JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
280
280
GLOBALLASHUV SHAROITIDA MILLIY
TARBIYANING O’ZIGA XOS AHAMIYATI
Davlatov Asilbek Ravzatulloyevich
Termiz davlat pedagogika instituti
Filologiya fakulteti 4-bosqich 406-guruh talabasi
Annotatsiya:
Maqolada milliy tarbiya, uning ahamiyati, bola tarbiyasidagi
muhim jihatlar haqida so’z boradi. Alisher Navoiyning komil inson haqidagi qarashlari
qisqacha yuritilgan. Maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining rahbarligida amalga
oshiriladigan milliy tarbiya jarayoni haqida fikr yuritilgan.
Kalit so’zlar:
milliy tarbiya, ajdodlarimiz merosi, xulq-atvor, sharqona odob,
qadriyat, madaniyat, ma’rifat.
Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo’lgan. Ota-bobolarimiz farzand
o’stirar ekanlar, ularning xulq-atvoriga, gap-so’zlariga, kishilar oldida o’zlarini qanday
tutib, nimalar haqida fikrlashib, o’z maqsadlarini qanday so’zlar bilan
tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo’rslik qilishi,
kattalar suhbatiga aralashishi, nojo’ya ishlarga zinxor-bazinxor yo’l qo’ymaganlar. Bu
narsalarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni deb qaraganlar.
Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib
topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, Quroni karim oyatlari
mazmuni, Payg’ambarimiz hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari
tarbiyamizning muhim manbai bo’lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar
hayotining barcha qirralarini, hatto mayda jihatlarigacha qamrab olgan.
Janob Rasululloh (s.a.v) hadislarida: ,,Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan
birga axloq-odobini ham yaxshilanglar!’’, ,,Hech bir ota o’z farzandiga xulq-u odobdan
buyukroq meros bera olmaydi’’, deyilgan. Yana bir hadisda: ,,Mo’min kishiga berilgan
narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir’’, deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz
hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar va o’z farzandlari, mahalla
yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali bo’lishi uchun kurashganlar. Yoshlarni
tarbiyalashda ,,Mening bolam’’, ,,Sening bolang’’ deb ajratishmagan. Tarbiya berish
hammaning burchi deb qaralgan.
Odamzod dunyoga kelibdiki, mudom mukammal timsol axtaradi, komillika
intilib, ruhiy najot yo’lini qidiradi. Shu orzu-intilish samarasi o’laroq, ma’naviyat
bobida beqiyos kashfiyotlar qilingan.
Komil inson haqidagi ta’limot insonni yuksak kamolotga yetishini ko’zda
tutadi. Komillik bu – insonning yerda qilgan hamma ishlari ma’naviy e’tiqod bilan
sug’orilishidir.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
281
281
O’zbek xalqi o’z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlarni voyaga
yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijasida asrlar davomida aql-u zakovatga,
qomusiy bilim va qobilyatga ega bo’lgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayhon Beruniy, Al-
Forobiy, Abu Ali ibn Sino hamda Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy,
Bobur, Ogahiy kabi komil insonlar yetishib chiqdi va olamga tanildi. Ular tufayli
xalqimiz mag’rur yashadi, doimo huriyat va erk sari intildi.
Inson koinotdagi barcha mavjudodlar ichida eng ulug’i hisoblanadi. Uning
kamoloti oldida aql hayron qoladi, chunki, inson haqiqat haqida o’ylaydi. Kamolot
yo’liga chiqish uchun u asta-sekin o’zligini izlaydi. Alisher Navoiy ,,kamol et kasb
kim’’ deya da’vat qilganlarida komillik uchun zarur juda ko’p xususiyatlarni nazarda
tutgan. Kishi o’zini xirs-ta’ma, nafs, g’aflat, nodonlik singari mayllardan poklamasa,
hech vaqt komil bo’la olmaydi. ,,Olam uyi’’ida yashash - uning fuqarosiga aylanishdir.
Alisher Navoiy insonning jahon farzandi mavqeiga ko’tarilishini xohlagan. Xuddi shu
mavqeini esa kamolotning oliy cho’qqisi deb bilgan.
Navoiy o’z davrida komil insonlarni ,,Ahli ma’ni’’ deb bilgan. ,,Ahli ma’ni” bu
fikrli insonlardir. Fikrsiz xaloyiqning ongida ma’ni chuqurligi bo’lmaydi. Fikrlash –
haqiqatni anglashdir. ,,Ahli ma’ni” deganda oqil va dono, kamtar va olijanob,
haqiqatparvar va fidoyi kishilarni tushunish kerak. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan
insonlarning tafakkuri keng bo’ladi.
Chunki, ular aql oddiy so’z va tushunchalardan emas, balki diyonat, adolat,
insof, iymon, ishq, dard tuhfalaridan kamol topgan bo’ladi.
Inson go’zal xislatlar, yaxshi fazilatlar, nurdek pokiza umidlar bilan komillikka
– kamolotga intilib boradi. Hayotning hamma achchiq-chuchugini, bulardan namuna-
yu ibrat olib, yashash va yaratish iqtidoriga erishadi.
Dunyoda insonga tuhfa etilgan aql ne’mati shunday qudratli kuchki, u bilan
odam o’zini istagan holatda tarbiya eta oladi, har qanday azo-uqubatni, har qanday
yomonlikni, eng murakkab muammolarni ham aql ne’mati bilan yengadi va hal etadi.
Ruhiy kamolot odam qalbida ezgulikning yuksak koshonasini yaratadi.
Aql-zakovatning kamoli o’qish, o’rganish, tahlil etish, idora qilish, e’tiqod
qo’yish, hayot tajribasini egallash bilan ro’yobga chiqadi. Yosh niholning basavlat
daraxtga aylanishi parvarishga bog’liq bo’lganidek, odam bolasining komil inson
bo’lib yetishishi uchun uning murg’aklikdan tarbiyalab borishga e’tibor berish lozim.
Ma’lumki, bolani layoqatga mos holda o’stirish uchun unda yoshlikdan
mehnatsevarlik va ishchanlik ko’nikmasini hosil qilish kerak. Mehnatsevarlik –
muttasil o’tirib ishlash kabi fazilatlardir. Garchand inson kamolotiga ta’sir etadigan
omillar bir qancha bo’lsa ham lekin, maxsus tarbiya muassasalarida tarbiyachining
rahbarligida amalga oshiriladigan milliy tarbiya jarayoni yetakchi hisoblanadi.
Chunki, birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit ta’siri bera olmagan fazilatlar
o’zlashtriladi va narsalar o’rganiladi, ya’ni bilim, egallanadi, mehnat va texnik faoliyat
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
282
282
bilan bog’liq ko’nikmalar, malakalar ham maxsus uyushtirilgan tarbiya orqali hosil
bo’ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklarni o’zgartirib shaxsni kamolga
yetkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori
hayotga tayyorlanadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish yoki
bartaraf qilish mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu
tufayli, u shaxsning kamolga yetishishini tezlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Inson
kamol topishida, barkamol inson bo’lib yetishishida maktabning ahamiyati juda katta.
Bolalar maktabga qadam qo’yar ekan, ular o’quv mehnati bilan band bo’ladilar.
Bolalar maktabda fan asoslarini egallab olishi bilan birga ularda sekin-asta ilmiy
dunyoqarash shakllanib boradi. O’quvchi tarbiyachilarning rahbarligida insonga xos
bo’lgan yuksak fazilatlarni egallaydilar. Reja asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etib,
bolani tarbiyalashda oilaga har vaqt yordam ko’rsatadi. Tarbiyachi o’z
tarbiyalovchisining oilaviy sharoitidan xabardor bo’lishi, yordamga muhtoj bo’lgan
oilalarga yordam berishi lozim.
Umuman, pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyatbola
shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy va irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Rahbarlik qilinmagan faoliyat esa bir yoqlama yoki salbiy ta’sir etishi mumkin.
Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo’lmaydi. Shu sababli odam faoliyati
uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan uyushtirilgan har qanday
faoliyat ham o’yin, mehnat, o’qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta’sir
ko’rsatadi. Shaxs ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham aqlan
o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o’rganib boriladi.
Shaxsning kamolga yetishishida, uning barkamol inson bo’lib yetishishida
nafosat tarbiyasi, axloq-odob tarbiyasi, ekologik tarbiya, jismoniy tarbiyalarning o’rni
va roli beqiyosdir.
Chunki, bu tarbiya usullari birgalikda amalga oshirilsa biz O’zbekiston yoshlari
sog’lom bo’lishimiz, sport bilan doimiy ravishda shug’ullanishimiz lozim. Agar biz
sog’lom bo’lsakkina, farzandlarimiz ham sog’lom bo’ladi.
Shunday ekan biz yoshlar bo’lg’usi pedagoglar, avvalo, o’zimiz har tomonlama
yetuk kamolotga yetishishimiz, bilim va malakaga ega bo’lishimiz uchun qunt bilan
o’qishimiz darkor. Yangi pedagogik texnologiyalar va ularning qo’llanilishiga oid
bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmog’imiz lozim. Bunda mavzuga mos pedagogik
texnologiyalarni tanlash va ularni qo’llashda oddiydan murakkabga qarab borish
tamoyiliga amal qilishimiz muhim hisoblanadi. Yoshlar ertangi kunning bunyodkorlari
kelajak avlodni tarbiyalash, o’qitishdek ma’suliyatli va sharafli ishga qo’l urar
ekanmiz, hozirdanoq o’z bilimimizni oshirishimiz, berilayotgan imkoniyatlardan
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
283
283
unumli foydalanishimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Dilova N. G ,,Ajdodlar merosida ta’limdagi ta’limdagi o’zaro hamkorlik
munosabatlari”.
2.
Dilova N. G ,,O’quvchilarning shaxsiy sifati – pedagogik hamkorlikning dastlabki
tamoyili”.
3.
Rasulova Z. D ,,Talabalarning kreativligini rivijlantirishda masofaviy ta’limning
o’rni”.