Authors

  • Sh.Y.Sadullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93523

Keywords:

Kalit so’zlar. ertagi karam ko’chat ekish ekish usullari parvarishlash.

Abstract

O‘zbekistonda ertagi karam ko’chatlari respublikamizning markaziy mintaqalarida 10 martgacha, shimoliy mintaqalarida 30 martgacha ekiladi. Dalaga ekish uchun 40–45 kunlik, barglari to’q yashil, ildizlari yaxshi rivojlangan, sog’lom ko’chatlar tanlab olinib, 70×25 (30) sm sxemada ekiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

239

239

ERTAGI KARAM YETISHTIRISH XUSUSIYATLARI

Sh.Y.Sadullayeva

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Agrobiotexnologiyalar va oziq ovqat xavfsizligi instituti

4 bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

O‘zbekistonda

ertagi karam ko’chatlari respublikamizning markaziy

mintaqalarida 10 martgacha, shimoliy mintaqalarida 30 martgacha ekiladi. Dalaga
ekish uchun 40–45 kunlik, barglari to’q yashil, ildizlari yaxshi rivojlangan, sog’lom
ko’chatlar tanlab olinib, 70×25 (30) sm sxemada ekiladi.

Kalit so’zlar.

ertagi

karam, ko’chat, ekish, ekish usullari, parvarishlash.


Kirish.

Dunyoda sodir bo’layotgan oziq-ovqat muammosini bartaraf etishda

ya’ni xavfsizligini ta’minlashda sabzavot mahsulotlarini ko’paytirish, sifatli va
ekologik toza mahsulotlar yetishtirish hozirgi kun dolzarb muammosi hisoblanadi.
Aholining sabzavot mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish, yerlardan unumli
foydalanish va sabzavot ekinlarini yetishtirishning yangi texnologiyalarini qo’llash
zarur.

Mamlakatimizning iqlim sharoiti sabzavotlar ichida ertangi karam turlarini

yetishtirish, xalqimiz dasturxonidagi sabzavot bilan ko’paytirish muhimdir.

Karamli sabzavotlar ichida oqbosh karam ko’p ekiladi, qizil va savoy karamlari

esa oqbosh karamga nisbatan kamroq ekiladi. Ushbu karamlar vitamin va mineral
moddalarga boyligi jihatidan, inson oziqlanishi va sog’ligiga foydali sabzavotlardan.
Oqbosh karam kalsiy va fosfor, mineral tuzlar bilan A, V1, V2, V12 va C vitaminlariga
boy bo’lgan sabzavotdir. Ushbu karamlar xom holda iste’mol qilinishi bilan birga
tuzlangan va dimlangan holda sevib iste’mol qilinadi. Qizilbosh karam uzoq
saqlanuvchanligi bilan tavsiflanib, undan ko’pincha yangiligida salat tayyorlashda
foydalaniladi.

Oqbosh karam Karamdoshlar (

Brassicaceae

) oilasiga mansub bo’lib, (

Brassica

capitata Lizg.

) hayotining birinchi yili karambosh, ikkinchi yili esa gulpoya chiqarib

gullaydi va urug’ beradi. Ko’chat o’tqazilgach, undan past bo’yli (15-30 sm) yo’g’on
va serbarg o’zak hosil bo’lib, uning uchida karambosh shakllanadi.

Karam boshida juda katta uchki kurtak joylashgan bo’lib, undan kelgusida

gulpoya va meva organlari hosil qilishda sarflanadigan zapas oziq moddalar
to’plangan bo’ladi. Karam bosh o’rashi tezpishar navlarda 10-14, kechpishar
navlarda 15-20 ta erkin yashil barglar hosil bo’lgach (ekilgandan 2,5-3 oy o’tgach),
yangi paydo bo’layotgan barglar yarim bukilgan holda qolaveradi. Bu o’simlikning


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

240

240

bosh o’ray boshlashidan dalolat beradi. Karam boshining keyingi o’sishi ichki yangi
barglar hosil bo’lishi evaziga borib, ichki barglar tashqi barglarni atrofga itarishi
tufayli karam boshi qattiqlashib, zichlashib boradi.

Ertapishar chet el Farao G’1, Parel G’1, Balbro G’1, Burbon G’1, Nazomi G’1

duragaylarini ekishga tavsiya etiladi.

Yuqorida qayd etilgan duragaylarining tozaligi

98 %, unuvchanligi 85 % dan kam bo’lmagan 1-klass urug’laridan bir gektarga
ko’chat olish uchun 350-400 gramm yetarli hisoblanadi.

O’zbekistonda barcha karam navlari qatop oralig’ining kengligi 70 sm,

o’simliklar oralig’idagi masofa esa navlarga qarab turlicha bo’ladi, ertapisharlari
uchun 25-30 sm. Shunda har gektar maydonga 40-57 mingtagacha ko’chat ekiladi.

Bitta dalaga karam 3 yilda bir marta ekiladi. Kartoshka, bodring, poliz va

dukkakli don ekinlari yaxshi o’tmishdosh. Kechki karamni ertagi kartoshka, sabzi,
bodring va kuzgi g’alla-don ekinlaridan bo’shagan yerlarga takroriy ekin sifatida
ekib, mo’l hosil o’stirish mumkin.

Kuzda PN-4-35, PYa-3-35, PD-4-35 markali pluglar Magnum-350, Arion-460-

410 traktorlariga taqilib tuproq 28-30 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Ertangi karam
ekiladigan dalalar erta bahorda boronalanib jo’yaklar olinadi kechki karam takroriy
ekin sifatida ekiladigan bo’lsa asosiy ekin yig’ishtirib olingach, yer sug’oriladi,
yetilgach 22-25 sm chuqurlikda haydaladi, boronalanadi, molalanadi va jo’yak
olinadi.

O’zbekistonda ertangi karamning ertapishar navlar janubiy mintaqalarda 10.02-

20.02, markaziy mintaqalarda 25.02-10.03, shimoliy mintaqalarda 15.03-30.03
muddatlarda ko’chat o’tqazish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Ertagi karam hosildorligi yuqori bo’lgani sababli, yerdan oziq moddalar olish va

o’g’itlarga talabchanligi jihatidan sabzavot ekinlari orasida birinchi o’rinda turadi.
Bo’z tuproqli sharoitda gektariga sof holda 150-200 kg azot, 100-150 kg fosfor, va 75-
100 kg kaliy, o’tloqi va o’tloqi botkoq tuproqlarda esa 120-150, 120-150, 60-100 kg
gacha. Shu bilan birga qo’shimcha 20 t/ga go’ng berish mumkin. O’g’itlarni asosiy
shudgorlash oldidan barcha organik o’g’itlar, fosforning yillik miqdoridan 70-75,
kaliyning 100% solinadi. Ekish oldidan fosforning qolgan (25-30%) qismi va azotning
20-25% beriladi. Birinchi oziqlantirishda yillik azotning 35-40%, o’simliklar bosh
o’ray boshlaganida esa ikkinchi oziqlantirishda azotning qolgan qismi beriladi.

Ertagi karam ko’chatlar ekib bo’lgandan so’ng tuproq namligiga e’tibor qaratish,

talab etilsa sug’orish lozim. Oradan 2–3 kun o’tgach egatlar ko’zdan kechirilib, xato
joylarga ko’chat ekiladi. Egatlarning oralarini KRN-2,8A rusumli kultivator bilan 15–
16 sm chuqurlikda kultivasiya qilinib, o’simliklar atrofi yumshatiladi, ma’danli
o’g’itlar bilan oziqlantiriladi va sug’oriladi.

Ertagi karamni parvarishlash qatop oralarini chopiq qilish, ko’chatlar atrofidagi

tuproqni qo’lda yumshatish hamda mineral o’g’itlar berishdan iborat. Keyin 1-2 marta


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

241

241

sug’oriladi. Tuproq yetilishi bilan yana shunday kompleks chuqurroq ishlov beriladi.
Navbatdagi sug’orish ikkinchi oziqlantirish bilan birgalikda olib boriladi. Odatda,
ikkinchi oziqlantirish karam bosh tuga boshlagan paytda o’tkaziladi. Karam odatda
ikki marta chopiq qilinadi. Birinchi marta ko’chat tutgandan so’ng, ikkinchi marta esa
bir yoki ikki marta sug’orilgandan keyin amalga oshiriladi. Karamlar sizot suvlari
chuqur joylashgan yerlarda 6-7, yaqin joylashgan yerlarda esa 4-5 marta suv beriladi.
Karamli ekinlar bakterioz, soxta un-shudring kasalliklari bilan kasallanadi va karam
shirasi, kuyasi, kapalagi hamda karam bitidan zararlanadi. Bakteriozning va soxta
unshudringning oldini olish maqsadida urug’larni 48-50 °S haropatda qizdirish va
o’simlikka Bordo suyuqligidan purkash zarur. Barcha zararkunandalarga qarshi
kurashish uchun BI-58 suyuqligi (1 l/ga) va desis (0,3-0,5 l/ga) preparati purkaladi.
Ishlov berishni hosilni yig’ishtirib olishga 20 kun qolganda mutlaqo to’xtatish kerak.

Karam boshining zichlashib qattiq holga kelishi uning pishganligidan darak

beradi. Yetilish muddatlariga ko’ra ekilgan ertapishar karam navlarining hosili
yetilishiga qarab 3-4 marta yig’ib olinadi. Erta bahorda ekilgan karam hosili esa
mayning ikkinchi yarmidan iyunning oxirigacha yig’ishtirib olinadi.

O’zbekistonda ertagi karam hosildorligi gektaridan 150-200 s, kechkisiniki esa

250-280 s. Lekin, ilg’or xo’jaliklar ancha yuqori (350-400 s/ ga) hosil
yetishtirmoqdalar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. O’zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik

ekinlari Davlat reyestri. – Toshkent, 2024..

2. Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I., Qodirxo’jayev O., Mevachilik va sabzavotchilik

(Sabzavotchilik). T., “Navro’z” 2018. b. 429-451.

3. Bo’riyev X., Zuyev V., Qodirxo’jayev O., Muhammedov M. Ochiq joyda

sabzavot ekinlari yetishtirishning progressiv texnologiyalari. T., “O’zbekiston milliy
ensiklopediyasi” 2002. -b. 221-232.

4. Zuyev V.I., Abdullayev A.G. Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish

texnologiyasi. T., «O’zbekiston», 1997. -b. 169-181.

References

O’zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat reyestri. – Toshkent, 2024..

Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I., Qodirxo’jayev O., Meva¬chilik va sabzavotchilik (Sabzavotchilik). T., “Navro’z” 2018. b. 429-451.

Bo’riyev X., Zuyev V., Qodirxo’jayev O., Muhammedov M. Ochiq joyda sabzavot ekinlari yetishtirishning progressiv texnologiyalari. T., “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” 2002. -b. 221-232.

Zuyev V.I., Abdullayev A.G. Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi. T., «O’zbekiston», 1997. -b. 169-181.