‘g‘risidagi axborotlarni eslab
qoladi, tushunadi va qo‘llay oladi. O‘quv materiallarining asosiy qismi mavzularni
o‘zlashtirishga xizmat qiladi, ammo keyinchalik unutiladi. Talabalar o‘z navbatida,
faol qatnashish asosida o‘zlashtirgan, tushungan, ixtiyoriy idrok qilgan bilimlariga
ko‘proq tayanishadi. (1.-rasm).
1-rasm. Ta’lim jarayonida hayotiy faoliyatga
jarayoni kabi axborotlar bilan ishlas
Mustaqil hayotiy faoliyat
davomida axborotlar bilan
ishlash
Axborotlar bilan ishlash tayanch kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida axborotlar bilan ishlash
Tahlil qilish
Sintez qilish
Axborotlarga baxo berish
Eslab qolish
Axborotni tushuntirish
Axborotni qo’llash
Ta’lim jarayonida hayotiy
faoliyatga yo‘naltirilgan
axborotlar bilan ishlash
Tahlil qilish
Sintez qilish
Axborotlarga baxo berish
Eslab qolish
Axborotni tushuntirish
Axborotni qo’llash
An’anaviy ta’lim
jarayonida axborotlar bilan
ishlash
Eslab qolish
Axborotni tushuntirish
Axborotni qo’llash
Tahlil qilish
Sintez qilish
Axborotni baxolash
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
207
207
Axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirishda ta’limni hayotiy
faoliyatlar bilan uyg‘unlikda olib borishda: o‘quv axboroti, muhim axborotlar, muhim
savollar (o‘quvchilarni qiziqishini faollashtirish va kuchaytirish), mezonlar tahlil qilish
sintez qilish baho berish eslab qolish axborotning ahamiyatini tushunish tushuncha
(kerakli axborotlar zahiralarini to‘plash) qo‘llash (faollashish, jalb qilish) ketma-
ketligida o‘quv faoliyati amalga oshiriladi.
Axborotlar bilan ishlashda o‘quvchilar mustaqil hayotiy faoliyatlari kabi dastlab
axborotlarni tahlil qilish, ularni sintez qilish, axborotlarga baho berish asosida zarur
axborotlarni eslab qolish, axborotlarni ahamiyatini tushunish va axborotlarini qo‘llash
orqali axborotlarini yig‘ish, tahlil qilish va yakuniy xulosani sintezlash aniq
tushuntirish mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
B.X.Shaymatov, B.S.Abdullaeyva, M.Q.Jo‘raev, “Elektr mashinalari”, Buxoro:
BMTI, 2022 y.-209 b.
2.
M.Q.Jo‘rayev, F.J.Xudoynazarov “Elektr mashinalari” fani taraqqiyotining
ustuvor yoʻnalishlari Maqola. Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor
(SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-
CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1184-1190
3.
Jo‘rayev M. Q. ”Oliy ta’lim muassasalarining elektr energetika yo‘nalishi
talabalariga elektr mashinalari fanini hozirgi kunda o‘qitish tahlili”. Toshkent 2021
1–son 18 bet
4.
Jo‘rayev M. Q. “Elektr yuritmalari tezligini rostlash usullari” Ilmiy-nazariy va
metodik jurnal Buxoro 2021, № 5 114 bet
5.
Development of teaching methods in the field of "electrical machines" using new
pedagogical technologies 1Jorayev M. K, 2Husenov D. R, 3Sharopov F.K.
International Engineering Journal For Research & Development 584-586 p
6.
Jo‘rayev, M. Q., & Xudoynazarov, F. J. (2021). “Elektr mashinalari” fani
Taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlari. Academic Research in Educational
Sciences, 2(11), 1184-1190. doi:10.24412/2181-1385-2021-11-1184-1190 bet
7.
Jurayev Mirjalol Kahramonovich “Software analysis of electric machine
science” ISSN:2776-0960 Volume 3, Issue 1 Jan., 2022 143P a g
8.
Jo’rayev Mirjalol Qahramonovich “ELEKTR ENERGIYASINI EKSPLUA-
TATSIYA
QILISHDA
TRANSFORMATORLARNING
AHAMIYATI”
“PEDAGOGS” international research journal
ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995
9.
Жўраев М.Қ. Электр юритмалар тезлигини ростлаш усуллари Педагогик
маҳорат Илмий-назарий ва методологик журнал Бухоро 2021, №23, 114-118
б,(13.00.02)
10.
Jo‘rayev M. Q. Scientific methodical bases of the science of electric machines
academicia: An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-
7137Vol.12,Issue09,September 2022 SJIF 2022=8.252 A peer reviewed
journalhttps://www.indianjournals.com
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–79_Issue-2_June-2025
208
208
11.
Jo‘rayev M. Q. Ilmiy konferensiya “Elektr mashinalari fanini o‘qitish didaktik
takomillashtirish
jihatlari”
INTERNATIONAL
CONFERENCE
ON
DEVELOPMENTS
IN
EDUCATION
SCIENCESAND
HUMANITIES
International scientific-online conference 4nd part, 2-124 pages Part 4 September
29 CANADA https://zenodo.org/record/7146065
12.
Jo‘rayev M. Q. Ilmiy konferensiya “Elektr mashinalari fani rivojlanish ginezisi va
mazmuni” INTERNATIONAL CONFERENCE ON DEVELOPMENTS IN
EDUCATION SCIENCESAND HUMANITIES International scientific-online
conference 4nd part, 2-124 pages Part 4 September 29 CANADA
https://zenodo.org/record/7146065
13.
Jorayev Mirjalal Kahramonovich OPINIONS OF UZBEK AND FOREIGN
SCIENTISTS IN TEACHING THE SCIENCE OF ELECTRIC MACHINES 76-
80 British Journal of Global Ecology and Sustainable Development
https://journalzone.org/index.php/bjgesd/article/view/317 ISSN (E):
2754-
9291
14.
Джураев Мирджалал Кахрамонович, Камалов Камал Малик угли
«Синхронные
машины»,
инновачионные
методы
в
обуцении
http://www.ijaretm.com/ ISSN:2349-0012
15.
Jo’rayev Mirjalol Qahramonovich,Jafarov Sobir Talab o‘g‘li, Nizomov Nozimjon
Zafar O'g'li, Kamolov Kamol Malik o’g’li “Qadoqlash sexidagi qo’llanilgan elektr
yuritmani boshqarish blokini takomillashtirish orqali maxsulot namligini mo’tadil
saqlash” https://wordlyknowledge.uz/ ISSN : 2181-4341
16.
Жўраев М.Қ., Software Analysis of Electric Machine Science, Research Jet
Journal
of
Analysis
and
Invertions
IF-7.6,
https://reserchjet.academiascience.org/index.php/rjai/article/view/414
ISSN
2776-0960
17.
Jo'rayev Mirjalol Qahramonovich, Jafarov Sobir Talab o'g'li “Methodology of
teaching experimental work, organization of independent work in technical higher
education institutions https://www.eijmr.org/index.php/eijmr/article/view/192
18.
Jo'rayev, M. Q., Rashidov, H. H., & Murodov, A. O. (2023). Texnika oliy ta'lim
muassalarida fanlarning amaliy ko'nikmalarni oshirishning qiyosiy tahlillari.
Innovative
development
ineducational
activities,
2(21),
4–11
.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10138064
19.
Jo‘rayev Mirjalol Qahramonovich, Po'latov Bexruz Zafarovich, Ravshanov Abbos
Yashin o‘g‘li,Rashidov Hamrozbek Hayotovich International conference
pedagogical reforms and their solutions VOLUME1, ISSUE2, 2024
https://worldlyjournals.com/index.php/PRS/article/view/860
20.
Jo‘rayev Mirjalol Qahramonovich, Rashidov Hamrozbek Hayotovich
“
Elektrotexnika va elektronika” fanini o‘qitisha zamonaviy pedagogik
texnologiyalari tahlili.
ISSN 2181-4341.
VOLUME 8, ISSUE 2, MARCH, 2024
https://worldlyjournals.com/index.php/IFX/article/view/1312