Authors

  • L.B.Irisova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.jnci.93530

Keywords:

Kalit so‘zlar: 5E modeli o‘qish savodxonligi engage explore explain elaborate evaluate chapak chal osmon kitob durdona maqsad amaliyot.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich 1-sinf o‘qish savodxonligi darsida 5E modelining qanday qo‘llanilishi ko‘rsatilgan. Ushbu darslikdagi “Kitob-bilim bulog‘i, o‘quvchining o‘rtog‘i” mavzusi misolida na’muna keltirilgan.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

201

201

BOSHLANG‘ICH 1-SINF O‘QISH SAVODXONLIGI

DARSIDA 5E MODELINI QO‘LLASH

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi

(boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi

1-kurs magistranti

L.B.Irisova

E-mail:

lobarislomova05@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich 1-sinf o‘qish savodxonligi darsida

5E modelining qanday qo‘llanilishi ko‘rsatilgan. Ushbu darslikdagi “Kitob-bilim
bulog‘i, o‘quvchining o‘rtog‘i” mavzusi misolida na’muna keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

5E modeli, o‘qish savodxonligi, engage, explore, explain,

elaborate, evaluate, chapak chal, osmon, kitob, durdona, maqsad, amaliyot.

Аннотация:

В этой статье показано, как использовать модель 5Е на уроке

читательской грамотности в начальных классах. В данном учебнике приведен
пример темы "Книга - источник знаний, товарищ ученика."

Ключевые слова:

модель 5Е, грамотность чтения, engage, explore, explain,

elaborate, evaluate, аплодисменты, небо, книга, шедевр, цель, практика.

Annotation:

This article shows how to apply the 5E model in an elementary 1st

grade reading literacy lesson. This textbook provides an example of the topic "Book is
the source of knowledge, the student's friend."

Keywords:

5E model, reading literacy, engage, explore, explain, elaborate,

evaluate, applause, sky, book, masterpiece, goal, practice.


5E modeli ta’lim jarayonida o‘quvchilarni faol ishtirok etishga undovchi, ularning

bilimini kengaytirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik
yondashuvdir. Bu model asosan ilmiy tadqiqotga asoslangan fanlarni o‘rgatishda
qo‘llaniladi, ammo boshqa fanlar uchun ham moslash mumkin.

5E modeli quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.Engage (jalb qilish)
Bu bosqichda bolalarni darsga qiziqtirish va mavjud bilimlarni aniqlash, ya’ni

o‘quvchi ong ostidagi bilimlarni yuzaga chiqarish asosiy maqsaddir.

Maqsad: O‘quvchilarni mavzuga qiziqtirish hamda ularning diqqat e’tiborini

o‘rganilayotgan bilimga qaratish.

Amaliyot: Savol-javob metodini hosil qilish, ochiq savollar berish. Qiziqarli

videoni ko‘rsatish. Mavzuga oid muammoni muhokama qilish.

2.Explore (o‘rganish)
O‘quvchilar o‘zlari guruh bo‘lib, yoki yakka holda mavzuni tushunishga harakat


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

202

202

qiladi. Bu bosqichda ular o‘qituvchi o‘rtaga tashlagan muammoga yechim izlaydilar
yoki savollarga yakka holda o‘z ong osti fikrlarini bildiradilar.

Maqsad: Tadqiqot va kuzatuv orqali yangi bilimlarni bolalarning o‘zlari topsin.
Amaliyot: Guruh bilan muammoni muhokama qilgan holda yechim izlasin.

O‘quv darsligidan foydalanib ma’lumotlarni tahlil qilsin. O‘yin yoki loyihalar orqali
bilimlarni o‘rgansin.

3.Explain (tushuntirish)
O‘quvchilar o‘rtaga qo‘yilgan muammoga o‘z yechimlarini aytadi va

tushuntiradilar, o‘qituvchi esa ularning yechimlariga aniqlik kiritadi hamda to‘ldiradi.

Maqsad: O‘rganilgan bilimlarni so‘z bilan ifodalash va tushuntirish, ya’ni

o‘quvchilarga yetkazib berish.

Amaliyot: Dars mavzusini tushuntirish va asosiy atamalarni tanishtirish.
4.Elaborate (takomillashtirish)
O‘rganilgan bilimlarni chuqurlashtirish hamda ularni amalda qo‘llash

imkoniyatini yaratadi.

Maqsad: Yangi bilimlarni turli ko‘rinishda qo‘llash

orqali ularni

mustahkamlash.

Amaliyot: O‘rganilgan bilimga asoslangan mashqlarni yechish, qo‘shimcha

topshiriqlar bajarish. Real hayotga oid vaziyatlar bilan bog‘liq topshiriqlar berish.
Yangiliklar yaratish (masalan, o‘qish savodxonligi darsida ijodkorlik qilish).

5.Evaluate (baholash)
O‘quvchilarning mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklari aniqlanadi.
Maqsad: O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash.
Amaliyot: Testlar, savollar orqali bilimini tekshirish. Pedagog o‘z portfolio yoki

taqdimotlarini baholash, o‘zini-o‘zi baholash hamda muhokama qilish.

Mavzu: Kitob – bilim bulog‘i,

O‘quvchining o‘rtog‘i

1.Engage. O‘quvchilarga “Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik” video roligi

qo‘yib beriladi. (2 daqiqalik) O‘quvchilar videoni ko‘rib bo‘lganidan so‘ng, ularga
quyidagicha savol beriladi: Bu video nima haqida ekan? Nega “Inson kitob bilan, kitob
inson bilan tirik” deb yozilyapti?

2.Explore. Bu savollarga javob toppish uchun uch guruhga bo‘linadi va ularga

uch daqiqa vaqt beriladi.

3.Explain. Belgilangan vaqt o‘tgandan so‘ng o‘qituvchi guruhlar javobini

tinglaydi va ularning javoblariga aniqlik kiritadi, topishmoq keltirilib, bugungi mavzu
nima haqda ekanligini o‘quvchilardan so‘raydi, ular topishmoqning javobi orqali
mavzu nomini topadilar, bugungi mavzuni yoritishga o‘tiladi. Mavzuni tushuntirishda
kitob haqida ma’lumot beriladi, Po‘lat Mo‘minning “Kitob – hammabop” she’ri ifodali
aytib beriladi hamda uning ma’no mazmuni yoritiladi. Integratsiyalash orqali aynan


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

203

203

shu sinf o‘quvchilari o‘tayotgan hamma fan nimalar haqida ma’lumot berishi qisqacha
aytib o‘tiladi, masalan, matematikada hisoblash, tabiiy fanda yashab turgan olamimiz,
tarbiya fanida odob-axloq, texnologiyada turli xil narsalarni yasash, jismoniy tarbiyada
sport o‘yinlari va h.k. (15 daqiqa )

4.Elaborate. Bu bosqichda innovatsion metoddan foydalanamiz, ya’ni

“O‘YNA, CHAPAK CHAL

O‘quvchilar ikki guruhga ajratiladi va o‘qituvchi tomonidan kitob haqida qo‘shiq

qo‘yiladi. O‘quvchilar joylarida tik turgan holda qo‘llarini yuqoriga qilib, shamol
holatida harakatlantirib, chapak chalib raqsga tushadilar. Bu vaqtda o‘qituvchi har bir
guruhga (kitobli konvert yasalgan bo‘lib, uning ichida o‘quvchilarga mavzuga doir
mantiqiy, tanqidiy hamda kreativ fikrlashlariga doir savollar tuzilgan varaqchalar
mavjud) konvertlarini yirtib, ularga savollarini tarqatadi. Bu savollarga guruh bo‘lib
javob topadilar. Hamma o‘z savolini olib bo‘lganidan so‘ng qo‘shiq o‘chadi va ular
savollariga javob topish jarayoniga kirishadilar. Savolga javob noto‘g‘ri berilsa, u
o‘quvchlarining jamoasi jazo sifatida o‘rnidan darhol turib, bir chapak chalib
o‘tirishadi. Bu metodning foydalari: bolalar uchun quvnoq daqiqa, aql charxlanishi,
jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasi, jismoniy faollik. Bu bosqichda bundan oldingi
o‘tilgan mavzular ham integratsiya qilinadi. (15 daqiqa)

Na’muna: Savollar.

1 – guruh uchun

1.

Durdona so‘zining ma’nosi nima va shu so‘zga bitta og‘zaki gap tuzing.

2.

Sherdan “kitob” so‘ziga qofiyadosh so‘zni toping va o‘sha so‘zga bitta

gap tuzing.

3.

Faraz qiling, siz o‘quvchilar mobodo asar yozsangiz nima haqda yozgan

bo‘lardingiz. Har biringiz o‘z fikringizni ayting.

2 – guruh uchun
1.

Doston - ?

2.

She’rdan “osmon” so‘ziga qofiyadosh so‘zni toping va o‘sha so‘zga bitta

gap tuzing.

3.

Faraz qiling, siz o‘quvchilar mobodo asar yozsangiz nima haqda yozgan

bo‘lardingiz. Har biringiz o‘z fikringizni ayting.

5.Evaluate. (5 daqiqa) O‘quvchilarning bugungi mavzuni qay darajada

o‘zlashtirganliklarini aniqlash hamda baholash uchun beshta savoldan iborat test
tarqatiladi. Ularning bajargan testiga qarab nimada bo’shliq borligi aniqlanadi. Testni
pedagog mavzuni tushuntirgandagi ma’lumotlaridan foydalanib tuzadi. Bo‘shliqlar
keyingi darsda o‘tilgan mavzuni takrorlash qismida to‘ldiriladi. O‘qituvchi o‘zini-o‘zi
darsdan so‘ng baholaydi. U o‘zini baholashi orqali o‘zidagi kamchiliklarni to‘ldirib
boradi.

5E modeli o‘quvchilarning bilim olish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi.


background image

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS

https://scientific-jl.com/new

Volume–75_Issue-1_April-2025

204

204

Shu bilan birga, ular mustaqil o‘rganishga va tanqidiy fikrlashga o‘rganadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Abdullayev A, Karimova G (2022). Improving the process of school sports of

Learning and Academic Teaching.

2. Shodiyev, Sh., Qodirova, M. va boshqalar. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi –

O‘qish savodxonligi va boshlang‘ich ta’lim metodlari haqida asosiy darsliklardan biri.

3. To‘xtasinova, M. Boshlang‘ich ta’limda o‘qish va yozuv o‘rgatish metodikasi

– Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish metodlari yoritilgan.

4.

www.google.com

5.

www.edutopia.org


References

Abdullayev A, Karimova G (2022). Improving the process of school sports of Learning and Academic Teaching.

Shodiyev, Sh., Qodirova, M. va boshqalar. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi –O‘qish savodxonligi va boshlang‘ich ta’lim metodlari haqida asosiy darsliklardan biri.

To‘xtasinova, M. Boshlang‘ich ta’limda o‘qish va yozuv o‘rgatish metodikasi – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga savod o‘rgatish metodlari yoritilgan.

www.google.com

www.edutopia.org