Authors

  • Raxmatova Xurshida
  • Xidirova Munavvara

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93487

Keywords:

Kalit soʻzlar: mahorat Robiya

Abstract

Bu maqolada urush vaqti va front orti jarayonlarida mardonavor qatnashgan oʻzbek xalqi haqida hikoya qiluvchi ,,Ikki eshik orasiʼʼ romanidagi urush tasvirlarini koʻramiz. Bu asarda qahramonlarning chigal taqdiri kitobxon qalbini larzaga soladi. Urush davrida qiynalgan insonlar koʻz oldimizda gavdalanadi. Bugungi kunga shukur qilish hissi uygʻonadi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-2_April-2025

58

58

"IKKI ESHIK ORASI" MISOLIDA YOZUVCHINING BADIIY MAHORATI

JDPU talabasi

Raxmatova Xurshida

Ilmiy rahbar:

Xidirova Munavvara

Annotatsiya

Bu maqolada urush vaqti va front orti jarayonlarida mardonavor qatnashgan

oʻzbek xalqi haqida hikoya qiluvchi ,,Ikki eshik orasiʼʼ romanidagi urush tasvirlarini
koʻramiz. Bu asarda qahramonlarning chigal taqdiri kitobxon qalbini larzaga soladi.
Urush davrida qiynalgan insonlar koʻz oldimizda gavdalanadi. Bugungi kunga shukur
qilish hissi uygʻonadi.

Abstract

In this article, we will look at the images of war in the novel "Between Two

Doors", which tells about the Uzbek people who bravely participated in wartime and
rear-line processes. The complex fate of the heroes in this work shakes the reader's
heart. People who suffered during the war are embodied before our eyes. A feeling of
gratitude for today awakens.

Kalit soʻzlar:

mahorat, Robiya, "Qora amma", Vatan, Kimsan

Kirish

Asar muallifi boʻlgan Oʻtkir Hoshimov har bir oʻzbek kitobxoni qalbiga kirib

borgn yozuvchilardan biridir. Yozuvchini ,, Dunyoning ishlari ʼʼ asari orqali ham
yaxshi tanimiz. Bu asari orqali yozuvchi haqiqiy oʻzbek onasi timsolini yaratib bergan.
Uning ,,Ikki eshik orasiʼʼ asari ham oʻz kitobxonlariga ega asar. Bu safga yana juda
koʻplab yoshlar qoʻshilishmoqda. Asar shu qadar qiziqarliki, bu asarni oʻqiyotgan
oʻquvchi bevosita ular bilan yashaydi, asar voqealari koʻz oldida jonlanadi. Asarning
aynan shunday nomlanishiga yozuvchi bu dunyoga kelgan odam tugʻilganida bir
eshikdan kirib, omonatini topshirganda yana boshqa bitta eshikdan chiqib ketadi
mazmunidagi fikrdir. Asarda ham bir eshikdan chiqib ketgan, hamma bu dunyoga
mehmon ekanligini yana bir bor eslatib ketadi. Lekin yaxshi odamlar ketsa, ular
unutilmaydi. Men bu asarda qishloq odamlarining bir-biriga boʻlgan chinakam mehrini
koʻrdim. Shu jihatidan ham eng yoqtirgan asarlarim safiga qoʻshildi. Bu asarning yana
bir eʼtiborli tarafi bunda urush bilan birga front orti jarayoni ham birdek
tasvirlanganidir.

Asosiy qism

,,Ikki eshik orasi ʼʼ asari qahramonlari Orif oqsoqol, Husan duma, ,,Qora buviʼʼ

Robiya, Kimsan va shular atrofidagi obrazlari orqali oʻsha davr muhiti koʻrsatib
beriladi. Robiyaning otasi nohaq qamalgach, uni Husan duma bilan ,,Qora buviʼʼ katta
qiladi. U ulgʻaygach, Kimsan bilan oralarida muhabbat paydo boʻladi. Robiya bu


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-2_April-2025

59

59

muhabbat qachon uygʻonganini sezmay ham qolgan edi. Hamma narsa yaxshi, intiqlik
bilan kutilgan toʻkin-sochinlikka yetishishgan davrda bir qora xabar ,,urushʼʼ
odamlarni bir-biridan ayiradi. Kimsan ham hamma yigitlar qatorida urushga otlanadi.
Urush bu joylardan ancha olis hududlarda boʻlayotgan boʻlsa-da, uning sovuq nafasi
bu yerlarni ham chetlab oʻtmaydi. U juda koʻpchilikning hayotini izdan chiqarib
yuboradi. Front ortida ham juda katta qiyinchiliklar boʻladi. Erkaklar deyarli qolmagan
bu qishloqda daladagi hamma yumushni ayollar, bolalar va keksalar bajarishadi.
Hamma erta tong otmasdan dalaga mehnatga chiqishadiyu, kun qorongʻusida uyga
qaytishadi. Kasal boʻlishga ham hech kimning haqqi yoʻq - dalada mehnat qilish kerak.
Shuncha mehnat qilishganiga yarasha oʻzlari yetishtirgan narsalarni oʻzlari
yeyishmaydi ham - butun narsa frontga. Zora shu yuborilgan narsalar yordamga yarasa,
balki oʻz jigarlarining ogʻziga tegar degan umidda. Faqat sifati pastroq narsalarni
oʻzlari yeyish uchun olib qolishadi. Ularning faqat lavlagi yegan kunlari ham
boʻladi,lekin urushning fojiasi bu emas! Uning fojiasi hali navqiron yigitlarning urush
oʻchogʻidan qaytmasligi, oʻz erini kuta olmay boshqa bilan aysh-ishrat qilib yurgan
ayollar, farzandlarning otalaridan ajralib yetim qolishi, onasining xiyonati tufayli tirik
yetim qolishi,Robiyaning chin muhabbatidan kechib ,,togʻaʼʼ deb katta boʻlgan
insoniga turmushga chiqishi, ,,Qora buviʼʼning oʻz oʻgʻliga atalgan qizni hali bola
boʻlgan jiyani sababli ukasiga soʻrashi. Axir odam totli narsa yemasa ham yashashi
mumkin, lekin muhabbatini, orzularini yoʻqotsa yashashi qiyinlashadi. Urushga ketgan
Kimsan ham ortga qaytmaydi. Undan ,,qora xatʼʼ kelmagani sababli asarni oʻqiyotgan
kitobxon ham asar qahramonlari bilan birga har bir daqiqada uning qaytishiga umid
qiladi. Urush tasvirini yaratgan yozuvchi Kimsanning jangda asirlikka tushib qolganini
yozayotganda ularning ustidan qilingan tajriba haqida yozadi. Nemislar oʻz asirlarini
usti muz bilan qoplangan suv yuzasini odam sigʻarlik qilib oʻyib olishadi va asirlarni
bitta-bittalab kiyimsiz holda oʻsha suvga tushirib, ikki kishi ikki qoʻlidan tutib turadi.
Yana biri soatga qarab ularning qancha vaqtda jon berishini kuzatib turadi. Bir asir
yarador boʻlgani uchun tezda joni uziladi, yana bir ayol esa har suv yuzasiga
chiqarishganda tirik holda chiqaveradi, tinmay unga qarab chirqillab yigʻlayotgan
farzandi yoniga oshiqaveradi. Lekin uni jon bermagunicha yana qaytib suv ichiga
itarishadi. Kimsan u ayolning joni buncha qattiq emasligini biladi, uni ushlab, tirik
qolishiga kuch berayotgan narsa uning onalik mehri ekanligini, lekin nemislar buni
tushunmay hadeb vaqtga qarayverganidan nafrati yanada ortadi. Navbat oʻziga
kelganida kuchini yigʻib nemislarning birini ham suv tubiga tortib ketadi.

Xulosa

,,Ikki eshik orasiʼʼ romani urush jarayonini ham, urush orti jarayonini ham

yoritgan, oʻzbek xalqi mehri, gʻururi ufurib turgan asar. Bu asarni oʻqigan kitobxon
koʻziga yosh olmasdan iloji yoʻq. Asarda qahramonlar taqdiri shu qadar chigalki, lekin
shunday ogʻir kunlarda ham bir-biridan mehrini, borini ayamaydigan insonlar tasviri


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–74_Issue-2_April-2025

60

60

bor. Unda haqiqiy alp yigitlar, haqiqiy oʻzbek qizlari, chin muhabbat tuygʻulari
uchraydi. Albatta, salbiy qahramonlar tasvirini ham uchratamiz, lekin ular qilgan
gunohlariga yarasha jazo olishadi, ularning hech biri baxtli hayot kechirishmaydi.
Qilgan ishlariga pushaymon boʻlgan obrazlarni uchratamiz. Vaqtinchalik havasni
oʻylab bir umrlik baxtini boy bergan Raʼno singari obrazlar orqali bu hayotning
magʻzini chuqurroq anglab yetamiz. Shu asarni oʻqish orqali biz haqiqiy urush
oʻchogʻini, front orti jarayonini koʻz oldimizga keltiramiz. Hayotning, yaqinlarning
qadriga yetishga harakat qilamiz.


Iqtiboslar
“Rost bilan
yolgonning ortasi – tort enlik”
“Eshitganingga emas, korganingga ishon. Maqsad shu. Nachora,
hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolgon gapirayotgan odam ham ichida,
baribir rostini oylaydi”
“Amal – asov otdek gap. Qolingdan bir chiqardingmi,
ikki dunyodayam yetolmaysan. Ot-ku oxir – oqibat egasiga qaytib kelsa kelar,
lekin amal qaytmaydi. Uni allaqachon boshqasi egarlab minib olgan boladiʼʼ
Katta vijdonsizliklar kichkina nopoklikdan bilsam nima qilay axir
Tinch, toʻkin zamonning allaqanday zavqi boʻladi

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Hoshimov, O'. (2013). Ikki eshik orasi. Roman.
2. Boltaboyev, H. (2011). El sevgan adib. Toshkent.
3.. Gulamovna U. S(2022) O'tkir Hoshimov asarlarida insoniy fazilatlarning

ifodalanishi. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali

4. O'zbek adabiyoti tarixi 4-qism. Toshkent 2014

References

Hoshimov, O'. (2013). Ikki eshik orasi. Roman.

Boltaboyev, H. (2011). El sevgan adib. Toshkent.

. Gulamovna U. S(2022) O'tkir Hoshimov asarlarida insoniy fazilatlarning ifodalanishi. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali

O'zbek adabiyoti tarixi 4-qism. Toshkent 2014