JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
344
344
BOLALARDA MENINGOKOK INFEKSIYASI:
PROFILAKTIKASI VA PARVARISHLASH
Yusupaxmedova Rafoatxon Ibrohimovna
Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi
jamoat salomatligini saqlash texnikumi.
Pediatriya kafedrasi oʻqituvchisi
Annotatsiya.
Meningokok infeksiyasi bolalarda ogʻir kechuvchi, tez
rivojlanadigan va hayot uchun xavfli kasalliklardan biridir. Ushbu mavzuda
meningokok infeksiyasining klinik belgilari, erta aniqlash, zamonaviy davolash
usullari va kasallikning oldini olish choralariga eʼtibor qaratiladi. Shuningdek,
meningokok infeksiyasiga chalingan bolalarni parvarish qilishning asosiy tamoyillari,
immunizatsiya va epidemiologik nazorat usullari bayon etiladi. Kasallikning erta
tashxisi va samarali profilaktikasi bolalar oʻrtasida oʻlim va asoratlar koʻrsatkichini
sezilarli darajada kamaytiradi.
Kalit soʻzlar:
meningokok infeksiyasi, bolalar, profilaktika, parvarishlash,
meningit, sepsis, immunizatsiya, bakterial infeksiya, vaksinatsiya, epidemiologik
nazorat.
Meningokok infeksiyasi – Neisseria meningitidis bakteriyasi chaqiradigan,
asosan bolalarda uchraydigan og‘ir va xavfli infeksiyalardan biridir. Infeksiya
meningit, sepsis, meningoencefalit kabi jiddiy shakllarda kechishi va qisqa vaqt ichida
bemorning hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli kasallikni erta aniqlash,
profilaktika va to‘g‘ri parvarishlash choralarini bilish juda muhim hisoblanadi.
Meningokokk infeksiyasi — meningokokklar qoʻzgʻatadigan oʻtkir infeksion
kasallik. Meningokokk infeksiyasining manbai bemor, asosan, bakteriya tashuvchilar;
ulardan mikrob atrofdagilarga havotomchi yoʻli orqali tarqaladi. Qish va bahorda
koʻproq uchraydi (mavsumiy koʻtarilish). Meningokokk infeksiyasi burun va halqum
shilliq pardasining yalligʻlanib zararlanishi (nazofaringit), bosh miya yum-shoq
pardasining yiringli yalligʻlanishi (yiringli meningit) yoki miya moddasining miya
pardasi bilan birgalikda yalligʻlanishi (meningoensefalit) yoki meningokokklar qonga
tushganda roʻy beradigan meningokokksemiya sifatida oʻtishi mumkin. Aksari ayni bir
bemorda kasallikning sanab oʻtilgan barcha shakllari avj oladi. Koʻpincha kasallik
alomatlari boʻlmagani holda meningokokklarni tashuvchanlik kuzatiladi, bu, ayniqsa,
xavfli. Tumov, yoʻtal, aksirish bilan oʻtadigan yalligʻlanish belgilari boʻlgan
(nazofaringit) bemor, kasallik qoʻzgʻa-tuvchisining tez tarqalishiga sabab boʻladi.
Nazofaringitda tomoq ogʻriydi va achishadi, quruq yoʻtal tutadi, burun bitadi,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
345
345
burundan shilimshiq-yiringli, baʼzan, qon aralash suyuklik keladi. Bosh aylanishi,
ogʻrishi, harorat koʻtarilishi, burun qonashi mumkin.
Meningokokksemiya isitma bilan boshlanadi, badanga kattakatta toshmalar
toshadi. Baʼzan nuqtasimon yoki yaxlit qon quyilishi mumkin. Bu juda ogʻir kechadi,
yurak faoliyati buziladi, ichki aʼzolarga qon quyiladi. Vaqtida davo qilinmasa oʻlim
roʻy beradi.
Meningit ham, odatda, toʻsatdan boshlanadi. Meningokokk infeksiyasiga shubha
qilinganda tomoq va burundan surtma hamda orqa miya suyukligi olib tekshiriladi.
Meningokokk tashuvchilik va meningokokk nazofaringiti kasallikning maxalliy turiga
kiradi. Meningokokksemiya va meningokokk meningita tarqoq turlar hisoblanadi.
Meningokok infeksiyasining klinik belgilari
Meningokok infeksiyasi odatda quyidagi belgilar bilan boshlanadi:
Tana haroratining keskin ko‘tarilishi
Bosh og‘rig‘i
Qusish
Teri va shilliq pardalarda toshmalar
Ongning buzilishi, tutqanoq
Bo‘yin qattiqligi
Yosh bolalarda simptomlar ko‘pincha nonspezifik ko‘rinishda (bezovtalik,
ishtaha yo‘qligi, uyquchanlik) namoyon bo‘ladi.
Meningokok infeksiyasining oldini olishda asosiy choralar quyidagilardan iborat:
Vaksinatsiya: Meningokokka qarshi polivalant vaksinalar (A, C, W, Y va B
guruhlariga qarshi) bolalarda kasallik rivojlanish xavfini sezilarli kamaytiradi.
Profilaktik antibiotikoterapiya: Kasallik bilan aloqa qilgan shaxslarga (ayniqsa
oilaviy a'zolar va bolalar muassasalari a'zolari) profilaktik antibiotiklar buyuriladi.
Gigiyena qoidalariga rioya qilish: Shaxsiy va jamoat joylarida tozalikni saqlash,
niqob taqish va immunitetni mustahkamlash.
Meningokok infeksiyasiga chalingan bolalar maxsus parvarishga muhtoj:
Yotoq rejimi: Og‘ir bemorlar statsionar sharoitda qat'iy yotoq rejimiga olingan
bo‘lishi kerak.
Suyuqlik va oziqlanish: Dehidratatsiyaning oldini olish uchun yetarlicha suyuqlik
beriladi, parenteral oziqlanish zarurati baholanadi.
Nazorat: Hayotiy ko‘rsatkichlar (arterial bosim, yurak urishi, nafas olish) doimiy
nazorat qilinadi.
Simptomatik davolash: Tutqanoqlar, isitma va nafas yetishmovchiligi kabi
asoratlarni bartaraf etish.
Reabilitatsiya: Kasallikdan keyin asoratlarni kamaytirish uchun fizioterapiya va
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
346
346
psixologik yordam zarur.
1
Xulosa qilib aytganda, Meningokok infeksiyasi o‘z vaqtida aniqlanib, to‘g‘ri
davolansa, bolalarda o‘lim va asoratlar oldini olish mumkin. Profilaktik chora-
tadbirlarni kuchaytirish, vaksinalarni keng joriy etish va bemorlarni o‘z vaqtida
parvarishlash bu kasallikdan himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Tibbiy xodimlarning
hushyorligi va ota-onalarning xabardorligi meningokok infeksiyasiga qarshi kurashda
asosiy omillardir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. World Health Organization (WHO). "Meningococcal Meningitis: Factsheet."
2022.
2. Borrow R., et al. "The Global Need for a Meningococcal Vaccine." Clinical
Infectious Diseases, 2017; 64(1): 87–92.
3. Harrison L.H. "Epidemiological profile of meningococcal disease in the United
States." Clinical Infectious Diseases, 2010.
4. Azizov B.K., Matkarimova N.N. "Bolalarda infeksion kasalliklar." Toshkent,
2020.
5. Centers for Disease Control and Prevention (CDC). "Meningococcal Disease:
Prevention and Control." 2023.
6. Qodirov A.A., Shamsiyeva D.M. "Infeksion kasalliklar va epidemiologiya
asoslari." Toshkent, 2021.
1
Azizov B.K., Matkarimova N.N. "Bolalarda infeksion kasalliklar." Toshkent, 2020.