JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
132
132
TAZYIQ HAMDA ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN XOTIN-QIZLAR VA
ULARNING VOYAGA YETMAGAN FARZANDLARINI HAYOTGA
MOSLASHTIRISHDA PSIXOLOGIK XIZMATNING SAMARALI
USULLARI VA AHAMIYATI
Sotivoldiyev G‘iyosiddin G‘ulomjon o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi
Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tumani “Inson’’ ijtimoiy xizmatlar markazi
Psixologlar guruhi bosh mutaxassisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar
hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga ko‘rsatiladigan psixologik
xizmatlarning ahamiyati va samarali usullari yoritilgan. Ruhiy travmalar, ijtimoiy
moslashuvdagi muammolar, qayta tiklanish jarayonida psixologik yondashuvlar va
zamonaviy terapiya usullarining samaradorligi amaliy jihatdan tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
zo‘ravonlik, tazyiq, xotin-qizlar, farzandlar, psixologik xizmat, art-
terapiya, travma, moslashuv, psixoterapiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
Bugungi kunda tazyiq va zo‘ravonlik muammosi jamiyatning dolzarb
muammolaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ayollar va ularning farzandlari bu kabi
holatlardan jiddiy ruhiy va ijtimoiy zarar ko‘rmoqda. Oila a’zolari tomonidan yoki
tashqi muhitda sodir bo‘ladigan jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va jinsiy zo‘ravonlik inson
huquqlarining buzilishi bilan bir qatorda, psixik salomatlikka ham salbiy ta’sir qiladi.
Zo‘ravonlikdan aziyat chekkan xotin-qizlarning ko‘pchiligi o‘ziga bo‘lgan ishonchini
yo‘qotadi, depressiya, xavotir, vahima holatlari, hatto o‘z joniga qasd qilish fikrlariga
duchor bo‘ladi. Ularning farzandlari esa bu holatlardan psixologik travma olib, keyingi
hayotlarida ijtimoiy muammolar, o‘qishdagi qiyinchiliklar, tajovuzkorlik yoki o‘ziga
tortilish kabi muammolarni boshdan kechiradi.
Hech bir davlat yoki jamiyat zo‘ravonlikdan butunlay xoli emas. Axborot
texnologiyalari taraqqiy etgan hozirgi davrda, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy
axborot vositalarida zo‘ravonlikka oid voqealarning tez-tez uchrashi bu holatni yaqqol
tasdiqlaydi. Zo‘ravonlik har qanday joyda – ko‘chalarda, maktablarda, ishxonalarda,
uyda va hatto bolalar bog‘chalarida ham sodir bo‘lishi mumkin. Bu hodisa jamiyat
farovonligiga putur yetkazuvchi, inson salomatligi va hayotiga xavf soluvchi global
muammodir.
Shu sababli bu toifadagi insonlarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularni
jamiyatga qayta moslashtirish, o‘zini qadrlash hissini shakllantirish va sog‘lom psixik
muhitda yashash imkonini yaratish muhim hisoblanadi.
Zo‘ravonlikning quyidagi turlari ko‘p uchraydi:
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
133
133
Jismoniy zo‘ravonlik – urish, kaltaklash, tan jarohatlari yetkazish;
Ruhiy zo‘ravonlik – haqorat, doimiy nazorat, tahdid;
Iqtisodiy zo‘ravonlik – moliyaviy resurslarni cheklash;
Jinsiy zo‘ravonlik – majburlash, tahqirlash.
Bu holatlar natijasida ayollarda doimiy xavotirlik, uyatchanlik, o‘ziga
ishonchsizlik, depressiv holatlar shakllanadi. Farzandlar esa ko‘pincha sustkash,
qo‘rqoq, agressiv yoki o‘zini yakkalab yashovchi bo‘lib qoladi.
Zo‘ravonlik oqibatida insonlar hayotdan ko‘z yumadi, ko‘pchilik esa jismoniy va
ruhiy jarohatlarga duchor bo‘ladi. Ayniqsa, 15–44 yoshdagi insonlar o‘rtasida
zo‘ravonlik o‘limning asosiy sabablaridan biri sanaladi — erkaklar o‘limining
taxminan 14 foizi, ayollarnikining esa 7 foizi shu sababga to‘g‘ri keladi. Bunday
hodisaning oldini olish yo‘lidagi harakatlar, unga nisbatan jamiyatda ongli
munosabatni shakllantirishdan boshlanishi lozim.
Zo‘ravonlik haqida ochiqchasiga gapirish ko‘plab kishilar uchun qiyinchilik
tug‘diradi, chunki bu mavzu ko‘pincha shaxsiy hayotga, axloqiy, mafkuraviy va
madaniy qadriyatlarga bog‘liq. Shu sababli, uni ochiq muhokama qilish rasmiy va
norasmiy darajalarda qarshiliklarga uchraydi.
Zo‘ravonlik qurbonlariga ko‘rsatiladigan samarali psixologik xizmatlar
quyidagilardan iborat:
Individual psixologik maslahatlar – shaxsiy suhbatlar orqali muammoning
ildiziga yetish, o‘zini anglashga yordam berish.
Guruhli terapiyalar – o‘xshash muammoga ega insonlar bilan muloqot orqali
ijtimoiy moslashuv.
Art-terapiya – rasm chizish, musiqa, qo‘l mehnati orqali ichki hissiyotlarni
ifodalash va davolash.
Travma markazli yondashuv – travmadan so‘ng tiklanish bosqichlari.
Kognitiv-behavioral terapiya (CBT) – salbiy fikrlar va harakatlarni ijobiyga
o‘zgartirish.
Oilaviy psixoterapiya – oilaviy nizolarni hal qilish, sog‘lom muhit yaratish.
Voyaga yetmagan farzandlar bilan ishlashda quyidagi yondashuvlar samarali
hisoblanadi:
O‘yin terapiyasi – bolalarda travmalarni ifoda qilish uchun eng qulay usul.
Maktab psixologi bilan hamkorlik – bola xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlarni
aniqlash va yo‘naltirish.
Ijtimoiy moslashuv dasturlari – do‘stlik, jamoada ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantirish.
Ruhiy qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish – ona va bola o‘rtasidagi iliq
munosabatlarni qayta tiklash.
Ma’lumot o‘rniga shuni aytish joizki, Islom dini tarqalishidan muqaddam
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
134
134
johiliyat davrida ayollarga, qizlarga jirkanish va nafrat nigohi ila qaralgan, ular oyoq
uchida ko‘rilgan. Qaysidir oilada qiz farzand dunyoga kelsa bu otaga isnod bo‘lgan.
Qiz bola ming tahqirlar va zug‘mlar ostida katta bo‘lgan. Aks holda tiriklayin ko‘mib
yuborilgan. O‘qish, ilm olish haqida-ku gap so‘z bo‘lishi ham mumkin emas edi. Ba’zi
tarixiy manbalarda keltirilishicha, johiliyat davrida qiz farzand tug‘ilsa, buni ota
qayg‘u bilan qabul qilgan. Qizni isnodiga chidab yurish yoki uni tiriklayin ko‘mib
yuborishdek tuban fikrlar haqida o‘y surgan. Agar tirik qoldirgan taqdirda ham qizini
5 - 6 yoshga kirganida, ovloqqa olib borib tiriklayin o‘z qo‘li bilan ko‘mib yuborgan
hamda yengil tortgan holatda uyiga qaytgan. Bu haqida ona bechora bilsa ham, zamon
hukmi ila otaga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmagan. Ammo, ushbu holatlar uzoqqa
cho‘zilmadi. Haq din hisoblangan Islom dini dunyoga tarqala boshlab, Muqaddas
kitobimiz Qur’oni Karimda ayollarga zo‘ravonlik qilishning naqadar og‘ir gunoh
ekanligi, bunday chirkin ishga qo‘l urgan kaslar haqida bir qancha oyatlar nozil
bo‘lgandan so‘ng, ayollarga erkinliklar berildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining birinchi hisobotida ta’kidlanishicha,
zo‘ravonlik borasidagi sukut va befarqlikni yengish uchun keng muhokamalar va
chuqur tahlillar zarur. Albatta, yetakchilik va individual tashabbuslar muhim rol
o‘ynaydi, biroq bu masalaga qarshi kurashda har tomonlama va barcha darajadagi
hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Afsuski, sog‘liqni saqlash tizimida zo‘ravonlik hali ham ko‘proq reaktiv va
davolovchi yondashuv doirasida baholanmoqda. Ko‘plab sohalar o‘zining tor doirasida
harakat qilgani bois, zo‘ravonlikning turli shakllari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘pincha
e’tibordan chetda qoladi. Aslida esa, bu murakkab hodisani kompleks tarzda, tizimli
va yondashuv asosida hal qilish zarur.
Sog‘liqni saqlash sohasi alohida shaxslarga emas, balki jamiyatning umumiy
salomatligiga e’tibor qaratadi. Shu bois, profilaktik chora-tadbirlar aynan xatar ostidagi
guruhlarga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Zo‘ravonlik holatlarini aniqlashda madaniy qadriyatlar, axloqiy me’yorlar va
ijtimoiy normalar katta rol o‘ynaydi. Shu sababli, zo‘ravonlikni aniqlashda bir xil,
izchil ta’riflardan foydalanish zarur, aks holda, to‘plangan ma’lumotlar turli
mamlakatlar yoki hududlar kesimida taqqoslab bo‘lmaydigan bo‘lib qoladi.
Zo‘ravonlik o‘z joniga qasd qilish, o‘z-o‘zini tahqirlash kabi o‘z-o‘ziga nisbatan
va boshqalarga nisbatan amalga oshirilgan shakllarga ega. Oilaviy zo‘ravonlik – eng
ko‘p uchraydigan holatlardan biri bo‘lib, u yaqin munosabatdagi shaxslar o‘rtasida
sodir bo‘ladi. Uni erta aniqlash ko‘plab salbiy oqibatlarning oldini olishga yordam
beradi.
Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasida uchraydigan zo‘ravonlikka maktab, ish joyi,
harbiy xizmat muassasalari kabi joylardagi holatlar kiradi. Bu holatlar ko‘pincha
tasodifiy harakter kasb etib, begona shaxslar tomonidan ma’naviy ezilish, jinsiy
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
135
135
tajovuz yoki tahqirlanish kabi shakllarda yuz beradi.
Jamoaviy zo‘ravonlik esa, odatda, muayyan guruh yoki shaxs o‘zini boshqa
guruhga mansub deb hisoblagan holda siyosiy, ijtimoiy yoki iqtisodiy maqsadlarni
amalga oshirish uchun qo‘llaniladi. Bunday zo‘ravonlik harbiy to‘qnashuvlar,
genotsid, inson huquqlarining buzilishi, repressiya, terrorizm va uyushgan jinoyatlar
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Zo‘ravonlik turlari tipologik jihatdan tahlil qilinsa, ularning jismoniy, jinsiy yoki
psixologik shakllari ajratib ko‘rsatiladi. Shuningdek, beparvolik yoki muayyan
resurslardan mahrum qilish orqali amalga oshiriladigan shakllari ham mavjud.
Tipologiya doirasida nafaqat zo‘ravonlikning harakteri, balki jabrlanuvchi va
jinoyatchi o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, holatning o‘ziga xos ijtimoiy
konteksti va sabablari ham ko‘rib chiqiladi, ayniqsa jamoaviy zo‘ravonlik holatlarida
bu jihatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Muammoni to‘liq tushunish uchun turli manbalardan olingan ma’lumotlar talab
etiladi, jumladan: sog‘liq, jarohatlar, e’tiqodlar, iqtisodiy holat, jinoyatlar va siyosiy-
huquqiy baza haqidagi ma’lumotlar. Bularni tahlil qilish orqali sog‘liqni saqlash
tizimida samarali yondashuvni shakllantirish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, har yili sog‘liqni saqlash tizimi zo‘ravonlik
holatlarining oqibatlarini bartaraf etish uchun sud xarajatlari, ishchi kuchi yo‘qotilishi,
ish unumdorligini tiklash va boshqa maqsadlarda katta miqdorda mablag‘ sarflaydi.
Zo‘ravonlikning sog‘liqqa salbiy ta’siri ko‘p hollarda faqat dastlabki bosqichdagina
emas, balki uzoq yillar davomida ham sezilib, doimiy nogironlik – orqa miya
shikastlanishi yoki oyoq-qo‘llarning harakatsiz holga kelishi kabi holatlarga olib
kelishi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, jismoniy shikastlanishlardan tashqari,
zo‘ravonlik qurbonlari ko‘pincha ruhiy tushkunlik, spirtli ichimliklarga qaramlik,
xavotirli holatlar, o‘z joniga qasd qilishga moyillik, istalmagan homiladorlik,
reproduktiv salomatlik bilan bog‘liq muammolar kabi psixologik va xulq-atvordagi
muammolarga duch kelishadi.
Ammo, ayniqsa, psixologik zo‘ravonlik holatlarida, zo‘ravonlik faktining o‘zi va
uning ta’siri o‘rtasida bevosita, aniq sabab-natija bog‘liqligini aniqlash har doim ham
mumkin bo‘lmaydi. Har bir inson zo‘ravonlikka o‘ziga xos, individual tarzda javob
beradi. Bunda shaxsning yoshi, psixologik xususiyatlari, hissiy qo‘llab-quvvatlanish
darajasi kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Faol pozitsiyadagi shaxslar ko‘pincha
bunday vaziyatlarga chidamliroq bo‘lishadi.
Zo‘ravonlikning salomatlikka ta’siri, shuningdek, u bilan bog‘liq vositachilik
omillarini chuqur o‘rganish, samarali davolash va profilaktik dasturlarni ishlab
chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun zo‘ravonlik holatlarini iqtisodiy,
ijtimoiy va psixologik omillar asosida tahlil qilish maqsadga muvofiq. Bunday
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
136
136
yondashuv, o‘z navbatida, zo‘ravonlikning ildiz sabablari va uni keltirib chiqaruvchi
omillarni aniqlash, shuningdek, ularning oldini olish chora-tadbirlarini belgilash
imkonini beradi.
1
Xulosa qilib aytganda, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning
farzandlarini jamiyatga qayta moslashtirishda psixologik xizmatlar muhim o‘rin tutadi.
Zamonaviy terapiya usullari, ijtimoiy-psixologik yondashuvlar, ruhiy salomatlikni
tiklashga qaratilgan dasturlar orqali bu toifadagi insonlar hayotini ijobiy tomonga
o‘zgartirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Холмогорова А.Б. Суицидальное поведение: теоретическая модель и
практика помощи в когнитивнобихевиоральной терапии / А.Б. Холмогорова
// Консультативная психология и психотерапия. 2016. – Т. 24. – № 3. – С.
144-163.
2.
Шакурова З.А. О смысловых составляющих понятия «жизнестойкость» /
З.А. Шакурова, Т.В. Наливайко, Е.И. Наливайко //Теоретическая,
экспериментальная и прикладная психология: Сб. науч. тр. / Под ред. Н.А.
Батурина. – Челябинск: Челябинский юридический государственный
университет, 2003. – С. 160-164.
3.
Navbahorova,
G.
N.
(2021).
Zo‘ravonlikka
uchragan
xotin-qizlarga
ko‘rsatiladigan ijtimoiy va psixologik yordamning samaradorligi. Fanning Rivoji:
Ilmiy Nashrlar Tahlili, 10(5), 76-84.
1
Navbahorova, G. N. (2021). Zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy va psixologik yordamning samaradorligi.
Fanning Rivoji: Ilmiy Nashrlar Tahlili, 10(5), 76-84.