JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
120
120
AXBOROT TIZIMLARINI YARATISHNING CASE-TEXNOLOGIYASI
Jo’rayev Shuhratbek Maxamadaliyevich
Andijon davlat pedagogika instituti
Matematika va informatika kafedrasi o’qituvchisi
Email: Shuhratbekjorayev85@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada axborot tizimlarini yaratishda CASE-texnologiyalarining o'rni
va ahamiyati, ularning turlari, funksiyalari va dasturiy ta'minot ishlab chiqish
jarayonida qo'llaniladigan metodlar batafsil ko'rib chiqilgan. Maqolada, shuningdek,
CASE-texnologiyalarining samaradorligi va tizimlar yaratishda ularning qo'llanilishi
haqida so'z yuritilgan.
ANNOTATION
This article discusses the role and importance of CASE technologies in the
creation of information systems, their types, functions, and the methods used in the
software development process. The article also covers the effectiveness of CASE
technologies and their application in system development.
Kalit so’zlar:
CASE-texnologiya, Axborot tizimlari, Dasturiy ta'minot,
Kodogeneratsiya, Loyiha boshqaruvi, Dasturiy tizimlar, Ma'lumotlar bazasi,
Dasturlash metodlari, Avtomatik kodlash, Prototip yaratish.
«Yoshlarni zamonaviy ilm-fan va texnologiyalar asosida tarbiyalash, ularni
mutaxassislik bo'yicha chuqur bilimlarga ega qilish – bizning eng muhim vazifamiz.»,
- degan edilar prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik
o’rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot
texnologiyalaridan yuqoridarajada foydalanishning ko’lamlari qanday bo’lishiga
hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday ro’l
o’ynashiga bog’liq.
90-chi yillar butun jamiyatni xalqaro kompyuter tarmog’i tomonidan qamrab
olinishi bilan mashhurdir, shaxsiy kompyuterlar unga terminallar sifatida ulana
boshladilar. Bu kompyuter tarmoqlari axborotlarga kirishni tartib solishning bir
qator(ham tehnologik, ham yuridik va axloqiy harakterlardagi) muammolarni keltirib
chiqaradi. Kompyuter axborotlari va tarmoq bo’yicha uzatiladigan xabarlarni
himoyalash muammosi keskin ko’tariladi. Dasturiy vositalarni ishlab chiqishning
kompyuterli texnologiyasi (CASE -texnologiya) va u bilan bog’liq dasturlarni
ixtisoslashtirishning to’liq axborotlashtirish va kompyuterlashtirishning hal qiluvchi
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
121
121
bosqichi boshlandi.
CASE-texnologiyalari vositalari - nisbatan yangi, 80-yillar atrofida shakllangan
yo’nalishdir. Ommaviy qo’llashni g’oyatda yuqori qiymatli va ishlab chiquvchi
ishjoydagi ustanalarga qo’yilgan talablar qiyinlashtiradi.
CASE-texnologiyalar
– marakkab dasturiy tizimlarni taxlil qilish,
loyihalashtirish, ishlab chiqish va kuzatib borishning butun texnologik jarayonini
avtomatlashtiruvchi dasturiy majmuadir.
CASE-texnologiyalari vositalari quyidagi ikki garuhga bo’linadilar:
Amalga oshirish tizimiga qurilgan - loyihalashtirish va amalga oshirish bo’yicha
barcha qarorlar tanlab olingan ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) ga
bog’langan;
Amalga oshirish tizimidan mustaqil - loyihalashtirish bo’yicha barcha qarorlar
mavjud bo’lish davrining boshlang’ich bosqichlarida unifikatsiyalashga mo’ljallangan
va ularni hujjatlashtirish vositalari amalga oshirish vositalarini tanlashda katta
egiluvchanlikni ta’minlaydi.
CASE-texnologiyalarning asosiy yutug’i – ishlab chiquvchilarning mahalliy
tarmoqlarida ishlash, loyihaning harqanday parchalarini eksport-import qilish, loyihani
tashkiliy boshqarish imkoniyatlari hisobiga loyiha ustida jamoaviy ishlashni qo’llab
quvvatlashdir.
Ba’zibir CASE-texnologiyalar faqat tizimli loyihalashtiruvchilarga mo’ljallangan
va modellarning har xil turlarini tasvirlash uchun maxsus grafik vositalarni taqdim
etadilar.
CASE-texnologiyalarning boshqa sinfi faqat dasturlarni ishlab chiqishni qo’llab-
quvvatlashda va quyidagilarni o’zichga oladi:
Dasturlar kodlarini ularning ixtisoslari asosida avtomatik generatsiyalash;
Ma’lumotlar modellari va ma’lumotlar oqimlari sxemalarining to’g’riligini
tekshirish;
Qabul qilingan standartlar va loyihaning dolzarb holatiga ko’ra dasturlarni
xujjatlashtirish;
Dasturlarni testdan o’tkazish va sozlash.
Dasturlarni kodogeneratsiyasi ikkita usulda bajariladi: dasturning karkasini
yaratish va to’liq mahsulotni yaratish. Dasturning karkasi dasturchini aralashuvini
imkoniyatini ta’minlab, dastlabki ma’lumotlarni keyinchalik qo’lda tahrir qilish uchun
xizmat qiladi: to’liq mahsulot qo’lda tahrirqilinmaydi.
CASE-texnologiyalar doirasida nafaqat loyihaning dasturiy kodlari, balkiuning
to’liq o’zi kuzatib boriladi. CASE-texnologiyalarda tayyorlangan loyiha materiallari
dasturchilarga vazifa bo’lib xizmat qiladilar, dasturlashning o’zi esa, agar avtomatik
kodogeneratsiya ko’zda tutilmagan bo’lsa kodlashtirishdan - ma’lumotlar tuzilmalari
va ularni ishlab chiqish usullarini belgilangan tilde ko’chirishdan iborat bo’ladi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
122
122
Ko’pgina CASE-texnologiyalar yana ishlab chiqishning boshlang’ich
bosqichlarida dasturlarni tez yaratish uchun «prototiplar» usulidan ham foydalanadilar.
Dasturlarning kodogeneratsiyasi avtomatik ravishda 85-90% gacha ob’ektiv
kodlar va yuqori bosqichdagi tillardagi matnlarda amalga oshiriladi, tillar sifatida esa
ko’proq Ada, Si, Koboldan foydalaniladi.
Ushbu maqolada axborot tizimlarini yaratishda CASE texnologiyalaridan
foydalanish, sinflari va ularning ta’riflari haqida so’z yuritildi. Yana tizimlar dasturiy
ta’minot, dasturlash texnologiyalarining qurollari va ularning tasnifi ham batafsil
ko’ribchiqildi. Bundan tashqari axborot tizimlarini yaratish CASE-texnologiyalarining
bayoni berildi. Keyingi maqolalarimizda billing tizimlari bilan ishlash va uning
texnologiyalari haqida so’zyuritamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Голицына О.Л., Максимов Н.В., Партыка Т.Л., Попов И.И.
Информационные технологии: учебник. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: ФОРУМ:
ИНФРА-М, 2008. – 608 с.
I.A.Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasi. T.:
O’zbekistin, 2010.-56 b.
Фаронов В.В. Delphi. Программирование на языке высокого уровня:
Учебник. – СПб.: Питер, 2009. – 640 с.
AyupovL.F., BegalovB.A., ErmatovSh.T., IbragimovaL.T., Shoaxmedova N.X.
Shaxsiy kompyuterlar va ulardan samarali foydalanish asoslari. O’quv qo’llanma.
Toshkent – 2008 y.