Authors

  • Saparova Dilnoza Ibragimjanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93506

Keywords:

Kalit soʻzlar: Muammoga oid ilmiy adabiyotlar tahlili o`quv xujjatlarini o`rganish.

Abstract

Annotatsiya: Maqolada o`quvchilarda kasb-hunarga qiziqishni shakllantirish masalasi pedagogik muammo sifatida tadqiq etilib, ushbu fenomenning mazmuni va mohiyati tahlil qilingan, “kasb-hunarga qiziqish” tushunchasiga aniqlik kiritilib, qiziqishning shakllanish jarayoniga ta`sir qiluvchi ob`ektiv va sub`ektiv omillar yoritilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

321

321

O`QUVCHILARDA KASBLARGA BOʻLGAN QIZIQISHLARINI

OSHIRISHDA SAMARALI ISHLARNI TASHKIL ETISH

Saparova Dilnoza Ibragimjanovna

Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani

4-maktab amaliyotchi psixologi

Annotatsiya

: Maqolada o`quvchilarda kasb-hunarga qiziqishni shakllantirish

masalasi pedagogik muammo sifatida tadqiq etilib, ushbu fenomenning mazmuni va
mohiyati tahlil qilingan, “kasb-hunarga qiziqish” tushunchasiga aniqlik kiritilib,
qiziqishning shakllanish jarayoniga ta`sir qiluvchi ob`ektiv va sub`ektiv omillar
yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

Muammoga oid ilmiy adabiyotlar tahlili, o`quv xujjatlarini

o`rganish.

KIRISH

.

Kasbiy shakllanish insonning aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari hamda

u yoki bu sohaga bo`lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va
dunyoqarashlariga asoslanib biror-bir kasb sohasida ta`lim olishi, keyinchalik esa shu
sohaga kirishib moslasha borishi (kasbiy adaptatsiya) va nihoyat, nisbatan qisqa vaqt
mobaynida, malakali mutaxassis bo`lib yetishishi tushuniladi. O`quvchilarni
kasbhunarga yo`naltirish masalasi muayyan bir kasbiy faoliyat va unda
foydalaniladigan mehnat qurollari, kasb-hunarni egallash yo`llari va mutaxassisning
psixofiziologik xususiyatlariga qo`yiladigan asosiy kasbiy talablar, kasb-hunarning
jamiyatda tutgan o`rni va ijtimoiy himoyalanganligi kabi ma`lumotlar asosida konkret
kasb-hunar tanlashning ijobiy motivlarini shakllantirish orqali shaxsda kasb-hunarga
qiziqish uyg`otishdan boshlanadi.

S.L.Rubinshteynning fikriga ko`ra “qiziqish” deganda shaxsning yo`nalganligi,

uning faoliyat motivi tushunilib, o`zining aniqlanganligi va emotsional jozibadorlik
kuchi bilan shaxsning qaror qabul qilish jarayoniga ta`sir qiadi.Pedagogikada
“qiziqish” shaxs hayotining real sharoitlarida paydo bo`lib, uning mavjud bo`lgan
ob`ektiv munosabatlarini o`zida aks ettiradi, deb qaraladi. Shaxs faoliyati uning
extiyojlari bilan belgilanadi, ehtiyojlar asosida esa ma`lum bir sohalarga nisbatan
qiziqish shakllanadi. Qiziqish shaxsning atrof muhit va ob`ektlarga nisbatan psixik
jarayonlarning tanlangan yo`nalganligi, faqat o`zi tanlagan faoliyat bilan shug`ullanish
ehtiyoji va faollikni oshirishga undaydigan omil sifatida namoyon bo`lib, inson
faoliyatining samarali va sermahsul bo`lishini ta`minlaydi.

Pedagogika va psixologiyaga oid ilmiy adabiyotlar tahliliga asoslanib “kasbga

qiziqish” tushunchasiga aniqlik kiritamiz.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

322

322

Qiziqishning umumiy tarkibi L.G.Antipova tomonidan taklif qilingan bo`lib, o`z

ichiga intellektual (tafakkur, xotira, tasavvur va hokazo), emotsional va irodaviy
jarayonlarni oladi. Bunda qiziqishning uch komponentlik tizimi intellektual,
emotsional va irodaviy hodisalarning umumiy yig`indisini emas, balki barcha psixik
jarayonlarning o`zaro murakkab munosabatini tashkil qilishi ta`kidlanadi
[Л.Г.Антипова, 1987: 8].

“Kasb-hunarga qiziqish” deganda shaxsning kasb-hunar tanlashga yo`nalganligi,

tanlagan sohasining ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatlarini anglagan holda kasbiy
motivlariining shakllanganligi bilan ifodalanib, shaxsning kasb-hunar haqida ko`proq
ma`lumot olishida, uni egallash maqsadida o`zida kasbiy bilim, malaka va
ko`nikmalarni shakllantirish faolligini oshirishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi.

Kasb-hunarga qiziqishni uch tarkibiy komponenti (intellektual, emotsional va

irodaviy komponentlar) bilan birga to`rtinchi komponentni – kasb-hunar tomonidan
mutaxasisning kasbiy bilim, malaka va ko`nikmalariga, xamda uning qobiliyatlariga
qo`yiladigan talablarni ham o`zida aks ettiradi. Ushbu to`rtta komponent o`zaro
munosabatda va mutanosib bog`liqlikda bo`lib, inson shaxsiga hamda uning hayot
faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi.

Kasb-hunarga qiziqishni shakllantirish bu, birinchi navbatda, o`quvchida

mehnatsevarlikni hamda unga ijodiy yondashish tuyg`usini tarbiyalash, kasbhunar
tanlashdagi mas`uliyat va kasbning jamiyat uchun ahamiyatini xis qilishni
tarbiyalashdir. O`z navbatida, bilishga qiziqish ob`ekti bilish jarayonining o`zi bo`lib,
xodisalarning ma`nosini tushunish, tegishli soha bilimlarining nazariy va ilmiy
asoslarini chuqurroq o`rganish bilan belgilanadi. O`quvchining kasb-hunarlarga oid
bilimlarni egallashga qiziqishi uning darsda va darsdan tashqari jarayonlarda faollik
ko`rsatishiga, olayotgan bilimlarining sifatiga, ta`lim olishning ichki motivlarini
shakllanishiga, o`z hayotiy pozitsiyasiga ega bo`lishiga olib keladi. Bu esa
ta`limtarbiya jarayoni samaradorligini ta`minlab, o`quvchida kasb-hunarga qiziqishni
bilim olishga qiziqish bilan o`zaro uyg`unlikda shakllanishini ta`minlaydi.

O`quvchilarda kasb-hunarga qiziqishning shakllanish jarayoni turg`un va faol

bo`lishi ularni maqsadlariga erishishlarida hamda mavjud qiyinchiliklarni yengib
o`tishlarida yordam beradi. Qiziqish dinamik, ongli va turg`un shakllansagina
o`quvchilarning ongli ravishda kasb-hunar tanlashlariga samarali ta`sir ko`rsatadi.

Qiziqishning dinamikligi – doimo faolligi va shakllanish jarayonida o`zgarishga

moyilligida aks etadi.

Qiziqishning ongliligi – shaxsning o`ziga-o`zi baho berishini kasb-hunarga

munosabati bilan belgilanadi.

Kasb-hunarga qiziqishning turg`unligi – aynan bir kasb (yoki kasbiy soha)ga

nisbatan ijobiy va faol munosabatning doimiyligida namoyon bo`ladi.

Psixologiya va pedagogika sohalari vakillarining tadqiqotimiz mavzusiga oid


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

323

323

ilmiy asoslangan xulosalariga tayanib, 12-16 yosh davri maktab o`quvchilarida
kasbhunarga qiziqish shakllantirish uchun optimal davr, deb hisoblash mumkin. Biron-
bir kasbiy faoliyat turiga nisbatan erta shakllangan qiziqish uzoq vaqt saqlanib qoladi
va kasbiy maqsadning asosini tashkil etadi.

Maktab o`quvchilariining kasb-hunar tanlashi ob`ektiv va sub`ektiv omillar

majmuasi ta`sirida sodir bo`ldi. Ob`ektiv omillarga shaxs hoxishi va irodasiga bog`liq
bo`lmagan, lekin kasb-hunarga yo`naltirish jarayonining sifatini oshirish uchun sharoit
yaratadigan

quyidagi

omillarni

kiritamiz:

ota-ona

va

qarindoshlarning,

pedagogo`qituvchilarning, o`rtoqlarning, kasb egasining va kasbga yo`naltirish
bo`yicha mutaxassisning maslahatlari, ommaviy axborot vositalaridan olingan
ma`lumotlar, kasbning jamiyat uchun ahamiyati.

Sub`ektiv omillar qatoriga esa o`quvchining individual va psixofiziologik

xususiyatlariga bog`liq bo`lgan omillar bilan bir qatorda o`z bilimlarini amalda
qo`llashga qiziqishi, mas`uliyat, intizomlilik va ideal (ya`ni badiiy adabiyot yoki
filmlardagi asar qahramonlariga xavas), kasb-hunarni o`quvchining shaxsiy
qobiliyatlariga talablarini to`g`ri kelishi, kasbni mahorat darajasida egallashga bo`lgan
hoxish-istak va shu kabilar kiradi.

Har qanday kasbiy faoliyatning muvaffaqiyati mutaxasisdan faqatgina bitta

qobiliyat yoki sifatni emas, balki ularning muayyan kombinatsiyasini talab qiladi. Bu
kombinatsiyasi ikki guruh qobiliyatlarni – ko`pchilik kasblar uchun nisbatan umumiy
qobiliyatlar va faqat ayrim kasblar uchun xos bo`lgan maxsus qobiliyatlardan iborat
bo`ladi.

Xulosa. Kasbga qiziqish insonning kasb-hunar tanlashidagi birinchi jiddiy

qadami bo`lib, o`quvchining shaxsiy kasbiy rejani asosi hisoblanadi. Kasbga qiziqish
bilan bilishga qiziqish qay darajada o`zaro mutanosib bo`lsa, ularning o`zaro ta`siri
ham shu darajada kuchli bo`ladi.

O`quvchilarda kasb-hunarga qiziqishni shakllantirish kasb tanlashga yo`naltirish

ishining muhim bosqichlaridan biri bo`lib, maktablarda bosqichmabosqich va
o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib rejalashtirilishi va tashkil etilishi
kerak. Bunda beriladigan ma`lumotlar kasb-hunarlarning o`ziga jalb qiluvchi
tomonlaridan tashqari kasbiy faoliyatning mazmuni, ijtimoiy ahamiyati va
mutaxassisning psixofiziologik xususiyatlariga qo`yiladigan umumiy va maxsus
kasbiy talablar, zarur kasbiy bilim, ko`nikma va malakalar to`g`risida ham yetarlicha
chuqur tushunchalarni o`z ichiga qamrab olishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
O`quvchilarning turli zamonaviy kasb va hunarlar to`g`risidagi tasavvurlari qanchalik
keng va chuqur bo`lsa, ularni kasbga qiziqishi shunchalik ongli va turg`un bo`lib
shakllanadi.

Kasbga qiziqish o`smir-yoshlarning o`z kelajagi yuzasidan qaror qabul qilish

davridagi senzitivligi bilan bog`liq bo`lgan psixologik va pedagogik fenimen


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

324

324

hisoblanadi. 12-16 yosh davrda bolalarda o`zini-o`zi baholashning ahamiyati ortganligi
sababli, kasb-hunarga qiziqishni ongli va turg`un bo`lib shakllana boshlaydi. Bu esa,
o`z navbatida, o`quvchilarda tegishli o`quv predmetlariga qiziqishni to`liq namoyon
bo`lishini va asoslangan kasb tanlash motivlari shakllanishiga olib keladi.

O`quvchilarning har qanday kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyati ularda

kasbhunarga qiziqishning turg`unligi, faolligi va ongliligi hamda umumiy va maxsus
qobiliyatlarining o`zaro uyg`unligiga bog`liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

:

1.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag`al va
ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va
kasb-hunarga o`qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta`minlashga oid
qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4804-son qarori // https://lex.uz/
docs/4945748

2.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 dekabrdagi
“Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 10-11-sinflari o`quvchilarini kasb-hunarga
tayyorlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 792-son qarori // https://lex.uz/uz/
docs/5800745

3.

Антипова Л.Г. Проблемы формирования профессиональных интересов у
учащихся средних профтехучилищ: Метод. пособие. –М.:Высш. шк., 1987.

4.

Гальперин П.Я. Методы обучения и умственного развития ребенка. М.:

References

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Kambag`al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o`qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta`minlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4804-son qarori // https://lex.uz/ docs/4945748

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 dekabrdagi “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarining 10-11-sinflari o`quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 792-son qarori // https://lex.uz/uz/ docs/5800745

Антипова Л.Г. Проблемы формирования профессиональных интересов у учащихся средних профтехучилищ: Метод. пособие. –М.:Высш. шк., 1987.

Гальперин П.Я. Методы обучения и умственного развития ребенка. М.: