JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
35
35
SHAXSDA ALTURISTIK XULQ-ATVOR
RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK OMILLARI
ADPI “Pedagogika va Psixologiya” yo‘nalishi
4- bosqich talabasi
- Akbarova Dilafruz
Annotatsiya.
Mazkur maqolada shaxsda alturistik xulq-atvorning shakllanishi va
rivojlanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilingan. Shu bilan birga,
insonparvarlik, empatiya, hamdardlik kabi ijtimoiy-psixologik fazilatlarning jamiyat
taraqqiyotidagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shaxsning individual va
ijtimoiy rivojlanishida alturistik xulq-atvor muhim rol o‘ynashini tasdiqlaydi.
Shaxslarda alturistik xulq-atvorni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda
psixologik yondashuvlarni ilgari suradi.
Kalit so‘zlar:
alturizm, shaxs, psixologik omillar, empatiya, ijtimoiy xulq-atvor,
rivojlanish.
Аннотация:
В данной статье проанализированы психологические факторы,
влияющие на формирование и развитие альтруистического поведения у
личности. Также раскрыта роль таких социально-психологических качеств, как
гуманизм, эмпатия и сочувствие в развитии общества. Результаты исследования
подтверждают важную роль альтруистического поведения в индивидуальном и
социальном развитии личности. В статье предложены практические
рекомендации и психологические подходы к развитию альтруистического
поведения у личности.
Ключевые слова:
альтруизм, личность, психологические факторы,
эмпатия, социальное поведение, развитие.
Abstract:
This article analyzes the psychological factors influencing the
formation and development of altruistic behavior in individuals. It also highlights the
importance of social-psychological qualities such as humanism, empathy, and
compassion in the progress of society. The research findings confirm that altruistic
behavior plays a significant role in both individual and social development. The article
presents practical recommendations and psychological approaches for fostering
altruistic behavior in individuals.
Keywords:
altruism, personality, psychological factors, empathy, social
behavior, development.
Kirish.
Bugungi kunda globallashuv, axborot oqimining keskin ortishi va ijtimoiy
ziddiyatlarning kuchayishi inson shaxsida insonparvarlik, o‘zgalarga yordam berish,
hamdardlik kabi xulq-atvor shakllarining ahamiyatini oshirmoqda. Shaxsda alturistik
xulq-atvorni rivojlantirish nafaqat individual taraqqiyot, balki ijtimoiy muvozanat va
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
36
36
barqarorlikning kafolati sifatida ham e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasida ham
mazkur yo‘nalish bo‘yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.
Jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida inson kapitalini rivojlantirish,
yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ma’naviy barkamolligini ta’minlash dolzarb
vazifalardan biri sifatida belgilangan.[1.3-b.] Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Ma’naviyat va ma’rifat tizimini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4557-sonli qarorida ham
fuqarolarning ma’naviy kamoloti va sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish
zarurligi ta’kidlangan. Ushbu yondashuvlar shaxsda ijtimoiy-axloqiy fazilatlarning,
xususan,
alturistik
xulq-atvorning
shakllanishini
jadallashtirish
zaruratini
ko‘rsatadi.[2.1-2-b.]
Adabiyotlar sharhi
Alturizm — bu boshqa insonlarga yordam ko‘rsatish,
ularning manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yish tamoyiliga asoslangan
ijtimoiy xulq-atvor turi hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, alturistik xulq-
atvor biologik, ijtimoiy va psixologik omillar ta’sirida shakllanadi[6.525–543-b.].
Masalan, D. Batson tomonidan ilgari surilgan "empatiya-alturizm" nazariyasiga ko‘ra,
boshqa odamning azob-uqubatiga empatiya qilish alturistik harakatga turtki
bo‘ladi.[4.88-b.] Shuningdek, J. Piagening ijtimoiy-rivojlanish nazariyasiga ko‘ra, bola
ijtimoiy muhitda axloqiy normalarni o‘zlashtirib boradi va bu uning boshqalarga
nisbatan mehr-oqibatli bo‘lishini ta’minlaydi.[5.32-b.]
Tadqiqot natijalari.
Tadqiqotda psixologik kuzatuv, eksperiment, so‘rovnoma
va test usullari qo‘llanildi. Respondentlar sifatida 14-17 yoshdagi o‘smirlar orasidan
120 nafar o‘quvchi tanlab olindi. Ularning alturistik xulq-atvori, empatiya darajasi va
ijtimoiy ong rivojlanishi Mehrabian va Epstein empatiya o‘lchovi diagnostik testlar
orqali o‘lchandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, empatiya darajasi yuqori bo‘lgan
o‘quvchilar alturistik harakatlarni ko‘proq namoyon etadi. Ijtimoiy faol guruhlarda
ishtirok etuvchi, ijobiy ijtimoiy muhitga ega o‘smirlar boshqalarga yordam berishga
moyilroqdir. Shuningdek, oilaviy munosabatlarda iliqlik va mehr-oqibat mavjud
bo‘lgan holatlarda alturistik xulq-atvor kuchliroq rivojlangan.
Muhokama.
Alturistik xulq-atvor sog‘lom jamiyatni qurishda muhim omil
hisoblanadi. Ijtimoiy birdamlikni mustahkamlaydi, Ko‘ngillilik, xayriya va yordam
tizimlarini rivojlantiradi, Psixologik salomatlikka ijobiy ta’sir qiladi (baxt hissi,
hayotdan mamnunlik. Natijalar alturistik xulq-atvorning psixologik jihatdan
shakllanishida empatiya, ijtimoiy o‘zaro ta’sir, axloqiy qadriyatlar va shaxsiy
tajribaning ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Oila, maktab va jamiyatning bu
boradagi roli beqiyosdir. Tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, alturizmga asoslangan
tarbiya usullari orqali yosh avlodda insonparvarlik, ijtimoiy mas’uliyat, bag‘rikenglik
kabi fazilatlarni shakllantirish mumkin.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
37
37
Xulosa.
Shaxsda alturistik xulq-atvorni rivojlantirish ijtimoiy-psixologik muhit,
empatik qobiliyatlar va shaxsiy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq. Yoshlarda ushbu
fazilatlarni rivojlantirish uchun tizimli psixologik yondashuv va ijtimoiy tarbiya
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatda sog‘lom ijtimoiy
munosabatlar, barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiladi.
Shaxsda alturistik xulq-atvorni rivojlantirishda muhim bo ‘lgan tavsiyalar.
1.
Ta’lim jarayonida alturizmga yo‘naltirilgan dasturlarni joriy etish – maktab va
kollej darajasida o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat va empatiyani rivojlantirishga
qaratilgan sinf soatlari, ijtimoiy loyihalar va klublar tashkil etilishi maqsadga
muvofiqdir.
2.
Oila muhitida mehr-oqibatli munosabatlarni rag‘batlantirish – ota-onalarga
alturistik xulq-atvorni rivojlantirishda ularning o‘rni muhimligini tushuntirish
maqsadida psixologik maslahatlar va treninglar tashkil etish zarur.
3.
Ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy namunalarni targ‘ib qilish – yoshlar ko‘proq onlayn
axborot manbalaridan foydalanayotganligi sababli, bloglar, videoroliklar va postlar
orqali alturistik xulq-atvorni targ‘ib etish samarali bo‘ladi.
4.
Psixologik xizmatlarni kengaytirish – maktab va o‘quv yurtlarida psixologik
xizmat ko‘rsatish tizimini mustahkamlash, shuningdek, alturizm va empatiya bilan
bog‘liq diagnostika va rivojlantirish dasturlarini amaliyotga joriy etish lozim.
5.
Ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirish – alturistik xulq-atvorning yosh, jins,
madaniy muhit va boshqa omillar bilan bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan keng
qamrovli tadqiqotlar olib borilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-160-son
Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Ma’naviyat va
ma’rifat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4557-
sonli qaror.
3.
Eisenberg, N., & Mussen, P. H. (1989). The roots of prosocial behavior in
children. Cambridge University Press
4.
Batson, C. D. (1991). The altruism question: Toward a social-psychological
answer. Hillsdale, NJ: Lawrence Erlbaum Associates.
5.
Piaget, J. (1932). The Moral Judgment of the Child. London: Routledge & Kegan
Paul.
6.
Mehrabian, A., & Epstein, N. (1972). A measure of emotional empathy. Journal of
Personality, 40(4), 525–543.
7.
APA M.D. Abdulmadjidova (2024). ILK O‘SPIRINLIK DAVRIDAGI
O‘QUVCHILARNI PSIXOTIPLARIGA QARAB KASBGA YO‘NALTIRISH
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–74_Issue-2_April-2025
38
38
ISHLARINI OLIB BORISH NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI. Inter
education & global study, (10), 412-418.
8.
Abdulmadjidova, M., & Sattarova, I. M. (2021). O’smirlar o’rtasidagi nizoli
vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik masalalari.
Science and Education
,
2
(12),
602-608.
9.
Sattarova, I. M., & Abdulmadjidova, M. (2021). Ta’lim Jarayoni Samaradorligini
Oshirishda O ‘Yinli Texnologiyalardan Foydalanish Pedagogik Zaruriyat
Sifatida.
TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
1
(6), 5-