JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
196
196
PSIXOLOGIK TRENINGLARNI O‘TKAZISH VA
ULARNING INSON FAOLIYATIGA TA’SIRI
To'lanova Mahliyo Muratali qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi
Abdugʻaniyeva Sevarabonu Abdullajon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi
Anotatsiya:
Ushbu maqolada o‘qituvchilar va o‘quvchilar, ota-onalar o‘rtasida
psixologik treninglarni o‘tkazish va ularning inson faoliyatiga ta’siri haqidagi
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
psixologik trening, fanning predmeti, maqsadi, o‘ziga xos jihatlari,
tamoyillari, shaxslararo munosabatlar, muloqot uslubi, hissiy aloqa.
Barkamol avlod kamoloti g‘oyasini turmushga tadbiq etish uchun istiqlolning
dastlabki kunlaridanoq milliy ma’naviyat, milliy ta’lim va tarbiya muammolarini hal
etishga jiddiy e’tibor qaratilinib kelinmoqda. Ma’lumki, ta’lim – tarbiya ongning
mahsuli va uning darajasi bo‘lishi bilan birga, rivojini ham belgilaydigan omildir.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz fuqorolariga
qarata “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni
bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion
yondashuv asosida boshlashimiz kerak” degan fikrlari zamirida yoshlarni keng
intellektual salohiyatga ega qilishda ta’limning barcha sohalarida tub burilishlarni
taqozo etadi. Ijtimoiy – psixologik trening insonlar o‘rtasida sog‘lom munosabatlarga
erishishni hosil qilish uchun ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga kirib bormoqda.
Uning
diagnostik
tahlili,
psixokarreksion
imkoniyatlari
kadrlar
faoliyati:
mutaxassislarni, psixolog, pedagog, psixоterapevtlar, korxona va tashkilot
boshqaruvchilar, tadbirkorlarni ish faoliyatiga samarali ta’sirini ko‘rsatadi. Shiddatli
bir payitda yoshlarni zamon talabiga mos, teran fikrlovchi, turli vaziyatlarda o‘zining
oqilona tafakkuri orqali ishtimoiy muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi, keng dunyoqarashga ega
qilib tarbiyalashdek masalalarni psixologiya sohalariga ham yuksak vazifa qilib
yuklaydi.
Zamonaviy psixologiya sohalarining muammolaridan biri har tomonlama
barkamol shaxslarni tarbiyalash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish,
malakalarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu boradagi ishlarni amalga oshirishda albatta,
psixologik treningni o‘ziga xos o‘rni mavjud bo‘lib, hozirda mutaxassislar fanning
imkoniyatlaridan keng foydalanib kelmoqdalar desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Natijada,
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
197
197
shaxslararo munosabatlar orasida muloqot uslubining o‘zgarishi, muayyan kasbiy
sohalardagi bilim, ko‘nikma va malakalarning ortishi, rahbar, menejer, tadbirkor,
kadrlar menejeri, psixolog, murabbiyning faoliyati kabilarda, ayniqsa, shiddatli
sharoitlarda juda murakkab faoliyat turlarida yoshlarning peshqadamligi fanning asl
mohiyatini tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bugungi globallashuv davri
shaxslarida muloqotga bo‘lgan (ishlab chiqarish, ta’lim-tarbiya jarayoni, oilaviy
munosabatlar, emotsional sferaning barqarorligini ta’minlash kabilarda )
ehtiyojlarning kundan- kunga oshib borishi, ular o‘rtasida yuzaga keladigan turli nizoli
vaziyatlarni bartaraf etish jarayonida albatta psixologik treninglarning imkoniyatlarini
kengligi ham hech kimga sir emas.
Psixologik adabiyotlarni tahlil qilganimizda treningga oid turli qarashlarni,
amaliy tavsiyalarni uchratamiz. Trening - bu odamning muloqot uslubini
o'zgartirishga, uyg'unlashtirishga, kerakli ko'nikmalarni singdirishga va boshqa
odamlar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan yoki ong osti xarakterga ega
bo'lgan qarama-qarshiliklarni hal qilishga qaratilgan yorqin, hissiy jihatdan jadal o‘quv
faoliyat turi deb ta’kidlasak ham xato bo‘lmaydi. Trening - bu turli faoliyat sohalarida
keng qo'llaniladigan juda mashhur va keng tarqalgan o'qitish shaklidir. Kasbiy
muvaffaqiyat ko'plab tarkibiy qismlardan iborat, shu bilan birga, trening texnologiyasi
odamning kayfiyatini, muayyan faoliyat turiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga,
o'z-o'zini tarbiyalash va o'zini rivojlantirish zarurligini anglashga yordam beradigan
o‘quv shakllardan biridir. Hozirgi davrda insonlarni eng tabiiy bo‘lgan muloqotga
ehtiyoji, uning sirlaridan xabardor bo‘lish, o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga
intilishining kuchayishi, bo‘lajak kadrlarni kelgusi faoliyatlarini samarali amalga
oshirishga tayyorlash, shuningdek, rahbar kadrlarni samarali boshqarish usuliga
o‘rgatish kabi masalalarni echimini topish borasidagi ishlardan biri - bu ijtimoiy
psixologiyaning asosiy sohasi bo‘lgan psixologik treninglarni tashkil etishdir.
XXI asrda kishilarning eng tabiiy bolgan muloqotga ehtiyoji, uning muloqot
sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir etishga bolgan intilishi yanada
oshdi. Birinchidan, axborotlashgan jamiyatga o‘tganligimiz tufayli axborotlarning
ko‘pligi aynan inson manfaatiga aloqador ma’lumotlarni saralash, u bilan to‘g‘ri
munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Ikkinchidan, turli kasb faoliyat sohasida
ishlayotgan odamlar guruhining ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning
dolzarbligi axborotlar tig‘iz sharoitida oddiygina muloqotni emas, balki professional,
bilimdonlik asosidagi muloqotni talab etadi. Uchinchidan, hozirda shaxslarni ruhiy
salomatligini saqlash maqsadida hissiy – emotsional zo‘riqishlarni oldini olish va
bartaraf etishni rivojlantirish kabilar dolzarb masalalardandir. 2019-2025- yillarda
O‘zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish to‘grisidagi
konsepsiyning qabul qilinishi va uni amalga oshirish maqsadida barcha ta’lim – tarbiya
muassasalari, korxona va tashkilotlar, oila institutlari, hamda mahalla uyushmalarida
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
198
198
aholini ruhiy zo‘riqishlarini bartaraf etish, natijada aholining salomatligini, ish
unumdorligini oshirish keng targ‘ib qilinmoqda. Bu boradagi ishlarni amalga
oshirishda psixologik treningning o‘z orni va ahamiyati katta. Trening guruhlarda
muloqotning madaniy obro‘li bo‘lishni rivojlantirish maqsadida olib boriladigan
psixologik ishlarning faol usuli, ya'ni guruh guruh bo‘lib munozara, bahs, rolli o‘yin
va boshqa o‘yinlarni o‘tkazishga qaratilinadi. Shuningdek, hozirgi davrda ijtimoiy
psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bo‘layotgan barcha
jarayonlarga aloqadorligi uning tadbiqiy sohalari doirasini ham kengaytirdi.
Psixologik trening avvalo shaxs yoki gruhni samarali muloqot malakalariga
o‘rgatish va ulardagi komminakativ bilimdonlikni oshirish usullarini va ularni
amaliyotga tadbiq etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Inson o‘z hayotida shaxsiy
tajriba, ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni ortirib borishi jarayonida hosil bo‘ladigan,
bevosita shakllanadigan ijtimoiy bilimdonlik yoki kommunikativ sovodxonlikdan
farqli psixologiya fanida ushbu jarayonlarni maqsadli shakllantirish, shaxs va yaxlit
guruh faoliyatiga talluqli ijtimoiy fazilatlarni zudlik bilan shakllantirish uchun
qo‘llaniladigan uslublar majmui mavjud. Ularni qisqacha qilib ijtimoiy psixologik
trening (IPT) yoki psixologik trening deb ataladi. Trening tushinchasi ingliz tilidan
kelib chiqqan bo‘lib, “train”, “training” ko‘plab ma’nolarga ya’ni: o‘qitmoq,
tarbiyalamoq, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko‘p
ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi. Xususan, bu turli ijtimoiy
faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat bo‘lib, bunda shaxs yoki yaxlit
guruhning muloqot sohasidagi bilimdonik darajasi maqsadga muvofiq tarzda maxsus
mashqlar tizimi orqali rivojlantiriladi. Ya’ni u shaxsni ijtimoiy muloqotga oldindan
maqsadli tarzda tayyorlaydi. Jumladan: - bo‘lajak mutaxassislarni kelgusi faoliyatlarini
samarali amalga oshirishga tayyorlash; - rahbar kadrlarni samarali boshqarish
usullariga o‘rgatish; - ta’lim-tarbiya maskanlarida o‘zaro hamkorlik faoliyatini
rivojlantirish; - ijtimoiy muhitdagi barcha shaxslararo munosabatlarda muloqot
kompetentligini oshirish; -ijtimoiy shaxslaaro muloqot jarayonida yuzaga kelishi
kutiladigan emotsional zo‘riqishlarni oldini olish va mavjudlarini barqarorlashtirish va
hakozolar. Trening insonlarda mavjud bo‘lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqaruv
modelini qayta dasturlash vositasidir. Shuningdek, trening, tashkilotni rejalashtirilgan
faolligini, kasbiy bilimlarini oshiruvchi, ko‘nikmalarini yaxshilashga yo‘naltirilgan,
yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi ustanovkalar
modifikatsiyasi va jamoaning ijtimoiy xulq-atvorini korreksiyalash uchun zarurdir.
Ijtimoiy psixologik treninglar quyidagicha masalalardan iborat bo‘lishi
kuzatilinadi:
- Ma'lum psixologik bilimlarni egallash.
- O‘zini va boshqalarni adekvat baholash va bir - birini to‘g‘ri va to‘liq
tushunilishi.
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
199
199
- Shaxsni xaraketer xususiyatlarida uchraydigan nuqsonlarini tuzatish, ularni
diagnostika qilish va faoliyat jarayonida salbiy ta’sir etuvchi to‘siqlarni bartaraf qilish.
- Shaxlararo munosobatlarning individual usullarini o‘rganish va ularni samarali
qo‘llash.
- Treningda qatnahishda o‘zini erkin tutish kabi.
Yana shunisi bilan xarakterliki, trening davomida qatnashuvchini undagi
xususiyatlarining o‘zgarishi tabiiy bo‘lishiga qiziqtirish va kerak bo‘lsa shaxs
xususiyatlarini ijobiy tomonga majburan o‘zgartirish orqali ularni shaxs sifatida
shakllantirishga imkon beradi. Shuni ham ta’kidlash joizki, trening mashg‘ulotlari
kishilarning muammolarini hal qilmasligi mumkin, balki shu muammolarning asosini
tahlil qila olish uchun lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
imkoniyatlarini ham yaratib beradi. Demak, trening shaxsda mavjud bo‘lgan yoki
vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida turli xil o‘yin va mashqlar orqali
o‘tkazilinadigan mashg‘ulot turi hisoblanib, uning tub mohiyati – kishilarni o‘zini va
o‘zgalarni bilish, tushinish, insoniy munosabatlarga o‘rgatishdan iborat. Ijtimoiy
psixologik trening uslublarining paydo bo‘lishi va amalda qo‘llanilishi o‘ziga xos
an’anaga ega bo‘lib ular, ayniqsa, bizning asrimizda, sanoat rivojlangan, migratsiya
jarayonlari tezlashgan va inson omili rolining naqadar ahamiyatliligiga eg‘tibor
qaratilgan bir paytda yana ham dolzarb bo‘lib bormoqda. Ijtimoiy psixologik trening
vositasida ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish, ishlab chiqarishning
boshqaruvchilari - menedjerlar tayyorlash ijtimoiy ta’minot, pedogogika, tibbiyot
sohalariga mutaxassislar tayorlash AQSH, Germaniya, Boltiq bo‘yi respublikalari,
Sankt – Peterburg, Moskva, Kiуev kabi qator sanoati yirik shaharlarda keng
tarqalgan. Ayniqsa, sanoat korxonalarda ishlovchi amaliyotchi psixologlarning asosiy
quroli va ish yo‘nalishi ham treninglar vositasida ishlab chiqarish muammolarini hal
qilish bo‘lib, hozirgacha to‘plangan tajribalar bu ishning ta’sirchanligini isbotlaydi.
Bizning mustaqil davlatimizda ham bu borada bir qator ishlar qilinmoqdaki, bunga
psixologik maslahat ishlarining kundan-kunga yo‘lga qo‘yilayotgani, yirik ishlab
chiqarish korxonalari, ta’lim, huquqiy, meditsina va shu kabi ijtimoiy sohaning barcha
jabhalarida amaliyotchi psixologlarning faoliyat ko‘rsatayotganliklarini misol
qilishimiz mumkin. Ijtimoiy psixologik trening ana shunday murakkab psixik
voqeliklarni o‘rganuvchi ijtimoiy psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohasi hisoblanadi.
Ijtimoiy psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib, unda alohida vaziyatlarda
har bir trening ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakllinishi zarur
bo‘lgan sifatlar katta rol o‘ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik
vaziyatlarga tushuriladi. Trening mashg‘ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad,
shaxsiy ehtiyojlar hamda ana shunday mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi shaxs yoki
boshlovchi bo‘lishi, trening mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun
JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
Volume–75_Issue-1_April-2025
200
200
ayrim tamonlarga aniq bo‘ysunish va boshqarish malakasiga ega bo‘lishi lozim.
Bugungi kunda Pespublikamizda mavjud bo‘lgan psixologlar tayyorlovchi oliygohlar
ham o‘z dasturlari doirasida ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga ega
bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga yanada e'tiborni qaratmoqlari, psixologiya
oliygohlari va boshqa yo‘nalishdagi o‘quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik
trenerning har bir ixtisoslikka aloqador mashqlarini o‘quv dasturlariga kiritish bugungi
psixologiya sohasining dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Ko'plab soha mualliflari
ijtimoiy psixologik treninglarning etakchi maqsadi sifatida shaxslararo munosabatlarda
aloqa malakasini shakllantirish omili ekanligini ta’kidlaydilar. Shaxs qachonki,
jamiyatda, boshqa odamlar bilan muloqot va o'zaro munosabatlar jarayonida shaxs
sifatida shakllanadi va rivojlanadi. Insonning kommunikativ qobiliyatlari uning
rivojlanishining shartidir va bu rivojlanish natijasi hamdir. Keng ma'noda shaxsning
kommunikativ malakasini oshirmay, ijtimoiy munosabatlarini o'zgartirmay turib,
shuningdek, ijtimoiy dunyoga va o'ziga bo'lgan umumiy munosabatini qayta ko'rib
chiqmasdan insonning shaxsiy fazilatlari majmuasini, shakllantirib bo‘lmaydi. Ammo,
hozirgi vaqtda ijtimoiy-psixologik treninglarning faqat aloqa vositasi ekanligi bilan
bog'lash to‘g‘ri kelmaydi. Ijtimoiy psixologik trening nafaqat shaxslararo
munosabatlarning shakllantirish omili, balki shaxsning o‘z-o-‘zini adekvat baholashi,
har qanday vaziyatlarda o‘zini nazoratga olish imkoniyatlarni yaratib berishi bilan
boshqa amaliy mashg‘ulotlardan quyidagi maqsadlar orqali farqlanadi.
Treningni asosiy vazifalari:
1.Shaxsning ijtimoiy psixologik bilimdonligini oshirish.
2. Muloqot faoliyatida namoyon bo‘ladigan yaqqol bilimlar, malakalar ,
ko‘nikmalar va odatlarni hosil qilish.
3. Samarali muloqatda namoyon bo‘ladigan zarur sifatlar, ijtimoiy ustanovkalarni
shakllantirish, noadekvatlarni korreksiyalash.
4. O‘zini - o‘zi to‘laroq anglash, bilim hamda o‘zgalarga nisbatan to‘gri
munosabatlarni shakllantirish qobilyatini o‘stirish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. “O‘zbekiston” 2016.
2.Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. “O‘zbekiston” 2016. Yu.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk
kyelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” 2017.
3.O‘zbekiston Prezidenta Shavkat Mirziyoyev 2017—2021 yillarda
O‘zbekistonni rivojlantirishning byeshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar
stratyegiyasi. 7 yanvar 2017 yil.
4.Abramova G.S. Vvyedyeniye v praktichyeskuyu psihologiyu - M., 1994. – 237
s.
5.Andryeva G. I. Sotsialnaya psihologiya. — M: aspyekt Pryess, 2001.